Authors

  • Ibroxim Jo‘raxo‘jayev
  • Diyorbek Yusufov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76210

Keywords:

“Do‘ppi” (“tyubeteyka”) Taxiya do‘ppisi nurka andatra malaqay tumaq go‘zallik mukammallik zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi (“Yulduz” “Tovus”) do‘ppilari.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbek millatining milliy bosh kiyimi hisoblangan do‘ppiar va do‘ppi do‘zlikning tarixi uning ahamyati haqida fikr yuritilgan. Shartli ravishda do‘ppilar bir nechta guruhlarga bo‘lingani haqida so‘z boradi.

background image

24

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

O‘ZBEK DO‘PPILARI SIRLARI

Jo‘raxo‘jayev Ibroxim Ismoiljon o`g`li

joraxojayevibrohim@gmail.com

Diyorbek Yusufov Sadriddin o`g`li

yusupovdiyorbek49@gmail.com

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institute tarix mutaxasisligi talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15133186

Аnnotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbek millatining milliy bosh kiyimi hisoblangan

do‘ppiar va do‘ppi do‘zlikning tarixi uning ahamyati haqida fikr yuritilgan. Shartli ravishda

do‘ppilar bir nechta guruhlarga bo‘lingani haqida so‘z boradi.

Kalit soʼzlar:

“Do‘ppi” (“tyubeteyka”) Taxiya do‘ppisi nurka//, andatra malaqay,

tumaq, go‘zallik, mukammallik, zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi (“Yulduz”, “Tovus”)

do‘ppilari.

СЕКРЕТЫ УЗБЕКСКИХ ТЮБЕТЕЕК

Аннотация.

В данной статье рассматривается история тюбитейки, которые

считаются национальным головным убором узбекского народа. Статья раскрывает

вопросы о разделения национальных головных уборов которые делятся на несколько

групп.

Ключевые слова:

Шапка" ("тюбетейка") шапка Норка//, андатра малакай, тумак,

красота, совершенство, головные уборы зардози-гулдози и зардози-заминдози («Юлдуз»,

«Павлин»).

SECRETS OF UZBEK SKULLCAPS

Abstract.

This article discusses the history and significance of doppiar and doppi do'zlik,

which are considered the national headdress of the Uzbek nation. It is said that the skullcaps are

conventionally divided into several groups.

Keywords:

"Shapka" ("tube") cap Norka//, andatra malakay, tumak, beauty, perfection,

headdresses zardozi-guldozi and zardozi-zamindozi ("Yulduz," "Pavlin").

O‘zbeklar azaldan o‘zlarining boy madaniyati bilan atrofdagilarni hayratga sola bilganlar.

Bu barcha sohada, jumladan xalqimizning pazandalik san’atida, turar joylari

jihozlanishida, xalq anʼanalarida va albatta, liboslarida namoyon bo‘lgan. Milliy liboslar va bosh

kiyimlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Ayniqsa o‘zbek do‘ppisini

aytmaysizmi! Zero, bu shunchaki milliy bosh kiyim emas, bu muqaddas timsol, o‘zbek

madaniyatining bir bo‘lagi, o‘z egasi haqida gapira oladigan bosh kiyimidir.


background image

25

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

“Do‘ppi” (“tyubeteyka”) so‘zi turkiy “tube” so‘zidan dan olingan bo‘lib, “cho‘qqi” degan

maʼnoni anglatadi. Do‘ppini deyarli hamma, yoshu-qari, erkaklar, ayollar, keksalar, qizlar, o‘g‘il

bolalar va hatto chaqaloqlar kiyishadi. Faqat keksa ayollargina do‘ppi kiymaydilar.

Xurram Raimovning "O‘zbegim do‘ppisi" she'rida doʻppining milliy gʻurur va

madaniyatimizdagi oʻrni madh etiladi:

O‘zbegim do‘ppisi

Faxrlidir o‘zbek do‘ppisi,

Turi bisyor, turi xilma-xil.

Ajabtovur bu mo‘jizani,

Yaratadi faqat chevar qo‘l.

Kiydiramiz yangi do‘ppini,

Hosil bayramida dehqonga.

To‘ylarimiz o‘tmagay usiz,

Ulashamiz mehmon, mezbonga.

Marg‘ilon, Chust, Boysun do‘ppisi,

Yurtimizda hamma suyadi.

Xorijlikka kiydirsak uni,

Shu millatga mehr tuyadi.

Go‘zal ekan bosh sarpo bilan

Xalqimizning nomusi, ori.

Do‘ppi kiygan o‘zbek farzandi

Keng ochunda millat g‘ururi.

Bu she'rda doʻppining turli xil turlari, uning bayramlar va toʻylardagi ahamiyati,

shuningdek, milliy gʻururimiz ramzi sifatida tasvirlangan.

O‘zbekistonning har bir hududi o‘ziga xos do‘ppisi bilan ajralib turadi. Do‘ppilar

qadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Shartli ravishda do‘ppilar bir nechta

guruhlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun,

Shahrisabz do‘ppilari mashhur. O‘zbekistonning eng mashhur do‘ppisi to‘rt qirrali Chust

do‘ppilaridir. Uning tomonlari egasini borliqning to‘rt asosiy nuqtasidagi yovuz kuchlardan

himoya qiladi. Qora rang fazoni va qorong‘ilikni anglatadi, bezakda odatda oq iplardan

foydalanilgan. Libosning 4 tomonidagi “qalampir” hayotni, oilaviy farovonlikni anglatadi va

yomon ko‘zdan himoya qiladi.


background image

26

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Do‘ppining pastki qismida keltirilgan 16 arka hayot va o‘lim davomiyligidir. Shakl berish

orqali ular boylik va hayotiy energiya ta’minotini jalb qiladilar. Arkadagi qo‘zichoq shoxlari

kuch va jasoratni anglatadi.

Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gul-li

baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‘ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‘rma usulida kashta tikib

bezatilgan jiyak tutiladi.

Samarqandning Urgut dо‘ppilari barcha davrlarda о‘ziga xosligi bilan ajralib turgan.

Samarqandda qora satinga tikilgan tepasi baland, gumbazsimon, kizagi keng, tо‘q rangli

matodan jiyak tikiladigan dо‘ppilarni erkaklar sevib kiyganlar. XX asrning boshlaridan

kо‘rinishi dumaloq, Buxoro zardo‘zlarining zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi (“Yulduz”,

“Tovus”) do‘ppilari badiiy jixatdan yuqori baholanadi. Buxoro zardo‘zi do‘ppilari ayniqsa juda

mashhur. Ularni tayyorlashda faqat turli rangdagi silliq baxmaldan foydalaniladi. Kashta tikishda

Buxoro kashtado‘zlari asosan islimiy naqshlardan foydalanadilar: bodom, turunj (noranja),

to‘pbarggul, palmetta hamda aylana, romb va boshqa handasaviy shakllar. Ko‘k, kulrang va to‘q

qizil ranglarning nafis birikmasi Buxoro kashtalariga o‘ziga xos naqshinkorlik bag‘ishlaydi.

Iroqi do‘ppi Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir

mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. do‘ppining bu turida kashta iplari

sug‘irilib to‘r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan

iroqi chok(terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do‘ppining eng yaxshi

namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan tayyorlanadi.

Surxondaryo viloyatining ko‘plab hududlarida piltado‘zi do‘ppilari tikilgan. Bu

do‘ppilardagi to‘pgul naqshlar odatda uchi o‘tkir nurli yulduz ko‘rinishida bo‘lgan. Aylana

shaklli Shahrisabz gilam do‘ppilari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Boysun do‘ppilari badiiy

jihatdan ayniqsa qiziqarli. Yirik, bir qancha g‘adir-budir naqshlar, yorqin, bo‘rtma ranglar

birikmasi Boysun do‘ppilariga o‘ziga xos joziba baxsh etadi. Shimoliy vazminlik va hashamdor

janubiy ishtiyoqmandlikning o‘ziga xos birikmasi, naqshlar va shakllardagi yorqinlik tayxa,

taxya, chumakli taxya, qush kabi Xorazm bosh kiyimlarida o‘z aksini topgan. Takiya, to‘qima

takiya, makal takiya kabi qoraqalpoq do‘ppilari gumbazsimon shaklga ega va keng gardishli.

Qoraqalpog‘iston hududi o‘zbek shevalarida qo‘llaniladigan bosh kiyim nomlariga

quyidagilarni kiritish mumkin: Taqya//taxya, toppï, nurka//, andatra malaqay, tumaq qalpaq.

O‘rganilayotgan hudud o‘zbek shevalarida bosh kiyim guruhiga kiruvchi kiyimlarni ikki guruhga

ajratib o‘rganish mumkin:

1. Boshga kiyiladigan kiyimlar:

taqya, toppï, malaqay, tumaq, qalpaq, telpäk; chögirma, papax kabi.

2. Boshga o‘raladigan kiyimlar

: oramal, oripak, kasinka, lachak, sharf,


background image

27

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

yag‘liq//javliq kabi.

1. Boshga kiyiladigan kiyim turlari birini o‘rganilayotgan hudud o‘zbek shevalarida

taqya//taxya deb nomlashadi O‘zbek tilining izohli lug‘atida taqya bosh kiyimi quyidagicha

ta’riflangan:

taqya – [arabcha so‘z ehtiyotkorlik, yashirish, bekitish] sidirg‘a matodan tayyorlangan

gulsiz do‘ppi . Shuningdek, o‘rganilayotgan hudud o‘zbek shevalarida chögirma bosh kiyimi

nomi ham keng qo‘llaniladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida chögirma – Xorazm va

Qoraqalpog‘istonda rasm bo‘lgan katta mo‘yna qalpoq tarzida izohlangan. Taxiya do‘ppisi

qoraqalpoqlarning an’anaviy bosh kiyimlaridan biri bo‘lgan.

Qoraqalpoq

do‘ppilar qubba shaklida bo‘lib, balandligi 12 santimetrni tashkil qilgan.

Ularning tepa qismi to‘rt qismdan iborat, mayda bostirib qavilgan. Gardishi boshqa

matodan tayyorlanib, jiyek tikilgan va unga shoyi popuk taqilgan. Tepa qismi yassi va keng

gardishli do‘ppilar ham keng tarqalgan edi. Nuroniy otaxonlar kurash ostidan do‘ppi kiygan.

Xonaki matolardan tikilgan do‘ppilar toqima taxiya, baxmaldan tayyorlangani esa maxpal taxiya,

deb nomlangan. Ba’zan do‘ppilar an’anaviy keste taxiya kashtasi bilan bezatilgan. Kashtaning

ushbu turi dasht aholisiga xos edi, yoshlar ko‘k va yashil, qariyalar va bolalar oq do‘ppi kiygan.

Bolalar va o‘smirlar do‘ppisi kashta bilan bezatilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi fondida 300 ga yaqin do‘ppi bor.

"Do‘ppi tikdim... ipaklari tillodan", – deb kuylanadi mashhur o‘zbek qo‘shig‘ida.

Tajribali usta kashtachilarning qo‘llari bilan haqiqiy san’at asarlari yaratiladi.

O‘zbekistonda do‘ppi nafaqat kiyimning bir jihati, balki xalq madaniyatining tarkibiy

qismidir.

Bugungi kunda shaharliklarning boshida do‘ppini faqat ayrim holatlarda: oilaviy

tantanalar, dafn marosimlari yoki bayramlarda ko‘rish mumkin. Ammo bundan bir necha o‘n

yillar oldin do‘ppi O‘rta Osiyoda asosiy bosh kiyim turi bo‘lgan. Uni erkaklar va ayollar, bolalar

va qariyalar kiyardi. Va har bir mintaqada do‘ppilar o‘ziga xos farqli jihatlarga ega bo‘lgan.

Hozirgacha xalq orasida do‘ppilar haqidagi afsonalar va rivoyatlar saqlab kelinadi. Uzbek

rivoyatlarga ko‘ra, erkaklar do‘ppisining yuqori qismidagi to‘rtta gul odamning sog‘lig‘ini to'rt

tomondan himoya qiladi, do‘ppi chetidagi o‘n oltita gul esa katta va ahil oila bo‘lish (o‘n oltita

farzand ko‘rish) tilagini bildiradi. Ushbu do‘ppilar odmi, kamtar va shu bilan birga juda bezakli

ko‘rinishga ega. Ular to‘rtta qalampir boshchalari ko‘rinishidagi oq naqshning qora fon bilan

keskin birikuvi bilan ajralib turadi. Qorong‘i fonga oq ipak bilan tikilgan gullar inson qalbi va

yuragi pokligining ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Ayollar do‘ppilarini bezashda asosan gullar,

mevalar va qushlardan foydalaniladi.


background image

28

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Gul naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul, gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz,

olma gullari va boshqalar, mevalar orasida esa anor, olcha va gilos, bodom va qalampir tasvirlari

va boshqalar hisoblanadi. Gullar ko‘pincha yuqorida va yon tomonda tasvirlanadi. Gullar

ichidagi jihatlar, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini

tashkil qilishi mumkin. Asosan, bu tustovuq, xo‘roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand

ayollarning go‘zallikka, mukammallikka intilishi ularning mehnatini hunarmandchilikdan eng

yuqori san’at darajasigacha ko‘taradi.

O‘zbekiston

poytaxti

milliy

madaniyatni

faol

ravishda

ommalashtirishni

rejalashtirmoqda. Toshkent shahar hokimi poytaxtda milliy anʼanalarni targʼib qilish boʼyicha

"Milliy Toshkent" loyihasini amalga oshirish toʼgʼrisidagi qarorni imzoladi. Bunda poytaxtdagi

avtobuslar, bozorlar va xiyobonlarni milliy bezaklar bilan bezatish, davlat idoralari xodimlariga

milliy liboslar kiyishni tavsiya etish va boshqalar koʼzda tutilgan

Mazkur qaror Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning 2025 yil 21 yanvardagi

qarorida mustahkamlangan. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy qadriyatlarni asrab-

avaylash, shahar aholisining estetik idrokini rivojlantirish, o‘zbek xalqining boy madaniy

merosiga e’tiborni qaratishdan iborat.

Milliy libos va milliy doʼppi kiygan fuqarolarni maʼnaviy va moddiy ragʼbatlantirish

asosiy choralardan biri boʼladi.

"Milliy libos va doʼppilar kuni" deb eʼlon qilingan juma kuni davlat idoralari xodimlariga

anʼanaviy liboslar va milliy doʼppilar kiyish tavsiya etiladi.

Faqat tasdiqlangan xizmat formasi bundan mustasno boʼladi.

Xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida ularga milliy liboslarni bemalol kiyishlari uchun

alohida sharoitlar yaratiladi. Shahar dasturi doirasida barcha ommaviy tadbirlar milliy uslubda

tashkil etiladi va ishtirokchilar anʼanaviy liboslarda boʼlishi shart.

Xulosa.

Shunday qilib, o‘zbek do‘ppisi bezagining barcha elementlari — rangi,

chiziqlari, rasmlari muhim ma’no yuklamasiga ega bo‘lib, ko‘pincha hayot va o‘lim, yorug‘lik

va qorong‘ulik, yer va osmon, yaxshilik va yomonlik kabi umumiy tushunchalar bilan bog‘liq

bo‘ladi. O‘zbek do‘ppisi, nafaqat milliy kiyim-kechak sifatida, balki O‘zbekistonning madaniyati

va an'analarida muhim o‘rin tutadi. Uning tarixi chuqur, va har bir do‘ppi o‘ziga xos ma'no va

ramzlarga ega. Do‘ppining shakli va naqshlari, kiygan kishining ijtimoiy mavqei, yoshiga va

hatto hududiga qarab o‘zgaradi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbek do‘ppisi — bu milliy merosning

ajralmas qismi bo‘lib, har bir detalida chuqur ma'no, an'ana va tarixni o‘zida mujassamlashtiradi.

Do‘ppini kiyish, nafaqat madaniyatni saqlash, balki o‘ziga xos milliylikni ifoda etishdir.


background image

29

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

Kamoliddin Sh. O‘zbek do‘ppisi tarixidan. Moziydan sado. Toshkent.: 2017.

2.

Sodiqova N, G‘aybullayeva Y. O‘zbek milliy bosh kiyimlari XIX-XX asrlar. Toshkent.

2014.

3.

G‘aybullayeva Y. Do‘pillar tarixidan. T.: Moziydan sado. 2010.

4.

Ishaev A. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari. – Toshkent: Fan, 1977.

5.

Ikromova F. Boshimda tursa O‘zbegim do‘ppisi // INTERNATIONAL SCIENTIFIC

JOURNAL. 2022

6.

Тухбиева Л.Ф. Лексика одежды и головных уборов татарском

7.

литературном языке. Автореф. дисс.... канд. филол. наук. – Казань, 2006. – 38

8.

Копущу В. Названия традиционных головных уборов в турецком и

9.

гагаузском языках. Комрат, 2014.

10.

Кузина Г.В. Лексика одежды: названия головных уборов в орловскиз

11.

говоров (структурно-семантический аспект). Дисс. канд. филол. наук. – Тува.

References

Kamoliddin Sh. O‘zbek do‘ppisi tarixidan. Moziydan sado. Toshkent.: 2017.

Sodiqova N, G‘aybullayeva Y. O‘zbek milliy bosh kiyimlari XIX-XX asrlar. Toshkent. 2014.

G‘aybullayeva Y. Do‘pillar tarixidan. T.: Moziydan sado. 2010.

Ishaev A. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari. – Toshkent: Fan, 1977.

Ikromova F. Boshimda tursa O‘zbegim do‘ppisi // INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL. 2022

Тухбиева Л.Ф. Лексика одежды и головных уборов татарском

литературном языке. Автореф. дисс.... канд. филол. наук. – Казань, 2006. – 38

Копущу В. Названия традиционных головных уборов в турецком и

гагаузском языках. Комрат, 2014.

Кузина Г.В. Лексика одежды: названия головных уборов в орловскиз

говоров (структурно-семантический аспект). Дисс. канд. филол. наук. – Тува.