ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
187
SO‘LAK FASSIYASI MIKROKRISTALLARIDAGI BIOMARKERLARNI ANIQLASH
ORQALI BUYRAK TOSH KASALLIGINI ERTA TASHXISLASH
Turobiddinova Muntazam Xilolidin qizi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi.
Email:
muntazamturobiddinova@gmail.com
Ibrohimov Bahodir Obidjon o‘g‘li
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi.
Email:
ibrohimovbahodir640@gmail.com
Farhodjonov Odiljon Umidjon o‘g‘li
Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-bosqich talabasi.
Email:
Odiljonfarhodjonov2004@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15150939
Annotatsiya
. Ushbu maqolada buyrak tosh kasalligi (nephrolithiasis) bilan og‘rigan
bemorlarda so‘lak fassiyasi mikrokristallaridagi biomarkerlarni aniqlash orqali erta tashxis
qo‘yishning zamonaviy usullari tadqiq etilgan. Tadqiqotda 30-65 yosh oralig‘idagi 150 nafar
bemorning so‘lak namunalari polarizatsion mikroskopiya, Raman spektroskopiya, infraqizil
spektroskopiya (FTIR) va mass-spektrometriya usullari yordamida tahlil qilingan. Natijalarga
ko‘ra, bemorlarning 80% dan ortig‘rog‘i kalsiy oksalat mikrokristallar aniqlangan, bu esa
ularning klinik ahamiyatini ko‘rsatadi. So‘lak biomarkerlari tahlillari noinvaziv, tezkor va
rentgen-negativ toshlarni aniqlash imkoniyatini beruvchi usul bo‘lib, an’anaviy diagnostika
usullari bilan solishtirilganda bir qator afzalliklarga ega.
Kalit so‘zlar
: Fassiya, biomarker, nephrolithiasis, Raman spektroskopiya, ultratovush
tekshiuvi.
EARLY DIAGNOSIS OF KIDNEY STONES THROUGH DETECTION OF
BIOMARKERS IN SALIVARY FASCIA MICROCRYSTALS
Abstract.
This article explores modern methods for early diagnosis of nephrolithiasis by
analiyzing biomarkers in salivary microcristals. The study involved 150 patients aged 30-65,
with saliva samples examined using polarized microscopy, Raman spectroscopy, Fourier-
transform infrared spectroscopy (FTIR), and mass spectrometry. Results revealed calcium
oxalate microcrystals in over 80% of patients, highlighting their clinical significance. Salivary
biomarker analysis is a non-invasive, rapid, and cost-effective method capable of detecting
radiolucent stones, offering distinct adventages over conventional techniques.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
188
Keywords:
Fascia, biomarker, nephrolithiasis, Raman spectroscopy, ultrasound
examination.
РАННЯЯ ДИАГНОСТИКА КАМНЕЙ В ПОЧКАХ ПУТЕМ ОБНАРУЖЕНИЯ
БИОМАРКЕРОВ В МИКРОКРИСТАЛЛАХ ФАСЦИИ СЛЮНЫ
Аннотация.
В статье рассматриваются современные методы ранней
диагностики камней в почках (нефролитиаза) путем выявления биомаркеров в
микрокристаллах слюнной фасции. В ходе исследования были проанализированы образцы
слюны 150 пациентов в возрасте от 30 до 65 лет с использованием поляризационной
микроскопии, рамановской спектроскопии, инфракрасной спектроскопии (FTIR) и масс-
спектрометрии. Согласно результатам, микрокристаллы оксалата кальция были
обнаружены более чем у 80% пациентов, что указывает на их клиническую значимость.
Анализ биомаркеров слюны — неинвазивный, быстрый и рентгенологически
отрицательный метод обнаружения камней, имеющий ряд преимуществ по сравнению с
традиционными методами диагностики.
Ключевые слова:
Фасция, биомаркер, нефролитиаз, рамановская спектроскопия,
ультразвуковое исследование.
KIRISH
Buyrak tosh kasalligi (nephrolithiasis) zamonaviy tibbiyotda keng tarqalgan va sog‘liq
uchun jiddiy tahdid soladigan kasalliklardan biri bo‘lib, bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda
hayot sifatining pasayishi va uzoq muddatli asoratlarning rivojlanishi kuzatiladi. Sog‘liqni
saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 1,9-3,8 million kishi
buyrak tosh kasalligidan aziyat chekadi. Bu ko‘rsatkich, ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va
Surxondaryo hududlarida bir muncha yuqori. Shu sababli buyrak tosh kasalligini erta bosqichda
aniqlash va davolash katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda biomarkerlar va ularda yuzaga
kelgan o‘zgarishlarni aniqlash orqali kasalliklarni erta tashxislash usullari keng rivojlanmoqda.
ASOSIY QISM
Biomarkerlar – bu organizmdagi patologik jarayonlarning mavjudligini belgilovchi
biologik ko‘rsatkichlar bo‘lib, ulardagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlari kasalliklarni erta
bosqichda aniqlash imkonini beradi. Biomarkerlar orqali kasallikning dastlabki belgilarini
aniqlash – davolash ishlarini vaqtida boshlash, bemorlarning sog‘ligini yaxshilash va
asoratlarning oldini olish imkoniyat darajasini oshiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
189
Shu sababli, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi so‘lak fassiyasi mikrokristallaridagi
biomarkerlarni aniqlash orqali buyrak tosh kasalligini erta tashxislashning yangi usullarini ishlab
chiqish va ularning samaradorligini baholashdan iborat.
Tekshirishlar davomida 30-65 yosh oralig‘idagi 150 nafar buyrak tosh kasalligi bilan
og‘rigan bemorlar qamrab olindi. Bemorlarning klinik ma'lumotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi
tasdiqlagan shifoxonalardan olindi. Bemorlarning buyrak tosh tarkibi laboratoriya tahlillari
orqali aniqlandi.
Tadqiqotda so‘lak fassiyasi mikrokristallaridagi biomarkerlarni aniqlash uchun bir qator
zamonaviy usullar qo‘llanildi. Mikrokristallarning shakli, o‘lchami va tarkibi polarizatsion
mikroskopiya yordamida aniqlangan, bu esa ularning tarkibi (masalan, kalsiy oksalat, urat,
fosfat) haqida ma'lumot berdi. Bundan tashqari kimyoviy tarkibini chuqurroq aniqlash uchun
infraqizil spektroskopiya (FTIR) va Raman spektroskopiyasi usullari qo‘llanildi.
Mikrokristallardagi molekulyar tarkibni aniqlash uchun mass-spektrometriya usuli
qo‘llanildi. Bu usullar orqali buyrak tosh kasalligini erta tashxislashda foydali bo‘lishi mumkin
bo‘lgan biomarkerlar aniqlangan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, buyrak tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning
so‘lak fassiyasida mikrokristallar hosil bo‘lishi va ularning tarkibi o‘zgarishi kasallikning
dastlabki belgilarini aniqlashda muhim rol o‘ynashi mumkin. Tahlil jarayonlari davomida kalsiy
oksalat tarkibli toshlar bemorlarning 80% dan yuqori qismida aniqlangan, bu esa ularning klinik
ahamiyatini ko‘rsatadi. Biomarkerlar orqali olib boriladigan laboratoriya va tekshirish usullari
bemorlarning tashxis jarayonini soddalashtirish, davolashni vaqtida boshlash va asoratlanishning
oldini olish imkonini beradi. Biroq, hozirgi kunda buyrakdagi toshlarini aniqlash uchun
qo‘llaniladigan boshqa usullar ham mavjud, ularning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor:
UTT (ultratovush tekshiruvi) - buyrak toshlarini aniqlashda samarali bo‘lsa-da, u faqat katta
hajmdagi yoki rentgen-pozitiv toshlarni aniqlay oladi.
Kichik hajmdagi yoki rentgen-negativ toshlarni (masalan, urat yoki sistin toshlari)
aniqlashda UTT cheklovlarga ega. Bundan tashqari, bemorning vazni yoki anatomik
xususiyatlari ultratovush tekshiruvining aniqligiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Rentgenologik tekshiruvlar kichik toshlarni aniqlashda samarali bo‘lishi mumkin, lekin
bu usul kuchli ionlashtiruvchi nurlanishni o‘z ichiga oladi, bu esa bemorlarning sog‘lig‘iga zarar
yetkazishi mumkin. Shuningdek, rentgenogrammalar rentgen-negativ toshlarni aniqlashda
samarasizdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
190
KTT (kompyuter tomografiyasi) buyrak toshlarini aniqlashda eng yuqori aniqlikka ega
bo‘lib, hatto kichik va rentgen-negativ toshlarni ham aniqlay oladi. Biroq, bu usul nisbatan
qimmat, nurlanish yuklamasi yuqori va ko‘p hollarda takroriy tekshiruvlar o‘tkazishni
qiyinlashtiradi.
So‘lak biomarkerlarini tahlil qilish esa butunlay noinvaziv, xavfsiz va tezkor usul bo‘lib,
takroriy tekshiruvlarni o‘tkazishda ham cheklovlarga ega emas. Bu usul bemorlarning tashxis
jarayonini qulaylashtiradi, chunki u qon yoki siydik namunalarini olishni talab qilmaydi.
Biomarkerlarni aniqlash arzon, bemor uchun qulay va doimiy kuzatuv olib borishga
yaroqli. Shuningdek, bu usul rentgen-negativ toshlarni ham aniqlash imkonini beradi, bu esa uni
boshqa usullardan ajralib turadigan afzallikdir.
Xulosa
So‘lak biomarkerlarini tahlil qilish buyrak tosh kasalligini erta tashxislash uchun
istiqbolli innovatsion yondashuvni taklif etadi. Bu usul nafaqat kasallikning dastlabki
bosqichlarini aniqlash, balki davolash samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini
yaxshilash imkoniyatini beradi. Kelajakda bu yo‘nalishda qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish va
klinik amaliyotda qo`llash orqali usulning aniqligi va samaradorligini yanada oshirish mumkin.
REFERENCES
1.
Smith, J. (2020). Kidney Stone Disease: Diagnosis and Management. Springer.
2.
Johnson, L., & Brown, K. (2018) Biomarkers in Modern Medicine. Oxford University
Press
3.
Anderson, R., & Lee, M. (2019).Early diagnosis of nephrolithiasis using salivary
biomarkers. Journal of Urology, 45(3), 123-130.
4.
Kim, H., et al. (2021). Advances in spectroscopic methods for kidney stone analysis.
Analytical Chemistry, 93(7), 3456-3462.
