Authors

  • Aziz Xujamkulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76213

Keywords:

tanqidiy fikrlash mediata’lim strategiyalar VR texnologiya multimedia dezinformatsiya faktlarni tekshirish tahlil sun’iy intellekt axborot madaniyati.

Abstract

Maqolada mediata’lim sharoitida talabalar tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, mediata’limning talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va samaradorligi, mediata’lim vositalari – raqamli texnologiyalar, internet resurslari, interfaol dasturlar, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarning ta’siri tadqiq etilgan. Bundan tashqari maqolada mediata’lim vositalari yordamida talabalar tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish choralari ham ko‘rib chiqiladi.

background image

40

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

MEDIATA’LIM SHAROITIDA TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI

RIVOJLANTIRISH

Xujamkulov Aziz Pirimkulovich

TDPU o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15133210

Annotatsiya.

Maqolada mediata’lim sharoitida talabalar tanqidiy fikrlash qobiliyatini

shakllantirish va rivojlantirish jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek,

mediata’limning talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va

samaradorligi, mediata’lim vositalari – raqamli texnologiyalar, internet resurslari, interfaol

dasturlar, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarning ta’siri tadqiq etilgan. Bundan

tashqari maqolada mediata’lim vositalari yordamida talabalar tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini

shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish choralari ham ko‘rib

chiqiladi.

Tayanch so‘zlar:

tanqidiy fikrlash, mediata’lim, strategiyalar, VR texnologiya,

multimedia, dezinformatsiya, faktlarni tekshirish, tahlil, sun’iy intellekt, axborot madaniyati.

РАЗВИТИЕ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У СТУДЕНТОВ В УСЛОВИЯХ

МЕДИАОБРАЗОВАНИЯ

Аннотaция.

В статье анализируется процесс формирования и развития навыков

критического мышления студентов в условиях медиаобразования с научно-

теоретической точки зрения. Также исследованы роль и эффективность

медиаобразования в развитии навыков критического мышления учащихся, влияние

средств медиаобразования – цифровых технологий, интернет-ресурсов, интерактивных

программ, технологий виртуальной и дополненной реальности. Кроме того, в статье

рассматриваются факторы, препятствующие формированию у студентов навыков

критического мышления с помощью средств медиаобразования, и меры по их

устранению.

Ключевые слова:

критическое мышление, медиаобразование, образовательные

стратегии, VR-технологии, мультимедиа, дезинформация, проверка фактов, анализ,

искусственный интеллект, информационная культура.

DEVELOPING STUDENTS’ CRITICAL THINKING IN TERMS OF MEDIA

EDUCATION

Abstract.

The article analyzes the process of formation and development of critical

thinking skills of students in the context of media education from a scientific and theoretical

point of view. The role and effectiveness of media education in the development of critical

thinking skills of students, the influence of media education tools - digital technologies, Internet


background image

41

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

resources, interactive programs, virtual and augmented reality technologies are also studied. In

addition, the article considers the factors that hinder the formation of critical thinking skills in

students with the help of media education tools, and measures to eliminate them.

Key words:

critical thinking, media education, educational strategies, VR technologies,

multimedia, disinformation, fact-checking, analysis, artificial intelligence, information culture.

Kirish

. Bugungi zamonaviy dunyoda ijtimoiy munosabatlar-ning keskinlashuvi va

axborot oqimining tobora ortib borishi natijasida inson fikrlash masalasi o‘z dolzarbligi jihatidan

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib shakllantirish

masalasi pedagogikaning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini anglagan holda, shaxsning

ijtimoiy munosabatlarga tez va aniq javob berishini ta’minlaydigan ilmiy dunyoqarashi va

tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifamiz sanaladi. Bu o‘rinda inson fiklash qobiliyatini

rivojlantirish, iqtidorini yuzaga chiqarishda fikrlash turlari va yo‘nalishlari ichida eng

zarurlaridan biri sifatida tanqidiy fikrlashni keltirish mumkin. Ushbu o‘rinda Prezidentimiz

Sh.M.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.” – degan fikrlari asnosida bo‘lajak

kardrlarni tayyorlashda bugungi kun ta’lim tizimida tanqidiy fikrlashning ahamiyati yuqori

ekanligini ko’rinadi.

Asosiy qism.

“Tanqidiy fikrlash” tushunchasi XX asr o‘rtalarida pedagogika faniga kirib

kelgan. Birinchilardan bo‘lib tanqidiy fikrlash atamasi K.Popper tomonidan ishlatilgan. Unga

ko‘ra har bir tirik organizm muammolarni “hal qiluvchi” vazifasini bajaradi. Atrofdagi

ma’lumotlar tirik organizmning ma’nosini tasdiqlash yoki rad etish sifatida qaraladi bu hodisani

oldindan beradi.

Bunday vaziyatda tanqidiy fikrlash – haqiqatni izlash va xatoni bartaraf etish usuli

sifatida ishlaydi.

Tandiqiy fikrlash qadimdan buyon turli olimlar va faylasuflar tomonidan o‘rganilgan va

rivojlantirilgan. Quyidagi qadimgi olimlar o‘z qarashlari bilan tanqidiy fikrlashga katta hissa

qo‘shgan:

Yunon faylasuflaridan biri Suqrot “Sokrat usuli” orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga

hissa qo‘shgan va savol-javob yo‘li bilan mantiqiy tahlil qilish, mavjud qarashlarni shubha ostiga

olish, haqiqatga erishish uchun mantiqiy mushohadalarni ishlatish muhimligini targ‘ib qilgan.

Platon esa Dialektika usulidan foydalangan holda fikrlarni sinchkovlik bilan tahlil

qilishni ilgari surgan hamda o’zining "G‘or tashbehi" falsafiy allegoriyasi inson qanday qilib o‘z

fikrlashini rivojlantirishi va haqiqatni tanqidiy tahlil qilish orqali anglashini tushuntiradi.


background image

42

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Yana bir faylasuf Aristotel mantiq va deduktiv fikrlash asoschisi sifatida o’zining

“Organon” asari bilan fikrlash jarayonini mantiqiy tahlil qilish tamoyillarini alohida e’tibor

qaratgan.

O’rta asr Sharq Uyg’onish davri qomusiy olimlaridan biri Farobiy “Fozil odamlar shahri”

asarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni juda muhim deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, haqiqiy

bilimga erishish uchun odamlar mustaqil fikrlashlari, dalillarni sinchiklab tekshirishlari va turli

fikrlarni tahlil qilishlari kerak. Farobiyning fikricha, ideal jamiyatda har bir fuqaro o‘z fikrini

asosli va mantiqan izchil tarzda ifoda eta olishi zarur. Shuningdek, u insonlarni dogmatik

fikrlashdan voz kechishga, shubhalanish va izlanishga undaydi. Yana bir qomusiy olim Abu Ali

ibn Sino esa empirik metod va ilmiy tadqiqotga asoslangan fikrlashni rivojlantirgan va tajriba va

kuzatuvlar orqali bilimga erishish muhimligini ta’kidlagan. Abu Rayhon Beruniy esa tanqidiy

fikrlashning amaliy jihatlariga katta e’tibor qaratgan. Masalan, u Yerning aylanishi haqidagi

o‘sha davrda mashhur bo‘lgan qarashlarni tekshirib, o‘z tajribalari orqali ba’zi noto‘g‘ri

tushunchalarni rad etgan. U ilm-fanni faqatgina nazariy fikrlash bilan emas, balki tajribalar

orqali isbotlash kerakligini ilgari surgan. Uning "Hindiston" asari tanqidiy tahlilning yorqin

namunasi bo‘lib, unda hind madaniyati, falsafasi va ilmiy yutuqlari haqida xolis va chuqur fikr

yuritilgan.

Zamonamiz olimlaridan akademik S.S.G‘ulomov o‘z tadqiqotlarida tanqidiy fikrlash

uchun “dalillarni eslab qolish va g‘oyalarni isbotlash” deb ta’rif beradi. T.Nazarov tanqidiy-

tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgangan va bu borada

tadqiqotlar olib borgan.

Olim quyidagicha ta’rif bergan: “Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini

muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan

ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi ijobiy ko‘nikmadir”. E.Farmonov

va Z.Sharipovlar "Ilmiy izlanish asoslari" nomli o‘quv qo‘llanmasida ilmiy tadqiqot

metodologiyasi, jumladan, tanqidiy fikrlashning ahamiyati haqida so‘z yuritganlar.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib biz tanqidiy fikrlash tushunchasiga quyidagicha ta’rif

berdik:

tanqidiy fikrlash

– bu axborotni tizimli tahlil qilish, dalillarning ishonchliligini

baholash, qarama-qarshi fikrlarni topish va asosli xulosalar shakllantirishni o‘z ichiga oladigan

kognitiv faoliyat.

Talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ularga nafaqat ta'lim jarayonida,

balki kundalik hayotda ham to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

Tanqidiy fikrlash quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:

Axborotni tahlil qilish va undan foydalanish qobiliyati;

O‘z fikrini asoslash va dalillarga suyanish;


background image

43

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Turli manbalardan ma'lumot olish va ularni solishtirish;

Muammoni hal qilishda ijodiy yondashuv;

Qaror qabul qilish jarayonida ob'ektivlikni ta'minlash;

Stereotiplardan xoli bo‘lish va mustaqil xulosa chiqarish.

Mediata'lim va tanqidiy fikrlash

Mediata'lim – bu ta'lim jarayonida ommaviy axborot

vositalari, internet texnologiyalari, raqamli resurslardan foydalanish jarayonidir. Mediata'lim

tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

Talabalar mustaqil axborot izlash va uni tahlil qilishni o‘rganadi;

Turli manbalar orqali real faktlarni yolg‘ondan ajratish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;

Media kontentni tahlil qilish orqali argumentatsiya va dalillarga asoslangan fikrlash

qobiliyatini shakllantiradi;

Internet manbalaridan foydalanishda tanqidiy yondashuvni rivojlantirishga yordam

beradi;

Axborot xurujlariga qarshi immunitet hosil qilishga ko‘maklashadi;

Ijtimoiy tarmoqlardagi manipulyativ ma'lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini

shakllantiradi.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish strategiyalari.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

uchun quyidagi ta'lim metodlaridan foydalanish mumkin:

1.

Munozaralar va bahslar – Talabalarni muayyan mavzuda bahslashishga undash ularning

argumentatsiya ko‘nikmasini rivojlantiradi.

2.

Katta hajmdagi axborotni tahlil qilish – Talabalar turli manbalardan kelgan ma'lumotlarni

taqqoslash orqali to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rganadi.

3.

Kritik savollar qo‘yish – Har bir taqdim etilgan axborot bo‘yicha "Nega?", "Qanday

qilib?", "Qanday dalillar bor?" kabi savollar berish talabalar fikrlash jarayonini faollashtiradi.

4.

Case study (vaziyatli tahlil) – Talabalar real hayotiy muammolarni tahlil qilish orqali o‘z

qarashlarini shakllantiradi.

5.

Media mahsulotlarni tahlil qilish – Talabalar reklama, yangiliklar, maqolalarni o‘rganish

orqali ularning ishonchliligini tekshirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

6.

Fakt va fikrni ajratish – Talabalarga haqiqatga mos va noto‘g‘ri axborotni ajratib olish

o‘rgatiladi.

7.

Dasturiy vositalar yordamida media tahlil qilish – raqamli texnologiyalar orqali soxta

yangiliklarni aniqlash va media savodxonlikni oshirishga e'tibor qaratish.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda kompyuterdan foydalanish usullari

Zamonaviy

texnologiyalar yordamida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun quyidagi usullardan

foydalanish mumkin:


background image

44

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Onlayn kurslar va interaktiv darsliklar – Talabalar tanqidiy fikrlash bo‘yicha onlayn

resurslar orqali mustaqil bilim olishi mumkin;

Axborotni tahlil qilish dasturlari – Google Scholar, FactCheck.org, Snopes kabi

platformalar orqali ishonchli manbalarni aniqlash;

Sun’iy intellekt asosidagi tahlil vositalari – ChatGPT, Grammarly, Turnitin kabi vositalar

yordamida matnni tahlil qilish, plagiatni aniqlash va dalillarning to‘g‘riligini tekshirish;

VR texnologiyasi orqali muammolarni tahlil qilishga o’rgatish – Simulyatsiya,

modellashtirish va mantiqiy o‘yinlar yordamida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

Bloglar va forumlar orqali muhokama qilish – Talabalar o‘z bloglarini yuritish va

forumlarda qatnashish orqali tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashlari mumkin;

Mediata'limning o‘quv jarayoniga ta'siri.

Mediata'lim sharoitida tanqidiy fikrlashni

rivojlantirish bir qancha jihatlar orqali ta'lim jarayonini yanada samarali qiladi. Birinchidan

mediata’lim orqali interaktiv ta'lim muhiti yaratiladi. Bunda virtual va raqamli resurslardan

foydalanish orqali ta'lim jarayoni yanada qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi. Ikkinchidan,

ko‘rgazmali o‘qitish – video, animatsiya, diagramma va infografika orqali axborot yanada

tushunarli bo‘ladi.

Uchinchidan, talabalarning faolligi oshadi va mustaqil izlanishga, ma'lumotlarni tahlil

qilishga o‘rganadilar. To’rtinchidan, talabalar axborotni ob'ektiv baholashga o’rganadilar, ularda

soxta ma'lumotlar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish ko‘nikmalari shakllanadi.

Shu bilan bir qatorda mediata’lim sharoitida talabalarda tanqidiy fikrlashni

rivojlantirishda duch kelinadigan muammolar ham yo’q emas. Masalan:

- ko‘pgina pedagoglar an’anaviy ta’lim metodlaridan voz kechish qiyinligi sababli

tanqidiy fikrlashga asoslangan interaktiv metodlarni qo‘llashga qiynalishadi;

- talabalar mashg’ulotlar jarayonida faqat ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan cheklanib,

mustaqil izlanish va tahlil qilishga sust yondashishadi;

- talabalarning ko‘pchiligi ommaviy axborot vositalaridan olingan har qanday ma’lumotni

(fake news (yolg‘on axborot) va manipulyativ kontent) haqiqat deb qabul qilishadi, o‘qituvchilar

esa ularni to‘g‘ri yo‘naltirishda qiyinchilikka duch kelishadi;

- pedagoglar o‘quv yuklamasining ko‘pligi tufayli ular faqatgina ta’lim dasturini bajarish

bilan band bo‘ladilar, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirish uchun metodik

jihatdan tayyorlanishga ulgurmaydilar;

- ba’zi o‘qituvchilar tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni ikkinchi darajali yoki ortiqcha deb

hisoblashadi.

Xulosa.

Mediata'lim sharoitida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish zamonaviy

ta'lim jarayonining ajralmas qismidir.


background image

45

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega talabalar kelajakda mustaqil qaror qabul qilish,

axborotni to‘g‘ri tahlil qilish va hayotiy muammolarni hal qilish qobiliyatlariga ega bo‘ladilar.

Mediata'lim orqali yosh avlodni tanqidiy fikrlovchi, ijodiy va innovatsion shaxs sifatida

shakllantirish mumkin. Shuningdek, media savodxonlikni oshirish, turli informatsion xurujlarga

qarshi tura olish va jamiyatda ishonchli axborot tarqatish qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi

kunda katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo ‘lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016-yilda

ijtimoiy-shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan

shtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bagishlangan Vazirlar

Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017-yil 14-yanvar.

2.

Zagashev I. O., Zair-Bek S. I. Tanqidiy fikrlash: rivojlanish texnologiyasi. - Санкт-

Петербург: “Алянс Дельта” nashriyot uyi, 2003.- 284 b.

3.

Abu Nasr Forobiy – Fozil odamlar shahri. Abdusodiq Irisov, Mahkam Mahmudov, Urfon

Otajon. Mas’ul muharrirlar M.Xayrullaev, M.Jakbarov. – Toshkent: Yangi asr avlodi,

2016. – 320 b

4.

Mushtavinskaya I.V. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi: ilmiy va

5.

uslubiy aks ettirish: [Xalqaro loyiha doirasida Sankt-Peterburg shahridagi 177-sonli

gimnaziya tajribasidan]

6.

D.R.Garrison, H.Kanuka; Blended learning: Uncovering its transformative potential in

higher education, The Internet and Higher Education, Volume 7, Issue 2, 2nd Quarter

2004, Pages 95-105

7.

Hove, G. Developing critical thinking skills in the high school English classroom.

Unpublished Master dissertation, Menominee, WI: The Graduate School University of

Wisconsin-Stout. 2011

8.

Nishonov A, Xaydarov B., Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash usullari. O‘quv

qo‘llanma. T., 2003. 190 bet.

9.

R.H.Ennis, Critical Thinking. Upper Saddle River, NJ: Prentice-Hall 1996

10.

Ruggiero, V. R. The art of thinking: A guide to critical and creative thought (10th ed.).

New York, NY: Longman. 2012

11.

Шакирова Д. М. Формирование критического мышления учащихся и студентов:

модель и технология // Educational Technology & Society. – 2006. – № 9 (4). – С.

284–293.


background image

46

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

12.

Лушин П. В. Критическое мышление в отечественном образовательном

пространстве: из опыта формирования. –

URL:http://www.politik.org.ua/vid/books.php3?b=17.

References

Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo ‘lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan shtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017-yil 14-yanvar.

Zagashev I. O., Zair-Bek S. I. Tanqidiy fikrlash: rivojlanish texnologiyasi. - Санкт-Петербург: “Алянс Дельта” nashriyot uyi, 2003.- 284 b.

Abu Nasr Forobiy – Fozil odamlar shahri. Abdusodiq Irisov, Mahkam Mahmudov, Urfon Otajon. Mas’ul muharrirlar M.Xayrullaev, M.Jakbarov. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 320 b

Mushtavinskaya I.V. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi: ilmiy va

uslubiy aks ettirish: [Xalqaro loyiha doirasida Sankt-Peterburg shahridagi 177-sonli gimnaziya tajribasidan]

D.R.Garrison, H.Kanuka; Blended learning: Uncovering its transformative potential in higher education, The Internet and Higher Education, Volume 7, Issue 2, 2nd Quarter 2004, Pages 95-105

Hove, G. Developing critical thinking skills in the high school English classroom. Unpublished Master dissertation, Menominee, WI: The Graduate School University of Wisconsin-Stout. 2011

Nishonov A, Xaydarov B., Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash usullari. O‘quv qo‘llanma. T., 2003. 190 bet.

R.H.Ennis, Critical Thinking. Upper Saddle River, NJ: Prentice-Hall 1996

Ruggiero, V. R. The art of thinking: A guide to critical and creative thought (10th ed.). New York, NY: Longman. 2012

Шакирова Д. М. Формирование критического мышления учащихся и студентов: модель и технология // Educational Technology & Society. – 2006. – № 9 (4). – С. 284–293.

Лушин П. В. Критическое мышление в отечественном образовательном пространстве: из опыта формирования. – URL:http://www.politik.org.ua/vid/books.php3?b=17.