1683
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
O’TKIR LEYKOZNING MOLEKULYAR DIAGNOSTIKASIDAGI AXAMIYATI
Raxmonov Shoxzodbek Oybek o‘g‘li
Central Asian Medical University,
“Patologiya asoslari va sud tibbiyoti” kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15116004
Annotatsiaya.
Ushbu maqolada o‘tkir leykozning molekulyar diagnostikasining
ahamiyati keng yoritilgan. Kasallikning molekulyar-genetik xususiyatlari va ularni aniqlash
usullari, xususan, sitogenetik, FISH usuli, va polimeraza zanjir reaksiyasi kabi diagnostika
metodlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ushbu usullar o‘tkir leykoz turlarini aniqlash,
davolash jarayonini individuallashtirish va kasallik prognozini baholashda muhim rol o‘ynaydi.
Molekulyar diagnostikaning afzalliklari, davolash strategiyalariga ta’siri va
bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
O‘tkir leykoz, FISH, Leykositlar, Normositar anemiya, Remmisiyaning
induksiyasi, Dispanser kuzatuv
.
THE IMPORTANCE OF MOLECULAR DIAGNOSTICS OF ACUTE LEUKEMIA
Abstract.
This article extensively discusses the importance of molecular diagnostics of
acute leukemia. Detailed information is provided on the molecular genetic features of the disease
and methods for their detection, in particular, diagnostic methods such as cytogenetics, FISH,
and polymerase chain reaction. These methods play an important role in identifying types of
acute leukemia, individualizing the treatment process, and assessing the prognosis of the disease.
The advantages of molecular diagnostics, their impact on treatment strategies, and their
role in improving the quality of life of patients are analyzed.
Keywords:
Acute leukemia, FISH, Leukocytes, Normocytic anemia, Induction of
remission, Dispensary observation.
ЗНАЧЕНИЕ ОСТРЫХ ЛЕЙКОЗОВ В МОЛЕКУЛЯРНОЙ ДИАГНОСТИКЕ
Аннотация.
В статье освещена важность молекулярной диагностики острого
лейкоза. Подробно изложены молекулярно-генетические особенности заболевания и
методы их выявления, в частности такие методы диагностики, как цитогенетические,
FISH и полимеразная цепная реакция. Эти методы играют важную роль в выявлении
типов острого лейкоза, индивидуализации процесса лечения и оценке прогноза
заболевания. Анализируются преимущества молекулярной диагностики, их влияние на
стратегию лечения и роль в улучшении качества жизни пациентов.
Ключевые слова:
Острый лейкоз, FISH, Лейкоциты, Нормоцитарная анемия,
Индукция ремиссии, Диспансерное наблюдение.
1684
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Kirish
O‘tkir leykoz (OL) qon hosil qiluvchi hujayralarning malign kasalligi bo‘lib, suyak iligi
va periferik qonda nazoratsiz ko‘payadigan yosh, differensiyalanmagan yoki blast hujayralarning
to‘planishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kasallikning asosiy turlari o‘tkir mieloid leykoz (OML) va
o‘tkir limfoid leykoz (OLL) hisoblanadi. O‘tkir leykozlar tez rivojlanishi va yuqori o‘lim
darajasi bilan ajralib turadi, shu bois ularning erta aniqlanishi va samarali davolash muhim
ahamiyatga ega.
Leykozning an’anaviy diagnostikasi morfologik, sitokimyoviy va immunofenotipik
tahlillar yordamida amalga oshirilsa-da, zamonaviy molekulyar diagnostika usullarining joriy
etilishi kasallikni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Molekulyar diagnostika
leykozning genetik va sitogenetik o‘zgarishlarini aniqlash orqali uning subtiplarini farqlash,
davolash rejalarini shaxsiylashtirish va minimal qoldiq kasallik (MRD)ni aniqlashda muhim rol
o‘ynaydi.
Bu usullar orasida polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR), floresans in situ gibridizatsiya
(FISH) va yangi avlod sekvenirlash (NGS) kabi texnologiyalar mavjud.
Adabiyotlar tahlili va metod
O‘tkir leykozlar guruhini umumiy xususiyat birlashtiradi: o‘simtaning substrati yosh,
blast yoki differensiyalanmagan hujayralardir. O‘tkir leykoz turlari o‘sma hujayralarining oddiy
o’tmishdoshlari nomlaridan kelib chiqadi: mieloblastlar, eritroblastlar, limfoblastlar va boshqalar.
Morfologik jihatdan aniqlanmaydigan blast hujayralari differentsiallashmagan o‘tkir
leykoz deyiladi. Agar kamida bitta alomat mavjud bo’lsa, bemor yuqori xavfli hisoblanadi, aks
holda standart xavfli deb tasniflanadi. Agar induksiyaning birinchi bosqichi tugagandan so’ng,
bemorda remissiya bo’lmasa, boshqa belgilarga qaramasdan, bemor yuqori xavf guruhiga kiradi.
Molekulyar diagnostika usullari orqali leykozning genetik mutatsiyalari va xromosoma
o‘zgarishlari aniqlanadi. Bu esa kasallikning subtipini belgilash, davolashning aniq rejasini
ishlab chiqish va davolashdan keyingi kuzatuvlarni samarali olib borishga imkon beradi. FISH
va NGS usullari yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lib, kam miqdordagi blast hujayralarini ham
aniqlay oladi.
MRD monitoringi esa bemorlarning qayta kasallanish xavfini aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘tkir leykozlar guruhini umumiy xususiyat birlashtiradi: o‘simtaning substrati yosh,
blast yoki differensiyalanmagan hujayralardir. O‘tkir leykoz turlari o‘sma hujayralarining oddiy
o’tmishdoshlari nomlaridan kelib chiqadi: mieloblastlar, eritroblastlar, limfoblastlar va boshqalar.
1685
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Morfologik jihatdan aniqlanmaydigan blast hujayralari differentsiallashmagan o‘tkir
leykoz deyiladi Agar kamida bitta alomat mavjud bo’lsa, bemor yuqori xavfli hisoblanadi, aks
holda standart xavfli deb tasniflanadi.
Agar induksiyaning birinchi bosqichi tugagandan so’ng, bemorda remissiya bo’lmasa,
boshqa belgilarga qaramasdan, bemor yuqori xavf guruhiga kiradi.
O’tkir mieloid leykozlarning morfologik tarqalishi:
-
M0. O’tkir differensiallanmagan mieloid leykoz.
-
M1. Yetilmagan o’tkir mieloid leykoz.
-
M2. Yetilgan o’tkir mieloid leykoz.
-
M3. O’tkir promielositar leykoz.
-
M3 (quyi variant). Granulotsitar o’tkir promielositar leykoz.
-
M4. O’tkir miyelomonositar leykoz.
-
M4. Eozinofiliya bilan o’tkir miyelomonositar leykoz.
-
M5. O’tkir monositar leykoz.
-
M5a. O’tkir monoblast leykoz.
-
M5b. O’tkir promonotsitar-monotsitar leykoz.
-
M6. O’tkir eritroblastik leykoz.
-
M7. O’tkir megakarioblast leykoz.
Ambulatoriya darajasida o’tkaziladigan asosiy diagnostika tekshiruvlari:
-
umumiy qon tekshiruvi (leykoformulani, surtmada trombotsitlar sonini hisoblash,);
-
sternal punksiya yordamida miyelogrammani hisoblash. Ambulatoriyada o’tkaziladigan
qo’shimcha diagnostika tekshiruvlari:
-
Blast hujayralarining sitokimyoviy tekshiruvi;
-
Blast hujayralarini sitokimyoviy tekshirish;
-
Immunofenotiplash orqali sitofluorimetriya usuli "o’tkir leykoz uchun asos";
-
standart sitogenetik tadqiqotlar;
-
FISH usuli va molekulyar genetik tadqiqotlar; umumiy siydik tahlili; koagulogramma;
-
qon guruhini va Rh omilini aniqlash;
-
biokimyoviy qon tahlili (umumiy oqsil, albumin, umumiy bilirubin, bog’langan bilirubin,
kreatinin, mochevina, ALT, AST, glyukoza, LDG, C-reaktiv oqsil, ishqoriy fosfataza);
-
Virusli gepatit belgilari uchun IFA;
-
OITS belgilari uchun IFA;
-
Gerpes guruhi viruslari markerlari uchun IFA;
-
EKG;
1686
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
-
Qorin bo’shlig’i organlarining ultratovush tekshiruvi (jigar, taloq, oshqozon osti bezi, o’t
pufagi, limfa tugunlari, buyraklar), ayollarda - kichik tos bo’shlig’i;
-
ko’krak qafasi rentgenogrammasi.
JSST ma’lumotiga ko’ra, o’tkir leykozda periferik qon va suyak ko’migida blast
hujayralar 20% va undan ko’p bo’ladi.
Blast hujayraga xos sitomorfologik xususiyatlar:
Blast hujayralari o‘tkir leykozda kuzatiladigan yosh, differensiyalanmagan yoki
yetilmagan o‘sma hujayralaridir. Ular normal qon yaratuvchi hujayralardan farqli ravishda
nazoratsiz ravishda bo‘linadi va suyak ko‘migi hamda periferik qonda to‘planadi. Ushbu
hujayralarni aniqlash uchun ularning sitomorfologik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyida blast hujayralariga xos asosiy morfologik xususiyatlar keltirilgan:
-
Yadro xromatin strukturasi nozik to‘rsimon: Blast hujayralarining yadrosi odatda katta va
xromatini nozik to‘rsimon (bo‘shliq) tuzilishga ega bo‘ladi. Bu esa hujayra hali to‘liq
yetilmaganligini ko‘rsatadi. Yetilgan hujayralarda xromatin yanada zichroq joylashgan bo‘ladi.
-
Yadrochalar mavjudligi: Blast hujayralarining yadrosida odatda 1 yoki undan ortiq
yadrochalar kuzatiladi. Bu yadrochalar yadro ichidagi faollikni va DNK sintezining yuqori
darajasini ifodalaydi. Yadrochalarning aniqligi o‘sma jarayonini ko‘rsatishi mumkin.
-
Bazofil sitoplazma- Blast hujayralari sitoplazmasi odatda bazofil, ya'ni ko‘k rangga moyil
bo‘ladi. Bu hujayra ichidagi oqsillar va RNK miqdorining ko‘pligini bildiradi. Sitoplazmada
donachalar yoki inkluziyalar mavjudligi leykoz turiga qarab farq qilishi mumkin.
-
Yadro-sitoplazmatik nisbat 4:1 yoki 8:1: Blast hujayralarining yadrosi katta, sitoplazmasi
esa nisbatan kichik bo‘ladi. Yadro-sitoplazmatik nisbatning yuqori ekanligi hujayraning
yetilmaganligini bildiradi. Bu nisbat 4:1 yoki ba'zida 8:1 gacha yetishi mumkin. Ushbu
xususiyatlar sitomorfologik tahlil yordamida aniqlanadi va leykozning o‘tkir shakllarini
differensial diagnostika qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu xususiyatlar leykozning
turini va uning davolash usulini belgilashda yordam beradi.
O’tkir leykozda periferik qondagi o’zgarishlar:
Normositar anemiya:
Qonda gemoglobin miqdori kamayishi natijasida yuzaga
keladigan kamqonlik holati kuzatiladi. Bu holat eritrotsitlarning normal hajmda, lekin kamaygan
miqdorda bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Leykotsitlar miqdorining o‘zgarishi:
-
Aleykemik shakl: Leykotsitlar soni 1-3 × 10⁹/l, blast hujayralar yo‘q yoki juda kam (1-
2%), nisbiy limfositoz mavjud.
-
Subleykemik shakl: Leykotsitlar soni 4-14 × 10⁹/l, blast hujayralar 5-10% ni tashkil
qiladi.
1687
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
-
Leykemik shakl: Leykotsitlar soni 15 × 10⁹/l va undan yuqori, blast hujayralar miqdori
10% dan ko‘p bo‘ladi.
-
Trombositopeniya: Qonda trombotsitlar soni keskin kamayishi kuzatiladi, bu qon
ketishiga moyillikni oshiradi.
-
Leykositar formulada “leykemik bo‘shliq”: Qonda faqat blast hujayralar va yetilgan
leykotsitlar aniqlanadi, o‘rtacha yetilgan hujayralar mavjud emas.
-
Eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ECHT) oshishi: Qonda blast hujayralari va yallig‘lanish
belgilarining ko‘payishi tufayli ECHT yuqori bo‘ladi.
O’tkir leykozda suyak ko’migidagi o’zgarishlar:
O’tkir leykoz kasalligida suyak ko‘migi (suyak iligi)ning normal qon yaratish faoliyati
buzilib, uning o‘rniga nazorat qilinmagan o‘suvchi o‘sma hujayralari -blast hujayralari ko‘payib
ketadi. Bu holat suyak ko‘migidagi qon hosil qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyida
o‘tkir leykozda suyak ko‘migidagi asosiy o‘zgarishlar keltirilgan:
Suyak ko‘migi blast transformatsiyasi:
-
Suyak ko‘migidagi blast hujayralarining miqdori 30% va undan ko‘p darajada ko‘payadi.
-
Normal qon hosil qiluvchi hujayralar siqilib chiqariladi, bu esa qonning normal
elementlarini yetarli darajada hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Gematopoez jarayonining susayishi:
-
Qon yaratish jarayoni - mieloid, limfoid va eritroid yo‘llari orqali qon hujayralari hosil
qilinishi - sezilarli darajada kamayadi.
-
Natijada qonning uch asosiy elementi (eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar)
yetishmovchiligi yuzaga keladi.
Megakariositlar keskin kamayishi
:
-
Suyak ko‘migida megakariositlar (trombotsitlarni hosil qiluvchi hujayralar) soni sezilarli
darajada kamayadi.
-
Bu trombotsitopeniyaga olib keladi, ya’ni qonda trombotsitlar soni kamayishi kuzatiladi.
Morfologik o‘zgarishlar:
-
Blast hujayralari yadro-sitoplazmatik nisbatining yuqoriligi, yadro tuzilmasining
nozikligi va yadrochalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
-
Normoblastlar va boshqa normal yetilgan hujayralar o‘rniga patogen blast hujayralar
ustunlik qiladi.
Sitoximik reaksiyalar bilan o‘zgarishlar:
-
Suyak ko‘migida o‘tkazilgan sitoximik tahlil yordamida blast hujayralari fermentlari va
substratlari aniqlanadi.
1688
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
-
Mieloperoksidaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, nonspecifik esteraza, glikogen va
lipidlar kabi moddalar mavjudligi blast hujayralarini differensiallashga yordam beradi.
O’tkir leykozning suyak ko‘migidagi o‘zgarishlari kasallikni tashxislash va uning turini
aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Bu o‘zgarishlar qon kasalliklari mutaxassislari
tomonidan morfologik, sitokimyoviy va immunologik tahlillar yordamida aniqlanadi. Sitoximik
reaksiyalar. Qon sitoximik reaksiyalari o’tkir leykoz turini aniqlash maqsadida blast
hujayralarning metabolik faol fermentlari va substratlari bilan rangli reaksiyaga asoslangan.
Mieloperoksidaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, nospetsifik esteraza, glikogen va
lipidlarni aniqlash katta diagnostik ahamiyatga ega. Sitoximik reaksiyalar blastlar
identifikatsiyasi, hujayralarning yetilish darajasini va davolash taktikasini aniqlashga imkon
beradi.
O’tkir leykozda umumiy qon tahlili. Gemoglobin-72 g/l; eritrotsitlar - 1,7×1012/l,
gematokrit ko’rsatkichi- 22%, MCV - 100 fl, MCH - 31 pg, leykotsitlar - 17,0×109 Leykotsitlar
formulasi: blastlar - 75%, segment neytrofillar - 8%, limfotsitlar - 15%, monositlar - 2%,
trombotsitlar - 5,0×109 /l, retikulotsitlar - 0,1%, EChT - 65 mm/
Gospitalizatsiya uchun ko’rsatmalar. Favqulodda shifoxonaga yotqizish uchun
ko’rsatmao’tkir leykoz birinchi marta aniqlanganda. Rejalashtirilgan holda shifoxonaga yotqizish
uchun ko’rsatma- kimyoterapiya kurslarini o’tkazishdir. Davolash. Hozirgi vaqtda o’tkir leykozni
davolash uchun xalqaro standartlarga javob beradigan, uning sitokimyoviy va immunologik
variantiga qarab tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlaydigan zamonaviy, doimiy
takomillashtirilgan poliximoterapiya protokollari qo’llaniladi. Ular quyidagi bosqichlarni o’z
ichiga oladi.
Remmisiyaning induksiyasi. Ushbu bosqichda leykoz hujayralarida sezilarli pasayishi
kuzatiladi. Konsolidatsiya-o’smaga qarshi ta’sir tizimini davolash. Ushbu davrning vazifasi
leykoz hujayralarini yo’q qilishdir. Neyroleykozning oldini olish. Davolashning barcha davrlarini
o’z ichiga oladi: lyumbal punksiya orqali sitostatik preparatlarni kiritish. Remissiyani qo’llab-
quvvatlovchi terapiya. Qolgan o’sma kloniga sitostatiklarning ta’sirini davom ettirish.
Poliximoterapiya bir qator sitostatik dorilarni o’z ichiga olgan sxemalar bo’yicha
qo’llaniladi, ularning gistogenezda har xil bo’lgan blast hujayralari va hujayra siklining
fazalariga selektiv ta’sirini, shuningdek, kurslar orasidagi intervallar bilan ulardan foydalanish
siklini hisobga olgan holda. Ta’sir mexanizmiga ko’ra leykozga qarshi kimyoterapevtik vositalar
quyidagi guruhlarga bo’linadi: antimetabolitlar [merkaptopurin, tioguanin, metotreksat, sitorabin
(sitozar)]; alkillashtiruvchi birikmalar (siklofosfamid, daunorubitsin, asparaginaza, etoposid,
karmustin); gormonlar (glyukokortikoidlar). Poliximoterapiya yordamida to’liq klinik va
gematologik remissiyaga erishiladi.
1689
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Uning mezonlari: limfa tugunlari, jigar, taloqning normal o’lchamlari; neyroleykoz
belgilari yo’q; qonda gemoglobin miqdori 100 g/l dan kam emas, granulotsitlar soni 1,0 × 10⁹/l
dan kam emas, trombotsitlar - 100 × 10⁹/l dan kam emas, blast hujayralari bo’lmasligi kerak;
suyak iligida blast hujayralarining tarkibi 5% dan, limfotsitlar - 30% dan oshmasligi kerak.
Polikimyoterapiya kurslari faqat statsionar sharoitida o’tkaziladi. Prognoz. Tashxis va
davolashga zamonaviy yondashuvlar hamda davlatning ushbu muammoga e’tibori tufayli
salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. So’nggi yillarda o’tkir leykozdan o’lim darajasi kamaydi,
bemorlarning 60-80 foizida barqaror remissiyaga erishish mumkin. Kasallikning noqulay
natijalari ko’pincha kech tashxis qo’yish, poliximoterapiyaga to’liq javob bermaslik va yuqori
xavf guruhini aniqlaydigan belgilarning kombinatsiyasi mavjudligi bilan bog’liq. O’limning eng
keng tarqalgan sabablari orasida mielosupressiya va infeksiya tufayli ko’p a’zolar
yetishmovchiligi mavjud.
Dispanser kuzatuv. 1-2 yillik remissiyada gematolog va umumiy amaliyot shifokorining
klinik tekshiruvi-oyiga 1 marta; 3-5 yil ichida - 3 oyda bir marta. Laboratoriya ko’rsatkichlarini
nazorat qilish: trombotsitlar sonini aniqlash bilan qon tahlili - qo’llab-quvvatlovchi terapiyada
haftasiga bir marta; terapiya tugagandan so’ng-oyiga bir marta; 3-4 - yillik remissiyada-2-3 oyda
bir marta. Biokimyoviy ko’rsatkichlarni nazorat qilish (bilirubin va uning fraksiyalari, Alt, Ast,
ishqoriy fosfataza, C-reaktiv oqsil, glyukoza, kreatinin, mochevina) - qo’llab-quvvatlovchi
terapiya paytida oyiga bir marta, u tugaganidan keyin - yiliga 2 marta. Gepatit B virusi, gepatit C
virusi, sitomegalovirus, Epshtein–Barr virusi, OIV - 1-3 yillar ichida 2marta, keyin esa
ko’rsatmalarga muvofiq tekshiriladi. Koagulogramma, immunogramma, trepanobiopsiya,
miyelogramma, lyumbal punksiya - protokolga muvofiq ko’rsatma bo’lganda. Funksional usullar
(EKG, ultratovush) - 1-2 yil uchun 6 oyda bir marta, keyin esa-yiliga bir marta. Instrumental
usullar (fibrogastroduodenoskopiya), Rentgenografiya, ko’krak organlari, KT-ko’rsatmalarga
muvofiq. Qorin bo’shlig’i organlarining ultratovush tekshiruvi 1-3 yil uchun 6 oyda bir marta,
keyin esa - yiliga bir marta. Mutaxassislar tomonidan tekshirish: gematolog - 3 oyda bir marta;
nevrolog - 6 oyda bir marta, kardiolog, ginekolog, urolog, endokrinolog-ko’rsatmalarga muvofiq.
Xulosa
O‘tkir leykozning molekulyar diagnostikasi ushbu kasallikni samarali aniqlash, davolash
rejalarini shaxsiylashtirish va kasallik prognozini baholashda muhim ahamiyatga ega.
Molekulyar-genetik tadqiqotlar, xususan, FISH, PCR va NGS kabi texnologiyalar
leykozning subtiplarini aniqlash va minimal qoldiq kasallikni (MRD) monitoring qilish imkonini
beradi. Bu esa bemorlarga individual yondashuvni ta’minlab, davolash samaradorligini oshiradi
va qayta kasallanish xavfini kamaytiradi.
1690
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Morfologik, sitokimyoviy va immunofenotipik tahlillar o‘tkir leykozning an’anaviy
diagnostikasi sifatida qo‘llanilsa-da, molekulyar usullar kasallikni yanada chuqurroq o‘rganishga
yordam beradi. Suyak ko‘migi va periferik qondagi blast hujayralarining aniqlanishi,
sitomorfologik xususiyatlarning tahlili va molekulyar o‘zgarishlarni aniqlash leykoz turini
tasniflashda muhimdir. O‘tkir leykozning kompleks diagnostikasi va davolashida zamonaviy
poliximoterapiya protokollari qo‘llaniladi.
Remissiyaning induksiyasi, konsolidatsiya, neyroleykozning oldini olish va remissiyani
qo‘llab-quvvatlovchi terapiya kabi bosqichlar leykoz hujayralarini yo‘q qilish va kasallikni uzoq
muddatli nazorat qilish uchun zarurdir. Umuman olganda, o‘tkir leykozning molekulyar
diagnostikasi nafaqat kasallikni erta bosqichda aniqlash, balki individual davolash strategiyasini
ishlab chiqishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu usullar leykozning subtiplarini aniqlash,
davolash natijalarini baholash va kasallik qaytalashini erta aniqlash imkonini beradi, bu esa
bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va ularning uzoq muddatli yashash imkoniyatlarini
oshiradi.
REFERENCES
1.
Abdiraimova A.N., Shaxmurova G.A., Kurbonova Z.Ch. Leykositlarning turlari va
faoliyati // Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish,
muammolar va yechimlar, 2023. - №2. – B. 211-213.
2.
Abdiraimova A.N., Shaxmurova G.A., Kurbonova Z.Ch. Qon va qon hujayralarining
faoliyati // Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish,
muammolar va yechimlar, 2023. - №2. – B. 216-218.
3.
O‘tkir leykoz laborator diagnostikasi va davolash tamoyillari" Z.Ch. Kurbonova, Sh.A.
Babadjanova, S.A. Kasimova
4.
"O‘zbekistonda o‘tkir limfoblast leykozda BCR/ABL ximeri onkogenining molekulyar
tahlili" Xujaxmedov Jamoliddin Djololovich
5.
"O‘tkir mieloid leykoz patogenezida xromosoma aberratsiyalarining roli"
Mualliflar:
Kasimova S.A., Babadjanova Sh.A., Kurbonova Z.Ch.
