Authors

  • Lobar Salohiddinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78532

Keywords:

O‘yin didaktik o‘yin bilim malaka o‘quvchi pedagogik texnologiyalar o’yinlar savodxonlik zamonaviy usullar.

Abstract

Ushbu maqolada o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati va qo‘llanish yo‘llari ko‘rsatilgan. O‘yinlar orqali o‘quvchilarning bilimini shakllantirish ahamiyati berilgan. Ularni dars jarayonida qo’llash orqali dars mohiyatini ochish oʻquvchilarda yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarish

background image


Mart, 2025-Yil

107

ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR BOSHLANG‘ICH

SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI SHAKLLANISHIDAGI

AHAMIYATI

Salohiddinova Lobar Qahramon qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15178226

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda

didaktik o‘yinlarning ahamiyati va qo‘llanish yo‘llari ko‘rsatilgan. O‘yinlar orqali o‘quvchilarning

bilimini shakllantirish ahamiyati berilgan. Ularni dars jarayonida qo’llash orqali dars mohiyatini

ochish oʻquvchilarda yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarish

Kalit so‘zlar:

O‘yin, didaktik o‘yin, bilim, malaka, o‘quvchi, pedagogik texnologiyalar,

o’yinlar savodxonlik, zamonaviy usullar.

Yurtimizda ta’lim sifatini yanada oshirish, uni keng targ’ib qilish maqsadida bugungi kunda

ta’lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda. Bu dars jarayoniga

yangicha innovatsiyalar bilan yondashmoq deganidir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad dars

jarayonini har taraflama mazmunli qilish, bolalarning qiziqishini oshirishdan iborat.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda bolalarning bilimini oshirish, dunyoqarashini

kengaytirish, dars jarayonini tez va oson o’rganish maqsadida axborot komunekatsiya

texnologiyalari, pedagogik texnalogiyalardan foydalaniladi.

Boshlang‘ich sinflarda motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. O‘yin-

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar- o‘qituvchilar,

tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim

o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi,

shuningdek,ularda muoma la madaniyati shakllanadi. O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi,

unda kelgusida o‘quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga

oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi.

Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yinning hal qiluvchi aha-miyatga ega deb

qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o‘zaro ta‘sirda

shakllanadi. O‘yindagina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o‘tish uchun

muhim zamin yaratadi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli

yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turidan muhim farqi shundaki,

uning predmeti inson faoliyatidir.


background image


Mart, 2025-Yil

108

Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir. Didaktik

o‘yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat‘iyligidir.

Didaktik o‘yinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati,

o‘yin qoidasi. O‘yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O‘yin harakati jarayonida

o‘quvchilarning o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, o‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi,

ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi. O‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri

tashkil etishga yordam beradi. U o‘q-uvchilar xulqini, ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga

soladi. Didaktik o‘yinlarda ma‘lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi.

O‘yinda ma‘lum bir didaktik maqsad qo‘yiladi va bu maqsadga erishilishi o‘quvchi- larda

ma‘naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar hamma vaqt o‘qituvchi uchun

o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi yoki o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘rsatkichi

hisoblanadi. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini yanada oshirish,

bilish jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo’ladi. Didaktik o’yinlar boshlang’ich

ta’limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo’lishi mumkin.

Pedagogik texnologiyalardan foydalailmoqda.

Pedagogik texnologiyalar - ta’limning shakllari, metodlari hamda yangi usullari tarbiyaviy

vositalar yig’indisi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar o’quvchilar imkoniyati va qobiliyatini

yuzaga chiqarishda eng mahoratli vositalardan biri hisoblanadi, ular orqali ta’lim jarayonining

tezlashishi oshadi. Oʻquvchilardaning mustaqil fikrlash doirasi shakllanadi. Bolalarda mexr

muhabbat qiziqish hissi ortib boradi.

Ta’lim tizimiga texnologik vositalar orqali yondashish tufayli -ta’lim jarayonining maqsadi

belgilanadi; -o’qitish tizimining uzviy bog’liqligi rivojlanadi; -ta’limning harakatlanish tezligi

yuqorilab boradi; Texnologiyalardan foydalanishda ular ta’limning sifatini belgilashi lozim, undan

ko’zlangan maqsadga yetishish nazarda tutilishi kerak. Bunda o’qituvchilar o’z o’quv fanini

maqsadini belgilab chiqishi kerak.

Belgilangan maqsad asosida albatta samara bo’lmog’i lozim. Bola har bir o’yinga qiziqishi

undan o’ziga biror narsa olmog’i kerak. Boshlang’ich sinf bolalariga dars jarayonida

foydalanadigan o’yinlar orqali bolaning bilimi oshishi dars jarayonini o’zlashishi bilan birgalikda

uning maktabga ustozlariga bo’lgan mexr-muhabbati oshib boradi. Didaktik o‘yinda bola yaxshi

xulqiy sifatlarga ega bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda

bolaning ma‘lum bir imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Tarbiyachining bu bosqichlar xarakterini

billishi didaktik o‘yinlarning samaradorligini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Birinchi bosqichda

bolada o‘ynash ishtiyoqi paydo bo‘ladi va o‘yinda faollik ko‘rsata boshlaydi.


background image


Mart, 2025-Yil

109

Ana shu bosqichda bolani o‘yinga qiziqtirish maqsadida topishmoqlar, tez aytishlar,

aytishuvlar yoki suhbatlar tashkil qilish mumkin. Ikkinchi bosqichda bola o‘yin topshiriqlarini

bajarish, qoidaga rioya qilishga o‘rganadi va o‘yinda qatnashuvga kirishadi. Bu bosqichda bolalarda

to‘g‘riso‘zlik, maqsadga erishishga astoydil kirishish, irodaviylik, o‘yinda yutqizish atamini ham

yenga bilish, o‘z muvaffaqiyatidangina emas, o‘rtoqlari muvaffaqiyatidan ham quvonish kabi ijodiy

sifatlar shakllanadi. O‘yinning uchinchi bosqichida bola o‘yin qoidalarini yaxshi biladi. U endi

o‘yinga ijodiy yondoshadi, o‘zi yangiliklar kiritadi, mustaqil ijodiy izlanadi. O‘yinda qatnashish

jarayonida u tez javob topish, yashirish, izlash, yugurish, tas- virlash va boshqa shu kabi vazifalarni

bajaradi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni tarbiyalashning eng to‘g‘ri va samarali

metodidir. U ma‘lum bir materiallar yoki shart- sharoitlarni talab etmaydi, balki o‘qituvchidan

o‘yinni tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarni talab etadi. Ikkinchi tomondan o‘quvchilarning

bilish faoliyatini qiziqarli tashkil etish yo‘li bilan bilimga qiziqtirish mumkin. Hamma o‘quv

materiallari ham o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lavermaydi. Bunday hollarda bolalarni ta’lim

jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo‘li didaktik o‘yinlardan foydalanish va ularni tashkil

etishdir. O‘quvchilarda o‘qishga ishtiyoqni oshirish uchun ularni ta’limga qiziqtirish lozim. Quyida

shunday o‘yin turlari bilan tanishasiz: Noto‘g‘ri jumla‖ Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi.

O‘quvchini suratni tasvirlab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan jumlalarni

topishlari lozim. O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va

diqqat talab qilinadi.Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib o‘qituvchining hikoyasini ham

diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topa bilish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini

va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari

mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin. Topag‘on o‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi.

O‘quvchilar shu belgini o‘ziga jam qilgan predmetlar nomlarini yozadilar, eng ko‘p to‘g‘ri

javob topgan o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari

haqidagi dastlabki ma’lumotlar berish jarayonini yengillashtiradi. Bundan tashqari ularning so‘z

boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi.

Ko‘rganini eslab qolish‖ didaktik o‘yinida qo‘shib sanash yo‘li bilan geometrik shakllar

miqdori bilan bog‘liq ravishda son qatorini tuzish topshirig‘idan foydalanish mumkin.Bunda

o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan namunaga 3-4 daqiqa davomida diqqat bilan qarab

olib, geometrik shakllarning soni va qanday joylashganini aniqlash hamda ularni o‘zining daftariga

to‘g‘ri yozish topshiriladi. Buning uchun 6 ta qizil doiracha va 6 ta ko‘k kvadrat solingan indivudial

convert o‘rtasidan qizil chiziq tortilgan qalin oq qog‘oz o‘qituvchiga namuna sifatida ko‘rsatish

uchun geometric shakllar yopishtirilgan namunalar kerak bo‘ladi.


background image


Mart, 2025-Yil

110

Xulosa o’yin o’quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. O’yin – muhim aqliy faoliyat turlaridan

biri bo’lib, unda o’quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof olam haqidagi

tasavvurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o’yinlar o’quvchining turli-tuman

qobiliyatlari, idroki, nutq va diqqatining rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.

REFERENCES

1.

Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma/

T.G‘afforova.- T.: Tafakkur, 2011.-160 b.

2.

M. Inoyatova, A.Nosirov, M.Divanova, G.Boymurodova, A.Baxromov, M.Rasulova

F.Abduqudusova. Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedago- gik va axborot

texnologiyalarni qo‘llash.Toshkent- 2014

3.

Yoldoshev J., Usmonov S. «Pedagogik texnologiya asoslari» T.2004

4.

4.Ibrohimov X.I. ,Abdullayeva SH.A. “Pedagogika nazariyasi”Toshkent 2008 O’qituvchilar

uchun metodik qo’llanma Toshkent 2021

References

Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: O‘quv qo‘llanma/ T.G‘afforova.- T.: Tafakkur, 2011.-160 b.

M. Inoyatova, A.Nosirov, M.Divanova, G.Boymurodova, A.Baxromov, M.Rasulova F.Abduqudusova. Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedago- gik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.Toshkent- 2014

Yoldoshev J., Usmonov S. «Pedagogik texnologiya asoslari» T.2004

4.Ibrohimov X.I. ,Abdullayeva SH.A. “Pedagogika nazariyasi”Toshkent 2008 O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma Toshkent 2021