ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
283
MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA SINONIMLARNING AHAMIYATI
Norova. Sh.
Ilmiy rahbar: f.f.d. Phd.
Xayitmamatova Charosxon Yodgorbekovna
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi.
charosxonxayitmamatova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165940
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi boy mazmuni
va ta’sirchan ifoda uslubi bilan ajralib turishi. Uning she’riyatda sinonimlardan mahorat bilan
foydalanishi kabi masalalar tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
sinonim, manodosh, she’r, dominanta, uslub, neytral, turkcha.
THE IMPORTANCE OF SYNONYMS IN THE POETRY OF MUHAMMAD YUSUF
Abstract.
This article analyzes the fact that the work of the Uzbek people's poet
Muhammad Yusuf is distinguished by its rich content and impressive style of expression. His
skillful use of synonyms in poetry is analyzed.
Keywords:
synonym, synonym, poem, dominant, style, neutral, Turkish.
ЗНАЧЕНИЕ СИНОНИМОВ В ПОЭЗИИ МУХАММАДА ЮСУФА
Аннотация.
В статье рассматривается творчество узбекского народного поэта
Мухаммада Юсуфа, отличающееся богатым содержанием и впечатляющей манерой
выражения. Анализируются такие вопросы, как умелое использование синонимов в
поэзии.
Ключевые слова:
синоним, синоним, стихотворение, доминанта, стиль,
нейтральный, турецкий.
Nutqda eng ko’p tarqalgan hodisalardan biri sinonimlik hodisadir.
Sinonimlar – ma’nodosh so’zlar deb ham ataladi, shakli har xil, ammo ma’nosi bir-biriga
yaqin so’zlar bo’lib, har bir tilning nuqt boyligidir.
Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan
ifodalashda, so’z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta
ahamiyatga ega.
Bir ma’noni ifodalovchi so‘z yoki qo‘shimchalarga sinonimlar deyiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
284
O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z yoki qo‘shimchalar sininimlar uyasi yoki
sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlik qatorda bitta so‘z dominanta (asosiy so‘z) bo‘lib, barcha
(so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, publististik, rasmiy) uslublarda qo‘llana oladi
1
.
Masalan:
katta, ulug’, buyuk, gigant, bahaybat, ulkan sinonimik qatordagi katta so‘zi
dominant (uslubiy betaraf, neytral so‘zdir.
Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni ifodalasa ham, lekin ularning ma’no darajasi, ijobiy va
salbiy jihatga egaligi, ma’lum uslub xoslanishi bilan farq qiladi. Yuz so‘zini misol qilib oladigan
bo‘lsam: yuz, oraz, chehra, ruhsor – ijobiy tarafi. Salbiy taraf: bet, aft, turq, bashara kabilarni
ko‘rsatishimiz mumkin.
Muhammad Yusuf she’riyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ham shu aslida. Shoir
Muhammad Yusuf o’z ijodida sinonim so’zlardan mahorat bilan foydalana olgan. So‘zning
qanchalar jilokorligini, inson qalbiga yetib borguvchi ilohiy bir qudrat ekanligini shoir o‘zining
o‘tkir qalami orqali yoritib bergan. Har bir so’zni qadrlagan, uni o’z va ko’chma ma’nolarini
topib o’z o’rnidan qo’llay olgan. Bunday usullar she’rlarning rang-barangligini ta’minlab,
ularning xalq qalbi va ongiga muhrlanib qolishi uchun imkon yaratgan.
Hammamizga malumki shoirning ko‘pchilik she’rlari qo‘shiq qilib kuylangan. Shoir har
bir yozgan she’rlarida sinonimlardan oqilona foydalangan. Yozuvchining hamma uchun tanish
va hatto qo’shiq bo’lib kuylangan mashhur “Vatanim” she’rida sinonimlarni tahlil qiladigan
bo‘lsak:
Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim.
O’zim xoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg’izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim
2
.
1
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent-2009.
2
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.13-bet.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
285
Ushbu bandga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, shu birgina bandning o’zida bir nechta
sinonimlarni ko‘rishimiz mumkin:
Jahonim – vatanim,
xoqon – sulton,
yolg’izim –yagonam.
She’r tarkibidagi bu kabi sinonim so’zlarning qo’llanishi she’r mazmunining
kengayishiga, ta’sirchanligiga fikrning rang-barangligini ko’rsatishga, yordam beradi.
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Bandidagi chechak so‘ziga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak aslida bu gul manosida
kelyapti. Chechak so‘zi sof turkiycha so‘z hisoblanadi.
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo’l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko’rkli bir juvon.
Hali to’ylar qilib
Charchaysan, erkam
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz.
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Ko’ksimkuyib borar,
Ko’krak yonmoqda
3
Hammaning qalbi va yuragidan joy olgan “Lolaqizg’aldoq” she’ridan olingan yuqoridagi
parchaga nazar soladigan bo’lsak, shoir yoriga murojaat tarzida: ohu–erkam-gulim so’zlari ayol-
yor so‘zlariga sinonim qilib olingan. Chiroyli-ko’rkli sinonimlari yorning go’zalligini ochib
berishga qaratilgan. Savdo-ish esa har ikkalasi ham g’am-tashvish, mashaqqat va kulfat
ma’nosidagina bir tushunchani ifodalab, she’rning ta’sir kuchi boyitib bergan.
“Ko’ksim kuyib borar
3
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.11-bet.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
286
ko’krak yonmoqda
Iboralari frazaviy sinonimik qatorni tashkil qilmoqda. Bu sinonimik qatorlar she’r rang-
barangligini ta’minlash, nozik ma’no qirralarini ochib berish uchun qo’llanilgan.
Tirik yursa volidang
Toqqa Kuching yetarkan,
Onang o‘lsa boshingdan
Oftob o‘tib ketarkan
Jindekkina alam ham
Tog’dek botib ketarkan,
Ko‘ksim to‘la ming armon,
To‘lg’onaman, onajon.
Yozuvchining ushbu she’rida ham ko‘rishimiz mumkin, shoirining mohirona estedodini,
o‘tkir qalam sohibi ekanligini bilishimiz mumkin. ’’Beshinchi o‘g’il“ she’rida turli xil sinonim
so‘zlar qatnashgan: ona so‘ziga volida so‘zi sinonim, alam.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, Muhammad Yusuf har bir she’rni yozishda
qo’llayotgan so’zlarni chuqur mulohaza qilib qo’llaydi. Shu sababli ham uning she’rlari xalq
qalbiga, kitobxonlar yuragiga kirib borgan. Shoirning ko’plab she’rlari qo‘shiq bo’lib
kuylanishiga shu ham sabab bo’lgan desak, mubolag’a bo’lmaydi.
REFERENCES
1.
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent-2009.
2.
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.13-bet.
3.
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.11-bet
4.
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.16-bet.
5.
6.
