02-04-2025
1719-1721
152
29
"SALOMATLIK" TUSHUNCHASINING TAMOYILLARI
Mazkur maqolada "salomatlik" tushunchasining nazariy va amaliy tamoyillari tahlil qilinadi. Salomatlik insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan holatini ifodalovchi murakkab kategoriya sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining salomatlikka oid aniqlamalari, shuningdek, zamonaviy fan va texnologiyalarning sog‘liqni saqlashga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, maqolada salomatlikning profilaktika, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy muhit bilan bog‘liq asosiy tamoyillari tavsiflanadi. Ushbu tamoyillar asosida salomatlikni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar taklif etiladi.