Authors

  • Moxichehra Negmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79091

Keywords:

atsetilsalitsil kislota yurak xuruji demensiya tuxumdon raki.

Abstract

Aspirinning tibbiyotning turli sohalarida tutgan o’rni.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

777

ASPIRINNING SIZ BILGAN VA BILMAGAN FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Negmatova Moxichehra Umarovna

TTA Termiz filiali Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15208751

Annotasiya.

Aspirinning tibbiyotning turli sohalarida tutgan o’rni.

Kalit so’zlar:

atsetilsalitsil kislota,yurak xuruji, demensiya, tuxumdon raki

.

PHARMACOLOGICAL PROPERTIES OF ASPIRIN YOU KNOW AND DON'T KNOW

Abstract.

The role of aspirin in various fields of medicine.

Keywords:

acetylsalicylic acid, heart attack, dementia, ovarian cancer.

ЧТО ВЫ ЗНАЕТЕ И НЕ ЗНАЕТЕ ОБ АСПИРИНЕ ФАРМАКОЛОГИЧЕСКИЕ

СВОЙСТВА

Аннотация.

Роль аспирина в различных областях медицины.

Ключевые слова:

ацетилсалициловая кислота, сердечный приступ, деменция, рак

яичников.

Aspirin-atsetilsalitsil kislota tibbiyotda eng keng foydalaniladigan dori vositalaridan biri

hisoblanadi. Birinchi marta 1899-yilda revmatik isitma va podagra kasalligini davolash uchun

Germaniyaning Bayer farmasevtik industriyasida katta miqdorda ishlab chiqarilgan. Qiziq

tomoni shundaki, aspirin 1950-yilda eng ko’p sotilgan dori sifatida dunyoning Ginnes rekordlar

kitobiga kiritilgan. [2].

U isitma, og’riq kabi 50 dan ortiq simptomlarni davolash uchun ishlatiladi.

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, yurak kasalligiga moyilligi bo’lgan insonlarning

aspirinni ertalabga nisbatan tunda qabul qilishi ularda o’tkir yurak xurujlari sodir bo’lishini

kamaytirar ekan. Buning sababi shundaki , inson organizmidagi qon ivishiga javobgar bo’lgan

trombotsitlarning faoliyati ertalab eng cho’qqiga chiqadi shu sababli aspirinni kunlik kam

dozada kechqurun qabul qilish trombotsitlarning ertalabki faoliyatini pasaytirib turadi.

Nyu-York shahar kolleji tarkibidagi Sofi Devis nomli biotibbiyot maktabi olimlari

ma’lumotlariga ko’ra tarkibida aspirin saqlovchi o’smaga qarshi yangi dori vositasi inson

organizmidagi 11 xil o’sma hujayralarining o’sishini boshqa sog’lom hujayralarga zarar

yetkazmagan holda to’xtatishini aniqladi.Kunlik aspirin qabul qiladigan ayollarda ularning

tuxumdon rakiga chalinish ehtimoli 20%ga kamayar ekan. Nafaqat tuxumdon raki, balki

aspirinning ko’krak va oshqozon rakida davolash maqsadida samarali ekanligi aniqlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

778

Avstarliyaning Tasmaniya shahrida 70 yoshdan oshgan 15000 dan ortiq inson ishtitok

etgan tadqiqot o’tkazildi . Ushbu tadqiqotda ishtirok etgan insonlar kunlik kichik dozada aspirin

qabul qilishdi. Oqibatda ularning yurak va bosh miya masalan, demensiya, Algesgeymer

kasalligiga uchrash ehtimoli 23% foizga pasaydi. Hech qachon aspirinni och qoringa iste’mol

qilmang. Agar aspirin och qoringa iste’mol qilinadigan bo’lsa, u oshqozonda yara va qon

ketishiga sabab bo’ladi. Simptomlarga bog’liq holda, aspirinning kundalik dozasi 50 mg dan

6000 mggacha. Masalan sizda o’rtacha og’riq bo’ladigan bo’lsa, siz 650 mgdan har 4 soatda

yoki 500 mgdan har 6 soatda qabul qiling.

Agar yosh bolalar gripp yoki shu kabi virusli kasallik bilan kasallanganda ota-onalar

ularga aspirinning har qanday shaklini bermasliklari kerak. Chunki u bolalarda jigar va bosh

miya shikastlanishi bilan kechuvchi jiddiy kasallik hisoblangan Reye sindromiga sabab bo’ladi.

Nojo’ya ta’sirlariga kelsak, yuqorida aytilganidek oshqozonda yarlar, qon ketishi,

quloqda shovqin, bosh aylanishi , buyrak yetishmovchiligi ,astma. Bundash tashqari 2-tip qandli

diabetli bemorlar ushbu preparatni qondagi qand miqdorini nazorat qilmay qabul qilsa, qand

miqdori keskin ravishda tushib ketadi. [1], [2].

Katta dozalarda asetil salisil kislota tarkibidagi salisilatlar hisobiga, gipotalamusga

rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib AKTG va shu tufayli va shu tufayli glukokortikoidlar

ajralishini kuchaytiradi.Ammo salisilatlarni yallig‘lanishga ta’siri u bilan belgilanmaydi. [4].

Uning bu hususiyatidan buyrak usti bezlari faoliyati susayganda, uni stimullashda

ahamiyatga ega.

Keksa insonlar organizmida yosh o’tgan sari qon aylanish sistemasida o’zgarishlari

tufayli ularda yurak va miya kasallilari paydo bo’lish ehtimolligi ortadi. Shu sababli ushbu

insonlar profilaktika uchun aspirin iste’mol qilishlari kerak. Hozirgi kunda aspirin kapsula,

tabletka,shamcha va inyeksiya shaklida ishlab chiqariladi.

Xulosa qilib aytganda aspirin quyidagi hususiyatlarga ega:

1.SOG-1, 2 fermentini ingibirlash orqali yallig ‘lanish jarayonini susaytiradi.

2.Antiagregant ta’siri hisobiga qonni suyultirishi.

3.O‘sma hujayralarining o‘sishini susaytirishi.

4.Qondagi qand miqdorini kamaytirishi.

5.AKTG

ajralishini

rag‘batlantirib,

bu

orqali

buyrak

usti

bezlaridan

glukokortikortikoidlarni ishlab chiqarishini oshiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

779

Aspirinning shu kabi hususiyatlariga asoslanib yallig‘lanishda, yurak-ishemik

kasalliklarini oldini olish va asoratlarini davolashda qon suyultiruvchi vosita sifatida, antiblastom

vositalar bilan kompleks tarzda, gipoglikemik vositalar sifatida va buyrak usti bezlari faoliyati

susayganda qo‘llash imkonini beradi.

REFERENCES

1.

Susan E.Feinman. Beneficial and Toxic effects os Aspirin.

2.

Https://www.aspirin.com

3.

Positive Med(

http://positivemed.com

)

4.

D.А.Хаrkevich.Farmakologiya.Darslik.М.-2021.y.

References

Susan E.Feinman. Beneficial and Toxic effects os Aspirin.

Https://www.aspirin.com

Positive Med( http://positivemed.com)

D.А.Хаrkevich.Farmakologiya.Darslik.М.-2021.y.