Authors

  • Siyovash Hafizov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44233

Keywords:

zahabiya Burzishobodiy shia tariqat.

Abstract

“Zahabiya” tariqati tasavvuf tariqatlaridan biri bo‘lib, islom dinining shia mazhabiga e’tiqod qiluvchi aholisi orasida keng tarqalgan. Ushbu ilmiy tadqiqotda mazkur tariqatga doir ba’zi bir ma’lumotlar, jumladan, paydo bo‘lish shart-sharoitlari, qutblari, asoschisi, qonun-qoidalari va so‘fiylik rasm-rusmlari turli tildagi manbalar asosida tahlil qilingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

ZAHABIYA TASAVVUF TARIQATI

Hafizov Siyovash Oqiljon o‘g‘li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi kafedrasi 1-bosqich magistranti.

siyovashhafizov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925196

Annotatsiya. “Zahabiya” tariqati tasavvuf tariqatlaridan biri bo‘lib, islom dinining shia

mazhabiga e’tiqod qiluvchi aholisi orasida keng tarqalgan. Ushbu ilmiy tadqiqotda mazkur
tariqatga doir ba’zi bir ma’lumotlar, jumladan, paydo bo‘lish shart-sharoitlari, qutblari,
asoschisi, qonun-qoidalari va so‘fiylik rasm-rusmlari turli tildagi manbalar asosida tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar: zahabiya, Burzishobodiy, shia, tariqat.

ZAHABIYYAH SECT OF THE SUFISM

Abstract. The “Zahabiyyah” sect is one of the Sufism sects, which is widespread among

the people who believe in the Shia sect of Islam. In this scientific study, some information about
this sect, including the conditions of its emergence, poles, founder, laws and Sufi paintings, were
analyzed on the basis of sources in different languages.

Key words: Zahabiya, Burzishabadi, Shia, tariqat.

ЗАХАБИЯ СЕКТA СУФИЗМА

Аннотация. Секта «Захабия» - одна из сект суфизма, получившая широкое

распространение среди людей, исповедующих шиитскую секту ислама. В данном научном
исследовании на основе источников на разных языках были проанализированы некоторые
сведения об этой секте, в том числе об условиях ее возникновения, полюсах, основателе,
законах и суфийских картинах.

Ключевые слова: Захабия, Бурзишабади, шииты, секта.

“Zahabiya” tariqati islom dinining shia mazhabiga doir tariqatlardan biri bo‘lib, ushbu

tariqatga ergashuvchilarni Eron va boshqa davlatlarda uchratishimiz mumkin. Ushbu tariqatning
paydo bo‘lish sanasini sh-q. III asrda yashab o‘tgan Abumahfuz Ma’ruf ibn Feruz Kuhiyga
bog‘lashadi. Ammo ba’zi bir tadqiqotchilar ushbu tariqatning sh-q. IX asrda vujudga kelib,
Safaviylar sulolasi hukmronligi davrida dastavval Xuroson, keyinchalik Sheroz hududlarida rivoj
topganiga ishonishadi. “Zahabiya” tariqatiga ergashuvchilar ilhom oladigan mashhur shayxlar
qatorida Junayd Bag‘dodiy, Sari Saqatiy, Ahmad G‘azzoliy va Najmiddin Kubrolarni keltirishimiz
mumkin. Hozirgi kunda Eron Islom Respublikasining Fors, Xuroson, Ozarbayjon, Xuziston va
boshqa viloyatlarida “Zahabiya” tariqatiga ergashuvchilar tarqoq holda umrguzaronlik
qilayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Sh-q. IX asrda “Zahabiya” tariqati dastavval Sayyid Abdulloh Burzishobodiy

Mashhadiyning muridlari

1

orasida keng tarqaladi. Eronda Safaviylar davlati tashkil topgandan

1

Madelung Vilfred, Islom firqalari. Abulqosim Sariy tarjimasi. Asotir nashriyoti. Tehron. 2002-yil. – 91. B.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

288

so‘ng ushbu tariqat keng tarqalib, keyinchalik undan ko‘plab yangi firqalar ajralib chiqdi. Shu
sababdan ham “Zahabiya” tariqatini istilohda “Tariqatlar onasi”

2

(اه هلسلس ردام) deb nomlashadi.

Ba’zilarning fikricha, “Zahabiya” tariqatining idizi “Hamadoniy Kubraviya” sufiylariga

borib taqaladi. Yana bir guruh tasavvuf olimlarning nazdida ushbu tariqat silsilasi “Kubraviya”
tariqati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ba’zilar “Zahabiya” tariqatini Burzishobodiydan oldin
sunniy mazhabiga oid tariqat sifatida talqin qilishadi. Ammo Burzishobodiydan so‘ng bu tariqat
shia mazhabiga e’tiqod qiluvchilar orasida keng tarqaldi va ushbu mazhab tariqatlaridan biriga
aylandi

3

.

“Zahabiya” tariqatining asoschisi haqida to‘rtta qarash mavjud. Bular

:

Birinchisi, ushbu tariqatning asoschisi Abdulloh Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy

Xorazmiy

4

. U milodiy 1221-yilda vafot etgan. Uning ko‘niyasi “Abduljanob”

5

dir. U Ahmad

Najmiddin Kubro nomi bilan tanilgan bo‘lib “Zahabiya” tariqati silsilasida o‘n ikkinchi shayx
hisoblanadi. Najmiddin Kubro xalq orasida shayx Valiytarosh, Kubro va Toma al-Kubro nomlari
bilan ham mashhur bo‘lgan. Shu sababdan ham “Zahabiya” tariqati keyinchalik “Zahabiya
Kubroviya” nomi bilan insonlar orasida tarqalgan

6

. Najmiddin Kubroning “Toma al-Kubro”

(“qiyomat kuni, katta balo”) laqabi haqida quyidagi fikr mulohazani keltirishimiz mumkin: “U
(Najmiddin Kubro) qaysi olim bilan bahslashmasin, albatta g‘olib chiqardi. Keyinchalik
iste’molda “Toma” qismi tushib qolib “Kubro” qo‘llaniladigan bo‘ldi”

7

. Abdurahmon Jomiy uning

“Valiytarosh” laqabi haqida quyidagicha bayon qilgan: “Vujudi ustidan g‘alaba qozongani uchun
kimgaki muborak nazari tushsa valiylik darajasiga yetgan”

8

. Uning izdoshlari orasida Majididdin

Bag‘dodiy (vaf. sh-q. 608-yil), Saadiddin Hamaviy (vaf. sh-q. 649-yil), Bobokamol Junaydiy,
shayx Rizoiddin Ali (vaf. sh-q. 646) va qozi Nurulloh Shushtariy

9

kabi mashhur sufiylarni sanab

o‘tish mumkin. Qozi Nurulloh Shushtariy “Majolis al-muminin” kitobida Najmiddin Kubro
izdoshlaridan o‘n ikkitasinining nomini zikr qilib, shunday deydi: “Cunki uning (Najmiddin
Kubroning) haqiqiy muridlari o‘n ikki nafar edi. Umri davomida shu o‘n ikki nafar muriddan
boshqa murid qabul qilmadi. Ammo ulardan (o‘n ikki muriddan) har birlari “buyuk avliyo” edi”

10

.

Najmiddin Kubro Ruzbahon Fasoyiyning kuyovi bo‘lib ikki nafar o‘g‘il farzandning otasi edi.

Ikkinchi nazariyaga ko‘ra, “Zahabiya” tariqatining asoschisi Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy

bo‘lib, u sh-q. 740-yil (mil. 1339-yil) dunyoga keladi va 40 yil davomida insonlarni hidoyatga
chorlab, sh-q. 826-yil (mil. 1423-yil) vafot etadi. U Mir Sayyid Ali Hamadoniyning shogirdi va
kuyovi bo‘lib, Abdulloh Burzishobodiy uning o‘n ikkita mashhur shogirdidan biri edi

11

. Xo‘ja

Is’hoq Xuttaloniyning o‘limi quyidagicha bayon etiladi: “Sayyid Muhammad Nurbaxsh
Xurosoniy isyoni davrida Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy Temuriylar imperiyasiga qarshi isyonning

2

Husayn Zahabiy (Mirzo Bobo Sheroziy) Sayyid Abulqosim bin Abdulnabiy, Manohej anvor al-marifiy fiy sharh

musboh al-shariat va muftoh al-haqiqat. Tadqiqotchi: Muhammad Boqiriy, Muhammad Ja’far. 1984-yil. – 841 B.

3

Husayn Dezfuliy. Zahabiya tarqatiga urg‘u bergan holda tasavvuf tahlili. 2006-yil. – 39. B.

4

Muhammad Ma’sum Sheroziy. Taroyiq al-haqoyiq. – 211. B.

5

Yofey Yamaniy Makkiy, as-Saad bin Ali bin Sulaymon.

6

Asadulloh Xovariy. Zahabiya, Ilmiy tasavvuf, adabiy asaralar. Tehron. 2004-yil. – 211. B.

7

Qozi Sayyid Nurullohiy Shushtariy. Majolis al-muminin. Islomiya. 1997-yil. – 74. B.

8

Abdurahmon bin Ahmad Jomiy. Nafohat al-uns min hazarat al-quds. Mahdiy Tavhidiypur tadqiqoti.

1987-yil.-419. B.

9

O‘sha kitob – 464. B.

10

Qozi Nurulloh Shushtariy. Majolis al-muminin. Islomiya. 1997-yil. – 73-74. B.

11

Ahsonulloh Ali Istahriy. Tasavvuf asoslari. Ma’rifat. – 323-325. B.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

289

asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida qamoqqa olinadi va temuriyzoda Shuhrux buyrug‘iga
binoan qatl qilinadi”

12

.

Uchinchisi, Sayyid Burzishobodiy “Zahabiya” tariqatinig asoschisi bo‘lgan degan fikrni

ko‘pchilik olimlar haqiqatga yaqinroq deb hisoblashadi. Sayyid Abdulloh bin Abdulhay Ali al-
Husayn sh-q. 870-880 yillar (mil. 1368-1378 yillar) oralig‘ida Eronning Rizaviy Xurosoni viloyati,
Mashhad shahridagi Burzishobod qishlog‘ida dunyoga kelgan. U ustozi Xo‘ja Is’hoq
Xutaloniyning kuyovi bo‘lgan. Xuttaloniydan oldin Qosim Anvordan (tav. sh-q. 837-yil) ma’rifat
odob-axloqini o‘rganadi. Ammo Xuttaloniyning tarbiyasi bilan kamolga erishib, Haq taoloni
taniydi. Shu sababli uning xirqa kiyishi ikki holatda ta’riflanadi: biri Qosim Anvor orqali shayx
Safiyiddin Ardabiliyga (tav. sh-q. 735-yil) yetib borsa, boshqasi Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy
orqalidir

13

. Xuttaloniyning vafotidan so‘ng, Burzishobodiy 30 yil davomida soliklarga yo‘l

boshlovchilik qildi va nihoyat, sh-q. IX asr ikkinchi yarmi boshlarida bu dunyodan ko‘z yumadi.

U ko‘plab risolalar muallifi bo‘lib, ular orasidan “Kamoliya” risolasini (irfon odoblari va

tariqat yo‘lini bosib o‘tish haqida

14

) alohida ko‘rsatish mumkin. Aruz vazni istilohlari, irfoniy va

ma’naviy qarashlarni o‘zida mujassam etgan g‘azallari ham mavjud.

To‘rtinchisi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy o‘zining yosh

shogirdlaridan biri Sayyid Muhammad Nurbaxsh Xurosoniyning g‘ayri oddiy fazilatlari haqida
tush ko‘radi hamda uni nafaqat o‘zining o‘rinbosari (ustozi Mir Sayyid Ali Hamadoniyning
xirqasini Sayyid Muhammad Nurbaxsh Xurosoniyga taqdim etadi) balki, uning buyuk qobiliyati
haqida bashorat qiladi. O‘zining izdoshlarini ham Sayyid Muhammad Nurbaxsh Xurosoniyga
topshiradi. Ammo ulardan biri ya’ni Sayyid Abdulloh Burzishobodiy unga itoat qilishdan bosh
tortadi va u yerni tark etadi. O‘sha payt Xuttaloniy shunday naql qiladi: “Abdulloh ketdi” بهذ"(
)"اللهدبع. Shu sababdan ham Burzishobodiy yurgan yo‘l “Zahabiya” nomi bilan “Kubraviya”
tariqatining tarmoqlaridan biri sifatida rivoj topadi

15

.

“Zahabiya” tariqati dastavval “Kubroviya” tariqati ulug‘larining diyori xususan, Mir

Sayyid Ali Hamadoniy va Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniylarning kindik qoni to‘kilgan Xuroson hamda
Xuttal o‘lkalarida keng yoyildi. Ushbu mintaqalar sh-q. IX asrdan to XI asrgacha “Zahabiya”
tariqati namoyandalari uchun o‘ziga xos bir markaz vazifasini bajargan. Oradan bir necha yillar
o‘tib “Zahabiya” tariqati markazi Sheroz shahriga ko‘chdi

16

. Najibiddin Rizo Tabriziy (silsilaning

o‘ttizinchi shayxi) davrida tariqat markazi Isfahon shahriga ko‘chadi

17

. Najibiddin Rizo

Tabriziyning sh-q. 1108 yilda vafot etishi hamda Ali Naqqiy Astahbonotiy (silsilaning o‘ttiz
birinchi shayxi) shayxligi va Shoh Sulton Husayn hukmronligining oxirlarida faqihlar bosimining
kuchayishi bilan yana Sheroz shahri ushbu tariqat markaziga aylanadi

18

. Ali Naqqiy Astahbonotiy

“Zahabiya” tariqatining mashhur va muhim shayxlaridan biri Sayyid Qutbiddin Muhammad
Tabriziyni tarbiyalab kamolga yetkazish orqali, ushbu tariqatning Eron hududida davom etishi va

12

Abdulrafiq Haqiqat. Islom davridagi irfoniy maktablar. Kumash. 2004-yil. – 308-309. B.

13

Asadulloh Xovariy. Zahabiya, Ilmiy tasavvuf, adabiy asaralar. Tehron. 2004-yil. – 353-354. B.

14

Shahobiddin Amirabdulloh Burzishobodiy. Kamoliya rislolasi. Islom tarixi va Eron ixtisoslashtirilgan kutubxonasi.

15

Nuriddin Mudarrisiy Chahordahiy. Tasavvufga sayohat. Ashroqiy. Tehron. 1982-yil. – 273. B.

16

Hamidulloh Rafiyiy Zabliy. Zahabiya tariqati. Tehron. 2010-yil. – 61. B.

17

Asadulloh Xovariy. Zahabiya. Tehron. 2004-yil. – 287. B.

18

O‘sha asar. – 296. B.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

290

keng tarqalishiga zamin yaratdi

19

. “Zahabiya” tariqatiga ergashuvchi sufiylarni Eron hududlaridan

tashqarida ham uchratish mumkin. Ularning faoliyati bugungi kunimizgacha davom etib
kelmoqda

20

.

“Zahabiya” tariqati silsilasi.

Muhammadali Muzan Sabzavoriyning “Tuhfayi Abbosiy” nomli asari ilovasida

21

“Zahabiya” tariqati silsilasi quyidagicha keltirilgan:

1.Rukniddin imom Rizo;

21. Sayyid Abdulloh Burzishobodiy;

2. Ma’ruf Karxiy;

22. Rashididdin Muhammad Baydvoziy;

3. Sariy Saqatiy;

23. Shohali Asfaroyniy;

4. Junayd Bag‘dodiy;

24. Muhammad Xabushoniy;

5. Abuali Rudboriy;

25. G‘ulomali Nishopuriy;

6. Abuali Kotib Misriy;

26. Tojiddin Husayn Tabodakoniy;

7. Abulqosim Gurgoniy;

27. Muhammad Kornadhiy (Pirpolonduz);

8. Abu Bakr Sarroj Tusiy;

28. Hotam Zarovandiy Xurosoniy;

9. Ahmad G‘azolliy;

29. Muhammadali Mavzan Xurosoniy;

10. Abulnajib Suhravardiy;

30. Najmiddin Rizo Tabriziy;

11. Ammor Yosir Bidlisiy;

31. Shayx Alinaqqi Astahbonotiy;

12. Ahmad Najmiddin Kubro;

32. Sayyid Qutbiddin Muhammad Nayriziy;

13. Majididdin Bag‘dodiy;

33. Muhammad Hoshim Darvish Sheroziy;

14. Rizoiddin Ali Lolo;

34. Mirzo Abdulnabiy Sharifiy Sheroziy;

15. Ahmad Jurfoniy (Gurponiy);

35. Sayyid Abulqosim Roz Sheroziy
(Mirzobobo);

16. Nuriddin Abdulloh Asfaroyniy;

36. Jaloliddin Muhammad Majid al-Ashraf
Sheroziy;

17. Alouddavla Samnoniy;

37. Mirzo Ahmad Abdulhay Murtazaviy
(Xushnavis);

18. Mahmud Mazdaqoniy;

38. Mirzo Muhammadali Hub Haydar
Ardabiliy (Abulfutuh);

19. Mirsayyid Ali Hamadoniy;

39. Abdulhamid Ganjaviyon (Mir Barno
Salomulavliyo);

20. Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy

40. Husayn Asoriyon (Salohiddin).


“Zahabiya” tariqatining nomlanishi to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Ushbu

tariqatning “Zahabiya” deb nomlanish haqida aniq faktlar keltirilgan. Ammo ushbu tariqat boshqa
nomlar ostida ham xalq orasida keng tarqalagan. Jumladan: Ilohiya, Muhammadiya, Alaviya,
Rizoviya, Mahdiya, Kubroviya va Ahmadiya. Albatta, tariqatning yuqoridagi nomlar bilan
atalishiga sabab bo‘lgan omillar ham mavjud. Masalan, ushbu tariqatning Mirzo Ahmad Abdulhay
Murtazaviy (silsilaning o‘ttiz yettinchi shayxi) nomidan olingan “Ahmadiya” shakli uning

19

Ahsanulloh Istaxriy. Tasavvuf asoslari. Ma’rifat. Tehron. 1959-yil. – 414-443. B.

20

Madelung Vilfred, Islom firqalari. Abulqosim Sariy tarjimasi. Asotir nashriyoti. Tehron. 2002-yil. – 91. B

21

Muhammadali Sabzavoriy Tuhfayi Abbosiy. 2002-yil. – 554. B.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

291

izdoshlari tomonidan tariqat nomiga aylantiriladi

22

. Muhammadali Muzan Xurosoniy “Zahabiya”

tariqatini “Silsilalalar onasi” هلسلس ردام(

)اه

deb nomlab, quyidagicha ta’riflaydi: “Eronda Safaviylar

sulolasi hokimiyatga kelishi hamda shia mazhabining keng targ‘ib qilinishi natijasida, ushbu
mazhab diniy qonun-qoidalariga mos keladigan “Zahabiya” tariqati keng ko‘lamda rivojlandi. Shu
sababdan ham “Zahabiya” tariqati “Tariqatlar onasi” deb ataladi. Uning natijasi o‘laroq asrlar
davomida ushbu tariqat boshqa ko‘plab yangi firqalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

23

“Zahabiya” tariqatining taraqqiyot yo‘li.

Asadulloh Xovariy Ma’ruf Karxiy (silsilada birinchi shayx) vafotidan (mil. 815 yil) to

Jaloliddin Muhammad Majidalsharof Sheroziy (silsilaning o‘ttiz oltinchi shayxi) vafotigacha (mil.
1913 yil) bo‘lgan “Zahabiya” tariqati tarixini besh qismga taqsimlaydi:

24

Birinchisi

, Zuhd va ibodat davri. Ushbu davr Ma’ruf Karxiy (silsilaning birinchi shayxi)

vafoti bilan boshlanib, to sh-q. V asr oxiri ya’ni Abu Bakr Sarroj Tusiy (silsilaning sakkizinchi
shayxi) vafotiga qadar (mil. 1094 yil) davom etadi. Bu davrda toat ibodatda bo‘lgan shayxlarning
ba’zi bir jumlalari va hikmatli so‘zlaridan tashqari boshqa yozma asar yozganliklari haqida
ma’lumotga ega emasmiz.

Ikkinchisi,

Tasavvufni targ‘ib qilish yoki uning nazriyasini yaratish davri. Ushbu davr sh-

q. VI asr boshlarida Ahmad G‘azzoliy (silsilaning to‘qqizinchi shayxi) dan boshlanib to sh-q. IX
asr oxiri ya’ni Xo‘ja Is’hoq Xuttaloniy (silsilaning yigirmachi shayxi) vafotigacha davom etadi.

Xuttaloniy vafotidan bir asr o‘tar o‘tmas mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyoga hujumi

boshlanadi. Alouddin Muhammad Xorazmshohning mo‘g‘ullar qarshisida mag‘lubiyatga
uchrashi, Xorazmshohlar davlati inqiroziga sabab bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat qaysidir ma’noda boshqa
tasavvuf tariqatlarida bo‘lgani singari “Zahabiya” tariqati rivojiga ham ta’sir o‘tkazdi.

Uchinchisi,

tasavvufda turg‘unlik davri. Mazkur davr sh-q. IX asr ikkinchi yarmi ya’ni

Sayyid Abdulloh Burzishobodiy (sisilaning yigirma birinchi shayxi) bilan boshlanib to sh-q. XII
asr oxiri Sayyid Qutbiddin Muhammad Nayriziy (silsilaning o‘ttiz ikkinchi shayxi) vafotiga (mil.
1760 yil) qadar davom etadi. Sh-q. IX asrdan boshlab so‘fiylikdagi tavhid ta’limoti asta-sekin
zaiflasha bordi va uning o‘rnini Ali (r.a) ni madh etish bu tariqat so‘fiylarining birinchi galdagi
vazifasiga aylanadi. Bu o‘zgarishlar tariqatdan boshqa maqsadlarda foydalanuvchi kimsalar uchun
qo‘l keladi. Buning natijasida soxta so‘fiylar olamonni yo‘ldan og‘dirib, ularning shuurini
zaharlashga urindilar. Va nihoyat, oradan biroz fursat o‘tib, xonaqoh odoblariga rioya qiladigan
darvish, shayx va murid an’analari rivoj topdi. Bu davrda yashab sayr suluk yo‘lida xizmat qilgan
va o‘zidan tasavvuf ta’limotiga oid kitob qoldirgan mashhur shayxlarga misol qilib, Sayyid
Qutbiddin Muhammad Mirzo Nayriziy, Muhammadali Muzan Xurosoniy (silsilaning yigirma
to‘qqizinchi shayxi) va Najibiddin Rizo Tabriziy (silsilaning o‘ttizinchi shayxi) kabilarni
keltirishimiz mumkin.

To‘rtinchisi,

valiylik targ‘iboti davri. Ushbu davr sh-q. XII asr oxiri Muhammad Hoshim

Darvesh Zahabiy Sheroziy (silsilaning o‘ttiz uchinchi shayxi) hidoyati bilan sh-q. 1173 yilda
boshlanib to sh-q. XIV asr boshlari ya’ni Jaloliddin Muhammad Majidalsharof Sheroziy
(silsilaning o‘ttiz oltinchi shayxi) vafoti (sh-q. 1331 yil) ga qadar davom etdi. Bu davrda tasavvuf

22

Asadulloh Xovariy. Zahabiya. Ilmiy tasavvuf. Tehron. 2004-yil. – 90-91. B

23

Muhammadali Muzan Xurosoniy. Tuhfayi Abbosiy. 2002-yil. – 554. B.

24

Asadulloh Xovariy. Zahabiya. Ilmiy tasavvuf. Tehron. 2004-yil. – 407-410. B


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

292

va maorif tavhid olamidagi sir sinoatlaridan valiylik tomon yuz burdi hamda shia mazhabida tashqi
odob-rusumlardan valiylik haqiqatiga, zohirdan botinga qarab intilish kuchaydi. Ushbu davrda
muridlarga shayxlik qilgan Muhammad Hoshim Darvesh Zahabiy Sheroziy, Jaloliddin
Muhammad Majidalsharof Sheroziy va Abulqosim Roz Sheroziy (Mirzo Bobo, silsilaning o‘ttiz
beshinchi shayxi) kabilar qalamiga mansub ko‘plab asarlar zamonamizgacha yetib keldi.

Beshinchisi,

tasavvufning zamonaviy davri. Ushbu davr sh-q. XIV asr boshlaridan to

bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Xonaqoh marosimi.

Boshqa tasavvuf tariqatlarida bo‘lgani singari “Zahabiya” tariqatida

ham xonaqoh marosimlariga katta e’tibor qaratishgan

25

. Xonaqoh marosimining ramzlaridan biri

shayxlarning xirqa kiyishidir. Bunda tariqat shayxining xirqasi keying shayxga kiydiriladi.

“Zahabiya” tariqatining an’analaridan yana biri “samo” (so‘fiyona raqs harakatlarini ijro

etish) dir. Shuningdek, ustoz shogirdlik, pir va muridlik an’analari ham “Zahabiya” tariqatiga
ergashuvchilar orasida keng tarqalgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, islom dinining shia mazhabi qonun-qoidalariga

asoslanadigan “Zahabiya” tariqati o‘rta asrlarda Eron hududlarida tarqalib, ushbu tariqatning
butun Eron va unga tutash mintaqalarga tarqalishida Safaviylar davlati katta rol o‘ynadi. Tariqat
namoyondalari boshqa tariqat vakillari singari o‘z sayri suluklarini puxta o‘rganib, mazkur
taqiqatning mintaqa bo‘ylab tarqalishida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Tariqat qutblari faoliyatida ham boshqa tasavvuf tariqatlarida kuzatilgani singari turli

bosqichlarni, masalan, zohidlik davri, tariqatlar davri, valiylik va boshqalarni kuzatishimiz
mumkin.

REFERENCES

1.

Abdurahmon bin Ahmad Jomiy. Nafohat al-uns min hazarat al-quds. Mahdiy Tavhidiypur
tadqiqoti. 1987-yil.

2.

Abdulrafiq Haqiqat. Islom davridagi irfoniy maktablar. Kumash. 2004-yil.

3.

Ahsonulloh Ali Istahriy. Tasavvuf asoslari. Ma’rifat.

4.

Asadulloh Xovariy. Zahabiya, Ilmiy tasavvuf, adabiy asaralar. Tehron. 2004-yil.

5.

Hamidulloh Rafiyiy Zabliy. Zahabiya tariqati. Tehron. 2010-yil.

6.

Husayn Zahabiy (Mirzo Bobo Sheroziy) Sayyid Abulqosim bin Abdulnabiy, Manohej anvor
al-marifiy fiy sharh musboh al-shariat va muftoh al-haqiqat. Tadqiqotchi: Muhammad
Boqiriy, Muhammad Ja’far. 1984-yil.

7.

Husayn Dezfuliy. Zahabiya tarqatiga urg‘u bergan holda tasavvuf tahlili. 2006-yil.

8.

Nuriddin Mudarrisiy Chahordahiy. Tasavvufga sayohat. Ashroqiy. Tehron. 1982-yil.

9.

Madelung Vilfred, Islom firqalari. Abulqosim Sariy tarjimasi. Asotir nashriyoti. Tehron. 2002-
yil.

10.

Muhammadali Sabzavoriy “Tuhfayi Abbosiy”. 2002-yil.

11.

Muhammad Ma’sum Sheroziy. Taroyiq al-haqoyiq.

12.

Muhammadali Muzan Xurosoniy. Tuhfayi Abbosiy. 2002-yil.

13.

Qozi Sayyid Nurullohiy Shushtariy. Majolis al-muminin. Islomiya. 1997-yil.

25

Hamidulloh Rafiyiy Zobaliy. Zahabiya tariqati. 2010-yil. – 67. B.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

293

14.

Yofey Yamaniy Makkiy, as-Saad bin Ali bin Sulaymon.

15.

Shahobiddin Amirabdulloh Burzishobodiy. Kamoliya rislolasi. Islom tarixi va Eron
ixtisoslashtirilgan kutubxonasi.

References

Abdurahmon bin Ahmad Jomiy. Nafohat al-uns min hazarat al-quds. Mahdiy Tavhidiypur tadqiqoti. 1987-yil.

Abdulrafiq Haqiqat. Islom davridagi irfoniy maktablar. Kumash. 2004-yil.

Ahsonulloh Ali Istahriy. Tasavvuf asoslari. Ma’rifat.

Asadulloh Xovariy. Zahabiya, Ilmiy tasavvuf, adabiy asaralar. Tehron. 2004-yil.

Hamidulloh Rafiyiy Zabliy. Zahabiya tariqati. Tehron. 2010-yil.

Husayn Zahabiy (Mirzo Bobo Sheroziy) Sayyid Abulqosim bin Abdulnabiy, Manohej anvor al-marifiy fiy sharh musboh al-shariat va muftoh al-haqiqat. Tadqiqotchi: Muhammad Boqiriy, Muhammad Ja’far. 1984-yil.

Husayn Dezfuliy. Zahabiya tarqatiga urg‘u bergan holda tasavvuf tahlili. 2006-yil.

Nuriddin Mudarrisiy Chahordahiy. Tasavvufga sayohat. Ashroqiy. Tehron. 1982-yil.

Madelung Vilfred, Islom firqalari. Abulqosim Sariy tarjimasi. Asotir nashriyoti. Tehron. 2002-yil.

Muhammadali Sabzavoriy “Tuhfayi Abbosiy”. 2002-yil.

Muhammad Ma’sum Sheroziy. Taroyiq al-haqoyiq.

Muhammadali Muzan Xurosoniy. Tuhfayi Abbosiy. 2002-yil.

Qozi Sayyid Nurullohiy Shushtariy. Majolis al-muminin. Islomiya. 1997-yil.

Yofey Yamaniy Makkiy, as-Saad bin Ali bin Sulaymon.

Shahobiddin Amirabdulloh Burzishobodiy. Kamoliya rislolasi. Islom tarixi va Eron ixtisoslashtirilgan kutubxonasi.