ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
376
AHMAD IBN MAHMUD MUIN AL-FUQARONING “TARIXI MULLOZODA” ASARI
TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR
Hafizov Siyovash
Hafizov Siyovash Oqiljon o‘g‘li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq falsafasi va germenevtikasi kafedrasi 2-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15198118
Annotatsiya. Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozada” asari ziyorat
odoblari, Buxoro shahri va uning atrofida dafn etilgan yoki maqbaralari joylashgan 160 ga
yaqin ulug‘ ulama, faqih, so‘fiy, qozi, olim, podshoh, sulton va boshqalar to‘g‘risida qisqacha
ma’lumot beruvchi asar bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida ushbu asarning yozilish sabablari hamda
undan ko‘zlangan maqsad, asarning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari borasida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Muin ul-Fuqaro, Tarixi Mullozoda, Sipohsolar, rahmatulloh.
SOME REMARKS ON AHMAD IBN MAHMUD MUIN AL-FUQARA’S WORK
“HISTORY OF MULLOZADA”
Abstract. Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqara’s “History of Mullozada” is a work that
provides brief information about pilgrimage customs, about 160 great scholars, jurists, Sufis,
judges, scholars, kings, sultans, and others who are buried or have their tombs in the city of
Bukhara and its surroundings, This research paper provides information about the reasons for
writing this work, its intended purpose, the structure of the work, and manuscript copies.
Key words: Muin ul-Fuqara, History of Mullazoda, Library of the Sipokhsolar,
rahmatullah.
НЕКОТОРЫЕ МЫСЛИ О РАБОТЕ АХМАДА ИБН МАХМУДА МУИНА АЛЬ-
ФУКАРА «ТАРИХ-И МУЛЛА-ЗАДЕ»
Аннотация. В труде «Тарих-и Муллa-задe» Ахмада ибн Махмуда Муина уль-
Фукары содержатся сведения об обычаях паломничества, о 160 великих ученых,
правоведах, суфиях, судьях, ученых, царях, султанах и других, которые были похоронены
или имели свои мавзолеи в и вокруг город Бухара. Это произведение, в котором дается
краткая информация о произведении, а в данной исследовательской работе дается
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
377
информация о причинах написания данного произведения, его предполагаемой цели,
структуре произведения и рукописных копиях.
Ключевые слова: Муина уль-Фукары, Тарих-и Муллa-задe, Библиотека
Сипахсалара, рахматуллах.
Ahmad ibn Muin al-Fuqaro qalamiga mansub “Tarixi Mullozoda dar zikri mazoroti
Buxoro” qisqacha “Tarixi Mullozoda” asari ziyorat odoblari, Buxora va uning atrofidagi
mozorlar haqida hikoya qiluvchi hijriy IX asrning birinchi yarmida fors tilida yaratilgan tarixiy
manbalardan biri bo‘lib, mazkur asarda jami 160 yaqin olim, faqih, so‘fiy, shayx, sulton,
podshoh, qozi va boshqalarga doir ma’lumotlar bilan birgalikda ularning mangu qo‘nib topgan
yerlari to‘g‘risida ham zikr etilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Buxoro
shahri va shahardan yarim farsang uzoqlikda dafn etilgan buyuklar haqidagi ma’lumotlar
keltirilgan bo‘lsa, ikkinchi qismida shahar atrofidagi aziz ulug‘lar haqida so‘z boradi.
Manbada Alloh taologa hamd, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga salovat hamda
Buxoro to‘g‘risidagi ma’lumotlardan so‘ng, kirish qismida Buxoro shahrining musulmonlar
tomonidan fath etilishi, shaharning islom o‘lkasiga aylanishi, Qur’oni Karim oyatlari va hadis
shariflarda bayon qilingan tarzda qabr ahlini ziyorat qilish hamda ziyorat odoblariga doir
ma’lumotlar keltirilgan. Muallif asarning keyingi qismida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)
hadisi shariflari, fiqhiy kitoblar va ahli sunnat ulamolariga tayangan holda musulmonlar
tomonidan qabr va maqbaralarni ziyorat qilish odoblari hamda uning asoslariga batafsil
to‘xtalgan. Keyingi falsda esa qabrlarni ziyorat qilish doir ma’lumotlar ikki til arab va fors
tilllarida keltirilib, ular hadis sharif va ulamolar qarashlari bilan qanoatlantirilgan hamda ziyorat
qilish chog‘ida parhez qilinishi kerak bo‘lgan ishlar isbot va dalillar bilan keltirilgan.
Kitobda nomi birinchi zikr qilingan ulug‘lardan biri buyuk olim, faqih va shayx Abu Hafs
Kabir (150-218) rahmatullohi alayh hisoblanib, bundan boshqa Buxoro tarixiga doir asarlarda
ushbu ulug‘ insonga doir ma’lumotlarni ko‘plab o‘rinlarda uchratish mumkin. Asarda qayd
etilgan oxirgi inson solik shayx Bobomuborak Chahortoqiy rahmatullohi alayh bo‘lib, kitob u
kishining muborak nomlari bilan yakunlanadi.
“Tarixi Mullozoda” ga muqadimma, sharh va asrning fors tiliga tabdilini amalga oshirgan
eronlik tadqiqotchi olim Ahmad Gulchin Ma’oniyning asar tabdiliga yozgan kirish so‘zida
keltirilishicha, mazkur asar muallifi Muin al-Fuqaro Ahmad ibn Mahmud Mullozoda Buxoriy
biografiyasiga va boshqa asarlariga doir ma’lumotlar topilmagan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
378
Kitobda keltirilgan ma’lumotlardan anglashiladiki, Muin al-Fuqaro olim, donishmand,
orif va ulug‘ xonadon vakillaridan biri bo‘lgan. Olimning o‘zi ham asarning Shoristonlik
imomlar qismida buyuk silsila vakillaridan ekanligiga ishora qilib o‘tgan. Asarning Sayfiddin
Boxarziy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasidan ma’lum bo‘ladiki Ahmad ibn Mahmudning
nazm yo‘nalishida ham iste’dodi bo‘lgan
1
.
Tasavvufdagi tariqat silsilasi bo‘yicha hanafiy mazhabining naqshbandiya tariqati vakili
hisoblanib, Xoja Muhammad Porso rahmatullohi alayhning muridlaridan biri bo‘lgan. Muin al-
Fuqaro “Tarixi Mullozoda” kitobining o‘n yettinchi sahifasida yaqinlik va uzoqlik ruhlar
olamida birdir deb yozar ekan bu to‘g‘rida o‘z shayxining fikrlarini ham zikr etib o‘tadi: “Ulug‘
valiy zot Mavlono Xoja Porso Muhammad bin Muhammad al-Hofiziy al-Buxoriy qaddasallohu
sirrahu bu fikrni (yaqinlik va uzoqlik ruhlar olamida birdir) maqullaganlar”.
Mazkur asar soda va ravon tilda tilda yozilgan bo‘lib bayon jihatidan Muhammad
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asariga o‘xshab ketadi
2
.
Asar muallifining o‘zi ta’kidlaganidek, bu kitobni yozishdan ko‘zlangan bir qancha
maqasadlari bo‘lib, ulardan biri islom madaniyati, shaharlari va aholisi to‘g‘risida o‘quvchilarga
ma’lumot yetkazishdir. Muin ul-fuqaroning ulardan birini shunday izohlaydi: “Shuni bilginki,
din ulamolari va yer yuzi mashoyixlari rahmatullohi alayhim ajmaʼinning pok ruhlari va
muqaddas mashhadlariga hurmat ado etish barakotlarning oshishiga sabab hamda din va dunyo
saodatiga erishishga vosita bo‘ladi”
3
.
Muallifning fikriga ko‘ra, olimlar, islom mashoyixlari va ulug‘ avliyolar o‘z
hayotlarining katta qismini aholi orasida o‘tkazishgan. Natijada avom xalq ular berib turgan
baraka hamda ularning qadrini yaxshi anglashmagan. Ulardan ba’zilarining moqomu hollari
nafaqat tiriklik chog‘larida, balki vafot etganlaridan so‘ng ham ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan.
Ammo ba’zilarini Alloh azza va jalla o‘z fazli va karami bilan siylaganligi sababli
xaloyiq ularning zohiriy hamda botiniy qarashlaridan bahramand bo‘lgan. Muin ul-Fuqaroning
yozishicha, bu guruh ulamo va avliyolar hayotlik chog‘larida ko‘plab insonlarning hidoyatiga
sabab bo‘lganliklari singari, vafot etganlaridan so‘ng ham ularning muqaddas ruhlariga yaqinlik
natijaga yanada samaraliroq yetishishga xizmat qilgan. Shunday qilib muallif o‘z asarini
1
Ahmad Gulchin Maoniy, Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda” asari. Eronshunoslik
tadqiqot markazi. Tehron. 2001-yil. – B. 2
2
O‘sha kitob - B.
3
Rahimov K. Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda dar zikr mazoroti Buxoro” (Buxoro
mozorlari to‘g‘risida Mullozodaning tarix kitobi), Fan nashriyoti. Toshkent. 2019 yil. – B. 17.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
379
yuqoridagi e’tiqodiy va shaxsiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda shunday shakllantiganki,
Buxoro va uning atrofida dafn etilgan har bir ulamoning qadri va ahamiyati qayta jonlangan.
Yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar bilan birgalikda muallif asarda musulmolar orasidagi
odob-axloq va xulq-atvor singari mavzularga ham to‘xtalgan. Masalan ziyorat odobi to‘g‘risida
shunday degan: “Tikka turib ziyorat qilsinlar, qabr va mozorlar ustiga o‘tirmasinlar hamda
qabristonda namoz o‘qimasinlar. Qabrni silamasinlar va uni o‘pmasinlarki, bu nasroniylarning
odatidir”
4
. Muallifning bularni eslatib o‘tishdan ko‘zlagan asosiy maqasadi, oddiy aholi
tomonidan ulug‘larning qabr va mozorlarni ziyorat qilish chog‘ida yo‘l qo‘yiladigan xato va
kamchiliklarni to‘g‘irlashdan iborat bo‘lgan. Muallif tomonidan ilgari surilgan fikr va
mulohazalar fiqh hamda usul kitoblaridan bu xususda olingan dalillar bilan mustahkamlangan.
Muin al-Fuqaro o‘z kitobidagi ma’lumotlarni mantiqiy va oldindan hisob-kitob qilingan
usul asosida shakllantirgan bo‘lib, kitob qismlari o‘z o‘zidan mavzuning kengayib borayotgani
hamda muallif nima to‘g‘risida bahs yuritayotganini ko‘rasatib beradi. Muqaddima, Buxoro va
uning atrofi geografiyasi doir ma’lumotlardan tashqari “Tarixi Mullozoda” asarining matni o‘lim
va hayot to‘g‘risidagi debocha bilan boshlanib, keyin kitobda ko‘rib chiqiladigan asosiy
masalalar hamda ularni ommaga tanishtirish borasida so‘z borib, muallif bu mavzularini ilgari
surishdan ko‘zlagan asosiy maqsadini ham ta’kidlab o‘tgan. Unda keyin esa turli manbalardan
foydalangan holda Buxoro shahri tarixiga doir ma’lumotlar zikr etiladi. Muallif asarning
sarlavhasi noma’lum bo‘lgan keyingi faslida aholi nazdida islom olami ulamolari nechchi
guruhga bo‘lindi va ulamolar qabrini ziyorat qilishning sababi nimada? singari savollarga
o‘zining fikr mulohazalarini bildirgan. Keyin esa bayon qilishdan ko‘zlangan maqsad va
mavzuni yetkazib berish shakli hamda mozorlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tgan. Mozorlar va
maqbaralar to‘g‘risidagi bob ikki qisimga jaratilgan holda keltirilgan bo‘lib, birinchi qismida,
shahar ichi va undan yarim farsang uzoqlikdagi barcha qabrlar, ikkinchi qismida esa, shahardan
tashqari va uning atrofidagi mozolar to‘g‘risida bayon etilgan.
Muallif asarning keyingi bobida ulamolar qabri va maqbaralari joylashgan yerlarni tarixiy
va geografik jihatdan quyidagicha tasniflaydi: Tal Xoja mozolari, Safforiy imomlar qabrlari,
Ayub chashmasi mozorlari, Somoniy sultonlar (rahimahulloh) mozorlari, Sattojiy maqbarasi,
Muqaddam hovuzi mozorlari, Sabzmun mozorlari va Xoja Poraduz maqbarasi
5
. Muin ul-Fuqaro
asarning ikkinchi qismida o‘zi uchun alohida ahamiyat kasb etgan Fathobod mahallasi hududida
4
Ahmad Gulchin Maoniy, Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda” asari. Eronshunoslik
tadqiqot markazi. Tehron. 2001-yil. – B. 3
5
Shahrom Yusufifar. Tarixi Mullozoda dar zikri mazorati Buxoro asari to‘g‘risida. 2001-yil. Tehron. – B. 8
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
380
joylashgan mozorlar haqida bayon qilib, ushbu hududning nima sababdan alohida ahamiyatga
ega ekanligiga ham to‘xtaladi. Mazkur qismda Sadrlar maqbarasi, Sadr A’zam al-Burhon,
Bug‘robek maqbarasi, Buxoroning yetti qozisi mozorlari, shoristonlik imomlar qabrlari haqida
so‘z boradi. Kitob so‘ngida xonadonlar, toifalar, joylar, geografik ma’lumotlar va boshqalar
ilova qilingan.
Muallif Buxoro mozorlari to‘g‘risida ma’lumot yetkazish uchun turli xil usullardan
foydalangan. Gohida oddiy omma orosida mavjud bo‘lgan hikoya va fikr-mulohazalarga ishora
qilgan. Lekin ko‘p o‘rinlarda aholi orasidgi mavjud fikr-mulohazalarni har doim ham to‘g‘ri
bo‘lmasligiga doir faktlarni keltiradi. Gohida mualif o‘z ma’lumotlarini asl tarixiy manbalarga
tayangan holda bayon qiladi. Masalan, kitobning ba’zi o‘rinlarida shunday deyilgan: “…
qadimiy nusxasida ketirilgan”. Muallif “Robi’ ul-abror”, Zamaxshariy asarlari yoki Juvayniyning
“Tarixi Jahonkushoy” va Narshaxiyning “Buxoro tarixi” singari manbalarda foydalanishga katta
ahamiyat bergan. U tarixiy manbalarga taynamagan holda keltirgan rivoyatlarni bayon qilishda
turli istilohlardan ham foydalangan. Kitobda keltirilgan ba’zi bir mavzular muallifning tajribasi
va mushohadasidan kelib chiqqan holda yozilgan. Albatta bu fikr-mulohazalarda ham reallikdan
yiroqlik kuzatilib, muallif o‘zi ham unga ishora qilgan. Yuqoridagilardan tashqari muallif ishora
qilinayotgan shaxslarning tavalludi, vafoti va hayotidagi boshqa muhim voqealar haqida
ma’lumot berishda abjad hisobidan foydalanganligi o‘z ishini yana ham aniqroq va diqqatliroq
bajarganidan dalolat beradi
6
.
Muallifning bayon qilish usuli ham Buxoro shahridagi mozorlar taqsimlanishiga ko‘ra
ikki umumiy guruhga bo‘linadi: birinchi qism, shahar ichida va undan bir farsang uzoqlikda dafn
etilgan ulug‘lar mozorlari va ikkinchi qism, shahar tashqarisi va uning atroflaridagi akobirlar
qabrlari. Bu usul muallifning mavzuga o‘ziga xos nazm bag‘ishlashiga sabab bo‘lgan.
Muallif Buxoro shahrida joylashgan qabrlar manzili va ro‘yxatini keltirishda bir sodda
usuldan foydalanadi. U dastlab eng qadimgi qabrlar ya’ni Buxoroning musulmonlar tomonidan
ilk marotaba fath etilgan paytdagi mozorlarga to‘xtaladi. Kitobda islomdan oldingi davlardagi
maqbaralar va qabrlar to‘g‘risida hech qanday ma’lumut keltirilmagan. Muin ul-Fuqaro Buxoro
shahri geografiyasidan kelib chiqib, mozorlar to‘g‘risida ma’lumot berishni Abu Hafs Kabir
Buxoriy rahmatullohi alayh qabridan boshlaydi va undan keyin boshqa qabrlarga birma-bir
to‘xtalib o‘tadi. Darhaqiqat muallif tomonidan ba’zi din ulamolarining tanlanishi bevosita uning
diniy va mazhabiy mulohazalariga bog‘liq bo‘lgan. Muallif fikr-mulohazalarining xojagon
6
Shahrom Yusufifar. Tarixi Mullozoda dar zikri mazorati Buxoro asari to‘g‘risida. 2001-yil. Tehron. – B. 9
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
381
naqshbandiya tariqatidan sarchashma olganligini, uning mazkur tariqat ulug‘ yo‘lboshchilaridan
biri Xoja Porso Muhammad bin al-Hofiziy Buxoriy rahmatullohi alayhni alohida tasvirlagandan
bilib olsak bo‘ladi. Albatta muallif asosiy e’tiborini islom ilmi sohasiga qaratib, ba’zi bir
mavzularni tasdiqlash yoki inkor etish borasidagi muhokamalarida o‘zining fikr-mulohazalari va
so‘zlarini faqihlar hamda islom dinining ulug‘ ulamolaridan misollar keltirgan holda isbotlaydi.
Ta’kidlash joizki, muallif naqshbandiya silsilasi vakili bo‘lishiga qaramasdan boshqa firqa
vakillariga nisbatan ham adolatli munosabatda bo‘ladi. Masalan ismoiliya imomlarini hurmat
bilan quyidagicha eslaydi: “… ularning qabrlari Xuroson yo‘li ustida joylashgan va kamina
ularni ziyorat qilganman”. Muallif mozor nomlarini zikr etishda o‘ziga xos tanlovni amalga
oshirgan bo‘lib, uning sababini turli xil izohlaydi. Muin al-Fuqaro asarining bir o‘rnida yozadi:
“… bu maqbarada (Xoja Poraduz maqbarasi) ulamo, mashoyix va sodotlardan ko‘p”
7
.
Mozorlar zikri va ularni tadqiq etishda muallif tomonidan qo‘llangan usullardan biri bu
yuqori diqqat bo‘lib, bu usul ulamo va mashoyixlarning tavalludi yoki vafoti sanalarini
keltirishda keng foydalanilgan. Ba’zida uning ma’lumotlarida kichkina vaqt o‘lchovlar ya’ni
kunning turli paytlari ham keltiriladi. Katta ehtimol bilan muallif zikr etilayotgan buyuk inson
to‘g‘risidagi manbalar, kitoblar, she’rlar va qissalardan istofoda etish bilan birga maqbara
toshlariga o‘yib bitilgan ma’lumotlardan ham foydalangan. Kitobdagi ma’lumotlarning o‘ziga
xos jihati uning kitob nomiga movofiq emasligidadir. “Tarixi Mullozoda” nomi kitobni birinchi
marta qo‘liga olgan o‘quvchida bu tarix to‘g‘risda kitob bo‘lsa kerak degan tasavvurni uyg‘otadi.
Ammo kitob Buxorodagi qabr va maqbaralar o‘rganish hamda tadqiq etish to‘g‘risida bo‘lib,
ba’zi o‘rinlarda turli xil mavzulardagi muxtasar tarixiy ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.
Boshqa bir tomondan muallifni ham maqsadi tarix yozish bo‘lmagan. Shuning uchun ham
kitobning ichidagi mavzular ularning zohiriy nomlanishidan ko‘ra muhimroq sanaladi.
Hijriy IX asr birinchi yarmida yozilgan “Tarixi Mullozada” asariga til jihatidan
to‘xtaladigan bo‘lsak, muallif mavzularni bayon etishda o‘sha davr fors tilidagi iboralar,
istilohlar, gramatik birikmalar va boshqalardan keng foydalangan. Qur’oni Karim oyatlar, Hadis
shariflar va ulug‘ ulamolarning asarlaridan havolalar asl holida ya’ni arab tilida keltirilgan. Shu
jihatdan mazkur kitobni chop etish ko‘p jihatdan ham manfaatli bo‘lgan
8
.
“Tarixi Mullozoda” asarning Eron Islom Respublikasi qo‘lyozma fondlarida va
kutubxonalarida saqlanadigan nusxalari to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar.
Eron Islom
7
Shahrom Yusufifar. Tarixi Mullozoda dar zikri mazorati Buxoro asari to‘g‘risida. 2001-yil. Tehron. – B. 10
8
Shahrom Yusufifar. Tarixi Mullozoda dar zikri mazorati Buxoro asari to‘g‘risida. 2001-yil. Tehron. – B. 11
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
382
Respublikasining Malik milliy kutubxonasida “Tarixi Mullozoda” ning №4329 va №4330
inventar raqami ostidagi ikkita qo‘lyozma mavjud bo‘lib, marhum Muhammad Hasanxon
Alouddavla kitoblar bilan bir majmuada keltirilgan. Mazkur ikki qo‘lyozmada ham Buxoro
shahri tarixi, geografiyasi, bino, imorat, masjid, mozor, bog‘larning soni hamda ularga doir
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Asarning yana bir nusxasi №4330 inventar raqami ostida Eron Islom Kengashi Majlisi
kutubxonasida saqlanadi.
Eronning Sipohsolar madrasasi kutubxonasida saqlanadigan asarning №1642 inventar
raqamli nusaxasi nasta’liq xatida va Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asari bilan bitta majmuada
keltirilgan. Hijriy 1106 yil Muhammad Shofe’iy bin Mullonazar Muhammad tomonidan
ko‘chirilgan mazkur nusaxaga tuzatish kiritgan kotib asarning oxirida shunday yozadi: “Mazkur
kitob hijriy 1234 yilda yozib tugatildi. Kotib asar nomini “Risolayi Mullozoda” deb keltiradi.
Qog‘ozning rangi va ishlatilgan siyohdan nusxa Buxoroda ko‘chirilganligi anglashiladi.
Eron Islom Kengashi Majlisi kutubxonasida №-2/J225 inventar raqami ostidagi “Tarixi
Mullozoda”ning nusxasi Sipohsolar marsasida saqlanadiga mazkur asar nusxasi singari
Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”si bilan bitta jildda keltirilgan
9
.
Malik milliy kutubxonasida mavjud “Tarixi Mullozoda”ning nusxasi nasx xatida bo‘lib,
kitobning bo‘lchami 21*29,9 sm hamda sahifa atrofidagi bezaklari, matn va hoshiya Moliya
vazirligi kutubxonasida saqlanadigan majmualar bilan bir xil ko‘rinishga ega. Ko‘chirilgan
sanasi: 25 jumodul-oxir oyi hijriy 1292 yil. Kotibning ismi Masih bo‘lgan (nusxada kotibning
ismi alohida arab harflari mim, sin, ya va ha ko‘rinishida keltirilgan). Bu nusxadagi ko‘plab
jihatlarni boshqa nusxalar bilan o‘xshashligini inobatga olgan holda, hech bir shubhasiz
aytishimiz mumkinki, mazkur nusxa ham Sipohsolar madrasida saqlanadigan nusxa asosida
ko‘chirilgan.
“Tarixi Mullozoda”ning 72 sahifidan iborat, sariq qog‘ozda nas’taliq xati bilan muallif
ismisiz ko‘chirilgan, Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asariga ilova qilingan hamda Buxoroning
Kogon shahri matbaasi kitob sotuvchisi Mullosulton bin Mullosobir Buxoriy tomonidan Eronga
olib kelingan yana bir toshbosma nusxasi hijriy qamariy 1322 yilga tegishlidir. Bu nusaxani
tadqiq qilgan olim Said Nafisiyga ko‘ra, “Tarixi Mullozoda”ning mazkur nusaxasining 25 dan to
48 sahifagacha ya’ni deyarli kitobning 3/1 qismi mavjud bo‘lmagan hamda xatoga yo‘l qo‘yilib
9
Ahmad Gulchin Maoniy, Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda” asari. Eronshunoslik
tadqiqot markazi. Tehron. 2001-yil. – B. 5
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
383
asarning sahifalari o‘rniga xuddi shu o‘lcham va xat turidagi Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”
asarini ko‘chirib qo‘yishgan.
Nosiriddin al-Hanafiy al-Husayniy al-Buxoriy hijriy qamariy 1324 yilda Xojagon
naqshbandiya tariqati silsilasi pirlari va qabrlari (Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniydan to
muallifgacha) to‘g‘risida “Tuhfatul zoyirin” nomli asar yaratadi. U mazkur asarni yaratishda
Muin al-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda”sidan asosiy manba sifatida foydalangan. Ushbu asar
144 sahifadan iborat bo‘lib, hijriy qamariy 1328 yilda Buxoroda toshbosma shaklida chop
qilingan. Kitobni asosiy qismi boshlanishidan oldin, muallif 20 sahifada “Tarixi Mullozoda”dan
tushunganlarini umumlashtirib, oxirida shunday yozgan: “Mullozodaning oxiri”
10
.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, islom dinidagi ziyorat odablari aniq va tushunarli tarzda
bayon etilgan, Buxoro hamda uning atrofida dafn etilgan 160 ga yaqin ulamo, fuqaho, olim,
donishmand, so‘fiy, shayx, qozi, imom, podshoh va sultonlar mozorlari to‘g‘risida ma’lumot
berilgan Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mulozoda dar zikri mazoroti Buxuro”
(qisqacha “Tarixi Mullozoda” asari o‘zidan oldin va keyin mazkur yo‘nalishda yaratilgan
ko‘plab mo‘tabar asarlarga qaramasdan, mozorlarni ziyorat qilish uchun asosiy qo‘llanma
o‘laroq xizmat qilgan. Muallif mozor va qabrlarni ziyorat qilish odoblari haqida bayon qilish
davomida o‘zining fikr-mulohazalari muqaddas Qur’oni Karim oyatlar, Hadis sharif, islom
dinidagi mo‘tabar manbalar va boshqalardan dalillar keltirib, qanoatlantiradi. Bir so‘z bilan
aytadigan bo‘lsak Muin ul-Fuqaro o‘zining “Tarixi Mullozoda” asari yozish bilan birga shariat
qoidalari bo‘yicha qabrlarni ziyorat qilish va o‘tgan ulug‘larni haqlariga duo qilib, ularni ruhini
shod etish bo‘yicha o‘ziga xos bir kodeksi yaratgan. Uning bu xizmatlaridan bir necha asrlar
davomida mo‘min musulmonlar foydalanib, muallif haqiga duolar qilishmoqda.
REFERENCES
1.
Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaro “Tarixi Mullozoda”. 1889-yil.
2.
Ahmad Gulchin Maoniy, Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda”
asari. Eronshunoslik tadqiqot markazi. Tehron. 2001-yil.
3.
Shahrom Yusufifar. Tarixi Mullozoda dar zikri mazorati Buxoro asari to‘g‘risida. 2001-
yil. Tehron.
4.
Rahimov K. Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda dar zikr
mazoroti Buxoro” (Buxoro mozorlari to‘g‘risida Mullozodaning tarix kitobi), Fan
nashriyoti. Toshkent. 2019 yil
10
Ahmad Gulchin Maoniy, Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozoda” asari. Eronshunoslik
tadqiqot markazi. Tehron. 2001-yil. – B. 6
