2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
83
ONA TILI TA’LIMIDA DISKURSIV YONDASHUVNING BUGUNGI KUNDAGI
AHAMIYATI
Boymaxmatova Dilnoza Do‘smat qizi
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15186775
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunda diskursiv yondashuv asosida 5-sinf o‘quvchilari
uchun topshiriqlar asosida ularning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Kalit
so‘zlar
:
sinf,
qobiliyat,
dinamik,
fonetik
birliklar,
tovush,
bo‘g‘in,
urg‘u,yondashuv,yo‘riqnoma.
Abstract
. This article provides recommendations on how to develop the speaking skills of 5th-
grade students through tasks based on the discursive approach in today’s educational context.
Key words
: class, ability, dynamic, phonetic units, sound, syllable, stress, approach,
instruction.
Kirish
“Sinf bu har xil qobiliyat, iste’dod va xarakterga ega bо‘lgan dinamik muhit hisoblanadi. Shuning
uchun samarali о‘qituvchi bо‘lish, о‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun о‘qitishning
ijodiy va innovatsion strategiyasini amalga oshirishi kerak bо‘ladi”[1;22] Ayniqsa, bugungi tezkor
axborot asrida ma’lumotlar sig‘imi katta ekanligini inobatga olsak, o‘quvchilarni shunchaki darsga va
darsliklarga jalb qilish oson emas. Bu kabi muammolarni oldini olish maqsadida Milliy o‘quv dasturi
asosida yangi avlod Ona tili darsliklarining yozilganligi o‘quvchilarga va fan o‘qituvchilariga katta
yangilik bo‘ldi deyish mumkin. Har bir darsda o‘qituvchidan yangi interfaol usullardan foydalangan
holda dars o‘tish orqali o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda nutqiy
ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.
Demak, ona tili ta’limining maqsadi o‘quvchilarning ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos
ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalashlarini rivojlantirishdan iborat. Bu esa
nutq o‘stirish muammosini o‘rtaga tashlaydi? Shu ma’noda nutq o‘stirish maktabda ona tili o‘qitishning
bosh maqsadi hisoblanadi.
Professor A.Abduazizov tomonidan “fonetik birliklar (tovush, bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya) bilan
fonologik birliklar (fonema, sillabema, aksentema, intonema) o‘rtasida ma’lum munosabat o‘rnatilishi
lozimligi qayd etilgan”[2;13]. Nutq tovushlarini aniq talaffuz qilishi shu nutq jarayonida urg‘u va
intonatsiyaga rioya qilishi so‘zlarni tushunarli eshitilishida muhim funksiyadir. “Leksikani o‘rganish
deyilganda, ko‘proq leksik ko‘nikmani hosil qilish tushuniladi. Shunga ko‘ra leksik ko‘nikmalarni hosil
qilish uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
84
1.
Kiritish, yangi so‘z ma’nosini ochish va qayta talaffuz qilish.
2.
Nutq vaziyatlarda qo‘llashga mashq qilish va mustahkamlash.
3.
O‘zgaruvchan vaziyatli bosqich” [3;43].
O‘quvchilarning leksik ko‘nikmalardan foydalanishi ulardan nutqiy vaziyatlarda o‘rinli qo‘llashi
bilan belgilanadi. Suhbat mavzusi uning nutqiy vaziyati bilan bog‘liq.
Bog‘lanishli nutqning to‘g‘ri tuzilganini aniqlash uchun asosiy vazifalardan biri bo‘lib og‘zaki
ravishda mashq bajartirish, o‘zi tuzgan gaplarini o‘ziga tahlil qildirish lozim. Bu kabi topshiriqlar
ularning to‘g‘ri talaffuzini rivojlantirishga ham yordam beradi. Shu bilan birga maktabda dars o‘tish
jarayonida fan o‘qituvchisiga ham bir qator talablar qo‘yiladi. “O‘qituvchining o‘zi ishtiyoqi baland
bo‘lishi. Ruhiy horg‘in inson boshqalarda motivatsiya uyg‘otishi qiyin”[4;15]. Bu talablarga dars
jarayonida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etish ham
nazarda tutiladi. Bu bugungi kun o‘quvchilarini darsga jalb qilishda va dars samaradorligini oshirishda
ayniqsa muhimdir. Bu kabi jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etishda dastlab fan o‘qituvchisidan to‘g‘ri
yondashuvni tanlashni va unga mos usullardan foydalanish ayniqsa muhimdir.
Ona tili ta’limida diskursiv yondashuv asosida 5-sinf o‘quvchilari uchun ularning yosh
xususiyatlariga mos bo‘lishi va o‘quvchilar orasida fikrlarni aniq ifodalash va mantiqiy tahlil qilishni
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Diskursiv yondashuv o‘quvchilarga fikrlarni erkin va to‘g‘ri
bayon qilishga yordam beradi, shu bilan birga ularni yozma va og‘zaki nutqni tahlil qilishda faol ishtirok
etishga undaydi. Quyida bir nechta topshiriq misollari keltirilgan:
1. “Men uchun eng yaxshi do‘st” mavzusida argumentli esse yozish
Maqsad
: O‘quvchi do‘stlikning ahamiyatini va o‘zining eng yaxshi do‘stini tasvirlab
berishi kerak.
Yo‘riqnoma
: O‘quvchilarga do‘stlikning ahamiyatini, do‘stlarning qanday sifatlari
bo‘lishi kerakligini, eng yaxshi do‘sti haqida qisqacha ma’lumot berishni so‘rang. Esse hajmi 100-150
so‘zdan iborat bo‘lish kerakligi talab qilinsin.
Yondashuv
: O‘quvchilarni izohli va mantiqiy fikrlashga undash, har bir fikrni misollar
bilan isbotlashga o‘rgatish.
2. “O‘quvchilar uchun eng yaxshi fan” haqida fikr bildirish
Maqsad
: O‘quvchi o‘zining darsga bo‘lgan munosabatini va eng yaxshi fanni qanday
tasavvur qilishini bayon qiladi.
Yo‘riqnoma
: O‘quvchilarni o‘z sevimli fanlarini va undagi faoliyatlarni tasvirlab berishga
chaqiring. Har bir o‘quvchidan qanday fanlar o‘tkazilishi kerakligini ta’riflashni so‘rang.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
85
Yondashuv
: Fikrlarni izchil ravishda tasvirlash, har bir fan faoliyatini aniq tasavvur
qilishga o‘rgatish.
3. “Shirinliklarning inson salomatligiga foydali va zararli tomonlari” mavzusida esse
Maqsad
: O‘quvchi shirinliklarning foydalari va salbiy tomonlarini tahlil qiladi, har ikki
tomonni o‘rtada solishtiradi.
Yo‘riqnoma
: O‘quvchilarga shirinliklarning foydali va zararli tomonlarini ikki guruhga
ajratib yozishni so‘rashi mumkin. Har bir fikrni misollar bilan izohlashni talab qiling.
Yondashuv
: Muammoni tahlil qilish va ikki tomonlama fikrni aniq ifodalashga urg‘u
bering.
4. “Tabiatni asrash” haqida ijodiy matn yozish
Maqsad
: O‘quvchi tabiatni asrashning ahamiyatini va bunga qanday hissa qo‘shish
mumkinligini tushuntiradi.
Yo‘riqnoma
: O‘quvchilarga tabiatni asrashning zarurligini va unga qanday hissa qo‘shish
mumkinligini tushuntirib berishni so‘rang. O‘quvchilarga tabiatni himoya qilish uchun o‘zlarining
fikrlarini va tashabbuslarini kiritish imkoniyatini bering.
Yondashuv
: Matnda izchil va yaxshi tuzilgan fikrlar, aniq dalillar va misollarni keltirishni
talab qiling.
5. “Kun tartibimni qanday tuzaman?” mavzusida reja tuzish
Maqsad
: O‘quvchi kun tartibini qanday tuzishi va qilmoqchi bo‘lgan faoliyatlarini
tasvirlaydi.
Yo‘riqnoma
: O‘quvchilarga kun tartibini qanday tuzishlari lozimligini va nimalar qilishni
rejalashtirishlarini so‘rang. Ularni har bir faoliyatni qisqacha bayon qilishga va maqsadga muvofiq reja
tuzishga undang.
Yondashuv
: O‘quvchilarga reja tuzishda mantiqiy izchillikni, har bir faoliyatni qaysi
tartibda bajarish kerakligini tasvirlashga yordam bering.
Ushbu topshiriqlar o‘quvchilarga fikrni tahlil qilish, dalillarni keltirish, mantiqiy xulosa chiqarish
va muammoni yechish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Diskursiv yondashuvga
asoslangan topshiriqlar ular uchun keng imkoniyatlar beradi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda ona tili ta’limida diskursiv yondashuvning o‘rni va
ahamiyati yanada ortmoqda. Diskursiv yondashuv o‘quvchilarga nafaqat lingvistik bilimlarni
o‘zlashtirish, balki tildan samarali foydalanish, fikrni aniq va lo‘nda ifodalash, muloqotda maqsadga
erishish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu yondashuv o‘quvchilarning tahliliy
fikrlash, nutq madaniyati, va tilni tushunish qobiliyatlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
86
Shuningdek, diskursiv yondashuv o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifodalashiga imkon
yaratadi va ularga hayotiy ko‘nikmalarga asoslangan, muloqotlarda zarur bo‘ladigan til o‘rgatishning
samarali usulini taqdim etadi. Natijada, diskursiv yondashuv ona tili ta’limini nafaqat ilmiy, balki
pragmatik jihatdan ham samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
O.U. Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” O‘quv-uslubiy
qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent–2017, 22-bet.
2.
Абдуазизов
А.
Ўзбек
тили
фонологияси
ва
морфонологияси.
-Тошкент.Ўқитувчи.1992.-Б 13
3.
Шатилов С.Ф.Методика обучения немецкого языку в средней школе.М.,1986. – 43С
4.
Sadiqov U “Kreativ pedagoglar uchun tuzib chiqarilgan eng sara maslahatlar va
qo‘shimcha metodlar” to‘plami – T: 2022–25.B 15
