Authors

  • Marjona Omonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78044

Keywords:

Oʻzbek tili soʻz yasalishi affiksatsiya kompozitsiya reduplikatsiya qisqartirish (abbreviatsiya) neologizmlar oʻzlashma soʻzlar lingvistik oʻzgarishlar leksik birliklar globallashuv texnologik taraqqiyot.

Abstract

Mazkur maqolaada oʻzbek tilida soʻz yasalish jarayonlari va yangi leksik birliklarning shakllanishi lingvistik nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Shuningdek, globallashuv, ilm-fan va texnologiya taraqqiyoti natijasida yuzaga kelayotgan yangi soʻzlarning lingvistik xususiyatlari, ularning oʻzlashuvi va normativ leksikaga integratsiyalashuvi muhokama qilinadi. Maqolaada chet tillaridan kirib kelayotgan neologizmlar va ularning oʻzbek tilidagi ekvivalentlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan ilmiy-tahliliy yondashuv asosida oʻrganiladi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy oʻzbek tilshunoslarining qarashlari va misollar asosida mavzu keng tahlil etiladi.

background image

251

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

OʻZBEK TILIDA SOʻZ YASALISHI VA YANGI SOʻZLARNING PAYDO BOʻLISHI

Omonova Marjona

Termiz davlat universiteti

Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15163864

Annotatsiya

. Mazkur maqolaada oʻzbek tilida soʻz yasalish jarayonlari va yangi leksik

birliklarning shakllanishi lingvistik nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Shuningdek, globallashuv,

ilm-fan va texnologiya taraqqiyoti natijasida yuzaga kelayotgan yangi soʻzlarning lingvistik

xususiyatlari, ularning oʻzlashuvi va normativ leksikaga integratsiyalashuvi muhokama qilinadi.

Maqolaada chet tillaridan kirib kelayotgan neologizmlar va ularning oʻzbek tilidagi

ekvivalentlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, zamonaviy tilshunoslik nuqtayi

nazaridan ilmiy-tahliliy yondashuv asosida oʻrganiladi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy oʻzbek

tilshunoslarining qarashlari va misollar asosida mavzu keng tahlil etiladi.

Kalit soʻzlar:

Oʻzbek tili, soʻz yasalishi, affiksatsiya, kompozitsiya, reduplikatsiya,

qisqartirish (abbreviatsiya), neologizmlar, oʻzlashma soʻzlar, lingvistik oʻzgarishlar, leksik

birliklar, globallashuv, texnologik taraqqiyot.

WORD FORMATION AND THE EMERGENCE OF NEW WORDS IN THE UZBEK

LANGUAGE

Abstract.

This article analyzes the processes of word formation and the formation of new

lexical units in the Uzbek language from a linguistic point of view. It also discusses the linguistic

characteristics of new words arising as a result of globalization, the development of science and

technology, their assimilation and integration into the normative lexicon. The article pays

special attention to the issues of neologisms coming from foreign languages and the creation of

their equivalents in the Uzbek language, and studies them from the point of view of modern

linguistics based on a scientific-analytical approach. In the course of the research, the topic is

extensively analyzed based on the views and examples of modern Uzbek linguists.

Keywords:

Uzbek language, word formation, affixation, composition, reduplication,

abbreviation, neologisms, borrowed words, linguistic changes, lexical units, globalization,

technological progress.

СЛОВООБРАЗОВАНИЕ И ПОЯВЛЕНИЕ НОВЫХ СЛОВ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация.

В статье анализируются процессы словообразования и образования

новых лексических единиц в узбекском языке с лингвистической точки зрения.

Рассматриваются

также

лингвистические

особенности

новых

слов,

появляющихся в результате глобализации и научно-технического прогресса, их

ассимиляция и включение в нормативный лексикон.


background image

252

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

В статье особое внимание уделяется вопросам неологизмов иноязычного

происхождения и созданию их эквивалентов в узбекском языке, а также их изучению с

позиций современной лингвистики на основе научно-аналитического подхода. В процессе

исследования тема подробно анализируется на основе взглядов и примеров современных

узбекских лингвистов.

Ключевые слова:

узбекский язык, словообразование, аффиксация, словосложение,

редупликация, аббревиатура, неологизмы, заимствованные слова, языковые изменения,

лексические единицы, глобализация, технический прогресс.

Ma’lumki, dunyo tillari orasida sof tilning oʻzi yoʻq. Tilning sofligi uning oʻz til soʻzlari

hisobiga yashashi bilan belgilanmaydi. Oʻzbek tili leksik qatlami taraqqiyotini ham jamiyatdagi

muhim oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ma’lum bir davr bosqichlari asosida oʻrganish

mumkin. Turkiy til sifatida yuritilgan oʻzbek tili qadimdanoq Oʻrta Osiyo hududida bir necha asr

mobaynida forsiy (forstojik) til bilan bir qatorda iste’molda boʻldi.

Oʻzbek tilshunosligida soʻz yasalishi turli olimlar tomonidan chuqur oʻrganilgan boʻlib,

bu borada A. Madvaliyev (1981), Sh. Rahmatullayev (1978), G‘. Abdurahmonov (1992), N.

Mahmudov (2008) kabi tilshunoslar muhim tadqiqotlar olib borgan.

Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni

morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz

yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq – soʻz yasalishi asosi,

shunos – soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis – soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi).

Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim – soʻz yasalishi

asosi, li – soʻz yasovchi).


background image

253

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid

soʻzlardan yangi yangi soʻzlar yasaladi. Tilga kirib kelgan yangi soʻzlar haqida

L.P. Krisin

oʻzlashmalarni “turli elementlarni bir tildan ikkinchi tilga oʻtkazish jarayoni deb ataydi”

XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan ulkan oʻzgarishlar, texnik taraqqiyot,

axborotlashtirish asri sifatida tarixda qolishi e’tirof etilmoqda. Ayni paytda qisqa muddat

davomida yangiliklarning dunyo boʻylab ommalashishi, jamiyatdagi shunday yangiliklarga

boʻlgan ehtiyoj har bir til leksik tarkibining ma’lum bir jihatdan oʻzgarishiga olib kelmoqda.

Bugungi kun neologizmlarning kirib kelishi, ularni omma tomonidan iste’molda boʻlishi

tilimiz lug‘atlarida aks etishini kutayotgani yoʻq. Zamonaviy texnika sohasidagi xalqaro

bog‘liqlik va yaqinlik tilimizda koʻplab shunday tushunchalarni oʻz soʻzlarimiz bilan ifodalashga

oʻrin qoldirmayapti. Ba’zi bir oʻzlashma soʻzlarning ma’nolari lug‘atlarda ham qayd etilmagan

(flesh, koka-kola). Bugungi kunda zamonaviy texnika soʻzlari dunyo boʻylab baynalmilal soha

soʻzlari darajasiga koʻtarilib bormoqda. Kundalik soʻzlashuvda ishlatilayotgan va qoʻllanilishi

faol boʻlgan ayrim leksemalarning “Oʻzbek tilining izohli lug‘ati”dan joy olmaganini kuzatish

mumkin. Masalan,

imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk,

blutus, sensor, flesh xotira, vay-fay, planshet, internet

kabi koʻplab leksemalar ham izohli

lug‘atimizdan joy olishi zarur. Yaqinda tilimizga kirib kelgan Reels (rilz) soʻzi ingliz tilidan (reel

– video tasmasi) soʻzlasha yotgan soʻz. Ma’nosi: Instagram va TikTok kabi platformalardagi

qisqa videolar. Oʻzbek tilida “qisqa video” yoki “lavha” deb izohlash mumkin, ammo “rilz”

shaklida ishlatilishi keng tarqalmoqda.Startap (startup) Kelib chiqishi: Ingliz tilidan (start –

boshlash, up – yuqoriga) Ma’nosi: Yangi innovatsion biznes loyihasi, odatda kichik hajmda

boshlangan biznes.: Oʻzbek tilida “yangi biznes”, “innovatsion loyiha” sifatida tushuntirilsa-da,

“startap” atamasi qoʻllaniladi.

Tilda yangi lug‘aviy qatlam - neologizmlar tashqi (ekstralingvistik) va ichki (lisoniy)

omillar asosida vujudga keladi. Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) - tilning strukturaviy va

sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.

A.To’raxo’jayeva mustaqillik davri o’zbek tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyotini

o’rganar ekan, tilning ichki imkoniyatlari sifatida so’z semik tuzilishidagi u yoki bu semani

faollashtirish,

leksema

sememasini

muayyan

tushunchaga

ixtisoslashtirish,

semema

mundarijasini yangi sema bilan boyitish kabi qator usullardan foydalanilganini yozadi. Taraqqiy

etgan sohada esa neologik tushuncha va bularni nomlovchi yangi so’zlar guruhi shakllanadi.

O‘zbek tilshunosligida neologizmlar, o’zlashma so’zlar bo’yicha U.Tursunov,

S.Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov, O.Usmonov, N.Mamatov, X.Jamolxonov, N.Qosimov,

A.Madvaliyev, N.Mahkamov kabi yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari,

ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan.


background image

254

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Eng muhimi, tilimiz lug'aviy qatlamidan o’rin olayotgan neologizmlar, xususan, termin-

neologizmlarni to’plash, ularning har biri uchun alohida va umumiy izohli lug’atlar yaratish,

o’zlashmalarning imlosi, transliteratsiyasi muammolari bilan shug’ullanish o’zbek

tilshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi.

O`zlashma neologizmlarning tilda paydo bo’lishi va yo’qolishi uning tilga qabul

qilinganligida yoki lug’atlardan joy olganligida namoyon bo’ladi. Agar neologizmlar jamiyatda

faol qo’llanilayotgan bo`lsa, bu o’zlashma neologizmlar lingvistika va lug’atshunoslikda ham

qabul qilingan hisoblanadi. Tilda o`zlashma neologizmlarning quyidagi turlari kuzatiladi:

o’zgaruvchan – yangi ma’noli, birgina madaniyat vakillari tomonidan tor ma’noda qo’llanilgan

o`zlashma neologizmlardir; tarqalgan – jamiyat tomonidan ishlatiladigan, ammo hali lingvistik

jihatdan qabul qilinmagan o`zlashma neologizmlar; turg`un– barcha taniydigan, foydalanadigan

va davomiylikga ega o`zlashma neologizmlar

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, til jamiyat boyligidir. Insonlarning nutqiy faoliyati

davomida va jadallik bilan rivojlanib borayotgan ommaviy axborot vositalari yordamida tilga

yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi neologizmlar ham kirib keladi. Bunday hodisa hech bir

tilni chetlab oʻtmaydi va bu ijobiy holat hisoblanadi. Chunki til hamisha oʻsib borishi, oʻzining

soʻzlashuvchilarini eng soʻnggi yangilik va axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Shunday qilib, oʻzbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz boʻlib qolgan tushunchalarni

bildiruvchi soʻzlarning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo boʻlgan tushunchalarni

ifodalovchi soʻzlarning esa kirib kelishi hisobiga doimo oʻzgarib, rivojlanib, boyib boradi.

REFERENCES

1.

Joʻrayev N. Soʻz yasalishi va soʻz shakllanishi. – Toshkent: Fan, 2005.

2.

Jamolxonov H.A. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent, 2002.

Mengliyev B. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. Toshkent: Akademnashr, 2011.

3.

Sayfullayeva R, Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent, 2009.

4.

Hodjaeva G. B. "Тил нормaси вa ўзбек тилигa гермaн тиллaридaн кириб келгaн

сўзлaрнинг лексикогрaфик кодификaцияси".

5.

To’raxo’jayeva A.X. Mustaqillik sharoitida o’zbek tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining

taraqqiyoti: Filol.fan.nom.diss,…avtoref. – Toshkent.:2012.Tursunov

6.

U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi O’zbek adabiy tili.T.,1992

References

Joʻrayev N. Soʻz yasalishi va soʻz shakllanishi. – Toshkent: Fan, 2005.

Jamolxonov H.A. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent, 2002. Mengliyev B. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. Toshkent: Akademnashr, 2011.

Sayfullayeva R, Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent, 2009.

Hodjaeva G. B. "Тил нормaси вa ўзбек тилигa гермaн тиллaридaн кириб келгaн сўзлaрнинг лексикогрaфик кодификaцияси".

To’raxo’jayeva A.X. Mustaqillik sharoitida o’zbek tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyoti: Filol.fan.nom.diss,…avtoref. – Toshkent.:2012.Tursunov

U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi O’zbek adabiy tili.T.,1992