2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
34
METROLOGIYANING SANOAT TARMOQLARDAGI AHAMIYATI
Topvoldiyeva Gulchehra Abdibanop qizi
NDTU tayanch doktoranti.
Yodgorov Bekzod Dilshod o‘g‘li
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, 15-24 TM guruh talabasi.
Email:
bekzodyodgorov03@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15161022
Annotatsiya.
Ushbu maqolada metrologiyaning sanoat tarmoqlaridagi o‘rni va ahamiyati
tahlil qilinadi. Metrologiya aniq va ishonchli o‘lchashlarni ta’minlovchi fan sifatida ishlab
chiqarish jarayonlarining sifatini oshirish, texnologik jarayonlarni barqarorlashtirish va
mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada
metrologiyaning mashinasozlik, farmatsevtika, oziq-ovqat, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida
qanday qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik va
ishonchlilikning ta’minlanishi korxonalar uchun qanday iqtisodiy afzalliklar yaratishi tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar:
metrologiya, sanoat, o‘lchash, sifat, mashinasozlik, standart, eksport,
xavfsizlik.
Kirish
. Zamonaviy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarining aniqligi va
barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulot sifati, ishlab chiqarish samaradorligi va xalqaro
bozordagi raqobatbardoshlik bevosita metrologiyaning rivojlanishiga bog‘liq.
O’zbekiston Respublikasida 1993 yil 28 dekabrda «Metrologiya to‘g‘risida» qonun qabul
qilingan. Ushbu 1004-XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1994 yil, № 2, 48-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda)
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2020 yil 7 aprel, O’RQ-614-soni
tasdiqlangan. Ushbu Qonunning maqsadi metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
1
Metrologiya–O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab
etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan
2
.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
35
Bugungi kunda metrologiya mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo, oziq-ovqat va boshqa
sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilib, mahsulot sifati va texnologik jarayonlarning barqarorligini
ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Aniqlik bilan amalga oshirilgan o‘lchashlar ishlab
chiqarishdagi yo‘qotishlarni kamaytirib, sifat nazoratini takomillashtirish imkonini beradi.
Asosiy qism
Metrologiya–o‘lchashlarning aniqligi, ishonchliligi va bir xilligini ta'minlaydigan fan
sifatida sanoatning turli tarmoqlarida asosiy o‘rin tutadi. Mashinasozlik va farmatsevtika
sanoatlarida metrologiya nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarining sifatini oshirishga, balki
mahsulotlarning xavfsizligini ta'minlashga ham yordam beradi. Har ikkala sohada ham
metrologiya o‘lchashlarning aniqligini, sifatni va tegishli standartlarga muvofiqligini ta'minlaydi.
Mashinasozlik sanoatida metrologiyaning o‘rni. Mashinasozlik sanoati turli texnologik
jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ular orasida detallarni ishlab chiqarish, yig‘ish, montaj qilish va sifat
nazoratini amalga oshirish mavjud. O‘lchashlar va metrologiya bu jarayonlarning har bir
bosqichida muhim ahamiyatga ega. Mashinasozlik sanoatida metrologiya yordamida amalga
oshiriladigan o‘lchashlar quyidagi sohalarda zarur:
Detallar va qismlarning aniqligini ta'minlash: Mashinasozlikda ishlatiladigan har bir
detalning aniq o‘lchovlari ishlab chiqarish sifatiga ta'sir qiladi. Detallarning o‘lchamlari, shakli va
yuzasining sifatini nazorat qilish mahsulotning ishonchliligi va uzoq muddatli xizmat qilishini
ta'minlaydi. Misol uchun, avtomobilsozlik sanoatida, motor qismlarining o‘lchamlariga qattiq
talablar qo‘yiladi, chunki har qanday o‘lchamdagi nomuvofiqlik motorning ishlashini buzishi
mumkin.
Nozik mexanika va yuqori texnologiyalar: Nozik mexanika sanoatida, masalan, optik
asboblar, robototexnika va aviatsiya sanoatida yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar zarur. Bunday sanoat
tarmoqlarida hatto millimetrning mingdan biri miqdoridagi noaniqlik mahsulot sifatiga jiddiy ta'sir
qilishi mumkin. Shuning uchun, o‘lchash tizimlarining aniqligi va barqarorligi yuqori darajada
bo‘lishi kerak. Mahsulotning sifatini ta'minlash va standartlarga moslik: Mashinasozlik sanoatida
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘pincha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Shuning uchun, metrologiya mashinasozlikda mahsulot sifatining belgilangan normativlarga
muvofiqligini tekshirishda muhim vosita hisoblanadi. Sifatni nazorat qilish uchun o‘lchash usullari
va texnologiyalarining takomillashishi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va chiqindilarni
kamaytiradi.
Farmatsevtika sanoatida metrologiyaning o‘rni: Farmatsevtika sanoati o‘zining yuqori
standartlarga talablar qo‘yadigan sektori bo‘lib, u yerda mahsulotlar va ularning tarkibi, dozalari
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
36
va sifatini qatiy nazorat qilish zarur. Dori-darmonlarni ishlab chiqarishda metrologiya ayniqsa
muhimdir, chunki bu mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson salomatligiga ta'sir qiladi.
Metrologiya ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ta’minlashda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, farmatsevtika sanoatida moddalarning aniq dozalanganligi
mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, standartlashtirilgan o‘lchash usullaridan
foydalanish jarayonning doimiy nazoratini ta’minlaydi.
3
Dori vositalarining dozalanganligi: Farmatsevtikada mahsulotlarning dozalari aniq va
standartlarga mos bo‘lishi kerak. Metrologiya yordamida dori preparatlarini ishlab chiqarishda
ishlatiladigan materiallar va ularning tarkibi aniq o‘lchanadi. Agar dori vositalarining tarkibi yoki
dozasi noaniq bo‘lsa, bu nafaqat samaradorlikni kamaytirishi, balki xavfli yomon tasirlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Masalan, dori dozasining yuqori yoki pastligi bemorning salomatligi uchun
jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Mahsulotning xavfsizligini ta'minlash: Farmatsevtika sanoatida metrologiya yordamida
amalga oshiriladigan o‘lchashlar, masalan, dori tarkibidagi faol moddalarning miqdori, ularning
tasirini va xavfsizligini nazorat qiladi. Har bir dori preparatining tarkibi va dozasi belgilangan
meyorlarga to‘g‘ri kelishi kerak. Har qanday o‘lchovdagi noaniqlik ishlab chiqarilgan
mahsulotning salomatlikka tasirini o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun, metrologiya
texnologiyalari farmatsevtikada xavfsiz va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishda yordam beradi.
Xalqaro standartlar va sertifikatlas: Farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar
xalqaro bozorga chiqarilayotgan bo‘lsa, ular muayyan sertifikatlarga ega bo‘lishi kerak. Dori-
darmonlar va ularning tarkibiy qismlari xalqaro standartlarga mos kelishi zarur. Metrologiya bu
jarayonlarni nazorat qilishda asosiy vosita bo‘lib, mahsulotlar va ularning sifatini sertifikatlashga
yordam beradi.
Xulosa:
Metrologiyaning xalqaro standartlarga muvofiqligi, ishlab chiqarish jarayonlarining
izchilligini ta'minlashga xizmat qiladi. O‘lchash usullarining global miqyosda yagona bo‘lishi,
eksport qilinadigan mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda va raqobatbardoshlikni oshirishda
muhim omil bo‘lib, global bozorga integratsiya qilish imkonini beradi. Metrologiyaning ishlab
chiqarish jarayonlariga tasiri nafaqat sifatni oshirish, balki resurslardan samarali foydalanish va
ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini taminlashga ham hissa qo‘shadi.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
37
O‘lchash tizimlarining aniq va ishonchli bo‘lishi ishlab chiqarishdagi xatoliklarni
minimallashtirishga, chiqindilarni kamaytirishga va shuningdek, ishlab chiqarish muddatlarini
qisqartirishga yordam beradi. Shu bilan birga, metrologiya sohasidagi texnologik yangiliklar va
ilg‘or o‘lchash usullari ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirib, sanoatning
rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Bunday rivojlanishlarni davom ettirish uchun metrologiya
va uning qo‘llanilish sohasi doimiy ravishda yangilanib borishi, yangi o‘lchash usullarini ishlab
chiqish va mavjud tizimlarni takomillashtirish zarur. Metrologiya, ayniqsa sanoat tarmoqlarining
yuqori sifat va xavfsizlik talablariga javob berishini ta’minlashda, muhim omil bo‘lib qoladi.
Uning to‘g‘ri qo‘llanilishi, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali qilishga,
resurslarni tejashga va mahsulot sifatini doimiy ravishda oshirishga imkon beradi.
REFERENCES
1.
Kalandarov Palvan Iskandarovich Ikramov Gani Ikramovich «METRALOGIYA
ASOSLARI» Toshkent-2024
2.
«Metralogiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish»
. Siddikov, Kh.A.Sattarov,
O.I.Siddikov, X.E. Khujamatov, G.N. Suleymanova, D.T.Khasanov, Sh.B.Olimova
Toshkent-2018
3.
Karimov B.A. Metrologiya va o‘lchashlar nazariyasi. – Toshkent: Texnika universiteti
nashriyoti, 2018.
4.
Авазбек Ўғли, Н. Х. (2023). Мультисeрвисли Тармоқни Тeзкор Бошқариш Усуллари.
Ўзбeкистонда Фанлараро Инновациялар Ва Илмий Тадқиқотлар Журнали, 2(17),
611-615.
