165
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
DIALEKTIZMLARDA QARINDOSHLIK OTLARINING AHAMIYATI
Omonova Mahliyo
Termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti amaliy filologiya ta’lim yo’nalishi
2-bosqich talabasi.
@mahliyoomonova53@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15163636
Annotatsiya
. Ushbu maqolada O’zbek adabiy tilining adabiy til me’yorlari va uning
boyishida dialektizmlarning ahamiyati haqida. Lahjalarning bo’linishi va o’ziga xos
xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.
Kalit so’zlar:
dialektizm, lahja, qarluq, qipchoq, o’g’uz, adabiy til, tasnif, shevalar tizimi,
terminologiya.
THE IMPORTANCE OF KINSHIP TERMS IN DIALECTISMS
Abstract.
This article discusses the literary language norms of the Uzbek literary
language and the importance of dialectisms in its enrichment. Information is provided on the
division of dialects and their specific features.
Keywords:
dialectism, dialect, Karluk, Kipchak, Oghuz, literary language, classification,
dialect system, terminology.
ЗНАЧЕНИЕ РОДСТВЕННЫХ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ В ДИАЛЕКТИЗМАХ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются литературные языковые нормы
узбекского литературного языка и значение диалектизмов в его обогащении. Была
предоставлена информация о разделении и специфических особенностях диалектов.
Ключевые слова:
диалектизм, наречие, карлуки, кыпчаки, огузы, литературный
язык, классификация, диалектная система, терминология.
Har bir xalq o‘z shevalari bilan tirikdir. Shevaga xos so’zlar xalqning milliy urf-odat va
an’analarini, udumlarini, qadriyatlarini o’zida jamlagan bo’ladi. Ularda necha ming yillik tarix
va asriy orzular mujassamlashgandir. Ana shulardan kelib chiqqan holda dialektizmlar orqali
so’zlovchining qaysi hududda istiqomat qilishini va qaysi millatga mansubligini bilib olish
mumkindir. O‘zbek adabiy tilining boyish manbalaridan biri- sheva. Faqat maʼlum bir hudud
doirasidagina qoʻllanilib, boshqa hududda yashovchi oʻzbek tili vakillari uchun xos boʻlmagan
soʻzlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) soʻzlar yoki dialektizm deyiladi. ”Sheva” so’zining
etimologiyasiga nazar tashlasak, fors. — harakat tarzi, tarz, usul — tilning fonetik, grammatik va
lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli
lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq) da
yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi.
166
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Sheva — bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy
belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. O’zbek shevalaribir necha
olimlar tomonidan turlicha tasnif qilingan. Bu sohada professor I.I.Zarubin, E.D.Polivanov, K.K
Yudaxin, G’ozi Olim, A.K.Barokov, V.V.Reshetovlarning tasnifi diqqatga sazovordir.
Oʻzbek sheva va lahjalari 3 turga boʻlinadi.
I.Janubiy-sharqiy guruh: qarluq-chigil-uygʻur shevalari. Bu hududlarga Toshkent,
Zarafshon vodiysi va ularga yaqin shahar aholisining tili kiradi. Bu lahjada qaratqich
kelishigining qo’shimchasi yo’q bo’lib uning o’rniga ham tushum kelishigi qo’shimchasi –ni
ishlatiladi: ukamni daftari. Bu shevalarga eng muhim fonetik va morfologik belgilari
quyidagilar:
1.Soʻz oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: bilak-bilay, elak-elay,
2.Bu lahjaga kiruvchi shevalar uchun "o"lashish muhimdir: oka, kotta, (adabiy tilda aka,
katta boʻladi).
3.Hozirgi zamon davom feʼli -vot (Toshkentda kevotti, yurvotti), -op Samarqand,
Qashqadaryo, Buxoroda (kelopti, boropti) kabi qoʻshimchalar bilan hosil boʻladi. Ruscha
o’zlashmalar Samarqand shahri qarluq lahjasida o’zining sinonimlariga ega emas, balki ma’lum
bir aniq tushunchalarni anglatgani uchun ham faol qo’llaniladi. Samarqand shahri lahjalari 14ta
leksik-semantik guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Masalan, Eee ana buvim bizni uyga kelopti.
II.Janubiy-gʻarbiy guruh:oʻgʻuz lahjasi. Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa,
Xazorasp, Qo’shko’pir va Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi. Belgilari:
1.
Unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: aad (ism);
2.
Qaratqich kelishigi –ning qo’shimchasi –ing tarzida, jo’nalish qo’shimchasi–ga
qo’shimchasi esa –a, -na tarzida aytiladi: onamga-opama, alina(qo’liga)
3.Soʻz boshidagi t tovushi d; k tovushi g tarzida aytiladi: dil-til, galdi-keldi.
4.Oʻgʻuz lahjasida rayhon soʻzi oʻrnida nozvoy, juda oʻrnida dim, yangi oʻrnida toza
soʻzlari ishlatiladi.
III.Shimoliy-gʻarbiy guruh: qipchoq shevasi. Ushbu lahjaga koʻp hududlar kiradi:
Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlarini misol qilib olamiz.
1.Ayrim shevalarda soʻz boshidagi y tovushi oʻrniga j aytiladi: joʻl-yoʻl, jomgʻir-yomgʻir.
“Kuyov jigit bulib ketibsiz-ku, Tirkaship”, -dedi muallim kulib. L.Bo’rixon “Quyosh hali
botmagan”
2.Koʻpincha soʻz oxiridagi gʻ tovushi oʻrniga v tovushi aytiladi: tov-togʻ, shov-shuv. “Bu
tovlar necha kulfatlarni ko’rmagan”. L.Bo’rixon “Quyosh hali botmagan”
3.Soʻz oxirida k, q tovushlari tushiriladi: sari-sariq, kichi-kichik.
167
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlashtirilgan, mazkur
tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“
tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til oʻzgarib turgan). Adabiy til
shevalardan muqobilini tanlab olish natijasida boyib boradi.
Badiiy adabiyotda shevaga xos so’zlarning qo’llanilishi asarning ta’sirchanligini oshiradi.
Xalq shevalarini bilish, dialektal leksekadan boxabar bo’lish yozuvchi va shoirlarimiz
asarlari va satrlariga singdirilgan ma’noni chuqurroq anglash, asarda tasvirlanayotgan voqea
hodisalar milliy koloritga sho’ng’ish imkonini beradi. Yozuvchi va shoirlar qaysi yurt farzandi
bo’lmasin, o’z ijodida sheva unsurlari va xalqning ma’naviy mulkidan foydalanadi. Misol uchun,
surxon yurtining serqirra ijodkori SH.Xolmirzayev asarlarida shevaga xos so’zlarning
unumdorligini kuzatishimiz mumkin:” Uning otasi Rahmon polvon 40 yoshida ham kurashdan
yiqilmagan, keyin bir o’rta yashar, o’rtacha polvon bir qoqmada yiqitib quyganida –dardi
shunchalikki, omborga bo’yra tushab, ustidan suv sepib, unga bag’rini berib yota –yota oldin
yo’talni orttirib, keyin qon qusa-qusa o’lib ketgandi” (“Omon ovchining o’limi”).
Ushbu gapdagi “qoqma” so’zi kurashda chalib yiqitish ma’nosini bildiradi. Bu so’z
boshqa hududda istiqomat qiluvchilar uchun tushunarsiz bo’lishi tabiiy hol, albatta. Ammo
SH.Xolmirzayev ushbu dialektizmni qo’llash orqali o’sha hududga xos bo’lgan milliy an’ana va
odatlarni ifodalaydi.Yozuvchining o’z yurtiga bo’lgan cheksiz muhabbatini xalqning cheksiz
boyligi bo’lgan sheva so’zlardan foydalanganda deb bilishimiz mumkin.
Quyida adabiy til va shevalarning bir-biridan farqini qarindoshlik otlari misolida
koʻramiz:
Birinchi, Namangan shevasi va adabiy til shevalaridagi farqlar:
Adabiy til
Namangan shevasi
Ota
Opodda
Ona
Aba yoki acha (ayrim hududlarda)
Opa
Opa
Aka
Aka
Bobo
Obodda
Buvi
Acha
amaki
Kotta dada
Yuqoridagi tilda adabiy til meʼyorlaridan sezilarli darajada farqlarni koʻrishimiz mumkin.
Endi Andijon shevasi va adabiy tildagi tafovutlarni koʻramiz:
Bobo
Opoqi, oto katta dada
Buvi
Ena
Ota
Dada
Ona
Aya
168
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Opa
Opa
Aka
Aka
Amaki
Amaki
Ushbu tilda biz qarindoshlik otlaridan uncha koʻp farqni uchratmaymiz.
Endi esa voha tomonga, yaʼni Surxondaryo shevasi va adabiy tilning farqini koʻrib
oʻtamiz. Ushbu sheva vakillari asosan j harfidan koʻproq foydalanadi.
Bobo
Bobo
Buvi
Momo
Ota
Ota yoki dada
Ona
Ena yoki aya
Opa
Opa
Aka
Aka
Amaki
Bobo
Kelinoyi
yanga
Xorazm vohasining shevasi va adabiy til oʻrtasidagi farqlar
Bobo
Oto
Buvi
Ana
Ota
Aka
Ona
Opa
Opa
Apka
Aka
Og’a
Amaki
Ota
Kelinoyi
Biyi
Ushbu tilda biz koʻrishimiz mumkinki, adabiy tilga deyarli oʻxshash jihatlari yoʻq.
Navoiy shevasi va adabiy tilning farqini ko’rib o’tamiz.
Bobo
Bobo
Buvi
Biyi
Ota
Dada
Ona
Ona
Opa
Opa
Aka
Aka
Amaki
Amaki
Kelinoyi
Yangga
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tili va adabiy tilning farqlari:
Bobo
Qari ata
Buvi
Qari ena
Ota
Ata
169
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Ona
Ene
Opa
Apa
Aka
Ag’a
Amaki
Táte
Tog’a
Tate
Tog’avachcha
Tátebalam
Jiyan
Ji‘n
Uka
Ini
Singil
Singil
Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos leksema dialektal leksema deyiladi.
Ular ilmiy terminologiyada dialektizm deb yuritiladi. Badiiy adabiyotda va kinofilmlarda
mahalliy koloritni aks ettirish, asar qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan
foydalaniladi. (Lekin bu dialektal leksema tilda o’rnashdi degani emas, albatta. Badiiy adabiyot
va kinofilmlarda shevaga xos unsurlarni ishlatish me’yor doirasida bo’lmishi kerak. Dialektal
leksemani ham uning adabiy tildagi muqobiliga sinonim sanamaslik zarur. Chunki ular ham
adabiy tilda so’zlashuvchi barcha kishilar uchun ijtimoiy qiymat kasb etmagan. Hozirgi o’zbek
adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona va Toshkent shevalari asos qilib olingan.
Olimlarning fikricha Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg’ona shevasi morfologik
jihatdan adabiy tilga asos bo’lgan. Shevalarning o’ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri
bilan asta sekin zaiflashadi va yo’qola boradi.
REFERENCES
1.
B.Tojiboyev B. Hasanov “O’zbek dialektologiyasi” Toshkent 2004
2.
H.Fayziyeva “O’zbek dialektologiyasi” Toshkent 2011
3.
Islomova E’zoza “Shukur Xolmirzayev asarlarida qo’llanilgan dialektizmlar tahlili”
maqola 2023
4.
Tillaboyeva Zilola “O’zbek shevalarining leksik xususiyatlari”.
5.
Savodxon. Uz sayti
