215
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
DUTOR-O’ZBEK MILLIY CHOLG’ULARINING MALIKASI
Rahimova Mubinaxon Zokirjon qizi
Oʻzbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filial talabasi.
mmubinaff@gamil.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15163721
Annotatsiya.
O’zbek milliy cholg’ularining malikasi dutor. Dutor so’zining ma’nosi
forscha “ikki tor” degan ma’noni anglatadi. Dutorda yakka zarb,qo’sh zarb, bilak
zarb,bidratma zarb, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud.O’rta Osiyodagi dutorsimon
cholg’ular: o’zbek dutori, uyg’ur dutori, qoraqalpoq dutori, tojik dutori, turkman dutori. Dutor
cholg’usida tovush chiqarish.
Kalit so’zlar:
yakka zarb, bilak zarb, uyg’ur dutori, panduriy, changuriy, qolmir
do’mbirasi, buryat, yakut, ufori zarb, ПV, balalaika, tut daraxti, kvarta, kvinta, qazba, oyma,
kurata, dutorlar oilasi, dutor prima, dutor alt, Cholg‘u asbobi, Musiqiy meros, Ijrochilik san’ati,
Maqom, Orkestr, Kapron tor, Tovush diapazoni, Ijro uslublari, O‘zbek musiqasi, An’anaviy
san’at.
DUTOR - THE QUEEN OF UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS
Abstract.
The queen of Uzbek national instruments is the dutor. The word dutor means
"two strings" in Persian. The dutor has such playing methods as single stroke, double stroke,
wrist stroke, double stroke, reverse stroke. Dutor-like instruments in Central Asia: Uzbek dutor,
Uyghur dutor, Karakalpak dutor, Tajik dutor, Turkmen dutor. Making sound on the dutor
instrument.
Keywords:
single stroke, wrist stroke, Uyghur dutor, panduri, changuri, qalmir drum,
Buryat, Yakut, ufori stroke, PV, balalaika, mulberry tree, fourth, fifth, qazba, carving, kurata,
dutor family, dutor prima, dutor alt, Musical instrument, Musical heritage, Performing arts,
Maqom, Orchestra, Kapron string, Sound range, Performance styles, Uzbek music, Traditional
art.
ДУТОР - КОРОЛЕВА УЗБЕКСКИХ НАЦИОНАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ
Аннотация.
Королева узбекских национальных инструментов — дутар. Слово
«dutor» в переводе с персидского означает «две струны». Существует несколько методов
игры на дуторе, такие как одинарный удар, двойной удар, удар запястьем, двойной удар и
обратный удар. Дутороподобные инструменты в Средней Азии: узбекский дутор,
уйгурский дутор, каракалпакский дутор, таджикский дутор и туркменский дутор.
Извлечение звуков на инструменте дутор.
Ключевые слова:
одиночный удар, удар запястьем, уйгурский дутор, пандури,
чангури, калмирский барабан, бурятский, якутский, уфорский удар, ПВ, балалайка,
216
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
тутовое дерево, четвёртый, пятый, газба, резьба, курата, семейство дуторов, дутор
прима, дутор альт, Музыкальный инструмент, Музыкальное наследие, Исполнительское
искусство, Маком, Оркестр, Нейлоновая струна, Звуковой диапазон, Стили исполнения,
Узбекская музыка, Традиционное искусство.
Kirish
Dutor-o’zbek an’anaviy chertma sozlaridan biri. Dutor so’zining ma’nosi forscha “ikki
tor” degan ma’noni anglatadi. Dutorning an’anaviy shakllanishi va boshqa cholg’ular bilan
uyg’unlik jihatlari uzoq o’tmishga borib taqalsada, musiqiy risolalarda XV asrdanboshlab
ta’riflanib keladi.
Dutor cholg’usi usullari odatda dutor ijrochiligi o’ng qo’l harakatlari uchun qabul
qilingan ifodaviy ko’rsatkichlar mavjud. Dutor cholg’u usullarining (shtrizlarining) zarb
yo’nalish belgilari:
П-yuqoridan pastga zarb urish
V- pastdan yuqoriga zarb urish.
Dutorda yakka zarb, qo’sh zarb, bilak zarb, bidratma zarb, qo’sh zarb, ufori zarb, pisikato
chalish uslubi mavjud.
Yakka zarb- bunga П- П pastga panja ya’ni 4,3,2,1 barmoqlar bilan dutor torlariga urib
chalib sadolatiladi. V belgisi esa yuqoriga bosh barmoq bilan chalishni bildiradi.
Terma zarb- ППVV belgilari bilan belgilanib, uni quyidagicha to’g’ri hisoblanadi. Bosh
barmoq bilan ko’rsatkich barmoqlarning orasi 12-14 sm orich ushlab turib qo’lni avval
ko’rsatkich barmoq bilan, keyin bosh barmoq bilan pastga va yana avval bosh barmoq bilan,
keyin ko’rsatkich barmoq bilan yuqoriga torlarni chalib tovush chiqariladi. Tovush kuchi teng va
tekis bo’lishi kerak.
Teskari zarb deganda kuchli va kuchsiz hissalarning o’ziga xos tartib bilan almashinishi
tushuniladi.
Pissikato chalish uslubi-dutor ijrosida balalaika va gitara cholg’ularidan kirib kelgan
uslub. U ikki xildir.
Bittalik pissikato-bosh barmoq bilan faqat pastga chalish. Bitta toridan tovush chiqariladi.
O’zbek dutori-xalqimiz sevib ijro qiladigan, keng tarqalgan o’zining o’yinqaroqligi,
ba’zan mungli ovozi bilan xalqimizning sevimli ma’likasi. Ijro etish imkoniyatlari juda keng,
o’ng qo’l barmoqlari va panjalari zarblari xilma-xildir.
Uyg’ur dutori- chertma cholg’u bo’lib, uyg’ur xalqida keng tarqalgan. Dutor tut daraxti
yog’ochidan yasaladi. Simlari ikkita bo’lib, ipak yoki mol ichagidan tayyorlanadi. Yori sim
kichik oktava “si” 1-oktava “do”, “re” tovushlariga pastki tori kvarta yoki kvintaga sozlanadi.
217
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Qoraqalpoq dutori- O’rta osiyoda keng tarqalgan cholg’ulardan biri bo’lib, ikki simli
chertma, kattagina noksimon shaklga ega. Uzun dastasida 13-15 ta pardalar joylashgan. Dutor
ikki xil yasaladi.
Kosasi yaxlit o’yib ishlangan “Qazba” yoki “Oyma” qovurg’ali. Uning dastasi nisbatan
biroz ingichkaroq bo’lib, unda tovush chiqarish asosan o’ng qo’l bilan torlarni yuqori va pastga
qarab urish bilan hosil qilinadi. Barmoqlar erkin va bir maromda harakatlanishi kerak. Pastga
ko’rsatkich barmoq bilan, yuqoriga esa bosh barmoq bilan zarba beriladi. Bu ikki barmoq bir biri
bilan bir ovoz yopishgan bo’lib, yuqoriga qarab urganda bosh barmoq ko’rsatkich barmoqdan
biroz chap tomonga qochadi. Bunday chalish usuli yakka zarb deyiladi va quyidagi belgilar bilan
ifodalanadi.
1.
K-panja va o’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’I bilan pastga qarab chalish
2.
B- panja va o’ng qo’lning bosh barmog’I bilan yuqoriga chalish
Notalarning dutorda joylashuvini o’rganib olib, turli xil cho’zimga ega bo’lan notalar,
takt o’lchovlari va sanoq bilan tanishib chiqqach, birinchi mashqni bajarish mumkin.
Ilk mashq ikki notadan yuqoriga “lya” pastga “mi”dan iborat. “lya” notasi dutorda
birinchi ochiq torda “mi” notasi ikkinchi ochiq torda olinadi. Notalarning bir birining ustiga
yorilganligi bu ikki notaning bir vaqtga olish kerakligini ko’rsatadi.
Dutorda usullarning harfiy belgilari:
K-ko’rsatkich barmoq bilan zarb urish
Б3- bilak bilan zarb urish
Б-bosh barmoq bilan zarb urish
Pizz- pissikato (barmoq chertmak)
Tr-tremolo ko’rsatkich barmoq bilan uzluksiz chertish
Ж-jimjiloq bilan zarb urish
Dutorlar oilasi:
Dutor alt cholg’usi o’rta registrga ega bo’lgan yana bir cholg’u bo’lib, an’anaviy dutor
asosida yasalgan. Ipak torlari o’rniga kapron tor tortilgan. Dutor alt cholg’usi xromatik
tovushqatorga ega. Torlari esa kvarta bo’yicha kichik oktavadagi “mi” va “lya” tovushlariga
sozlanadi. Bu cholg’u nafaqat orkestrlarda balki yakkanavozlik va jo’rnavozlik vazifalarini
bajaradi.
Dutor prima-bu cholg’u dutorning kichraytirilgan turi. Buning qopqog’I tut o’rniga archa
daraxtidan qilinadi. Uning torlari kapron tordan tortiladi. Pardalar dastasini o’yib xromatik holda
doimiy o’rnashtirilgan. Torlari esa kvarta bo’yicha birinchi oktava Dutor prima orkestrda solo
chalish va jo’rnavozlik vazifasini bajaradi. Dutor prima 460mm menzuraga ega.
218
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Dutor sekunda- yangi ishlangan dutorlar oilasiga kiruvchi ushbu dutor-sekunda cholg’usi,
ovoz jihatidan o’rtacha registrda. Uning ham torlari ikki ipak tordan iborat bo’lib, kvarta
oralig’ida sozlanadi. Tashqi ko’rinishi dutor primadan biro z kattaroq shaklda ishlangan, ya’ni
dutorning kosasi bir xil bo’lib, dastasining uzunligi har xil bo’ladi. Dutor-bas va dutor-kontrobas
cholg’u asboblarining kosasi kata bo’ladi.
Xulosa.
Dutor cholg’usining nozik ohangi va keng ifoda imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Dutor
o’zbek xalq musiqa merosining ajralmas qismi bo’lgan badiiy va amaliy an’analarni o’zida
mujassam etadi. Uning ohanglari xalq qo’shiqlari, maqomlar va zamonaviy ijrochilikda keng
foydalaniladi. Bugungi kunda dutor nafaqat an’anaviy ijrochilikda, balki yangi musiqiy
yo’nalishlarda ham o’z o’rniga ega bo’lib, milliy musiqamizning rivojiga hissa qo’shmoqda.
REFERENCES
1.
O Qosimov “Dutor taronalari” T.., 1978
2.
M.A.Asilov, F,M,Vasilev “Dutor darsligi” T..,1977
3.
A Ilyosov “Dutor o’rganish kitobi” T..,1966
4.
M.A. Asilov, F.N. Vasilev “Dutor darsligi” -T..2018.
5.
G Muhammedova “Dutor darsligi”. T.,2005