ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
104
MAKTABDA ICHKI BAHOLASH OʻTKAZISHNING TAʼLIM SIFATIGA
TAʼSIRI
Abdiraimov Shohruh Samad oʻgʻli
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi, pedagogika fanlari
boʻyicha falsafa doktori (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15150465
Annotatsiya.
Mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun oʻquvchilarga nafaqat maktabda toʻgʻri
taʼlim berish, balki taʼlimda baholash va monitoringni toʻgʻri tashkil etish ham zarur. Shu
nuqtayi nazardan, ushbu maqolada maktablarda ichki monitoring va baholash oʻtkazishning
taʼlim sifatiga, oʻquvchilar oʻzlashtirishiga taʼsir darajasini aniqlash tadqiq etildi. Tadqiqotda
maktab direktorlari va direktorlikka nomzod pedagoglardan iborat boʻlgan 106 nafar
respondent ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari va Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning
PISA –2022 tadqiqotidagi natijalari tahlil qilindi. Natijalari matematik-statistik tahlil metodidan
foydalanilib, tahlil qilindi. Oʻzbekiston taʼlim kontekstida maktablarda taʼlim sifati boʻyicha
ichki monitoring va baholash taʼlim sifatiga taʼsir qilishi, ichki monitoring va baholash oʻtkazish
chastotasi taʼlim sifati darajasiga proporsional ekanligi aniqlandi.
Kalit soʻz:
taʼlim sifati,
baholash, ichki monitoring, direktorlar, oʻz-oʻzini baholash,
qaror.
THE IMPACT OF INTERNAL ASSESSMENT IN SCHOOLS ON THE QUALITY OF
EDUCATION
Abstract.
For the economic growth of a country, it is necessary not only to ensure
students have proper education in school but also to organize evaluation and control in
education. From this perspective, this article investigated the impact of internal monitoring and
evaluation in schools on the quality of education and student learning. The study analyzed the
results of a survey conducted with 106 respondents consisting of school principals and teacher
candidates, as well as the results of the PISA-2022 survey of Uzbek schoolchildren. The results
were analyzed using mathematical and statistical analysis. In the educational context of
Uzbekistan, it was determined that internal monitoring and evaluation of the quality of education
in schools affects the quality of education, and the frequency of internal monitoring and
evaluation is proportional to the quality of education.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
105
Keywords:
quality of education, assessment, internal monitoring, principals, self-
assessment, decision.
ВЛИЯНИЕ ВНУТРЕННЕЙ ОЦЕНКИ В ШКОЛАХ НА КАЧЕСТВО
ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
Для экономического роста страны необходимо не только дать
учащимся надлежащее образование в школе, но и правильно организовать оценку и
контроль в образовании. С этой точки зрения в данной статье исследовано влияние
внутреннего мониторинга и оценки в школах на качество образования и обучения
учащихся. В исследовании проанализированы результаты опроса, проведенного среди 106
респондентов, включая директоров школ и будущих учителей, а также результаты
участия узбекских школьников в исследовании PISA 2022. Результаты были
проанализированы с использованием методов математического и статистического
анализа. В контексте образования в Узбекистане было выявлено, что внутренний
мониторинг и оценка качества образования в школах влияет на качество образования, а
частота внутреннего мониторинга и оценки пропорциональна уровню качества
образования.
Ключевые слова:
качество образования, оценка, внутренний мониторинг,
директора, самооценка, решение.
Kirish.
Mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun oʻquvchilarga nafaqat maktabda toʻgʻri taʼlim berish,
balki taʼlimda baholash va monitoringni toʻgʻri tashkil etish ham muhim. Darhaqiqat, maktab
taʼlimida oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash hamda taʼlimdagi mavjud yutuq va
kamchiliklarni aniqlash, monitoring qilish samaradorlikni oshiradi, mamlakatda inson kapitalini
rivojlantiradi.
Maktabda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, nazorat qilish, boshqarish oʻziga xos
ilmiy yondashuvlarni talab etadi. Jumladan, taʼlim sifatini boshqarishda ishonchlilik, mustaqillik,
tizimlilik, komplekslik kabi prinsiplariga amal qilinadi. Bunda davlat attestatsiyasi va
akkreditatsiyasi hamda ichki monitoring sinovlari alohida ahamiyatga ega. Yuqorida
aytilganidek, taʼlim koʻp komponentli jarayon boʻlganligi bois taʼlimga taʼsir qiluvchi omillar
doim aniqlanib, mavjud boʻshliqlar toʻldirib boriladi. Bunda maktabdagi taʼlim sifatini aniqlash
boʻyicha monitoring muhim vosita hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
106
Maktablarda taʼlim sifatiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash taʼlimni rivojlantirishning
ajralmas qismi hisoblanadi. Taʼlimda monitoring va baholashning taʼlimga taʼsirini aniqlash
uchun ilmiy adabiyotlar va manbalar tahlil qilindi. Bu borada bir qator olimlarning ilmiy-
metodik ishlarida alohida tadqiq qilingan. Jumladan,
A.J.Shinkfieldning qoʻllanmasida
taʼlimda
monitoring va baholash tizimining turli modellari jumladan, CIPP modeli (Context, Input,
Process, Product) hamda monitoringning bosqichlari haqida batafsil toʻxtaladi. (
Shinkfield,
2007
) Boshqa bir qoʻllanmada maktabda ichki monitoringni tashkil etish uchun amaliy tavsiyalar
beriladi va baholash natijalari qanday qilib taʼlim sifatini yaxshilashga yordam berishi ochib
beriladi. (
Fitzpatrick, 2012
) Shuningdek boshqa bir qoʻllanmada taʼlimda yangiliklarni amalga
oshirish va ularga qanday qarshiliklar boʻlishi mumkinligi haqida toʻxtalib, taʼlimdagi
oʻzgarishlarni kuzatish va ularni monitoring qilish asoslari ochib beriladi. (
Fullan, 2015) Shular
qatorida Hopkins ilmiy risolasida
maktab taʼlimda sinfdagi oʻquvchilar faolligini monitoring
qilish, oʻqituvchilar tomonidan qayd etiladigan natijalar va baholash tizimlarini takomillashtirish
asoslari bayon etiladi. (
Hopkins, 2014).
Mahalliy adabiyotlarda umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻqitish sifatini monitoring qilish
modellari va taʼlim sifati boʻyicha monitoring indikatorlari bayon etiladi. (
Vahobov
, 2016)
Shuningdek maktabda taʼlim sifati boʻyicha ichki monitoringda oʻquvchilarning
taʼlimdagi yutuqlari, maktab rahbariyati va oʻqituvchilar faoliyati samaradorligi, oiladagi va
maktabdagi taʼlim muhiti aniqlanib, baho berib borilishi bayon etiladi. (Abdurahim, 2024)
Umuman, maktabda ichki monitoring va baho berish jarayonlarini tashkil etish taʼlim
sifatiga, oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasiga, ularning ota-onalarida javobgarlikni oshishiga
hamda maktab menejerlarining taʼlimni rivojlantirish uchun strategik qarorlar qabul qilishida
muhim hisoblanadi.
Asosiy qism.
Taʼlimni rivojlantirishda ilmiy yondashish, maktab bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarning
oʻquvchilar oʻzlashtirishiga taʼsirini ilmiy tadqiq qilish, tadqiqot xulosalari asosida taʼlim
jarayonini takomillashtirish, maktablardagi taʼlim jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish lozim.
Maktablarda ichki monitoring va baholashni tashkil etish taʼlim sifatiga qay darajada
taʼsir qilishini aniqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazildi. Ilmiy tadqiqot ikki bosqichda amalga
oshirildi. Dastlab, direktorlar va pedagog xodimlar ishtirokida soʻrovnoma oʻtkazildi va
soʻrovnoma natijalari maktablardagi taʼlim sifatiga koʻra tahlil etildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
107
Qolaversa, PISA – 2022 tadqiqotlarida Oʻzbekiston oʻquvchilarning natijasi va maktab
direktorlarining soʻrovnomaga bergan javoblarini birlashtirib, tahlil etildi.
Shundan soʻng, tadqiqotda maktabda ichki monitoring va baholash oʻtkazishning taʼlim
sifatiga taʼsirini aniqlash maqsadida ikkita gipoteza belgilab olindi (1-chizmaga qarang):
– maktabda muntazam ichki monitoring oʻtkazish taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir qiladi (G1);
– maktabda ichki monitoring oʻtkazmaslik taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qiladi (G2).
1-chizma. Maktabda ichki monitoring oʻtkazishning taʼlim sifatiga taʼsirini aniqlash
gipotezalari
Taʼlim natijalarini yaxshilashda, oʼquvchilarning taʼlimga boʻlgan motivatsiyani
oshirishda, ota-onalar va oʼqituvchilarda hisobdorlikni shakllantirishda, taʼlim jarayonidagi
boʻshliqlarni aniqlashda ichki monitoring va baholashning ahamiyati yuqori.
Ushbu gipotezalarni ilmiy asoslash maqsadida dastlab Abdulla Avloniy nomidagi
Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan Menejerlik oʻquv kursi tinglovchilari
ishtirokida soʻrovnoma oʻtkazildi.
Soʻrovnomani tashkil etishda
foydalanildi. Soʻrovnomada amaldagi maktab direktorlari va direktorlikka nomzod
pedagoglardan iborat boʻlgan 106 nafar respondent ishtirok etdi. Jarayonni tashkil etishdan avval
soʻrovnoma maqsadi va toʻldirish tartibi batafsil tushuntirildi. Savollarga xolis javob berishlari
taʼkidlandi. Soʻrovnoma mustaqil toʻldirganlarini nazorat qilish maqsadida auditoriyada nazorat
ostida savollarga javob qabul qilindi. Soʻngra soʻrovnoma natijalari matematik-statistik tahlil
metodidan foydalanib tahlil qilindi.
Shu bilan birga, oʻzbekistonlik oʻquvchilarning PISA – 2022 tadqiqotida erishgan
natijalarini tahlil qilindi. Avvalo, natijalar tahlil uchun tayyorlab olindi. Bunda ishtirok etgan
direktorlardan soʻrovnomaga javob bermasdan oʻtkazib yuborgan yoki soʻrovnomani bajarish
uchun vaqti yetmaganlarining natijasi umumiy natijadan chiqarib tashlandi.
Soʻrovnomada maktablarda taʼlim sifati boʻyicha ichki monitoring oʻtkazilish darajasini
aniqlash maqsadida savol berilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
108
Natijalar shuni koʻrsatdiki, soʻrovnomada ishtirok etayotgan 106 ta maktabning
barchasida ichki monitoring va baholash jarayonlari tashkil etilib kelinmoqda ekan. Shulardan
aksariyatida oʻz-oʻzini baholash jarayonlari muntazam tashkil etishi aniqlandi (1-jadvalga
qarang).
Maktablarda ichki monitoring va baholash oʻtkazilish darajasi
1-jadval
T/R
MAKTABLAR
ULUSHI
1.
Muntazam ichki monitoring oʻtkazuvchi maktablar
80 %
2.
Baʼzan ichki monitoring oʻtkazuvchi maktablar
20 %
3.
Umuman ichki monitoring oʻtkazmaydigan maktablar
-
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktablar taʼlim sifatiga koʻra uch
toifaga ajratilgan: qizil (taʼlim sifati past maktablar), sariq (taʼlim sifati oʻrta darajada maktablar)
va yashil(taʼlim sifati yuqori maktablar).
Soʻrovnoma natijalaridan aniq boʻldiki, ichki monitoring va baholash muntazam (oʻquv
yili davomida toʻrt va undan ortiq marotaba) oʻtkazadigan maktablarning 73 %i yashil toifaga,
25 foizi sariq toifaga va 2 foizi qizil toifaga kiruvchi maktablar sirasiga kirishi maʼlum boʻldi.
(1-rasmga qarang.)
1-rasm. Muntazam ichki monitoring oʻtkazadigan maktablarning
sifat darajasi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
109
Koʻrinadiki, maktabda muntazam ichki monitoring oʻtkazish taʼlim sifatida toʻgʻridan
toʻgʻri yuqori darajada ijobiy taʼsir qiladi.
Xuddi shu koʻrsatkich boʻyicha maktabda ichki monitoring baʼzan (oʻquv yili davomida
bir-ikki marotaba) oʻtkaziladigan maktablarda esa farqli natija qayd etilgan. Baʼzan oʻz-oʻziga
baho beradigan maktablarning 62 %i sariq toifaga, 33 %i yashil toifaga va 5% qizil toifaga
kiruvchi maktablar ekanligi aniqlandi. (2-rasmga qarang.)
2-rasm. Baʼzan ichki monitoring oʻtkazadigan maktablarning
sifat darajasi
Demak, maktabda ichki monitoring va baholash qanchalik kam oʻtkazilsa, oʻsha
maktabda taʼlim sifati tushib borar ekan.
Shundan keyin, PISA – 2022 xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston natijalari tahlilga
tortildi va belgilangan gipotezalarni asoslashga harakat qilindi.
Xalqaro baholash dasturida maktab direktorlaridan maktabda taʼlim sifatini aniqlash
maqsadida oʻz-oʻzini baholashi, ichki monitoring oʻtkazishini tasdiqlashi yoki inkor etishi
soʻralgan. Bunda ichki monitoring va baholash oʻtkazish darajasi 3 ga ajratilgan. Maktabda ichki
monitoring va baholash vazirlik talabiga asosan yoki maktab tashabbusiga binoan tashkil etiladi,
yoki umuman tashkil etilmaydi. Direktorlardan ushbu darajalardan qaysi biriga kirishi soʻralgan.
Ichki monitoring va baholash tashkil etiladigan maktab oʻquvchilarining natijalari
umuman ichki baholash va monitoring tashkil etilmaydigan maktablarning natijasidan oʻrta
hisobda
35 – 40 ball
yuqori ekanligi aniqlandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
110
Shuningdek, vazirlik talabiga asosan ichki monitoring va baholash tashkil etadigan
maktablar oʻquvchilarining natijasidan oʻz tashabbusiga koʻra baho berish jarayonini tashkil
etadigan maktablarning oʻquvchilari natijasi esa
yuqori
ekanligi maʼlum boʻldi (2-jadvalga
qarang.)
Maktabda ichki baholash tashkil etadigan va umuman tashkil etmaydigan maktab
oʻquvchilarining natijalari
2-jadval
Ichki monitoring va
baholashning oʻtkazilish
darajasi
Oʻqish
savodxonligi (ball)
Matematik
savodxonlik
(ball)
Tabiiy fanlardan
savodxonlik
(ball)
Vazirlik talabiga asosan ichki
baholash oʻtkazadigan
maktablar
335
363
353
Oʻz tashabbusiga binoan ichki
baholash oʻtkazadigan
maktablar
336
365
356
Umuman ichki baholash
oʻtkazilmaydigan maktablar
299
327
319
Koʻrinadiki, oʻz tashabbusiga koʻra ichki monitoring va baholash tashkil etiladigan
maktablar oʻquvchilarning natijasi boshqa guruhlarga mansub maktab oʻquvchilarining
natijasidan yuqori ekan.
Xulosa.
Tadqiqot natijalari asosida shunday
xulosaga kelish
mumkin:
birinchidan,
maktabda ichki monitoring va baholashni muntazam tashkil etilsa,
oʻquvchilarning fanlardan oʻzlashtirish darajasiga sezilarli ijobiy taʼsir qiladi;
ikkinchidan,
maktabda ichki monitoring va baholash kam tashkil etilsa, oʻsha maktabda
taʼlim sifati tushib boradi;
uchinchidan,
maktabda umuman oʻz-oʻzini baholash tashkil etilmasa, taʼlimga salbiy
taʼsir qiladi;
toʻrtinchidan,
maktabda oʻz tashabbusiga koʻra ichki monitoring va baholash tashkil
etilsa, nisbatan natija yuqori boʻladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
111
Maktablarda ichki monitoringni oʻtkazish tizimini takomillashtirish uchun quyidagilar
taklif etiladi:
– ichki monitoringni shaffof, obyektiv va izchil oʻtkazish uchun oʻquv reja va vaqt
meʼyorlarida uning oʻtkazilish tartibi belgilanishi;
– ichki monitoring oʻtkazish jarayonini raqamlashtirish, topshiriqlar va soʻrovnoma
bankini yaratish choralarini koʻrish;
– maktablarni oliy taʼlim muassasalar va baholash markazlar bilan hamkorliklarini
kuchaytirish;
– maktablarda ichki monitoringni oʻtkazish tartibi aks etgan qoʻllanma va uslubiy
koʻrsatmalarni hamda yoʻriqnomalarni tayyorlab nashr qilish;
– oliy taʼlim muassasalari va malaka oshirish markazlarida talaba va oʻqituvchilarning
ta’lim sifatini baholash va monitoring oʻtkazish boʻyicha bilim va koʻnikmalari tizimli
rivojlantirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
– maktablarda ichki monitoringni oʻtkazadigan, maktablarni individual rivojlantirish yoʻl
xaritasini tuzib beradigan mustaqil nodavlat baholash tashkilotlarni ochish choralarini koʻrish
kerak.
REFERENCES
1.
Shinkfield, A. J. (2007).
Evaluation theory, models, and applications
. Jossey-Bass.
2.
Fitzpatrick, J. L., Sanders, J. R
., Worthen, B. R., & Wingate, L. A. (2012).
Program
evaluation: Alternative approaches and practical guidelines
. Boston: Pearson.
3.
Fullan, M. (2015).
The new meaning of educational change
. Teachers college press.
4.
Hopkins, D. (2014).
A teacherʼs guide to classroom research
. McGraw-Hill Education
(UK).
5.
Vahobov, M. M. (2016).
Umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻqitish sifati monitoringini
modellashtirish.
Toshkent: Fan va texnologiya.
6.
Abdurahim, Sh. (2024).
Baholash nazariyasi asoslari.
Toshkent: Zebo Prints.
