Authors

  • М.X. Nishanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76212

Keywords:

kommunikativ kompetentli muloqot kognitiv hissiy va xulqiy komponentlar kommunikativ qobiliyat.

Abstract

Mazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish mezonlari va koʻrsatkichlari chuqur tahlil etilgan va ular haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

background image

35

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIKNI

RIVOJLANTIRISH MEZONLARI VA KO'RSATKICHLARI

М.X.Nishanova

TDPU, o‘qituvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15133200

Annotatsiya.

Mazkur

maqolada

boʻlajak

oʻqituvchilarning

kommunikativ

kompetentliligini rivojlantirish mezonlari va koʻrsatkichlari chuqur tahlil etilgan va ular haqida

batafsil ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

kommunikativ kompetentli,

muloqot,

kognitiv, hissiy va xulqiy

komponentlar, kommunikativ qobiliyat.

КРИТЕРИИ И ПОКАЗАТЕЛИ РАЗВИТИЯ КОММУНИКАТИВНОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация

. В данной статье глубоко проанализированы критерии и показатели

развития коммуникативной компетентности у будущих учителей и предоставлена

подробная информация о них.

Ключевые слова:

коммуникативная компетентность, общение, когнитивный,

эмоциональный и поведенческий компоненты, коммуникативные способности.

BASIS AND INDICATORS OF DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE

COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

Abstract.

This article deeply analyzes the criteria and indicators of development of

communicative competence of future teachers and provides detailed information about them.

Keywords:

communicative competence, communication, cognitive, emotional and

behavioral components, communicative abilities.

Bugungi kunda pedagogik oliy ta’lim muassaslarida talabalarni ijtimoiy-gumanitar nuqtai

nazardan tayyorlash jarayonini takomillashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ

kompetentlilik shakllanganligining maxsus mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda darajalarini

aniqlash o‘ta zarur ekanligini koʻrsatdi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ

kompetentliligini shakllantirish samarali muloqotda shaxsning o‘ziga xos xususiyatlaridan

hisoblanadi. Muloqot samaradorligini oshirish uchun muloqot uchun ahamiyatli bo‘lgan shaxs

xususiyatlaridan tashqari turli vaziyatlarda samarali hamkorlik faoliyati usullarini egallash ham

muhim hisoblanadi.

Muloqotdagi sheriklarning bir-birini tushunishlari va empatiyasini to‘liq ta’minlovchi

muloqot usullari, uslublari va vositalari

samarali muloqot texnologiyalari

deb ataladi.


background image

36

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Masalan, “faol tinglash” texnologiyasi asosida muloqot samaradorligini ta’minlovchi

alohida kommunikativ ko‘nikmalar qatoriga quyidagilar kiradi:

-

diqqatini notiqqa qarata jamlay olishi;

-

ma’lumotning umumiy mazmuni hamda ayrim qismlarini to‘g‘ri tushunayotganligini

aniqlash;

-

olingan ma’lumotni suhbatdoshlariga boshqacha so‘zlar bilan yetkaza olish;

-

tinglash davomida so‘zlovchi nutqini bo‘lmaslik, maslahat berishga, tanqid qilishga

urinmaslik, xulosa chiqarmaslik, javob tayyorlashga

chalg‘imaslik. Bu

faoliyatni keyinroq siz

diqqat markazida bo‘lganingizda qilish mumkin, bunda sizni tinglashlari va tushunushlari uchun

harakat qilish lozim;

-

ma’lumotlarni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish va siz tomondan uzatilayotgan

ma’lumotlarni tinglovchilar to‘g‘ri qabul qilganliklariga ishonch hosil bo‘lmaguncha yangi

ma’lumotlarga o‘tmaslik;

- muloqot davomida o‘zaro ishonch, o‘zaro hurmat muhiti barqaror bo‘lishini ta’minlash,

suhbatdoshga nisbatan empatiya namoyish qilish;

- muloqotning noverbal vositalaridan foydalanish.

Samarali bahs olib borish, nizo davomida o‘zini to‘g‘ri tutish, o‘z hissiyotlarini nazorat

qilish, g‘azabni boshqarish kabi texnologiyalar mavjud. Shaxs xususiyatlarini rivojlantirish va

korreksiya qilish, kommunikativ qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun nizo davomida

o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganishda autotrening va ijtimoiy-psixologik treninglarning

o‘rni katta.

Mazkur texnologiyalar ham auditoriya, ham auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar uchun

mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish, to‘garak mashg‘ulotlari, turli

seminar treninglarni tashkil etish jarayonida, volontyorlik guruhlari faoliyatida samarali

foydalanish mumkin.

Tadqiqotda pedagogik OTM talabalarida kommunikativ kompetentlilikni shakllanganligi

mezonlari alohida sifat ko‘rsatkichlar, uning darajalari esa mazkur mezonlarni tanlashga bog‘liq

bo‘lgan miqdoriy tavsif sifatida belgilanadi.

Kommunikativ kompetentlilikni tadqiq qilish uchun yuqori ahamiyat kasb etuvchi

mezonlar (yohud komponentlar) sifatida

“ifoda”

deb ataluvchi insonning anglash jarayoni, uning

hissiy tomonini –

“munosabat”

, shuningdek,

“murojaat”

ni vujudga keltiruvchi xulq mezonlari

taklif etiladi. Shuning uchun “kommunikativ kompetentlik (yoki muloqotdagi kompetentlik), o‘z

ichiga kognitiv, hissiy va xulqiy komponentlarni qamrab oluvchi murakkab tuzilma

hisoblanadi”.


background image

37

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Demak, bo‘lajak o‘qituvchi nafaqat qator kasbiy vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lishi

kerak, balki tashkiliy-boshqaruvchilik faoliyatini olib borishga ham alohida e’tibor qaratishi

lozim. Masalan:

- ta’lim oluvchilar jamoasining ishini tashkillashtirishi;

- ta’lim oluvchilarni boshqarish usullarini egallagan bo‘lishi;

- boshqaruvga oid harakatlarni ishlab chiqish hamda qaror qabul qilish tartibini egallagan

bo‘lishi;

- ta’lim jarayonini tashkillashtirishda xavfsizlik talablaridan kelib chiqib o‘quvchilar

faoliyatini muvofiqlashtirish.

Yuqorida keltirilgan talablar bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ kompetentlik

darajasining shakllanganlik mezonlarini aniqlashda muhim asos bo‘lgan o‘lchovlar hisoblanadi.

Bu o‘lchovlarga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ

kompetentlilikning umumiy mezonlarini aniqlangan (1-jadvalga qarang). Bunda kasbiy

muloqotning barcha jarayonlarida, aynan tashkiliy va boshqaruvga oid qarorlar og‘zaki shaklda

qabul qilinishi e’tiborga olingan.

1 jadval

Kommunikativ kompetentlik tarkibiy qismlarining

umumiy mezonlari

Tarkibiy

qismlari

Мezon va uning xususiyatlari

Kognitiv

Axborotli-kommunikativ mеzon –

bu o‘rinda ma’lumot almashinishidagi

kompеtеnsiya tizimini egallash, shuningdek, kasbiy muloqot jarayonida

insonlarning bir-birlarini anglashi nazarda tutiladi

Xulqiy

Muvofiqlashtiruvchi-kommunikativ mezon -

nafaqat o‘z xulqi balki boshqa

insonlarning xulqini ham boshqarish va muvofiqlashtirish, hamkorlikdagi

faoliyatni to‘laqonli tashkil etishni anglatadi.

Hissiy

Hissiy muloqot mezoni.

Ushbu mezonning o‘ziga xosligi shaxsning hissiy

sohasiga hamda alohida yondoshuvda va uning hissiy holatining o‘zgarishida

vujudga keladigan ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishida aks etadi.

Komponentlar ko‘rsatkichi deganda, kommunikativ kompetentlilikning shakllanganligi

haqida mulohaza qilish imkoniyatini beruvchi mezonlar, shuningdek, pedagogik sharoitni

amalga oshirish bilan tashxis qo‘yish modelini joriy qilish jarayonida talaba shaxsi rivojlanishida

yuz beradigan o‘zgarishlar ham nazarda tutiladi.


background image

38

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Kommunikativ kompetentlikning shakllanganlik darajasini aniqlash muammosi eng ko‘p

uchraydi, u uch bosqichda kuzatiladi: yuqori, o‘rta, quyi. Mazkur bosqichlar quyidagi tartibda

aniqlanadi: reproduktiv (qayta tiklash); evristik (ijodiy qayta tiklash); ijodiy. V.P.Bespalko o‘z

navbatida ularni to‘rtga ajratadi: tanish; qayta tiklash (algoritmik faoliyat); murakkab tuzilishli

sermahsul faoliyat (evristik faoliyat); sermahsul ijodiy faoliyat.

Shuni ham qayd etish muhimki, biror bosqichga tegishli ma’lum ko‘nikmani egallagan

bo‘lajak o‘qituvchi quyi bosqichni belgilovchi kompetensiyalarni egallagan bo‘lishi umume’tirof

etilgan fikr hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, umume’tirof etilgan hamda bosqichlarni o‘zaro

chambarchas bog‘liq bo‘lishini nazarda tutuvchi uch bosqichli tasnifga to‘xtalib o‘tamiz. Bunda

har bir avvalgi bosqich, biz oldin taxmin qilganimizdek, keyingi bosqichni o‘zlashtiradi: past –

kasbiy muloqot sohasidagi barcha kompetensiyalar yuzaki (formal) ko‘rinishga ega bo‘lib,

amaliy tavsifga ega emas; dialogga asoslangan munosabatlarga madaniyati to‘liq shakllanmagan;

insonlarning xulq-atvorini tahlil etish va baholay olish darajasi past; samarali tinglash,

kuzatuvchanlik qobiliyatini egallamaganligi samarali muloqotga to‘sqinlik qiladi; boshqa

kishilar bilan kommunikativ aloqa o‘rnatishda qiyinchilik sezadi; ayrim holatlarda boshqa

insonlarning kechinmalariga mutlaqo befarq; kommunikativ muloqot vaziyatida o‘z xatti-

harakatlarini aniq baholay olmaydi; o‘rta – kasbiy-pedagogik muloqotga oid kompetenцiyalar

empirik-vaziyatli tavsifga ega bo‘lib, umumiy ko‘rinish kasb etadi; dialogga asoslangan

munosabatlarga qodir, biroq to‘liq namoyon etmaydi; boshqa insonlar xulq-atvorini faqat intuitiv

darajada farqlay oladi; samarali tinglash, kuzatuvchanlik qobiliyati o‘rta darajada, bu esa, yanada

samarali muloqotga to‘sqinlik qiladi; muloqotning maqbul usullarini tanlay olish layoqatiga ega;

o‘z xatti-harakatini barcha vaziyatlarda ham to‘g‘ri baholay olmaydi; yuqori– kasbiy-pedagogik

muloqotga oid kompetensiyalarga ega, yaxlit va tizimli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; dialogga

asoslangan munosabatlar madaniyati shakllangan; boshqa insonlar xulq-atvorini to‘liq tahlil etadi

va baholaydi; talabaning tinglash, kuzatuvchanlik qobiliyati yaxshi rivojlangan, bu esa samarali

muloqotga kirishiga to‘liq imkon beradi; talaba boshqa kishilar bilan tezda aloqa o‘rnata oladi;

boshqalarning kechinmalariga sherik bo‘la oladi; muloqotning turli-tuman vaziyatlarida o‘z

xatti-harakatlarini adekvat baholashga qodir.

Shu asosdan kelib chiqqan holda boʻlajak oʻqituvchilarda kommunikativ kompetentlikni

rivojlantirish me’zonlari va koʻrsatkichlari juda koʻplab pedagog olimlar tomonidan oʻrganilgan

va tahlil qilinganini koʻrishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: “Fan va

texnologiyalar” nashriyoti, 2006


background image

39

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

2.

Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. – Москва, 1995.

3.

Засобина Г. А., В.С. Мухаммед. Исследование в педагогической деятельности

преподавателя высшей школы. Иваново: «ИвГУ», 1997.

4.

Сластенин В.А. Общая педагогика. В 2 ч. Ч. 2. – Москва, “Академия”, 2006.

References

Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2006

Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. – Москва, 1995.

Засобина Г. А., В.С. Мухаммед. Исследование в педагогической деятельности преподавателя высшей школы. Иваново: «ИвГУ», 1997.

Сластенин В.А. Общая педагогика. В 2 ч. Ч. 2. – Москва, “Академия”, 2006.