2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
14
TA’LIM MUASSASASINING TASHQI MUHITINI TAHLIL QILISHNING USULLARI
Odilova Madinabonu Orifjon qizi
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik
mahorat milliy tadqiqot instituti magistranti.
Badalova Maqsuda Umarovna
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogic mahorat milliy tadqiqot instituti
Iqdisod fanlari nomzodi falsafa fanlari doktori (PHD), dotsent.
+998-90-990-02-80
https://doi.org/10.5281/zenodo.15161005
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish
usullari, ularning afzalliklari va qo‘llanilish sohalari batafsil yoritiladi. Shuningdek, tahlil
natijalariga asoslanib ta’lim muassasalarining strategik rejalashtirish va boshqaruv
jarayonlariga ta’siri o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim muassasasi tashqi muhiti, Siyosiy-huquqiy omillar, Iqtisodiy omillar,
Ijtimoiy-madaniy omillar, Texnologik omillar, Ekologik omillar, Raqobat muhiti, PEST(EL),
Benchmarking (taqqoslash tahlili), Porterning besh kuchi tahlili, Stakeholder (manfaatdor
tomonlar) tahlili.
МЕТОДЫ АНАЛИЗА ВНЕШНЕЙ СРЕДЫ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО
УЧРЕЖДЕНИЯ
Аннотация.
В данной статье подробно описаны методы анализа внешней среды
образовательных учреждений, их преимущества и области применения. Также по
результатам анализа изучено влияние образовательных учреждений на процессы
стратегического планирования и управления.
Ключевые слова:
Внешняя среда образовательного учреждения, качество
образования, Политико-правовые факторы, Экономические факторы, Социокультурные
факторы, Технологические факторы, Факторы окружающей среды, Конкурентная среда,
PEST(EL), Бенчмаркинг (сравнительный анализ), Анализ пяти сил Портера, Анализ
заинтересованных сторон.
METHODS OF ANALYZING THE EXTERNAL ENVIRONMENT OF THE
EDUCATIONAL INSTITUTION
Abstract.
This article describes in detail the methods of analyzing the external
environment of educational institutions, their advantages and areas of application. Also, based on
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
15
the results of the analysis, the influence of educational institutions on strategic planning and
management processes is studied.
Keywords:
External environment of the educational institution, Political and legal
factors, Economic factors, Socio-cultural factors, Technological factors, Environmental factors,
Competitive environment, PEST(EL), Benchmarking (comparison analysis), Porter's five forces
analysis, Stakeholder analysis.
Kirish
Har qanday ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini nafaqat ichki omillar, balki tashqi muhit
ta’sirida ham olib boradi. Tashqi muhit ta’lim tizimining rivojlanishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadigan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy omillar majmuasidan iborat bo‘lib, ularni o‘z
vaqtida tahlil qilish va ularga moslashish muassasaning samarali faoliyat yuritishida muhim rol
o‘ynaydi.
Zamonaviy ta’lim tizimi dinamik rivojlanayotgan jamiyat sharoitida ishlaydi va tashqi
muhitning o‘zgarishlariga tezkor moslashishni talab etadi. Ta’lim muassasalarining tashqi
muhitini tahlil qilish nafaqat ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash, balki ta’lim xizmatlari
sifatini oshirish, talab va taklifni o‘rganish, raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun ham zarur.
Asosiy qism
Ta’lim muassasasi tashqi muhiti deganda, uning faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir
ko‘rsatadigan tashqi omillar majmui tushuniladi. Ushbu omillar ta’lim sifati, moliyalashtirish,
kadrlar siyosati va strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasasining tashqi muhiti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Siyosiy-huquqiy omillar – davlat ta’lim siyosati va qonunlari, litsenziyalash va
akkreditatsiya talabari, xalqaro ta’lim standartlari, hukumat va mahalliy boshqaruv organlarining
roli bilan bevosita aloqadordir.
Iqtisodiy omillar – davlat va xususiy sektor tomonidan ta’limga ajratiladigan mablag‘lar,
ta’lim xizmatlarining bozor talabi va narxlari, o‘quvchilarning to‘lov qobiliyati, xalqaro grant va
moliyalashtirish manbalari bilan bog‘liq.
Ijtimoiy-madaniy omillar – aholining ta’limga bo‘lgan munosabati, ta’lim oluvchilarning
demografik xususiyatlari, ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, madaniy qadriyatlar va
an’analardir.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
16
Texnologik omillar – raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, onlayn ta’lim platformalari
va masofaviy ta’lim imkoniyatlari, innovatsion pedagogik usullar va texnologik jihozlar, sun’iy
intellekt va ta’limda avtomatlashtirishdir.
Ekologik omillar – ta’lim muassasasining atrof-muhitga ta’siri, barqaror rivojlanish va
ekologik ta’lim, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish
Raqobat muhiti – davlat va xususiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat, xalqaro ta’lim
muassasalari bilan hamkorlik, o‘quvchilar va talabalarni jalb qilish bo‘yicha strategiyalardir.
1
Ta’lim muassasasining tashqi muhitini tahlil qilish uning barqaror rivojlanishi va
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Tahlil jarayoni quyidagi afzalliklarni ta’minlaydi:
Strategik rejalashtirishni takomillashtirish – Tashqi muhitni chuqur o‘rganish ta’lim
muassasasiga kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va strategik rejalashtirishni samarali
olib borish imkoniyatini beradi.
Raqobatbardoshlikni oshirish – Tashqi muhitdagi raqobatchilarni tahlil qilish orqali ta’lim
muassasasi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi hamda ta’lim xizmatlarini
takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Qonunchilik va normativ hujjatlarga moslashish – Tahlil natijalari ta’lim muassasasiga
tegishli huquqiy me’yorlarni kuzatib borish, o‘z faoliyatini yangi qonun va normativ-huquqiy
hujjatlarga moslashtirish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash – Iqtisodiy muhit tahlili orqali ta’lim muassasasi
o‘zining moliyaviy manbalarini diversifikatsiya qilish, grant va subsidiyalar olish, investitsiyalar
jalb qilish strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zgarishlarga moslashish – Innovatsion texnologiyalar, ta’lim standartlari va talabalar
ehtiyojlarining o‘zgarishlarini tahlil qilish ta’lim muassasasiga tezkor moslashish va ta’lim sifatini
oshirishga yordam beradi.
Hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish – Tashqi muhitni tahlil qilish natijasida xalqaro va
mahalliy hamkorlik yo‘nalishlari aniqlanib, universitetlar, korxonalar, tadqiqot markazlari va
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi.
Ta’lim dasturlarini takomillashtirish – O‘quv dasturlarining zamonaviy talablar va bozor
ehtiyojlariga mosligini ta’minlash uchun tashqi muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi
va kerakli o‘zgarishlar kiritiladi.
Ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish jarayonida turli normativ-huquqiy
hujjatlar qo‘llaniladi. Ushbu hujjatlar ta’lim muassasalarining iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va
1
Shukurov, A. (2022).
Ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish
. Ta’lim nashriyoti.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
17
raqobat muhitini tahlil qilishga yordam beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
(41-modda) – har bir fuqaroning ta’lim olish huquqini kafolatlaydi va ta’lim tizimining tashqi
huquqiy asoslarini belgilaydi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun – ta’lim tizimini boshqarish, rivojlantirish va monitoring
qilish bo‘yicha asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi.
“Litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonun
– ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun
muassasalarning majburiy litsenziyalanishini tartibga soladi.
“Davlat statistika to‘g‘risida”gi Qonun
– ta’lim tizimi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni
yig‘ish, tahlil qilish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-iyundagi 322-sonli qarori
– davlat va xususiy ta’lim muassasalarining tashqi muhitini monitoring qilish bo‘yicha tartiblarni
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining normativ hujjatlari – ta’lim sifatini baholash, ta’lim muassasalari faoliyatini
monitoring qilish va tashqi muhitni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
Bu kabi normativ hujjatlar ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish uchun asos
hisoblanadi.
Bundan tashqari xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, BMT va UNESCO hujjatlari, Xalqaro
ta’lim standartlari va reyting tizimlari ham ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilib,
natijalar asosida ta’lim sifatini oshirishimizga yordam beradi.
BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (1989) – ta’lim olish huquqini himoya qilish
va ta’lim tizimining tashqi muhit bilan bog‘liqligini aniqlash.
UNESCO ta’lim bo‘yicha xalqaro standartlari – ta’lim muassasalarining tashqi muhitini
baholashda foydalaniladigan mezonlarni o‘z ichiga oladi.
Bolonya jarayoni (1999) – oliy ta’lim tizimini baholash va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro
huquqiy asos.
OECD ta’lim siyosati va statistikasi – ta’lim tizimlarining iqtisodiy va ijtimoiy omillar
bilan bog‘liqligini o‘rganish uchun tahlil usullarini belgilab beradi.
Ta’lim muassasasining tashqi muhitini tahlil qilish ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
uchun muhim jarayon hisoblanadi. Eng ko‘p quyidagi tahlil usullari keltirilgan:
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
18
PEST(EL) tahlili –
Bu usul ta’lim muassasasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
siyosiy (P – Political),
iqtisodiy (E – Economic), ijtimoiy (S – Social), texnologik (T – Technological), ekologik (E –
Environmental) va huquqiy (L – Legal)
omillarni o‘rganish imkonini beradi.
2
(P– Political)
siyosiy
(E-
Economic)
Iqtisodiy
(S – Social)
ijtimoiy
(T-
Technological)
texnologik
(E–
Environmen
tal) ekologik
(L – Legal)
huquqiy
Siyosiy
omillar:
Ta’lim
siyosati,
davlat
tomonidan
ajratiladigan
grantlar va
qonunchilik
o‘zgarishlari.
Iqtisodiy
omillar:
Ta’lim
xizmatlariga
bo‘lgan
talab,
oilalarning
to‘lov
qobiliyati.
Ta'lim tizimi
jamiyatdagi
barcha
qatlamlarga
teng
imkoniyatlar
yaratadimi
yoki ayrim
guruhlar,
masalan, kam
ta‘minlangan
oilalar, etnik
yoki diniy
guruhlar,
ta’lim olishda
cheklovlarga
duch
keladimi? Bu
ijtimoiy
adolat va
tenglikni
aniqlashda
muhimdir.
Texnologik
omillar: Onlayn
ta’lim
platformalari va
innovatsion
texnologiyalarni
ng rivojlanishi.
Ekologik
omillar:
Ta’lim
muasssasinin
g tashqi
muhit
tomondan
uning
rivojlanishiga
to‘sqinlik
qiluvchi
omillar.
Huquqiy
omillar:
Ta’lim
tashkilotlari
ning tashqi
rivojlanishi
uchun asos
bo‘ladigan
huquqiy
jihatlari.
Benchmarking (taqqoslash tahlili) –
bu usul eng yaxshi ta’lim muassasalari bilan o‘zaro
taqqoslash orqali samarali strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Masalan,
xususiy
universitetlar dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganib, innovatsion
dasturlarni joriy etadi.
Benchmarking o‘tkazishda birinchi qadam — tahlil qilishning aniq maqsadini belgilashdir.
Bu maqsadlar turlicha bo‘lishi mumkin, masalan:
Jarayon samaradorligini oshirish
2
Shukurov, A. (2022).
Ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish
. Ta’lim nashriyoti.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
19
Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash
Xarajatlarni kamaytirish
Yangi texnologiyalarni joriy etish.
Keyingi qadam — tahlil qilinadigan sohani aniqlash. Bu soha, jarayon yoki tizim,
tashkilotning ishlash faoliyatini taqqoslashda kerak bo‘ladi. Masalan:
Moliyaviy jarayonlar
Marketing strategiyalari
Ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlari.
Tashkilotning ishlashini boshqa qanday tashkilotlar yoki sohalar bilan taqqoslash
kerakligini aniqlash. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi:
Ichki benchmarking:
Tashkilotning bir bo‘limi yoki departamenti boshqa bo‘limlar bilan
taqqoslanadi.
Tashqi benchmarking
: Tashkilotning faoliyati boshqa, o‘xshash tashkilotlar yoki sanoat
sektorlari bilan taqqoslanadi.
3
Benchmarking o‘tkazish tashkilotlarga nafaqat o‘z faoliyatini baholash, balki eng yaxshi
amaliyotlarni o‘rganish va ularni o‘z tizimlariga kiritish imkoniyatini yaratadi. Bu jarayon
samaradorlikni oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va sifatni yaxshilaydi.
Porterning besh kuchi tahlili (Porter’s Five Forces Analysis)
— bu Michael Porter
tomonidan ishlab chiqilgan va tashkilotlarning raqobatbardoshligini baholash uchun ishlatiladigan
strategik tahlil usulidir. Bu tahlil ta’lim muassasalarining ta’limdagi raqobat muhitini yaxshiroq
tushunishga yordam beradi va ushbu muhitda ta’lim muassasasining o‘zining raqobat afzalliklarini
aniqlashga imkon beradi.
Bu usul ta’lim muassasasi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy bozor
omillarini o‘rganishga qaratilgan:
Yangi raqiblarning kirib kelish ehtimoli.
O‘quvchilar va ota-onalarning muzokara kuchi.
Ta’lim muassasasi uchun ta’minotchilar (o‘qituvchilar, darsliklar va texnologiyalar).
O‘rinbosar (alternativ) ta’lim xizmatlarining mavjudligi.
Ichki raqobat darajasi.
3
Sharipov, M. (2021).
Ta’lim muassasalarida benchmarking usulini qo‘llash
. Ta’lim nashriyoti.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
20
Porterning besh kuchi tahlili, ta’lim muassasasining umumiy raqobatbardoshligini va
ta’lim muassasasining ushbu raqobatda qanday pozitsiyaga ega ekanligini tushunishga yordam
beradi. Besh kuch quyidagilardan iborat
4
:
Sanoat ichidagi raqobat (Industry Rivalry) –
ta’lim ichidagi mavjud raqobatning darajasi.
Agar ta’lim muassasasida ko‘p raqobatchilar bo‘lsa, va ular o‘rtasidagi farqlar kichik
bo‘lsa, raqobat kuchli bo‘ladi. Bunday holatda, ta’lim muassasasi o‘z pozitsiyalarini saqlash uchun
doimiy ravishda narxlarni kamaytirish, mahsulotlarni yaxshilash yoki yangi xizmatlarni taqdim
etishga harakat qilishadi.
Raqobatchilar soni, bozor ulushi, o‘zgaruvchanlik, sanoatning o‘sish
sur’ati, mavjud o‘zgarishlarga qarshi kompaniyaning moslashuvchanligi bilan o‘lchanadi. Agar
raqobat kuchli bo‘lsa, kompaniya narxlar va sifatni yaxshilash orqali o‘z raqobatbardoshligini
oshirishga harakat qilishi kerak.
Yangi raqobatchilar kirish xavfi (Threat of New Entrants) –
Yangi ta’lim muassasasining
sanoatga kirishining qanchalik oson yoki qiyin ekanligi. Agar yangi raqobatchilar sanoatga kirish
oson bo‘lsa, bu raqobatni kuchaytirishi mumkin. Yangi kirishchilar uchun to‘siqlar, masalan, katta
kapital talab etilishi, brendning kuchi, texnologik bilimlar va huquqiy to‘siqlar kabi omillar, kirish
xavfini kamaytiradi.
Kirish to‘siqlari, ta’limning ulushi, iqtisodiy sharoitlar, mavjud raqobatchilar
pozitsiyasi orqali o‘lchanadi. Agar kirish xavfi yuqori bo‘lsa, ta’lim muassasasi o‘z pozitsiyasini
mustahkamlash va yangi raqobatchilarga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha strategiyalar ishlab
chiqishi kerak.
Buyumlar yoki xizmatlarning almashtirish xavfi (Threat of Substitutes) –
Bozorda mavjud
mahsulot yoki xizmatlarga o‘xshash yoki ular o‘rnini bosadigan mahsulotlar yoki xizmatlarning
mavjudligi. Agar almashtirish mahsulotlari oson topilsa yoki arzon bo‘lsa, kompaniya o‘zining
mahsuloti yoki xizmatiga bo‘lgan talabni yo‘qotishi mumkin. Almashtirish xavfi yuqori bo‘lsa,
kompaniya innovatsiya va qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab
chiqishi lozim.
Almashtirish mahsulotlarining arzonligi, sifat, iste'molchilarning almashish istagi,
innovatsiyalar va texnologiyalar bilan o‘lchanadi.
Agar almashtirish xavfi yuqori bo‘lsa,
kompaniya o‘z mahsulotini yaxshilash, mijozlarga qo‘shimcha qiymat taklif etish va
innovatsiyalarni joriy etish orqali raqobatlashishi kerak.
Xom ashyo va yetkazib beruvchilarning ta'siri (Bargaining Power of Suppliers) –
Xom
ashyo va resurslarni taqdim etuvchi yetkazib beruvchilarning kuchi.
4
Davronov, F. (2021). “Porterning besh kuchi tahlili va ta’lim muassasalaridagi raqobat. “
Ta’lim tizimlari jurnali
,
30(5), 112-118.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
21
Agar sanoatning ta’minot zanjirida faqat bir nechta katta yetkazib beruvchi mavjud bo‘lsa
yoki ular o‘z mahsulotlarini muhim tarzda boshqaradigan bo‘lsa, yetkazib beruvchilarning ta’siri
yuqori bo‘ladi. Bu holatda, ular narxlarni oshirish yoki xizmatlarning sifatini pasaytirish orqali
kompaniyaning foydasiga ta'sir o‘tkazishlari mumkin.
Yetkazib beruvchilarning soni, ularning
mahsulotlari yoki xizmatlari bozorda o‘ziga xosligi, boshqa raqobatchilar bilan ishlash
imkoniyatlari bilan o‘lchanadi.
Agar yetkazib beruvchilarning ta’siri yuqori bo‘lsa, kompaniya
ularning boshqaruviga qarshi mustahkamlanish yoki yangi yetkazib beruvchilarni izlash
imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerak.
Mijozlarning ta'siri (Bargaining Power of Buyers) –
Mijozlarning kompaniyaga bo‘lgan
ta’siri. Agar mijozlar o‘zgartirish va tanlashda katta erkinlikka ega bo‘lsa, ular narxni pasaytirish
yoki sifatni yaxshilashga majbur qilishlari mumkin.
5
Bu, ayniqsa, agar mijozlar bir nechta
raqobatchilardan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lsa yoki ularning sotib olish hajmi katta bo‘lsa,
kuchliroq bo‘ladi. Mijozlar soni, ularning sotib olish hajmi, narx sezgirligi, xarid qilishdagi
sadoqat, alternative mahsulot yoki xizmatlar mavjudligi orqali o‘lchanadi.
Agar mijozlarning
ta’siri yuqori bo‘lsa, kompaniya mijozlarga qoniqarli xizmat ko‘rsatish, narxni optimallashtirish
va mahsulotni yaxshilashga e’tibor qaratishi kerak.
Porterni besh kuchi tahlilini qanday o‘tkazish kerak?
Ta’lim muassasangizni tahlil qiling
:
O‘zingiz ishlayotgan ta’lim muassasasini va uning
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganing.
Har bir kuchni baholang:
Har bir besh kuchning ta’sirini o‘rganing (raqobat, yangi kirish
xavfi, almashtirish xavfi, yetkazib beruvchilar va mijozlar ta’siri).
Strategik imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlang
:
Besh kuchdan olingan tahlil asosida ta’lim
muassasasidagi strategik imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlang.
Yaxshi qarorlar qabul qiling
: Tahlil asosida ta’lim muassasasi uchun eng samarali
strategiyalarni ishlab chiqing, masalan, yangi raqobatchilarni bartaraf etish, ta’minot zanjirini
yaxshilash yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish.
Porterning besh kuchi tahlili ta’lim muassasasida raqobatbardosh muhitni chuqur
tushunishga yordam beradi va strategik qarorlar qabul qilishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
5
Davronov, F. (2021). “Porterning besh kuchi tahlili va ta’lim muassasalaridagi raqobat. “
Ta’lim tizimlari jurnali
,
30(5), 112-118.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
22
Stakeholder (manfaatdor tomonlar) tahlili –
bu usul ta’lim muassasasiga ta’sir qiluvchi
manfaatdor tomonlar (davlat organlari, o‘quvchilar, ota-onalar, xayriya tashkilotlari va boshqalar)
talab va ehtiyojlarini o‘rganishga asoslanadi.
Bu usullar ta’lim muassasasining tashqi muhitini tahlil qilish va strategik qarorlar qabul
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa
Ta’lim muassasasining tashqi muhiti murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, uning rivojlanish
strategiyasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Samarali boshqaruv uchun ushbu omillar
muntazam tahlil qilinishi va ular asosida moslashuvchan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim.
Ta’lim muassasalarining tashqi va ichki muhitini tahlil qilish bugungi kunda xususiy ta’lim
tashkilotlarini bilan cheklanib qolmoqda. Davlat ta’lim muassasalari ham ushbu tahlilni amalga
oshirish orqali o‘z faoliyatlarini yana samarali analga oshirishlari mumkin. Ushbu xulosalardan
kelib chiqgan holda, davlat ta’lim muassasalarining ichki va tashqi muhit tahlilini amalga oshirish
uchun muassasa tarkibida alohida shtat tashkil etilishini va ushbu faoliyat bilan birgalikda
tashkilotning strategik rejasini tuzish va nazorat qilish vazifasi yuklatishini taklif qilamiz.
Zamonaviy jamiyatda yashar ekanmiz, ta’lim sohasida ham sog‘lom raqobatni yo‘lga
qo‘ya olishimiz va bu orqali ta’lim sifatini oshirishga u xoh davlat ta’lim tashkiloti bo‘lsin, xoh
xususiy ko‘proq e’tibor qaratilishi kerak.
Shunday qilib, ta’lim muassasasi tashqi muhitini tahlil qilish o‘quv jarayonining
samaradorligini oshirish, strategik maqsadlarni belgilash va ta’lim xizmatlarini zamonaviy talablar
asosida takomillashtirishga imkon yaratadi
Ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish turli huquqiy va me’yoriy hujjatlar
asosida amalga oshiriladi. Milliy qonunlar va xalqaro standartlar ta’lim tizimining iqtisodiy,
huquqiy va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligini belgilaydi. Shu sababli, ta’lim muassasalari o‘z
faoliyatini samarali yuritish uchun ushbu huquqiy me’yorlarga rioya qilishi zarur.
REFERENCES
1.
Barney, J. B. (1991).
“Firm Resources and Sustained Competitive Advantage.”
Journal of
Management
, 17(1), 99-120.
2.
Davronov, F. (2020). “Benchmarking va ta’lim muassasalaridagi strategiyalar.”
Oliy ta’lim
tizimi jurnali
, 22(4), 150-160.
3.
Davronov, F. (2021). “Porterning besh kuchi tahlili va ta’lim muassasalaridagi raqobat.
“
Ta’lim tizimlari jurnali
, 30(5), 112-118.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
23
4.
Grant, R. M. (2008).
“Contemporary Strategy Analysis: Text and Cases Edition.”
Strategic
Management Journal
, 29(12), 123-145.
5.
Harrison, J., & St. John, C. H. (2014).
“Strategic Management of Public and Nonprofit
Organizations.”
Public Administration Review
, 74(5), 202-218.
6.
Hill, C. W. L., & Jones, G. R. (2012).
Strategic Management: An Integrated Approach.
Cengage Learning.
7.
Ismailov, B. (2023). “Ta’lim tizimidagi tashqi omillar.”
Ta’lim tadqiqotlari jurnali
, 22(4),
112-118.
8.
Kotler, P., & Keller, K. L. (2016).
Marketing Management.
Pearson.
9.
Mintzberg, H., Ahlstrand, B., & Lampel, J. (1998).
Strategy Safari: A Guided Tour
through the Wilds of Strategic Management.
Free Press.
10.
Porter, M. (1990).
The Competitive Advantage of Nations.
Free Press.
11.
Porter, M. (2008).
Raqobat strategiyalari: Tahlil va usullar
. Ta’lim nashriyoti.
12.
Sharipov, M. (2021).
Ta’lim muassasalarida benchmarking usulini qo‘llash
. Ta’lim
nashriyoti.
13.
Shukurov, A. (2022).
Ta’lim muassasalarining tashqi muhitini tahlil qilish
. Ta’lim
nashriyoti.
14.
Teece, D. J. (2010).
“Business Models, Business Strategy and Innovation.”
Long Range
Planning
, 43(2-3), 172-194.
