Authors

  • Sevdo Xolmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76220

Keywords:

nutq rivojlanishi nutqining rivojlanish davrlari tayyorgarlik maktabgacha davri nutqi asosi.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishi muammolari va ularni bartaraf etish usullari va bolalar nutqining rivojlanish davrlari haqida so’z boradi. Maqola davomida tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davrga ham alohida to’xtalib o’tilgan va maktabgacha va maktab davri yoritib berilgan.

background image

120

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI

MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Xolmatova Sevdo Xayrullo qizi

Toshkent viloyati Parkent tumani 17-DMTT logoped-o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15133277

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishi

muammolari va ularni bartaraf etish usullari va bolalar nutqining rivojlanish davrlari haqida

so’z boradi. Maqola davomida tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davrga ham alohida

to’xtalib o’tilgan va maktabgacha va maktab davri yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

nutq rivojlanishi, nutqining rivojlanish davrlari, tayyorgarlik,

maktabgacha davri, nutqi asosi.

PROBLEMS OF SPEECH DEVELOPMENT IN PRESCHOOL CHILDREN AND

METHODS OF THEIR ELIMINATION

Abstract.

This article discusses the problems of speech development in preschool

children and methods of their elimination, as well as the periods of speech development in

children. The article also separately discusses the preparatory and pre-kindergarten periods,

and highlights the preschool and school periods.

Keywords:

speech development, periods of speech development, preparation, preschool

period, the basis of speech.

ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА И ПУТИ

ИХ УСТРАНЕНИЯ

Аннотация.

В статье рассматриваются проблемы развития речи у детей

дошкольного возраста, методы их устранения, а также периоды развития речи у детей.

В статье также подробно рассматриваются подготовительный и предшкольный

периоды, а также охватываются дошкольный и школьный периоды.

Ключевые слова:

речевое развитие, периоды речевого развития, подготовка,

дошкольный период, основа речи.

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to‘g‘ri shakllanishi

atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq

tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir

qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining

normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli

shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim.


background image

121

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish

zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va

aniqlash uchun kerak bo‘ladi.

Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti.

Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishina bilsa, u

xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining

rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir.

Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish

uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal

rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos

bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya

apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf

etishda to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish

qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.

Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har-xil

nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko

bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi:

1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr)

2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4

davrga bo‘lib ko‘rsatadi:

Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.

Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha.

-Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha.

Maktab davri.

Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib,

Birinchi davr-tayyorgarlik davri.

Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat

bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘I nutq

apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol

o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga

gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi.

Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin

bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan

kuzatadi.


background image

122

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi,

keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning

talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)

Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni

eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat

qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi harakat ko‘nikmasining

mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni

talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar.

Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin

o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton,

musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.

Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni

predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida kattalar

ketidan turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n – o‘n bir oyligida so‘zlarning o‘ziga

reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar)

Bu vaqtda bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta

boshlaydi. (kattalarning to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining

birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir nimani

olishni, so‘rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda

aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv

nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi so‘zlar paydo bo‘ladi.

Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr. (1yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi

so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu

vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni

ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola

ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu

vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni

ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada

boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining

o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra,

bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni

ko‘rsatadi:

1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 ta so‘z. Bola

xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi.


background image

123

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Avval bola o‘z xoxishi va iltimoslarini har bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta

so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi.

Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).

Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson

talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar.

Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z,

sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning

uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7

yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘zi

talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda bolalar o‘z kamchiligini

to‘g‘rilaydilar.

Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.

Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv

lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan birgalikda nutqning

grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida

sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo‘shma gaplardan erkin

foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish

qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.

Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata

boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok

shakllangan bo‘lishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi

tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi.

To’rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o‘ziga xos tomoni

shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi.

Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu

davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham

murakkablashib boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu

bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z ifodasinin

topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi

uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi,

normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruxiy

aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi

lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o‘zlashtirib

olishga, tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.

Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.


background image

124

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.

2.

2.Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.

3.

P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.

4.

V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.

5.

Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.

6.

Pod red. Dulneva. G.M.»Korreksionnaya rol obucheniya v shkole»M.1971 y. 7. M.

Ayupova “Logopediya” Toshkent, 2007 yil.

References

Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.

2.Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.

P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.

V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.

Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.

Pod red. Dulneva. G.M.»Korreksionnaya rol obucheniya v shkole»M.1971 y. 7. M. Ayupova “Logopediya” Toshkent, 2007 yil.