Mart, 2025-Yil
133
ASPIRINNING SIZ BILGAN VA BILMAGAN FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Negmatova Moxichehra Umarovna
TTA Termiz filiali Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15204064
Annotasiya. Aspirinning tibbiyotning turli sohalarida tutgan o’rni.
Kalit so’zlar: atsetilsalitsil kislota, yurak xuruji, demensiya, tuxumdon raki
.
Aspirin - atsetilsalitsil kislota tibbiyotda eng keng foydalaniladigan dori vositalaridan biri
hisoblanadi. Birinchi marta 1899-yilda revmatik isitma va podagra kasalligini davolash uchun
Germaniyaning Bayer farmasevtik industriyasida katta miqdorda ishlab chiqarilgan. Qiziq tomoni
shundaki, aspirin 1950-yilda eng ko’p sotilgan dori sifatida dunyoning Ginnes rekordlar kitobiga
kiritilgan. [2].
U isitma, og’riq kabi 50 dan ortiq simptomlarni davolash uchun ishlatiladi. Tadqiqotlarning
ko’rsatishicha, yurak kasalligiga moyilligi bo’lgan insonlarning aspirinni ertalabga nisbatan tunda
qabul qilishi ularda o’tkir yurak xurujlari sodir bo’lishini kamaytirar ekan.
Buning sababi shundaki, inson organizmidagi qon ivishiga javobgar bo’lgan
trombotsitlarning faoliyati ertalab eng cho’qqiga chiqadi shu sababli aspirinni kunlik kam dozada
kechqurun qabul qilish trombotsitlarning ertalabki faoliyatini pasaytirib turadi. Nyu-York shahar
kolleji tarkibidagi Sofi Devis nomli biotibbiyot maktabi olimlari ma’lumotlariga ko’ra tarkibida
aspirin saqlovchi o’smaga qarshi yangi dori vositasi inson organizmidagi 11 xil o’sma
hujayralarining o’sishini boshqa sog’lom hujayralarga zarar yetkazmagan holda to’xtatishini
aniqladi.
Kunlik aspirin qabul qiladigan ayollarda ularning tuxumdon rakiga chalinish ehtimoli
20%ga kamayar ekan. Nafaqat tuxumdon raki, balki aspirinning ko’krak va oshqozon rakida
davolash maqsadida samarali ekanligi aniqlandi. Avstarliyaning Tasmaniya shahrida 70 yoshdan
oshgan 15000 dan ortiq inson ishtitok etgan tadqiqot o’tkazildi. Ushbu tadqiqotda ishtirok etgan
insonlar kunlik kichik dozada aspirin qabul qilishdi.
Oqibatda ularning yurak va bosh miya masalan, demensiya , Algesgeymer kasalligiga
uchrash ehtimoli 23% foizga pasaydi. Hech qachon aspirinni och qoringa iste’mol qilmang. Agar
aspirin och qoringa iste’mol qilinadigan bo’lsa, u oshqozonda yara va qon ketishiga sabab bo’ladi.
Simptomlarga bog’liq holda, aspirinning kundalik dozasi 50 mg dan 6000 mggacha.
Mart, 2025-Yil
134
Masalan sizda o’rtacha og’riq bo’ladigan bo’lsa, siz 650 mgdan har 4 soatda yoki 500 mgdan
har 6 soatda qabul qiling. Agar yosh bolalar gripp yoki shu kabi virusli kasallik bilan kasallanganda
ota-onalar ularga aspirinning har qanday shaklini bermasliklari kerak.
Chunki u bolalarda jigar va bosh miya shikastlanishi bilan kechuvchi jiddiy kasallik
hisoblangan Reye sindromiga sabab bo’ladi. Nojo’ya ta’sirlariga kelsak, yuqorida aytilganidek
oshqozonda yarlar, qon ketishi, quloqda shovqin, bosh aylanishi , buyrak yetishmovchiligi, astma.
Bundash tashqari 2-tip qandli diabetli bemorlar ushbu preparatni qondagi qand miqdorini
nazorat qilmay qabul qilsa, qand miqdori keskin ravishda tushib ketadi. [1], [2].
Katta dozalarda asetil salisil kislota tarkibidagi salisilatlar hisobiga, gipotalamusga
rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib AKTG va shu tufayli va shu tufayli glukokortikoidlar ajralishini
kuchaytiradi. Ammo salisilatlarni yallig‘lanishga ta’siri u bilan belgilanmaydi. [4]. Uning bu
hususiyatidan buyrak usti bezlari faoliyati susayganda, uni stimullashda ahamiyatga ega.
Keksa insonlar organizmida yosh o’tgan sari qon aylanish sistemasida o’zgarishlari tufayli
ularda yurak va miya kasallilari paydo bo’lish ehtimolligi ortadi. Shu sababli ushbu insonlar
profilaktika uchun aspirin iste’mol qilishlari kerak. Hozirgi kunda aspirin kapsula, tabletka,shamcha
va inyeksiya shaklida ishlab chiqariladi.
Xulosa qilib aytganda aspirin quyidagi hususiyatlarga ega:
1.SOG-1,2 fermentini ingibirlash orqali yallig ‘lanish jarayonini susaytiradi.
2.Antiagregant ta’siri hisobiga qonni suyultirishi.
3.O‘sma hujayralarining o‘sishini susaytirishi.
4.Qondagi qand miqdorini kamaytirishi.
5.AKTG ajralishini rag‘batlantirib, bu orqali buyrak usti bezlaridan glukokortikortikoidlarni
ishlab chiqarishini oshiradi.
Aspirinning shu kabi hususiyatlariga asoslanib yallig‘lanishda, yurak-ishemik kasalliklarini
oldini olish va asoratlarini davolashda qon suyultiruvchi vosita sifatida, antiblastom vositalar bilan
kompleks tarzda, gipoglikemik vositalar sifatida va buyrak usti bezlari faoliyati susayganda qo‘llash
imkonini beradi.
REFERENCES
1.
Susan E.Feinman. Beneficial and Toxic effects os Aspirin.
2.
3.
Positive Med(
4.
D.А.Хаrkevich.Farmakologiya.Darslik.М.-2021.y.
