ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
5
ABDULHAMID MAJIDIY NOMIDAGI KATTAQO’RG’ON SHAHAR DRAMA TEATRI
Xoliqulov Rustam Sharipovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix fakulteti dotsenti
Ahmadov Sunnatillo Akmaljon o‘g‘li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix fakulteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15148904
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng teatr
sanʼatining rivoji, milliy va zamonaviy yo’nalishlarning uyg’unligi, teatrning maʼnaviy va
madaniy taraqqiyotdagi o’rni yoritiladi. Samarqand viloyatidagi teatrlar, xususan, A.Majidiy
nomidagi Kattaqo’rg’on shahar drama teatrining faoliyati va yutuqlari alohida tahlil qilinadi.
Shuningdek, viloyat teatrlari misolida milliy teatr sanʼatining rivojlanish yo’nalishlari va
xalqaro hamkorlikning ahamiyati ko’rib chiqiladi.
Kalit so’zlar:
O’zbek teatr san’ati, mustaqillik, milliy sanʼat, xalqaro hamkorlik,
zamonaviy texnologiyalar, Samarqand viloyati teatrlari, Kattaqo’rg’on shahar drama teatri.
КАТТАКУРГОНСКИЙ ГОРОДСКОЙ ДРАМАТИЧЕСКИЙ ТЕАТР ИМЕНИ
АБДУЛХАМИДА МАДЖИДИ.
Аннотация.
В данной статье описывается развитие театрального искусства
после обретения независимости Узбекистана, гармония национального и современного
направлений, роль театра в духовно-культурном развитии. Отдельно анализируются
деятельность и достижения театров Самаркандской области, в частности
Каттакорганского городского драматического театра имени А.Маджиди. Также на
примере региональных театров рассмотрены направления развития национального
театрального искусства и важность международного сотрудничества.
Ключевые слова
: Узбекское театральное искусство, независимость, национальное
искусство, международное сотрудничество, современные технологии, театры
Самаркандской области, Каттакорганский городской драматический театр.
KATTAKURGON CITY DRAMA THEATER NAMED AFTER ABDULHAMID
MAJIDI.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
6
Abstract.
This article examines the development of theatrical art after Uzbekistan gained
independence, the harmony of national and modern trends, and the role of theater in spiritual
and cultural development. The activities and achievements of theaters in the Samarkand region,
in particular the Majidiy Kattakurgan Drama Theater, are analyzed separately. Also, the
development trends of national theatrical art and the importance of international cooperation
are considered using the example of Tashkent and other regional theaters.
Keywords:
Uzbek theater, independence, national art, international cooperation, modern
technologies, Samarkand regional theaters, Kattakurgan City Drama Theater.
O’zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, mamlakatning madaniy
hayotida, jumladan, teatr san’atida ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Bu davr teatr san’atining
qayta tiklanishi, milliy o’zlikni anglash, jahon madaniyatiga integratsiya va yangi ijodiy
izlanishlar bilan xarakterlanadi.
Teatr sanʼatini rivojlantirishga davlat siyosati katta taʼsir ko’rsatdi. 1996-yilda qabul
qilingan “Milliy teatr va kino sanʼatini rivojlantirish davlat dasturi”
1
sohani rivojlantirish uchun muhim asos bo’ldi. Ushbu dastur asosida teatrlar moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, yangi sahna texnologiyalarini joriy etish va ijodiy kadrlarni
tayyorlash bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2017-yilda muhtaram prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg’armasi
to’g’risidagi qaror”
2
esa teatr sanʼatining xalqaro maydonga chiqishida muhim rol o’ynadi.
O’zaro xalqaro hamkorlik O’zbekiston teatrining yangi imkoniyatlarini ochib berdi.
Toshkentdagi Milliy drama teatri ijodiy jamoasi Yevropa va Osiyoda o’tkazilgan xalqaro
festivallarda qatnashib, o’zbek teatr sanʼatini xalqaro miqyosda targ’ib etdi. Samarqand
shahridagi musiqali drama teatri ijodkorlari esa 2018-yil 20–30-aprel kunlari Turkiyaning Konya
shahrida, 2022-yil oktyabrda Qozog’istonda, Qirg’iziston va Rossiyada o’tkazilgan madaniy
tadbirlarda o’z spektakllarini namoyish etib, xalqaro tanlovlarda sovrinli o’rinlarni egalladi.
O’zbekiston teatri XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa-da, uning haqiqiy milliy qiyofasi
mustaqillik yillarida namoyon bo’ldi. O’zbekiston respublikasi o’z mustaqillgini qo’lga
kiritgandan boshlab, teatrlar repertuarida milliy mavzularning chuqur aks etishi, klassik
asarlarning zamonaviy talqinlari va yangi sahna asarlarini yaratishga katta eʼtibor qaratildi.
11
https://lex.uz/docs/PF-1427-сон 29.04.1996. “O'zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to’g’risida”.
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida”
qarori, 2017-yil 16.10 PQ-3325-son.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
7
Teatr faqatgina ko’ngilochar muassasa sifatida emas, balki xalqning maʼnaviy kamoloti
va madaniy o’zlikni mustahkamlovchi muhim institutga aylandi.Teatrlarimizda zamonaviy
mavzuda spektakl yaratish bilan birga yurtimizda o’tgan buyuk tarixiy shaxslar, qatagʻon
qurbonlarining badiiy timsolini yaratishga alohida eʼtibor kuchaytirdi. Natijada U.Azimovning
Choʻlpon hayotidan hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ nomli pyesasi tomoshabinlarga
taqdim etildi.
Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida yillar davomida ijro etilgan spektakllardan: „Jar“,
„Xotinlar gapidan chiqqan hangoma“, „Sabʼai sayyor“, „Alisher Navoiy“, „Abulfayzxon“,
„Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Qalliq oʻyin“, „Mashrab“, „Muhabbat sultoni“, „Daraxtlar
tik turib jon beradi“, „Hamlet“, „Qirol Lir“, „Yetti faryod“ va boshqalar soʻnggi yillar yaratilgan
eng yaxshi spektakllardir.
Mustaqillikning ilk yillarida ro’y bergan iqtisodiy qiyinchiliklar madaniyat sohasiga ham
o’z ta’sirini ko’rsatdi. Teatrlar moliyaviy muammolarga duch keldi, repertuarni yangilash, yangi
sahna asarlarini yaratish masalalari dolzarb bo’lib qoldi. Shunga qaramay, bu davrda teatr
jamoalari o’z ijodiy salohiyatini saqlab qolishga, tomoshabinlar bilan aloqani mustahkamlashga
intildi. Milliy o’zlikni anglash va milliy dramaturgiyaning rivojlanishi Mustaqillik yillari o’zbek
teatri uchun milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni targ’ib etish davri bo’ldi. Bu davrda
milliy dramaturgiya rivojlandi, o’zbek adiblarining asarlari sahnalashtirildi. Xususan, Abdulla
Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi jadid adiblarining asarlari qayta tiklanib, sahna yuzini ko’rdi. Bu
esa tomoshabinlarda milliy g’urur tuyg’usini oshirishga, o’zbek madaniyatiga bo’lgan qiziqishni
kuchaytirishga xizmat qildi.
Xususan hududiy teatrlardan bo’lgan Samarqand viloyati teatrlarining rivoji eʼtiborga
loyiqdir. Samarqand musiqali drama teatri milliy va zamonaviy asarlarni uyg’unlashtirish orqali
nafaqat viloyatda, balki butun respublika miqyosida o’ziga xos ijodiy o’rinni egalladi. Teatr
sahnasida sahnalashtirilgan “O’tkan kunlar” spektakli milliy teatr sanʼatining yuksak namunasi
sifatida ko’rib chiqildi
3
. Samarqand viloyati teatri nafaqat ijodiy yutuqlari, balki teatr arboblari
bilan ham mashhurdir. Aktrisa Shoira Davlatova va rejissyor Ulug’bek Qurbonov kabi ijodkorlar
xususan teatrning milliy va zamonaviy yo’nalishlarini muvaffaqiyatli uyg’unlashtirgan asarlar
yaratishda katta hissa qo’shdilar.
3
Akbarov M. “Kattaqo’rg’on teatri va milliy qadriyatlar”. “Sanʼat” jurnali, 2021.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
8
A. Majidiy nomidagi Kattaqo’rg’on shahar musiqali drama teatri ham viloyatdagi yana
bir yorqin madaniy o‘chog‘idir.
Teatr mustaqillik yillarida o’z repertuarini milliy asarlar bilan boyitib,
tomoshabinlarning madaniy saviyasini oshirishga katta hissa qo’shdi. Teatrning “Shayx Sanʼon”
va “Bobur” kabi spektakllari nafaqat mahalliy, balki milliy darajada ham yuksak baholandi.
Teatr jamoasi Samarqand viloyati va boshqa hududlarda gastrollar uyushtirib, milliy
qadriyatlarni targ’ib qilishda faol ishtirok etdi.
Kattaqo’rg’on shahri teatri 1921 yilning 15 yanvarida Ziyo Saidning “Qonli kun”
(Toshkent isyoni) spektakli bilan o’z ishini boshlagan. Kattaqo’rg’on shahar drama
teatri 2016 yilga qadar turli nomlar bilan yuritilib kelindi. 1928 yili unga “Haqiqat” nomi
berildi.
Teatrning shakllanishi va ijodiy taraqqiyotida A.Boltayev, S.Gʻafurov, R.Hasanova,
Q.Toʻrayev, S.Hayitov, X.Soʻfiyev, A.Karomatov kabi mahalliy aktyorlar, shuningdek,
A.Sulaymonov, S.Joʻraboyev, Z.Qobulov kabi Samarqand musiqali drama teatri aktyor va
rejalarining xizmatlari katta. XX asrning 30-yillari 2-yarmida teatrga Sh. Meliyeva, R. Rizayev,
T.Yoʻldoshev, L.Melnikova (Jamilova) va boshqa isteʼdodli yoshlar kelib qoʻshildi. "Halima"
(Gʻ.Zafariy), "Gʻunchalar" (3. Fatxullin; D.Zokirov), "Maysaraning ishi", "Xolisxon" (Hamza),
"Adolat" (I. Akramov; Sh. Akramov) kabi spektakllar qoʻyildi.
1940 yilda esa “Kolxoz-sovxoz teatri” nomi bilan tomoshalar ko’rsatdi. Urush yillari teatr
vaqtincha badiiy-tashviqot brigadasiga, aylantirildi. Teatrda "Muhabbat" (Tuygʻun), "Muhabbat
guli" (H. Muxtorov), "Nurxon" (K.Yashin; T.Jalilov, G.Sobitov) va boshqa spektakllar
sahnalashtirildi. 1953 yil Kattaqoʻrgʻon shahar oʻzbek musiqali drama teatri sifatida qayta tashkil
boʻldi. Teatrga respublikaning boshqa teatrlaridan X.Boboxonova, H.Muhiddinov, H.Omonova
singari sanʼatkorlar kelib qoʻshildi. Repertuaridan "Oftobxon" (K.Yashin; X. Toʻxtasinov),
"Ogʻriq tishlar" (A. Qahhor), "Paranji sirlari", "Xolisxon" (H.Hamza), "Vatan ishqi" (Fatxullin,
Sh.Saʼdulla; S.Boboyev) kabi spektakllar oʻrin oldi
4
.
1958-1961 yillar orasida Kattaqo’rg’on shahar musiqali teatri deb ataldi. 1962 yilda esa
Kattaqo’rg’on shahar o’zbek davlat drama teatri nomi berildi.
XX asr 60—70-yillarida milliy dramaturgiyaning ravnaqi, milliy teatr sanʼatining rivoji
mazkur teatr faoliyatida ham yaqqol koʻzga tashlandi. Teatr repertuaridan yangi-yangi asarlar
https://uzpedia.uz/pedia/abdulhamid_majidiy_nomidagi_kattaqorgon_shahar_ozbek_drama_teatri
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
9
oʻrin oldi; Jumladan, "Tobutdan tovush" (A.Qahhor), "Aldangan sevgi" (U.Ismoilov), "Imon"
(I.Sulton), "Oltin devor" (E.Vohi-dov), "Besh kunlik kuyov" (Shuhrat), "Ajab savdolar"
(H.Gʻulom), "Qaysar qaynona" (H.Rasul), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (S. Ahmad), "Parvona"
(Uygʻun) va boshqa shular jumlasidan. 1976 yil teatrga Abdulhamid Majidiy nomi berildi.
Abdulhamid Majidiy (taxallusi Abutanbal, A. B., Chaqmoq 1902 — Kattaqo’rg’on —
1938) — o’zbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda,
so’ngra Kattaqo’rg’onda ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. “Zarafshon” (1925 — 26),
“Ozod Buxoro” (1927-28) gazetalarida muharrirlik qildi. Xorazm viloyat teatrida direktor,
adabiy emakdosh (1929-33). Toshkentda “Mushtum” jurnalida (1934-37) ishladi. 1920 yildan
matbuotda uning she’rlari bosila boshladi. “Xandon lolalar” (1929), “Qaldirg’och” (1932),
“Hangoma” (1937) nomli she’riy va nasriy to’plamlari chop etilgan. “Varqa va Gulshoh”,
“Otsiz” pyesalari bor. Kattaqo’rg’on shahridagi teatrga Abdulhamid.Majidiy nomi berilgan.
Adibning
“Zarafshon” gazetasi”da chop etgan maqolasidan qisqacha havola qilamiz;
“Davlat truppasi ishga boshlag‘andan beri, xalq dramag‘a ham qatnayturg‘an bo‘lib qoldi. Bu
esa kundan-kunga o‘sib borayotibdir. Lekin “Yana uylanaman” kabi narsalar bu ishning beliga
tepadi.
Qancha mashaqqat bilan tayyorlang‘an bir narsa ko‘yga ketkan edi. “Yorqinoy” qisman
o‘sha kamchilikning yuzini qopladi. Bundan keyin xalqni drammag‘a tortish choralarini ko‘rish
kerak. Truppaning repertuarida yaxshi narsalar ko‘b, lekin hali “eski mollar”ni o‘tkazib turibdir.
Bularning ba’zilari, har qancha eski bo‘lsalar ham, yana shuncha yangilik xususiyatini
saqlaydilar. Bunga qaramasdan qishliq mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish tilagida yaxshi
asarlarni tarjima qilish kerak. Ayniqsa, sharqda Ovrupo imperiyalizmasining qilg‘an
vahshiyliqlarini buyuk bir mahorat bilan ochib bera olaturg‘an “Do‘xtari hindu”larni sahnaga
chiqarish kerak. Biz ham ko‘b qatori bir tomoshachi bo‘lg‘animiz uchun davlat truppasidan ana
shu tilaklarning amalga chiqarilishini samimiyat bilan so‘raymiz.”
5
A.Majidiy
“Zarafshon” gazetasi 1927-yil 7-dekabr.
1980-yillar teatrning eng gurkiragan, oʻsish davri boʻldi. Teatr davr va tomoshabin
talabiga mos asarlarni sahnalashtirdi, ijodkor yoshlarga alohida eʼtibor berildi. Oʻzbek
dramaturglari asarlaridan tashqari tarjima asarlar ham sahnalashtirildi. "Qonli toʻy" (Garsia
https://wikisource.org/wiki/%C2%ABYorqin_oy%C2%BB_(Abdulhamid_Majidiy)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
10
Lorka), "Makr va muhabbat" (F.Shiller), "Rustam" (U.Ismoilov), "Tushovlangan tulporlar"
(Sh.Boshbekov), "Ezgulik va yovuzlik (A.Suyun, S.Abdulla), "Zebunniso" (Uygʻun), "Oy
tutilgan tunda" (M.Karim), "Kurort" (Oʻ.Umarbekov), "Nasriddinning sarguzashtlari" (Yu.
Azimzoda) va boshqa spektakllar bilan teatr oʻz mavqeini mustahkamlab oldi. 1985 yil teatr
qoshida "Qaldirgʻoch" bolalar eksperimental studiyasi ochildi.
XX asrning 90-yillar teatr ijodkorlari davrga hamnafas, milliy ruh bilan yoʻgʻrilgan
buyuk allomalarimiz hayotini yorituvchi tarixiy asarlar, chet el mumtoz asarlariga murojaat etdi.
"Bir kam dunyo" (I.Hasanov), "Hayqiriq", "Tadbirkor Olmaxon" (Yorqin), "Figʻon"
(Sh.Siddiqiy), "Zamon oʻgʻloni" (T.Akbarxoʻjayev), "Shum bola" (Gʻ.Gʻulom), "Medeya"
(Evripid), "Saodat yoʻli" (Muhammad Ali Ergash), "Qoʻshnilar" (M. Toshpoʻlat), "Toʻy oʻrniga
tomosha" (T. Akbarxoʻjayev) kabilar soʻnggi yillarda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir.
Turli yillarda teatrning rivojlanishida rejessorlardan A.Joʻrayev, Z.Roʻziyev, R.Orifjonov,
I.Nurmonov, N.Shomurodov, rassomlardan M.Yesipov, G.Kalantarov, M.Sobirov, artistlardan
Sh.Meliyeva, Sh.Aminov, N.Oʻtayev, Sh.Musayeva kabilarning xizmatlari katta. Hozir kunda
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar G.Mamedova, I.Xonimqulov, A.Abdurazzoqov,
artistlardan A.Qarshiboyev, D.Egamova, I.Sultonov, G.Rizayeva, Q.Oʻsarova, G.Jabborova va
boshqalar barakali mehnat qilishmoqda, ular teatrning yetakchi aktyorlaridir.
Teatr binosi o’z davriga xos holda qayta qurilib 1976 yilda foydalanishga topshirilgan,
2016 yilda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning tashriflari munosabati bilan kapital
ta’mirlangan va moddiy-texnik bazasi mustahkamlangan. Tomosha zali o’rindiqlari soni 450 ta.
Shoir, rejissyor, dramaturg Abdulhamid Majidiy Kattaqo’rg’on shahar drama teatrining
asaschilaridan sanaladi. Teatr faoliyatini boshlagan yillarda teatr repertuaridan K.Yashinning
“O’rtoqlar”, U.Ismoilovning “Hodishodi”, H.Muxtorovning “Muhabbat guli”, Hamzaning
“Maysaraning ishi”, B.Rahmonovning “Dili boshqa-yu, tili boshqa”, N.Gogolining “Uylanish”
kabi asarlari asosidagi spektakllar o’rin olgan
6
.
Bugungi o’zbek teatri: Muammolar va istiqbollar
Bugungi kunda o’zbek teatri oldida bir qator muammolar turibdi. Ulardan eng muhimlari
– yosh tomoshabinlarni teatrga jalb qilish, teatr san’atini moliyalashtirish, yangi dramaturglar va
rejissyorlarni yetishtirishdir. Shunga qaramay, o’zbek teatri o’zining boy an’analariga, ijodiy
salohiyatiga va kelajakka ishonchiga ega.
6
Akbarov M. “Kattaqo’rg’on teatri va milliy qadriyatlar”. “Sanʼat” jurnali, 2021.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
11
Xulosa qilib aytganda Mustaqillik yillarida o’zbek teatri katta yo’lni bosib o’tdi. Milliy
o’zlikni anglash, jahon madaniyatiga integratsiya, yangi ijodiy izlanishlar bu davrning asosiy
xususiyatlari bo’ldi.
O’zbek teatri o’zining boy an’analarini saqlab qolgan holda, zamon bilan hamnafas
bo’lishga, tomoshabinlar ehtiyojlarini qondirishga intilmoqda. Kelajakda o’zbek teatri yanada
yuksalib, jahon teatr san’atida o’zining munosib o’rnini egallashiga ishonchimiz komil. Xususan
A. Majidiy nomidagi Kattaqo’rg’on shahar drama teatrining bugungi kunda ham salmog’i oshib
bormoqda, yaqin kelajakda ham milliy teatr san’atimizda muhim ustun bo’lib qolishiga
ishonamiz.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish
jamg’armasi to’g’risida” qarori, 2017-yil 16.10 PQ-3325-son .
2.
https://lex.uz/docs/PF-1427-сон
29.04.1996.
“O’zbekkino”
davlat-aksionerlik
kompaniyasini tuzish to’g’risida”.
3.
To’xtaboyev T. “O’zbek teatrining tarixi”. Toshkent: Sharq, 2005.
4.
Akbarov M. “Kattaqo’rg’on teatri va milliy qadriyatlar”. “Sanʼat” jurnali, 2021.
5.
https://wikisource.org/wiki/%C2%ABYorqin_oy%C2%BB_(Abdulhamid_Majidiy)
https://uzpedia.uz/pedia/abdulhamid_majidiy_nomidagi_kattaqorgon_shahar_ozbek_dra
