ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
296
OYBEK MUZEYI HAQIDA
Boboqulova Marjona
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15166039
Annotatsiya
. Bu maqolada buyuk oʻzbek adibi va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad
oʻgʻli Oybek yashab, ijod qilgan uy-muzeyi haqida maʼlumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: Oybek, adib, uy, xona, muzey, yil.
ABOUT THE OYBEK MUSEUM
Abstract.
This article provides information about the house-museum where the great
Uzbek writer and public figure Musa Tashmuhammad oglu Oybek lived and worked.
Keywords:
Oybek, writer, house, room, museum, year.
О МУЗЕЕ ОЙБЕКА
Аннотация
. В статье представлена информация о доме-музее, где жил и творил
великий узбекский писатель и общественный деятель Муса Ташмухаммад оглы Ойбек.
Ключевые слова:
Ойбек, писатель, дом, комната, музей, год.
Toshkentning “Ishchilar shaharchasi” deb atalgan dahalaridan birida ilm-fan va
madaniyat ahli uchun, ayniqsa, tabarruk dargoh bor. Bu dargohda 1940-yildan 1968-yilga qadar,
yaʼni hayotining soʻnggi daqiqalariga qadar buyuk oʻzbek adibi va jamoat arbobi Muso
Toshmuhammad oʻgʻli Oybek yashab, ijod qilgan.
Oybek barhayot chogʻidayoq el-yurt oʻrtasida nafaqat buyuk adib va buyuk inson sifatida
mashhur boʻlgani uchun, xalqona ibora bilan aytganda, yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan
toshkentliklar ham, poytaxtimizga yaqin va olis yurtlardan kelgan adabiyot muxlislari ham shu
xonadonga kelib, oʻzbek adabiyotining bu porloq siymosini ziyorat qilishni oʻzlari uchun faxr
deb hisoblaganlar. Moskva va Kiyev, Tbilisi va Boku, Alma-ota va Ashxobod singari
shaharlardan kelgan atoqli yozuvchilar, tarjimonlar va adabiyotshunos olimlar esa bu xonadonda
Oybek bilan boʻlib oʻtgan suhbatlarni hayotlarining unutilmas daqiqalari sifatida yod etib
yashaganlar.
Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrining Gavkush mahallasida dunyoga kelgan.
Bu mahalla Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatrining binosi oʻrnida joylagan edi.
Boʻlajak adib tor va ilon izi koʻrinishidagi egri-bugri mahalladagi kambagʻal bir oilada
tugʻilganligi uchun taʼlim va tarbiya texnikumining yotoqxonasida yashab oʻqigan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
297
Oila qurganidan keyin esa Toshkentning 4 dahasida, ijara uylarda umr kechirgan.
Nihoyat, 1940-yili davlat fan va madaniyat xodimlariga ham yer taqsimlab bera
boshlaganida, unga-da 600 kvadrat metrli yer nasib etgan. Adibning rafiqasi Zarifaxonim
qurilishning ham “arxitektor”i, ham “prorab”i, Oybekning oʻzi esa ham pul topuvchi, ham eski,
qingʻir-qiyshiq mixlarga “yangi hayot” bagʻishlovchi “chilangar” sifatida ustalar bilan birga
ishlab, oʻsha yilning 30-dekabrida yangi uyga kirishgan.
“Bu, baxtli kunlarimizning biri edi, - deb eslagan Zarifaxonim oʻsha “tarixiy” kunni. –
Uy hali bitmagan, faqat ikki xonaning ganchi, shipti, sahni tayyor edi. Boshqa xonalarni
holimizga qarab, qoʻlimizga pul tushganda, taxta olib, faner olib, yarim yil davomida bitirib
oldik...”
Uy qad koʻtargan mashaqqatli yillarda hali hamma imoratlar qurilib, yoʻlu yoʻlaklar aniq
qiyofa kasb etmagan edi. Shu tufayli koʻcha “Proyektnaya” – “Loyiha” koʻchasi deb atalgan.
Hozir shu koʻchaga “1-Iftixor” nomi berilgan. Agar shu koʻcha boʻylab uch-toʻrt daqiqa
yursangiz, 26-uy keladi. Katta darvozaning soʻl tarafidagi devorga buyuk oʻzbek adibi
Oybekning 1940-1968-yillarda shu uyda istiqomat qilganligi haqida lavha osilgan.
Oybek XX asrning 50 - 60-larga qadar Eski shahardagi bir-biri bilan tutashib ketgan
uylarning loysuvoq tomlari bahor oylarida lolaqizgʻaldoqlar bilan sababli oy va yulduzlar haddan
ziyod yaqin koʻrinar edi. Shunday nashʼali kunlarda yosh kelinlar ham goʻdaklarini koʻtarib,
lolazor tomlarda Oy va yulduzlarga mahliyo boʻlardilar.
Oyga ishqiboz boʻlgan Muso qoʻlini koʻkka choʻzib: “Oyi, oyni olib ber!” deb yalinar edi
onasiga... Ana shu bolalik xotirasini unutmagan Oybek ilk sheʼrlarini yoza boshlaganida oʻziga
“Oybek” degan taxallusni oladi. Hozir qanchadan-qancha goʻzal sheʼrlar, qissa va romanlar,
maqola va ilmiy asarlar tepasidan ana shu munavvar taxallus bamisoli Oy singari nur sochib-
taratib turadi...
Oybek uy-muzeyi adib tugʻilgan kunning 75 yilligi munosabati bilan 1980-yilda barpo
etilgan. Muzey ikki qismdan iborat boʻlib, 1940-1941-yillarda qurilgan 5 xonali binodan
adibning hayot va ijod yoʻlini aks ettiruvchi ekspozitsiya oʻrin olgan. Hovlining shimoliy
tarafidagi binoda esa memorial xonalar: mehmonxona, ijodxona (birinchi qavatda), bolalar
xonasi va yotoqxona (ikkinchi qavatda) joylashgan. Ikkinchi qavatga dahlizdagi yogʻoch zinalar
osha, devorlardagi A.Siglinsev ishlagan gravyuralarni tomosha qilib, chiqiladi.
Tashrifchilar katta darvozadan oʻtib, ichkariga kirganlaridan soʻng, soʻl tomondagi bir
zamonlar terrasa (ayvon) boʻlib xizmat qilgan xonada Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasi bilan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
298
tanisha boshlaydilar. 5 xonadan iborat bu qismga kiraverishda, oʻng tomonda moʻjazgina bir
xona bor. Unda adibning rafiqasi, birinchi oʻzbek rassom qizi va birinchi oʻzbek kimyogar
olimasi Zarifa Saidnosirova va uning otasi – mashhur maʼrifatparvar va tadbirkor Saidnosir
Mirjalilovga oid eksponatlar: rasmlar, hujjatlar, buyumlar, kartinalar namoyish etilgan. Xonaning
bir chekkasida – molbert. U Oʻzbekiston xalq rassomi Oʻrol Tansiqboyevdan yodgorlik.
Zarifaxonim u bilan birga buyuk rus rassomi Ilya Repinning shogirdi N.N.Rozanov
studiyasida tasviriy sanʼat “sir”larini oʻrgangan. Shu xona devorlaridagi moyboʻyoq bilan
ishlangan tabiat manzaralarini Zarifaxonim umrining soʻnggi yillarida ishlagan.
Bu xonadan chiqqaningizdan keyin, Zarifaxonim, sizni Oybekning bolalik va yoshlik
davri bilan tanishtiruvchi xonaga boshlagandek boʻladi. Mana, XX asr boshlaridagi Toshkent
koʻrinishi, adibning oʻsha davrga oid suratlari, u tahsil olgan bilim yurtining domla va talabalari,
ilk sheʼrlarining qoʻlyozma va bosma nusxalari; Oybek ijodining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan
shoirlar va ularning kitoblari. Xona derazasidagi vitrajdan esa Oybekning sevgili Oy Toshkent
osmonidan moʻralab turadi.
Ikkinchi xona sizni Oybekning 30 – 40-yillardagi hayoti va ijodi bilan oshno etadi. U shu
yillarda Navoiy va Pushkin ijod buloqlaridan hovuchlab suv ichdi. Navoiyga bagʻishlab sheʼr va
ilmiy maqolalar yozdi, Pushkinning “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romanini birinchi boʻlib Oʻrta
Osiyo xalqlaridan birining tiliga tarjima qildi. 1937-yilning dahshatli boʻroni gurlaganda, u
Choʻlponning “dum”i, Turkiston Muxtoriyat hukumatining xazinachisi S.Mirjalilovning kuyovi
sifatida qoralanib, Yozuvchilar uyushmasidan ham, Til va adabiyot institutidan ham haydaldi.
Shunday xatarli zamonda, oilasi bilan goho-goho bir burda nonga zor boʻlib yashaganiga
qaramay, “Qutlugʻ qon” romanini yaratdi. Abdulla Qodiriy va Choʻlpon romanlari qatagʻon
qilingan zamonlarda “Qutlugʻ qon” yosh oʻzbek yozuvchilarini roman janrida ijod qilishlariga
ilhom berib, daʼvat etib, yoʻl koʻrsatib turdi. Xona oʻrtasidagi toʻrt qirrali vitrinadan kulib turgan
turli tillardagi kitoblar “Qutlugʻ qon”ning jahon adabiyoti durdonalaridan biri boʻlganidan
shahodat beradi.
1
Devordagi rasmlardan biridan oʻzbek snayperi sizga qarab turadi. Bu rangli rasmni
jangchi rassom ishlagan. Oybek 1942-yil oxiri – 1943-yil boshlarida Moskva boʻsagʻalarida jon
olib, jon berayotgan oʻzbek jangchilari huzuriga borganida, uni 96 nafar nemisni yer tishlatgan
azamat oʻzbek yigiti sovgʻa qilgan.
1
https://einfolib.uz/post/ojbek-uj-muzejida-adibni-yod-etib
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
299
Snayperlik miltigʻiga “100” raqamini yozishga ulgurmay halok boʻlgan bu jangchi
adibning “Quyosh qoraymas” romanidagi Bektemir obrazini yaratishiga turtki bergan. Oilasini
xavotirga solib, front soʻqmoqlarida bexat-benishon qolib ketgan adib 1943-yil martining
soʻnggi kunlarida yarim kechasi ozib-toʻzib kelganida, “Bemahalda bolalarimni uygʻotib,
bezovta qilib qoʻymay”, deb shu surat yonidagi derazani asta chertgan...
2
“Front boʻylab”, “Olovli yoʻllar” kitoblari bilan birga lyax tilida yozilgan mana bu
sheʼrlar kitobi chexoslovakiyalik shoir Ondra Lisagorskiyning urushdan keyin Oybekka
minnatdorlik tuygʻularini izhor qilib yuborgan sovgʻasi. Urush yillarida oʻzbek yurtidan panoh
topgan Anna Axmatova, Aleksey Tolstoy, Aleksand Deych, Solomon Mixoels, Vladimir
Lugovskoy singari oʻnlab rus yozuvchilari va sanʼatkorlari qatori, u ham Oybekning mehr-
muhabbatidan bahramand boʻlgan. Oybek shu yillarda ularning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima
qilish va ularga bir piyola choy berish bilan kifoyalanib qolmay, Deych bilan birga Navoiy
toʻgʻrisida rus tilida kitob yozdi, Mixoels bilan birga “Mahmud Torobiy” operasini yaratdi. Bu
operaga ukrain kompozitori Oles Chishko muzika bastaladi. Ana shu ijodiy hamkorlik mevalari
ham shu xonada oʻz boʻyini taratib turibdi.
Uchinchi zaldagi ekspozitsiya markazida Navoiy mavzusi turadi. Oybekning ulugʻ shoir
haqidagi oʻlmas asari garchand urush yillarida yozib tugallangan boʻlsa-da, uning xalqaro eʼtibor
va shuhrat qozonishi urushdan keyingi davrga oid. Nufuzli davlat mukofotiga sazovor boʻlgan bu
asar turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, jahon xalqlarining ulugʻ oʻzbek yozuvchisi bilan
yaqindan tanishishlarida muhim ahamiyatga molik boʻldi. Shu xonaga kirgan tashrifchi
“Navoiy” romanining tikanli simlar ortida turgan yirtilgan-yamalgan bir nusxasiga eʼtibor
bermay qolmaydi. Bu, sobiq oʻzbek harbiy asirlarining Oybek uy-muzeyiga sovgʻasi. Sovet
davlati rahbarlarining qoʻpol xatosi bilan zaiflashtirilgan qizil armiya urushning dastlabki
yillarida koʻplab shaharlar bilan birga butun boshli diviziyalarni ham dushmanga boy bergan.
Urush tugashi bilan kechagi asirlar endi sovetlar tomonidan qamoqqa olinib, “Vatan xoinlari”
deb eʼlon qilingan. Urushning soʻnggi kunlarida “Navoiy” romanini oʻqib, uni koʻzi surtgan
sobiq asirlardan biri uni oʻzi bilan birga lagerma-lager olib yurgan, nazoratchilar kitobni otib-
uloqtirib tashlaganlariga qaramay, uni doʻstlari bilan birga koʻz qorachigʻidek saqlagan.
Hayotbaxsh gʻoyalar bilan sugʻorilgan, har bir lavhasidan oʻzbek diyori shabadalari esib
turgan bu roman ularga ruhiy madad va kuch bergan.
Ekspozitsiya bilan yaqindan tanishgan har bir tashrifchi shunday xulosaga keladi.
2
https://dkm.gov.uz/uz/ojbek-uj-muzeji
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
300
Adibning bolalik doʻstlaridan biri yozuvchi Mirkarim Osim Oybekning shu mashaqqatli
yillarda “yozgan” asarlaridan biri – “Ulugʻ yoʻl” romani toʻgʻrisida soʻzlab: “Bu asar yaqin kelib
qolgan ajal ogʻzidan yulib olingan oʻlja edi”, deb bejiz yozmagan.
“Oybek abadiyati” deb atalgan toʻrtinchi zalida adibning oʻzbek va rus tillaridagi koʻp
jildlik nashrlari, shuningdek, ayrim asarlarining soʻnggi yillarda xorijda nashr qilingan nusxalari
namoyish qilingan. Bundan tashqari, adibning tasviri tushirilgan, goʻzal misralari bitilgan sopol
va chinni idishlar, misdan ishlangan buyumlar va Oybekka bagʻishlangan badiiy, ilmiy va ilmiy-
ommabop asarlar xonani bezab turadi.
Xulosa qilib, Oybek oʻzining betakror isteʼdodi va oʻlmas adabiy durdonalari bilan
oʻzbek milliy madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan, nazmda ham, nasrda ham, mislsiz soʻz
ustasi Oybekning hayoti va ijodiga boʻlgan qiziqish bundan keyin ham aslo soʻnmaydi.
REFERENCES
1.
https://einfolib.uz/post/ojbek-uj-muzejida-adibni-yod-etib
2.
https://dkm.gov.uz/uz/ojbek-uj-muzeji
3.
Oynur Toshmuhamedova. OYBEK UY-MUZEYIDA ADIBNI YOD ETIB. Meros.
INFOLI axborot-kutubxona xabornomasi.
