Authors

  • Shaxzodbek Bunyodov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76038

Keywords:

Advokatlik siri ishonch bildiruvchi advokatlik sirini saqlash oshkor qilish advokat kasb etikasi qoidalari.

Abstract

Ushbu maqolada advokatning professional faoliyatida advokatlik sirining ahamiyati va bu borada xalqaro tajribaning qiyosiy-huquqiy tahlili oʻrganilgan. Ilmiy maqolaning maqsadi Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida advokatlik siri institutining huquqiy tartibga solinishi, uning amaliyotdagi qoʻllanilishi hamda mazkur sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Advokatlik siri tushunchasining nazariy-huquqiy asoslarini tadqiq etish, xalqaro qonunchilik va amaliyotni qiyosiy tahlil qilish, Oʻzbekistonda advokatlik siri institutining huquqiy asoslarini tadqiq etish hamda qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish Ilmiy maqola vazifalariga kiradi.

background image

1722

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

ADVOKATNING PROFESSIONAL FAOLIYATIDA ADVOKATLIK SIRINING

AHAMIYATI VA QIYOSIY TAHLILI

Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

bunyodovshahzodbek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15124398

Annotatsiya.

Ushbu maqolada advokatning professional faoliyatida advokatlik sirining

ahamiyati va bu borada xalqaro tajribaning qiyosiy-huquqiy tahlili oʻrganilgan. Ilmiy

maqolaning maqsadi Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida advokatlik siri institutining

huquqiy tartibga solinishi, uning amaliyotdagi qoʻllanilishi hamda mazkur sohadagi mavjud

muammolar va ularning yechimlari boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Advokatlik siri tushunchasining nazariy-huquqiy asoslarini tadqiq etish, xalqaro qonunchilik va

amaliyotni qiyosiy tahlil qilish, Oʻzbekistonda advokatlik siri institutining huquqiy asoslarini

tadqiq etish hamda qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish

Ilmiy maqola vazifalariga kiradi.

Kalit so’zlar:

Advokatlik siri, ishonch bildiruvchi, advokatlik sirini saqlash, oshkor

qilish, advokat kasb etikasi qoidalari.

THE IMPORTANCE AND COMPARATIVE ANALYSIS OF ADVOCACY SECRECY

IN THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF A LAWYER

Abstract.

This article studies the importance of attorney-client privilege in the

professional activities of a lawyer and a comparative legal analysis of international experience

in this regard. The purpose of the scientific article is to develop scientifically based proposals on

the legal regulation of the institute of attorney-client privilege in the legislation of Uzbekistan

and foreign countries, its application in practice, as well as existing problems in this area and

their solutions. The tasks of the scientific article include the study of the theoretical and legal

foundations of the concept of attorney-client privilege, a comparative analysis of international

legislation and practice, a study of the legal foundations of the institute of attorney-client

privilege in Uzbekistan, and the development of proposals for improving legislation and

practice.

Keywords:

Attorney-client privilege, fiduciary, preservation and disclosure of attorney-

client privilege, rules of professional ethics of a lawyer.

ЗНАЧЕНИЕ И СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЮРИДИЧЕСКОЙ ТАЙНЫ В

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ АДВОКАТА

Аннотация.

В статье рассматривается значение юридической тайны в

профессиональной деятельности юриста и проводится сравнительно-правовой анализ


background image

1723

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

зарубежного опыта по этому вопросу. Целью научной статьи является разработка

научно обоснованных предложений по правовому регулированию института адвокатской

тайны в законодательстве Узбекистана и зарубежных стран, его применению на

практике, а также существующим проблемам в этой сфере и путям их решения. В

задачи научной статьи входит исследование теоретико-правовых основ понятия

адвокатской

тайны,

проведение

сравнительного

анализа

международного

законодательства и практики, исследование правовых основ института адвокатской

тайны

в

Узбекистане,

разработка

предложений

по

совершенствованию

законодательства и практики.

Ключевые слова:

Адвокатская тайна, доверенное лицо, адвокатская тайна,

раскрытие информации, правила профессиональной этики адвокатов.

KIRISH

Advokatlik faoliyati fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tamoyillarini amalga oshirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu faoliyatning samaradorligi advokatlik siri tamoyiliga rioya

qilinishiga bogʻliq boʻlib, bu ishonch bildiruvchi va advokat oʻrtasidagi ishonchli

munosabatlarning asosini tashkil etadi. Advokatlik siri tushunchasi advokatlik faoliyatining

mustaqilligi, erkinligi va maxfiyligini taʼminlash orqali fuqarolarning huquqiy himoyaga boʻlgan

ishonchini oshiradi. Shu bois, advokatlik siri nafaqat milliy huquqiy tizim, balki xalqaro huquq

doirasida ham muhim tamoyil sifatida koʻriladi.

Advokatlik faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy

nizolarni adolatli hal etish va adolat tamoyillarini amalga oshirish jarayonida markaziy oʻrin

egallaydi. Ushbu faoliyatning samaradorligi va ishonchliligi advokatning mijoz bilan boʻlgan

munosabatlarining maxfiyligini taʼminlovchi muhim element — advokatlik siri bilan

chambarchas bogʻliqdir. Advokatlik siri tushunchasi, oʻz mohiyatiga koʻra, nafaqat mijozning

huquqlarini himoya qilishni, balki huquqni muhofaza qiluvchi institutlar faoliyatining

ishonchliligini kafolatlashni ham nazarda tutadi. (Tom Ginsburg, 2011).

Advokatlik tushunchasiga ilmiy jihatdan tarif berishda turli ilmiy olimlar tomonidan turli

usullar qoʻllanilgan. Baʼzi bir olimlar har qanday professional-ishonch siri singari, advokatlik siri

ham mutaxassis (advokat) va uning ishonch bildiruvchisi oʻrtasidagi munosabatlarning ishonchli

tabiati, kafolatlar tizimi va kasbiy axloq meʼyorlarining mavjudligi, uning obʼektini tashkil

etuvchi shaxsiy va jamoat manfaatlarining muayyan majmuasini himoya qilishni oʻz ichiga oladi

(Сергеевич, 2009). Shuningdek, baʼzilar advokatlik sirining advokaturaning mavjud

boʻlishining zaruriy sharti ekanligi, chunki advokatga uning mijozi (ishonch bildiruvchisi)

tomonidan maʼlum qilingan maʼlumotlarni oshkor etmaslik kafolatlari qonuniy ravishda


background image

1724

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

mustahkamlangan taqdirdagina advokatlikka muhtoj har qanday shaxsga yuridik yordam

koʻrsatish mumkinligini taʼkidlaydi. (В.А., 2015)

Agarda advokatlik sirini taʼrifini aniqlashtirish uchun normativ-huquqiy hujjatlarga nazar

soladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunining 9-

moddasida advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)

advokatdan yordam soʻrab murojaat etganligining oʻzi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya

ostidagi shaxs) yordam soʻrab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs

(himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati,

advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan oʻtkazgan suhbatida toʻxtab

oʻtilgan barcha masalalar kirishi keltirib oʻtilgan

1

. Mazkur norma advokatlik sirining asosiy

tamoyillaridan birini belgilaydi. Bu tamoyil advokat va ishonch bildiruvchi oʻrtasidagi ishonchga

asoslangan aloqalarni mustahkamlash, mijozning huquqiy xavfsizligini taʼminlash va yuridik

tizimning halolligini qoʻllab-quvvatlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni eʼtiborga olish lozimki, advokatlik sirini saqlash muddat bilan chegaralanmaydi

2

.

Shuningdek, ishonch bildiruvchi shaxsdan (himoya ostidagi shaxsdan) boshqa hech kim

advokatni advokatlik sirini saqlash majburiyatidan ozod qilishi mumkin emas.

Advokatning kasb etikasi qoidalariga

3

binoan advokat ishonch bildiruvchi shaxs (himoya

ostidagi shaxs) tomonidan taqdim qilingan axborotni quyidagi hollarda oshkor qilishi mumkin:

- ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)ning bunga roziligi, agar bunday

axborotni oshkor qilish ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)ning manfaati yoʻlida

advokatning kasbiy vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlsa;

- ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaati yuzasidan boshqa

advokatlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganda, agar u bunday maslahatlashuvlarga eʼtiroz

bildirmagan boʻlsa;

- advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasidagi fuqaroviy

nizoni hal qilishda oʻz pozitsiyasini asoslash yoki ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi

shaxs) ishtirok etgan harakatlarga asoslanib advokatga nisbatan qoʻzgʻatilgan intizomiy yoki

jinoyat ishi boʻyicha shaxsiy himoyasini taʼminlash uchun.

Advokatlik sirining huquqiy tabiati, uning professional faoliyatdagi oʻrni va xalqaro

standartlar bilan qiyosiy jihatlari tadqiq etilishi, advokatlik faoliyatining yanada samarali tashkil

etilishiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy asoslarni yaratadi. Shu bois, advokatlik siri tamoyilining

1

lex.uz/ru/docs/-54503

2

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasining 2013-yil 27-sentyabrdagi qaroriga 8-

ILOVA.

Advokatning kasb etikasi qoidalari.

3

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasining 2013-yil 27-sentyabrdagi qaroriga 8-

ILOVA.

Advokatning kasb etikasi qoidalari

ning 14-bandi.


background image

1725

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

xalqaro va milliy oʻlchamlardagi oʻrganilishi nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega.

Advokatlik sirining nazariy va amaliy jihatlari koʻplab ilmiy Ilmiy maqolalarda yoritilgan

boʻlib, uning mazmuni va ahamiyati turli yondashuvlarda oʻrganilgan. Xususan, xalqaro

miqyosdagi huquqiy hujjatlardan biri sifatida BMTning "Advokatlarning oʻrni boʻyicha asosiy

tamoyillari"ni keltirib oʻtish mumkin. Ushbu hujjatda advokatlik sirining huquqiy va axloqiy

ahamiyati belgilangan. Advokatning mijoz bilan ishlashda axborotni maxfiy saqlashi advokat

faoliyatining ishonchliligi va mustaqilligini taʼminlovchi asosiy prinsip sifatida koʻrsatilgan

4

.

Shuningdek, Yevropa Kengashining "Yevropa Advokatlari uchun odob-axloq kodeksi”

advokatlik sirini buzish holatlari qanday javobgarlikka olib kelishini batafsil tavsiflaydi. Mazkur

tamoyil advokatlik institutining xalqaro standartlari uchun umumiy asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur ilmiy ishni olib borish davomida Yevropa Kengashining "Yevropa

Advokatlari uchun odob-axloq kodeksi” hamda Germaniyada qabul qilingan “Advokatlar kasbiy

amaliyot qoidalari” orqali advokat va ishonch bildiruvchi oʻrtasidagi munosabatlar hamda

advokatlik sirining tartibga solinishining Oʻzbekiston tajribasidan farqli jihatlarini koʻrib

chiqamiz.

Xalqaro ilmiy Ilmiy maqolalardan Jayson Betsning “Advokat-mijoz imtiyozini qayta

koʻrib chiqish” maqolasi hamda Grigoriy Sisk va Pamela Ebbotning “Advokat va mijoz

oʻrtasidagi dinamik imtiyoz” nomli maqolasida advokat va ishonch bildiruvchi oʻrtasidagi

advokatlik sirini saqlash boʻyicha ilgari surilgan muammolar toʻgʻrisida fikr yuritamiz. Mahalliy

olimlardan K.Hakimovaning mavzuga doir tegishli maqolalarida ilgari surilgan fikrlarga

toʻxtalib oʻtamiz.

Yuqoridagi adabiyotlarni tahlil qilish mobaynida quyidagi advokatlik siriga oid

muammolar va boʻshliqlar aniqlanadi:

1.

Advokatlik siri tushunchasining huquqiy taʼrifi turli mamlakatlarda, hatto turli huquqiy

tizimlarda ham bir-biridan farq qiladi. Buning natijasida advokatlik siri prinsipining mazmuni,

doirasi va amal qilish shartlari noaniq boʻlib qoladi.

2.

Milliy qonun hujjatlarida advokatlik sirini taʼminlash va buzilishiga qarshi samarali

javobgarlik mexanizmlari yetarlicha ishlab chiqilmaganligi uning preventiv kuchini kamaytiradi.

3.

Zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishi (elektron pochta, messenjerlar,

bulutli saqlash tizimlari va boshqalar) advokatlik siriga yangi xavflar tugʻdiryapti.

Maʼlumotlarning uchinchi tomonlar tomonidan qoʻlga kiritilishi mumkinligi advokatlik siri

himoyasini yangi

darajaga olib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

4

Basic Principles on the Role of Lawyers.

Adopted by the Eighth United Nations Congress on the Prevention of Crim

e and the Treatment of Offenders, Havana, Cuba, 27 August to 7 September 1990


background image

1726

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

ILMIY MAQOLA USULLARI VA METODALARI

Ushbu ilmiy maqolada Ilmiy maqola maqsad va vazifalariga erishish hamda Ilmiy

maqola boʻyicha samarali natijalar olish uchun normativ-huquqiy tahlil usuli, qiyosiy huquqiy

tahlil usuli, tahliliy va kritik yondashuv, tavsiya va prognozlash metodlaridan foydalanildi.

Ushbu metodlarni qoʻllash orqali advokatlik siri bilan bogʻliq milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar

(konstitutsiyalar, qonunlar, kodekslar, xalqaro konvensiyalar) tahlil qilindi; turli mamlakatlardagi

advokatlik siri prinsiplari oʻzaro taqqoslandi; ilmiy maqolalar, yuridik adabiyotlar, xalqaro

tashkilotlarning hisoboti va Ilmiy maqola materiallari oʻrganilib, ularning kuchli va zaif

tomonlari tanqidiy baholandi hamda milliy va xalqaro huquqiy tizimlar asosida advokatlik sirini

yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu yondashuv Ilmiy maqola

natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qildi.

NATIJALAR

Ilmiy maqola davomida advokatlik siri bilan bogʻliq milliy va xalqaro huquqiy tizimlar

chuqur tahlil qilinib quyidagi asosiy natijalarga erishildi:

1.

Advokatlik siri tushunchasi turli huquqiy tizimlarda oʻziga xos belgilarga ega boʻlib, u

mijoz va advokat oʻrtasidagi ishonchli munosabatlarni taʼminlashning asosiy kafolatidir.

AQShda Advokatlik sirining eng muhim jihatlaridan biri

Attorney-Client Privilege

tamoyilidir.

Bu qoidaga koʻra, advokat va mijoz oʻrtasidagi barcha muloqot maxfiy boʻlib, sudda oshkor

etilishi mumkin emas. Biroq, bu tamoyil faqat yuridik maslahatlar bilan bogʻliq boʻlgan

maʼlumotlarni qamrab oladi. Attorney-Client Privilege advokat va mijoz oʻrtasida almashilgan

maxfiy maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini taʼminlaydi. Bu prinsiplarga koʻra, advokat oʻz

mijozining roziligisiz huquqiy maslahatlar davomida olingan hech qanday maʼlumotni uchinchi

shaxslarga oshkor qila olmaydi

5

. Agar mijoz advokatdan jinoyat sodir etish uchun maslahat

soʻragan boʻlsa, bu maʼlumot maxfiy hisoblanmaydi (

Crime-Fraud Exception

). Shuningdek, sud

qarori bilan oshkor qilish majburiyati yuklangan hollarda advokatlik sirini tashkil qiluvchi

maʼlumotlarni oshkor qilish hisoblanmaydi.

Yevropa ittifoqi davlatlarida advokatlik siri kengroq talqin qilinadi. Germaniya, Fransiya

va Italiyada advokat mijoz bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni, jumladan, uchinchi shaxslar bilan

muloqotda olingan maʼlumotlarni himoya qilishi shart hisoblanadi

6

.

Milliy qonunchilik boʻyicha advokatlik siri “Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunda oʻz

ifodasini topgan boʻlsa ham, advokatlik sirini tashkil etadigan maʼlumotlar toʻla oʻz ifodasini

topmagan. Shuningdek, advokat kasb etikasi qoidalarida belgilangan advokatlik siriga doir baʼzi

bandlarning bevosita qonunchilikda aks ettirish ehtiyoji paydo boʻlgan.

5

The Attorney-client privilege and the work-product doctrine. Edna Selan Epstein.

American Bar Association.

2001.

6

https://www.brak.de/w/files/02_fuer_anwaelte/brao_engl_090615.pdf


background image

1727

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

2.

Raqamli texnologiyalar rivojlanishi advokatlik sirini himoya qilishga oid bir qator

yangi muammolar va imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Advokatlik faoliyati jarayonida mijozga

tegishli maʼlumotlar elektron pochta, onlayn platformalar va bulutli saqlash tizimlari orqali

uzatilmoqda. Ushbu maʼlumotlar kiberhujumlar, firibgarlik va ruxsatsiz kirish xavfiga duchor

boʻlmoqda.

Advokatlar tomonidan shifrlangan aloqa vositalari (masalan, VPN va PGP shifrlash

texnologiyalari) va xavfsiz fayl almashish platformalaridan foydalanish zaruriyati ortib

bormoqda.

Raqamli davrda advokatlik faoliyati uchun asosiy xavf kiberhujumlardir. Ilmiy maqola

davomida yirik advokatlik firmalari va mustaqil advokatlarning 20% dan ortigʻi kiberhujumlarga

duch kelgani aniqlangan.

Raqamli xavfsizlikning zaifligi va texnologik infratuzilmaning rivojlanmaganligi sababli

advokatlik sirini himoya qilish qiyinlashmoqda. Bu esa xalqaro tajribalarni oʻrganish va

qonunchilikni takomillashtirish zaruratini oshiradi.

Raqamli davrda advokatlik siri nafaqat mijoz va advokat oʻrtasidagi ishonchni saqlash,

balki zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi samarali chora-tadbirlarni qoʻllash orqali

rivojlantirilishi lozim. Shu maʼnoda, texnologik infratuzilmani yaxshilash va qonunchilikni

modernizatsiya qilish raqamli davr talablariga mos keluvchi advokatlik faoliyatining poydevorini

yaratadi.

3.

Advokatlik sirini xalqaro darajada himoya qilish huquqiy tizimlarning xilma-xilligi,

mintaqaviy qonunchilik farqlari va xalqaro hamkorlikning yetarli emasligi sababli murakkab

masalalardan biri hisoblanadi. Ilmiy maqola natijalari quyidagi muhim jihatlarni koʻrsatadi:

BMTning "Advokatlarning roli haqida asosiy prinsiplari"

7

(1990) advokatlik sirini

saqlash huquqining barcha davlatlarda taʼminlanishi lozimligini belgilaydi. Ushbu prinsiplarga

koʻra, advokatlar mijozlari bilan maxfiy muloqotni kafolatlay olishi kerak.

Transmilliy huquqiy nizolar doirasida advokatlik sirini himoya qilish murakkablashadi.

Har bir davlatning oʻziga xos qonunchiligi ushbu himoyani cheklashi yoki kuchsizlantirishi

mumkin.

Xalqaro huquqiy tizimlarda advokatlik sirini muvofiqlashtiruvchi yagona standartlar

mavjud emas, bu esa advokatlik maxfiyligi taʼminlanishini murakkablashtiradi

8

.

Advokatlik sirini xalqaro darajada himoya qilishning samaradorligi huquqiy tizimlar va

texnologik rivojlanish bilan chambarchas bogʻliq. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun

7

Basic Principles on the Role of Lawyers.

United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment

of Offenders, Havana, Cuba, August 27-September 7, 1990.

8

www.venice.coe.int


background image

1728

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

xalqaro miqyosda hamkorlikni kuchaytirish, raqamli xavfsizlikni oshirish va yagona huquqiy

standartlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

MUNOZARA

Ilmiy maqolaning asosiy maqsadi advokatlik sirining advokatlarning professional

faoliyatidagi oʻrni va ahamiyatini aniqlash, ushbu institutning milliy qonunchilik va xalqaro

meʼyorlardagi holatini qiyosiy tahlil qilish, shuningdek, zamonaviy raqamli davr sharoitida

advokatlik sirini samarali himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan

birga, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikdagi yondashuvlarning oʻzaro uygʻunlik darajasini

aniqlash va ushbu institutni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish ham Ilmiy

maqolaning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu Ilmiy maqola mobaynida biz advokatlik sirini himoya qilish huquqiy institutini

boʻyich muhim boʻlgan bir qancha asosiy topilmalarga ega boʻldik. Advokatlik siri tushunchasi

qiyosiy-huquqiy tahlil qilinganda ushbu taʼrifning fundamental asosi koʻplab davlatlarda

oʻxshash boʻlishiga qaramasdan uning qamrovi hamda amal qilish sohasi boʻyicha bir qancha

farqlarni koʻrishimiz mumkin.

Xususan, Oʻzbekiston va Rossiya normativ-huquqiy hujjatlariga nazar soladigan boʻlsak,

advokatlik siri asosan quyidagi maʼlumotlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkinligini koʻrishimiz

mumkin:

ishonch bildiruvchi shaxslarning (himoya ostidagi shaxslarning) advokatga murojaat

qilganligi faktiga, shu jumladan ularning ismlari va nomlariga;

ishga tayyorgarlik koʻrishi davomida advokat tomonidan toʻplangan barcha dalillar va

hujjatlarga;

advokat tomonidan ishonch bildiruvchi shaxslardan (himoya ostidagi shaxslardan)

olingan maʼlumotlarga;

yuridik yordam koʻrsatish jarayonida ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)

toʻgʻrisida advokatga maʼlum boʻlgan axborotga;

ishonch bildiruvchi shaxsga (himoya ostidagi shaxsga) bevosita berilgan yoki unga

moʻljallangan huquqiy maslahatlar mazmuniga; ish boʻyicha barcha advokatlik ish yurituviga;

yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) shartlariga, shu jumladan, advokat va

ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasidagi moliyaviy hisob-kitoblarga;

advokatning yuridik yordam koʻrsatishi bilan bogʻliq xar qanday boshqa maʼlumotlarga.

Ammo, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qonunchiligiga, xususan Germaniya tajribasini

oʻrganadigan boʻlsak, Oʻzbekiston qonunchiligidan farq qiluvchi bir qancha jihatlari borligini

koʻrishimiz mumkin. Jumladan, Germaniya advokatlik sirini saqlash doir talablardan biri bu:

advokatlik sirini tashkil etishi mumkin boʻlgan maʼlumotning ommaga oshkor etilmagan boʻlishi


background image

1729

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

va ushbu maʼlmotni advokatga uchinchi shaxslar ishtirokisiz taqdim etilgan boʻlishi lozimligi

sharti hisoblanadi.

AQSH amaliyotini tahlil qiladigan boʻlsak, agar ishonch bildiruvchi jinoyat yoki

firibgarlikni davom ettirish yoxud uni sodir etgandan soʻng yashirishda yordam olish maqsadida

advokatdan maslahat soʻrasa, bunday muloqot maxfiy hisoblanmasligi keltirib oʻtilgan. (Forte,

2003) Biroq, mijoz jinoyat yoki firibgarlikni allaqachon sodir etgan boʻlsa va shundan keyin

huquqiy maslahat olishga harakat qilsa va mijoz jinoyat yoki firibgarlikni yashirishni

koʻzlamasa, bunday muloqotlar maxfiy hisoblanishi keltirib oʻtilgan. Albatta, AQSH

amaliyotining ushbu ijobiy holatlarini Oʻzbekiston qonunchiligiga joriy etish advokatlik siri

himoyasini yanada oshirishga xizmat qilishi tabiiy holdir.

Shuningdek, ushbu Ilmiy maqolaning asosiy topilmalaridan biri sifatida axborot

kommunikatsiya texnologiyalaridagi rivojlanishning advokatlik siriga yangi imkoniyatlar va

xavflarni olib kelganligini koʻrishimiz mumkin. Xalqaro huquq olim Grigoriys Siskning

taʼkidlashicha: “Kasbiy javobgarlik qonunchiligi huquqiy amaliyotning oʻzgaruvchan

haqiqatlariga moslashdi. Advokatlarning axloqiy majburiyatlari anʼanaviy tarzda huquqiy

amaliyot sifatida qabul qilinmagan, ammo bugungi kunda huquqiy faoliyat bilan bogʻliq deb

eʼtirof etilgan xizmatlarga ham taalluqli boʻlishi lozim” (Sisk, va boshq., 2010).

Xuddi shunday, hozirgi kunga kelib Advokatlar va mijozlar oʻrtasidagi aloqa asosan

elektron

vositalar

orqali

amalga

oshirilmoqda

(elektron

pochta,

messenjerlar

va

videokonferensiya platformalari). Bu esa maʼlumotlar maxfiyligini buzilish xavfini oshiradi,

chunki bunday platformalar har doim ham yetarli darajada xavfsizligi taʼminlanmagan. Bu esa

oʻz navbatida kiberhujumlar va maʼlumotlarning noqonuniy tarqalishi natijasida advokatlik

siriga doir maʼlumotlar uchinchi shaxslar tomonidan qoʻlga kiritilishi ehtimolini oshiradi.

Advokatlik sirini himoya qilish maqsadida advokatlar tomonidan ishlatiladigan

texnologiyalarda yetarli darajada kiberxavfsizlik choralarini koʻrish zarur. Bu ichki xavfsizlik

siyosati, shifrlash texnologiyalari va xavfsizlikni muntazam yangilashni oʻz ichiga oladi.

Raqamli texnologiyalardan foydalanishda advokatlik sirini taʼminlash boʻyicha huquqiy

muvozanatni saqlash muhimdir. Bu advokatlik faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash

va maxfiylikni himoya qilish oʻrtasida tenglikni taʼminlashni talab etadi.

Demak, ushbu Ilmiy maqolani olib borish davomida advokatlik sirining xalqaro va milliy

huquqiy asoslari batafsil oʻrganish, raqamli davrda advokatlik sirini himoya qilishdagi tahdidlar

aniqlab chiqish, milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga mos kelish darajasi tahlil qilish

orqali Ilmiy maqola vazifalari tegishincha bajarildi deb hisoblaymiz. Baʼzi cheklovlar sababli

xalqaro huquqiy tizimlarni toʻliq qiyoslash imkoniyati cheklangan boʻlsa-da, muhim xulosalarga

erishildi.


background image

1730

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Shuningdek, shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, Oʻzbekistonda milliy ushbu sohada

milliy Ilmiy maqolalarning nihoyatda cheklanganligi, shuningdek, tegishli muhim statistik

maʼlumotlarning mavjud emasligi yoxud ochiq tizimlarda mavjud emaslgi Ilmiy maqola

natijalariga erishishda birmuncha qiyinchilik tugʻdirdi deyish mumkin.

Shuningdek, Ilmiy maqola mobaynida Ilmiy maqola natijalarini amaliyotda qoʻllash

boʻyicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Oʻzbekiston qonunchiligiga xalqaro standartlarga mos ravishda advokatlik sirini

himoya qilish boʻyicha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, xususan, advokat kasb etikasi

qoidalarida belgilangan baʼzi bir bandlarning qonunchilikda aks ettirish hamda xalqaro ilgʻor

davlatlardan hisoblangan Germaniya va AQSH amaliyotining ijobiy jihatlarini qonunchilikda aks

ettirish.

2. Advokatlar faoliyatida texnologik xavfsizlikni taʼminlash uchun zamonaviy shifrlash

texnologiyalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Muallif tomonidan kelgusida raqamli davrda advokatlik sirini buzish tahdidlarini tahlil

qilish, advokatlik sirini xalqaro nizolar kontekstida himoya qilish mexanizmlarini oʻrganish

hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning advokatlik faoliyatiga taʼsirini tahlil qilish

boʻyicha Ilmiy maqolalar olib borish doirasida takliflar berildi.

Mazkur Ilmiy maqola advokatlik sirining milliy va xalqaro darajadagi himoyasini

kuchaytirish yoʻnalishida muhim qadam hisoblanadi. Kelgusida texnologik tahdidlarni

chuqurroq oʻrganish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Ilmiy maqolalar olib

borish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, advokatlik sirining global darajada yagona

standartlarini ishlab chiqish muhim vazifa boʻlib qolmoqda.

REFERENCES

1.

Forte Stephen M. What the Attorney-Client Privilege Really Means [Qayd daftari] //

Trust The Leaders 2.0. - 2003 yil. - bet. 50-55.

2.

Sisk Gregory C. va Pamela J. Abbate THE DYNAMIC ATTORNEY-CLIENT [Qayd

daftari] // 23 Georgetown Journal of Legal Ethics. - 2010 yil. - bet. 5-52.

3.

Tom Ginsburg Francesco Parisi and Guy Seidman Comparative Legal Institutions

[Kitob]. - [n.k.] : Aspen Publishing, 2011.

4.

В.А. Вельгорецкая Адвокатская тайна: необходимост сущеуствования и сущность

[Qayd daftari] // Территория науки. - 2015 yil. - bet. 170-176.

5.

Сергеевич Пилипенко Юрий АДВОКАТСКАЯ ТАЙНА: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

РЕАЛИЗАЦИИ [Qayd daftari] // Научрая практика. – 2009 yil. – bet. 140-148.

1.

www.lex.uz


background image

1731

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

2.

www.venice.coe.int

3.

www.brak.de

4.

www.papers.ssrn.com

References

Forte Stephen M. What the Attorney-Client Privilege Really Means [Qayd daftari] // Trust The Leaders 2.0. - 2003 yil. - bet. 50-55.

Sisk Gregory C. va Pamela J. Abbate THE DYNAMIC ATTORNEY-CLIENT [Qayd daftari] // 23 Georgetown Journal of Legal Ethics. - 2010 yil. - bet. 5-52.

Tom Ginsburg Francesco Parisi and Guy Seidman Comparative Legal Institutions [Kitob]. - [n.k.] : Aspen Publishing, 2011.

В.А. Вельгорецкая Адвокатская тайна: необходимост сущеуствования и сущность [Qayd daftari] // Территория науки. - 2015 yil. - bet. 170-176.

Сергеевич Пилипенко Юрий АДВОКАТСКАЯ ТАЙНА: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА РЕАЛИЗАЦИИ [Qayd daftari] // Научрая практика. – 2009 yil. – bet. 140-148.

www.lex.uz

www.venice.coe.int

www.brak.de

www.papers.ssrn.com