Authors

  • O‘ktamjon Maxmudov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76770

Keywords:

Migratsiya immigratsiya emigratsiya repatriatsiya antropologik genetik lingvistik yondashuvlar.

Abstract

Quyida migratsiya va uning hususiyati, shakli, sabab va maqsadi va ba’zi omillari ko‘ra uning turlariga tariflar beriladi va o‘zaro farqlar oydinlashtiriladi.

background image


Mart, 2025-Yil

55

MIGRATSIYA, ASOSIY TUSHUNCHALAR, TURLARI VA MOHIYATI

Maxmudov O‘ktamjon Muxsinjon o‘g‘li

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi.

maxmudovoktamjon0@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15160981

Annotatsiya.

Quyida migratsiya va uning hususiyati, shakli, sabab va maqsadi va ba’zi

omillari ko‘ra uning turlariga tariflar beriladi va o‘zaro farqlar oydinlashtiriladi.

Kalit so‘zlar:

Migratsiya, immigratsiya, emigratsiya,

repatriatsiya, antropologik, genetik,

lingvistik yondashuvlar.

Migratsiya

– bu odamlarning turli sabablarga ko'ra yashash joyidan boshqa joyga

ko'chishi. Migratsiya odamlarning ma'lum bir hududdan tashqariga doimiy yoki vaqtinchalik

yashash joyiga ko'chib o'tishi bilan sodir bo'ladi.

1

Tilimizda migratsiya, immigratsiya va

emigratsiya so‘zlari doimiy muomalada yuradi lekin ularning mazmun mohiyati ko‘pincha

chalkash holatda ishlatiladi. Ularning mazmuniga ko‘ra kichik farqlari mavjud. Ularni quyidagicha

izohlash mumkin.

Migratsiya – bu

umumiy

tushuncha bo‘lib, odamlarning bir hududdan boshqasiga

ko‘chishi jarayonini bildiradi – ichki bo‘lishi ham mumkin, xalqaro bo‘lishi ham.

Immigratsiya – bu

ko‘chib kirish

degani – biror shaxs yoki guruh boshqa mamlakatga

kelib, u yerda yashay boshlaydi. Masalan, Amerikaga immigratsiya yildan yilga ortib bormoqda.

Emigratsiya – bu

ko‘chib chiqish

degani – biror shaxs yoki guruh o‘z mamlakatidan

chiqib, boshqa mamlakatga ketadi. Masalan O‘zbekistondan Rossiya va Amerikaga emigratsiya

ham yildan-yilga ortib borayotganligini taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari migratsiyaga oid

relokatsiya

,

repatriatsiya

tushunchalari ham qo‘llaniladi.

Relokatsiya – bu

joyini o‘zgartirish

, ya’ni shaxs, kompaniya yoki tashkilotning bir joydan

boshqa joyga ko‘chishi degan ma’noni anglatadi. Lug‘aviy ma’nosi ham qayta joylashtirish

tushunchasini bildiradi.

Repatriatsiya – bu ham ilmiy ishlarda qo‘llanadigan atama, lekin u odatda qochqinlar,

quvg‘inda bo‘lgan shaxslar yoki urushdan keyingi jarayonlarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi.

1

https://uz.wikipedia.org


background image


Mart, 2025-Yil

56

Qisqa qilib “vatanga qaytish” deb izohlash ham mumkin. Ushbu atamalarning ma’nosini

to‘liq tushunish va turlarini batafsil o‘rganish, Migratsion jarayonlarning qaysi davr nuqtai

nazarida bo‘lsa ham osonroq va chuqurroq tushunish va tahlil qilishga yordam beradi.

Migratsion jarayonlar O‘zbekistonda asosan bugungi kunda dolzarb masalalardan biri

sifatida turli fan tarmoqlari jumladan: iqtisod, sotsiologiya, siyosat nuqtai nazaridan ko‘rilayotgan

bo‘lsa-da, tarixiy rakursdan o‘rganilish natijalari yetarli emas. Holbuki u qadim davrlardan buyon

sodir bo‘lib kelayotgan uzviy jarayon sifatida inson hayotining muhim bir qismi bo‘lib rivojlanib

kelmoqda. Bugungi globallashuv davrida bu jarayon yanada jadallashmoqda.

Dunyoda deyarli hech bir xalq, millat yoki elat yo‘qki migratsiya qilmagan, tarixiy

shakllanish jarayonida o‘zga xalqlar hamda elatlar bilan assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonini

boshdan kechirmagan bo‘lsa. Buni bilish zarurati insonlarning o‘zligini anglash yo‘lidagi

faoliyatida ushbu masalalarni o‘rganish ahamiyatini yanada oshirib beradi. Bu jarayonni anglash

esa o‘z-o‘zidan jamiyatda irqchilik, millatchilik, ayirmachilik va diskriminatsiya holatlarining

kamayib borishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Migratsiya ko‘lami, maqsadi, shakli va hususiyatiga ko‘ra turlicha tasniflanishi mumkin.

Uning avvalo asosiy ikki turi mavjud:

1)

Ichki – ma’lum bir davlat, shahar, tuman ichida yuz beruvchi;

2)

Tashqi – asosan kengroq hududni qamrab olishi bilan harakterlanadi va davlatlararo,

ma’lum siyosiy, geografik chegaralarni kesib o‘tish orqali sodir bo‘luvchi migratsiya.

Sodir bo‘lish yo‘nalishiga ko‘ra:

a)

Qishloqdan – qishloqqa;

b)

Shahardan – shaharga;

c)

Qishloqdan – shaharga;

d)

Shahardan – qishloq hududlariga migratsiyalarni tasniflash mumkin.

Sodir bo‘lish sabablariga ko‘ra:

Iqtisodiy;

Ijtimoiy;

Siyosiy;

Ekologik;

Harbiy kabi turlarga bo‘linadi.

Maqsadiga ko‘ra:

Mehnat migratsiyasi;

Ta’lim migratsiyasi;


background image


Mart, 2025-Yil

57

Turmush migratsiyasi kabi turlarga ajratish mumkin.

Migratsiyaga migrantning munosabatiga ko‘ra:

Ixtiyoriy;

Majburiy;

Davomiyligiga ko‘ra:

Vaqtinchalik;

Doimiy;

Shuningdek turli aspektlariga tayanib uyushgan yoki uyushmagan, qonuniy yoki

noqonuniy va yana turlicha tasniflanishi mumkin. Bu klassifikatsiyalar bugungi kundagi

migratsion jarayonlarning hususiyatlariga tayanib ishlab chiqilgan bo‘lib barcha davrlar uchun

birdek ahamiyatli bo‘lmasligi mumkin. Masalan, ma’lumki bugngi kunda mehnat migratsiyasi,

ta’lim migratsiyasi siyosiy migratsiya eng dolzarb va ko‘p uchraydigan turlardan bo‘lsa, o‘rta

asrlarda (XIV-XV asrlar) harbiy, ijtimoiy, majburiy, siyosiy migratsiya ko‘proq ko‘zga tashlanadi.

“Aholi migratsiyasi” tushunchasiga turli tadqiqotchilar turlicha yondashishadi. Ammo

migratsiya sohasida dastlabki chuqur nazariy tadqiqot muallifi ingiliz olimi Y.G. Ravenshteynning

Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerikadagi migratsiya jarayonlari tahlili asosidagi 11ta migratsiya

qonuni jahonda umume’tirof etilgan. Bu qonunlar migratsiya sohasidagi boshqa ko‘pchilik

nazariyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi ular quyidagilardan iborat:

1.Migratsiya eng ko‘p qisqa masofalarga amalga oshiriladi;

2.Migratsiya asta-sekin, bosqichma-bosqich ro‘y beradi;

3.Katta masofalarga migratsiya, asosan, yirik savdo va sanoat markazlariga yo‘naltirilgan

bo‘ladi;

4.Har bitta migratsiya oqimiga uning teskari oqimi muvofiq keladi;

5.Migratsiya sohasida shaharliklar qishloq joydagi aholiga nisbatan kam harakatchan

bo‘ladi;

6.Ichki migratsiyada ayollar, xalqaro migratsiyada esa erkaklar faolroqdir;

7.Muhojirlarning ko‘pchiligi katta yoshdagi aholidan iborat;

8.Oilalar o‘z mamlakatlari tashqarisiga kamroq migratsiya qiladi; (ya’ni oila a’zolari bilan

birgalikda)

9.Yirik shaharlarning tarkib topishi aholining tabiiy o‘sishiga qaraganda ko‘proq

migratsiya bilan bog‘liqdir;

10.Sanoat va savdo ayniqsa transport rivojlanishi bilan migratsiya ko‘lami ortadi;


background image


Mart, 2025-Yil

58

11.Migratsiyaning iqtisodiy sabablari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

2

Migratsion jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda bir guruh tarixchi olimlar migratsiyani

tarixiy yondashuv bilan o‘rganishda antropologik, sotsiologik tadqiqotlar bilan bir qatorda

lingvistik va genetik tadqiqotlarga ham urg‘u berishmoqda.

Ular o‘z kitobida migratsiyaga tarixiy, biologic, lingvistik va antropologik yondashuvlarni

ko‘rsatib berishgan.“Ushbu kitobning asosiy istiqboli tarixchilarni tilshunoslik, arxeologiya,

madaniy antropologiya va inson biologiyasi, xususan, genetika yondashuvlari bilan tanishtirish

orqali migratsiya tadqiqotlarining tarixiy va antropologik segmentlari o‘rtasidagi aloqani

yaxshilashdan iborat”

3

.

Bu yondashuvlar orqali migratsiya natijalari bo‘yicha xulosalar xalqlar haqida manbalarda

bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar bilan birga xalqlarning madaniy, til, genetik, antropologik

xususiyatlarini taqqoslash orqali beriladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki migratsion jarayonlarni batafsil o‘rganish unga nisbatan ko‘p

tarmoqli yondashuvlarni talab qiladi. Chunki aholi migratsiyasi hususiyati jihatidan murakkab

bo‘lib, tadqiqotchidan uni turli guruhlarga bo‘lib o‘rganishni talab qiladi.

REFERENCES

1.

"Demografiya" Toshkent: - "IQTISODIYOT"- 2014.

2.

Migration history in world history. Edited by Jan Lucassen, Leo Lucassen and Patrick

Manning. Leiden, Boston. 2010.

3.

https://epgp.inflibnet.ac.in/epgpdata/uploads/epgp_content/S000453PO/P001844/M0297

24/ET/1525153905Module-2PS_MU_2.pdf

4.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Migratsiya Tashkiloti rasmiy web shifasi -

https://www.iom.int

2

"Demografiya" Toshkent: - "IQTISODIYOT"- 2014.

3

Migration history in world history. Edited by Jan Lucassen, Leo Lucassen and Patrick Manning. Leiden, Boston.

2010. Page 18

References

"Demografiya" Toshkent: - "IQTISODIYOT"- 2014.

Migration history in world history. Edited by Jan Lucassen, Leo Lucassen and Patrick Manning. Leiden, Boston. 2010.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Migratsiya Tashkiloti rasmiy web shifasi - https://www.iom.int