332
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
MAKTABGACHA YOSHDAGI ZAIF ESHITUVCHI BOLALAR NUTQINI
SAHNALASHTIRILGAN O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING SAMARASI
M. Kodirov
Nizomiy nomidagi TDPU «Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim» fakulteti o‘quv ishlari
bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15185621
Annotatsiya.
Mazkur maqolada teartlashtirilgan o‘yin vositasida maktabgacha yoshdagi
zaif eshituvchi bolalar nutqni rivojlantirish mazmuni yoritiladi. Sahnalashtirilgan o‘yin
vositasida maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi bolalar nutqni rivojlantirish usullari ochib
beriladi.
Tayanch so‘zlar:
Sahnalashtirilgan o‘yin, maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi bolalar,
nutq, rivojlantirish, faoliyat, shaxs.
ВЛИЯНИЕ РАЗВИТИЯ РЕЧИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С
НАРУШЕНИЕМ СЛУХА С ПОМОЩЬЮ ПОСТАНОВОЧНЫХ ИГРОВ
Аннотация.
В данной статье рассмотрено содержание развития речи у
слабослыщаших детей дошкольного возраста в условиях театрализованной игры.
Раскрывается методы развития речи у слабослыщаших детей дошкольного
возраста в условиях театрализованной игры.
Ключевые слова:
театрализованная игра, слабослыщашие дети дошкольного
возраста, речь, развитие, деятельность, личность.
THE EFFECT OF SPEECH DEVELOPMENT IN PRESCHOOL-AGE HEARING-
IMPAIRED CHILDREN THROUGH STAGED GAMES
Abstract.
This article will cover the content of speech development in preschool-aged
children with weak hearing in a theorized means of play. In the theorized play tool reveals the
development of speech in children with impaired hearing in preschool age.
Keywords:
theatrical game, weak-minded preschool children, speech, development,
activity, personality.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning Sahnalashtirilgan faoliyati – yangi pedagogik
tushuncha bo‘lib, tadqiqotchi N.A. Vetlugina Sahnalashtirilgan o‘yinlarning estetik va baddiyligi
bolalarning ijodiy tasavvurlarini rivojlartirishini ta’kidlaydi. L.V. Artemeva, L.V. Voroshnina,
L.S. Vigotskiy, R.I. Jukovskaya, N.S. Karpinskaya, A.N. Leontev va boshqa olimlar
Sahnalashtirilgan faoliyatni shaxsning tashabbuskorlik, tasavvurning mumtaqilligi, voqea va
hodisalardagi o‘ziga hos hodisalarni aniqlash olish kabi sifatlarni rivojlantirishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatishini aniqlaganlar.
333
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Sahnalashtirilgan o‘yinlarning ahamiyati va o‘ziga xosligi, badiiy obrazni his etilishi,
anglanishi va uni shaxsga ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Teatr – bolalar egallashi mumkin
bo‘lgan san’at turlaridan biri hisoblanib, pedagogik va psixologiyada mavjud quyidagilar bilan
bog‘liq dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi:
- bolalarning badiiy ta’limi va tarbiyasi bilan;
- estetik didni shakllantirish;
- ahloqiy tarbiya;
- shaxsning kommunikativ sifatlarini rivojlanishi;
- irodani tarbiyalash, xotira, tasavvur, tashabbuskorlik, fantaziya va nutqni rivojlantirish;
- ijobiy hissiy muhitni yaratilishi, bosimni yo‘qotilishi, o‘yin orqali ziddiyatli
vaziyatlarni hal etilishi.
Sahnalashtirilgan faoliyatning tarbiyaviy imkoniyatlari juda keng. Bu bolaning ijodiy
faolligini ochish, shaxsni ijodiy yo‘nalisha tarbiyalash imkonini beradi. Bolalar atrof olamdagi
qiziqarli g‘oyalarni aniqlashga , ularni o‘zlarining baddiy obrazlariga tabdbiq etishga, o‘zlarining
baddiy obrazlarini yaratishga o‘rganadilar, ularda ijodiy tasavvur, assotsiativ tafakkur, noodatiy
va o‘ziga xos narsalarni ko‘ra olishni rivojlantiradi. Sahnalashtirilgan o‘yin – bolalarning baddiy
didini shakllantiruvchi yorqin hissiy vositalaridan biridir. Jamoaviy sahnalashtirilgan faoliyat
bola shaxsiga to‘liq ta’sir etishga qaratilgan, uni qo‘llab quvvatlashga, mustaqil ijod qilishiga,
yetakchi psixik jarayonlarini rivojlantirilishiga qaratilgan bo‘lib, u shaxsni o‘z o‘zini anglashi va
o‘zini namoyon qilishiga xizmat qiladi, ijtimoiylashuviga, ijtimoiy moslashuviga sharoit
yaratadi, kommunikativ malakalarini rivojlantiradi, qoniqish, quvonish, muvoffaqiyat hislarini
anglashga yordam beradi.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy estetik
tarbiyalash
mumkin.
Sahnalashtirilgan
faoliyat
maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
ishtimoyilashtirishning eng samarali vositalaridan biri sifatida baddiy asar yoki xalq og‘zaki ijodi
asarlari va ularni ijro etish orqali bolalar bir hancha ijobiy ahloqiy va estetik sifatlrni egallashadi.
Sahnalashtirilgan o‘yinlarda bolalarning hissiy rivojlanishi amalga oshadi: bolalar asar
qahramonlarining ichki kechinmalari, kayfiyatlari bilan tanishadi, ularni aks ettirishni
o‘zlashtiriladi, u yoki bu kayfiyatning sabablarini anglashadi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni
nutqni rivojlantirishdagi( dialogik va monologik nutqini, nutqning ifodaliligini takomillashtirish)
ahamiyati juda katta. Shuningdek, Sahnalashtirilgan o‘yin bolani o‘z-o‘zini namoyon qilish va
o‘zini ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.
Sahnalashtirilgan o‘yinlarda ishtirok eta turib zaif eshituvchi bolalar atrof olam,
tovushlarning bo‘yoqdorligi bilan obrazlar orqali tanishadi, uddaburonlik bilan qo‘yilgan
muammolar bolalarni o‘ylashga, fikrlashga, tahlil qilishga, xulosalar chiqarish va
334
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
umumlashtirishag bo‘rgatadi. Nutq aqliy rivojlanish bilan uzviy bog‘liq. Sahnalashtirilgan
o‘yinlar jarayonida bolaning lug‘ati sezilarsiz faollashadi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar
bartaraf etiladi, tovushlarni talaffuz qilish takomillashadi, nutqning ohangdorligi ortadi. Bolalar
tomonidan ijro etilayotgan rol, aytiladigan nutq, bola oldiga uni ravon, tushunarli, aniq ifodalash
zaruratini qo‘yadi. Bu bolaning dialogik nutqini, uni grammatik qurilishini yaxshilaydi.
Sahnalashtirilgan faoliyat bolaning his tuyg‘ulari, ichki kechinmalarini rivojlantirish
manbayi hisoblanadi. Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolaning hissiy sohasini rivojlantiradi, uni
personajlar bilan hamnafas bo‘lishga olib keladi. Sahnalashtirilgan o‘ynlar shuningdek, hulq
atvordagi ijtimoiy ko‘nikmalani shakklantirishga xizmat qiladi, chunki, maktabgacha yoshdagi
har qanday baddiy asar yoki ertak doimo ahloqiy yo‘nalishda bo‘ladi. Sevimli qahramonlari esa,
bolalarga taqlid qilishlari uchun namuna bo‘ladi. Aynan, bolaning shu sevimli qahramoni
obrazga nisbatan taqlid qilishi, unda shaxs sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari Sahnalashtirilgan faoliyat bolaga bevosita qaysidir personaj shaxsi
yordamida ko‘pgina muammolarni hal etish imkonini beradi. Bu qo‘rqoqlik, o‘z kuchiga
ishonmaslik, uyatchanlikni bartarf etishga yordam beradi.
Hamkorlikdagi Sahnalashtirilgan o‘yin faoliyati - hamkorlikning antiqa turidir. Unda
barcha barobar: bola, pedagog, onalar, otalar, buvi va bobolar. Kattalar bilan o‘ynay turib,
bolalar muloqotning qimmatli ko‘nikmalarini egallashadi. Sahnalashtirilgan faoliyat bolalar
bog‘chasida bolalarni o‘qitishning tashkiliy tizimiga kirmaydi. Pedagoglar asosan, ulardan
bayram ertaliklarini tashkil etishda va bolalarning ijodiy faolliginii oshirish uchun
foydalanishadi. Kundalik hayotda esa, ular tizimsiz, qisqa, o‘z hohishlariga ko‘ra guruhda
qiziqarli biror bir narsa qilish uchun tashkil etiladi. Ba’zi pedagoglar sahnalashtirilgan o‘yinlar
umuman foydalanishmaydi. Shunga qaramasdan faoliyatning bu turi o‘zida qator ta’limiy,
nutqiy, ijtimoiy, estetik muammolarni hal etishga, bolalarni bilish faoliyatlarini rivojlantirishga
qodir.
Bilish sohasini rivojlantirishda:
-Voqelik haqidagi tasavvurlarni har tomolama rivojlantiradi
- hayvonlarning hatti harakatlari, tabiat hodisalarini kuzatish
-Sahnalashtirilgan o‘yinlar bilan qurish yasash faoliyati aloqadorligini ta’minlash fazoviy
tasavvurlar, ijodiy faolliy, intelektual tashabbuskorlikni rivojlanishini ta’minlaydi;
-xotirani, boy tasavvurni rivojlantiradi, ko‘zlangan natijaga erishish uchun o‘z faoliyatini
rejalashtirishni o‘rgatadi.
Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
- bolalar bilan hamkorlikda ishlashda o‘zaro ijobiy hissiy munosabatlarni shakllantiradi;
- kattalar va bolalarda madaniyatni anglashni tarbiyalash
- jamiyatda mavjud ahloqiy qonun va qoidalarga mos ravishda muloqot qilish malaklarini
335
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
rivojlantiradi;
- hislarni rivojlantirish
Nutqiy sohani rivojlantirishda:
- monologik va dialogoik nutqni rivojlantirishda
- lug‘atini boyitish: obrazli ifoda, taqqosilash, sinonimlar, antonimlar.
- muloqotning ifoda vositalarini o‘zlashtirish
Estetik sohani rivojlantirishda:
- badiiy adabiyot bilan muloqot qilish
- baddiy obrazni tavsiflash asosida yotuvchi tasavvur shakllarini rivojlantiradi;
- o‘zlarini dizaynerlik faoliyatini kostyumlar elementlarini, dekoratsiyalar, atribularni
modellashtirishda o‘zlashtirishadi
- ifodali baddiy obrazni yaratish
- loyihali tasavvur, ijodiy mantiq, natijani oldindan ko‘ra bilish asosida fazoviy tasavvur
rivojlantiriladi.
- ko‘p figurali syujetli kompozitsiyalarni yaratishda jamoaviy ishlarni tashkil etish.
- tasvirlash usullari, vositalarini mustaqil topishga o‘rgatish.
Harakat sohasini rivojlantirishda:
- harakatlar va unga qo‘shilib keladigan nutqning muvofiqlashtirish.
- ijodiy harakatlarga kayfiyat, xarakterni singdira olishni va obrazni rivojlantirish
-etyudlarda, asosiy harakat turlarini ifodali ijro etishda musiqali harakatli
improvizatsiyalar bilan qo‘llab quvvatlash.
Sahnalashtirilgan faoliyat bo‘yicha mashg‘ulotlar mazmuni o‘z ichiga quyidagilarni
qamrab oladi:
- Qo‘g‘irchoq teatrlarini tomosha qilish va shu asosida suhbatlashish;
- Drammalashtirilgan o‘yinlar;
- Bolalarni ijtimoiy hissiy sohasini rivojlantirish uchun mashqlar;
- Korreksion-rivojlantiruvchi o‘yinlar; diksiya ustida ishlash mashqlari (artikulyatsion
gimnastika);
- Nutqning ohangdorligini rivojlantirish uchun topshiriqlar;
- Biror narsaga aylanish o‘yinlari («o‘z tanangni boshqarishni o‘rgan»), obrazli mashqlar;
- Bolalar plastikasini rivojlantirish mashqlari;
- Ritmik daqiqalar (logoritmika);
- Qo‘g‘irchoqlarni erkin boshqarish uchun zarur qo‘l motorikalarini rivojlantiruvchi
barmoqli o‘yinli treninglar;
- Ifodali mimika, pantomimika san’ati elementlarini rivojlantiruvchi mashqlar;
336
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
- Sahnalashtirilgan etyudlar;
- drammalashtirish vaqtidagi madaniyat bo‘yicha alohida mashqlar;
-Turli xil ertaklar va sahnalarni ijro etish uchun tayyorgarlik (repetitsiyalar) va ularni ijro
etish;
-Nafaqat ertak matni bilan, balki, uni drammalashtirish vositalari – imo ishoralari,
mimikasi, harakatlari, kostyumlari, sahna bezaklari(dekoratsiyalari) va boshqalar bilan ham
tanishish.
Sahnalashtirilgan faoliyatning nutqni rivojlantirish bo‘yicha vazifalari
O‘rta guruh.
Bolalarning lug‘atini boyitish va faollashtirish. Sahna qahramonlari, predmetlar,
dekoratsiyalarni aniqlash va turgan joyini aytishni, sahna personajlarining kayfiyati va hissiy
holatini tavsiflab berishga o‘rgatish. Unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini
mustahkamlash.
So‘z va so‘z birikmalrini aniq talaffuzini takomillashtirish. Nutqning ifodaliligi va
ohangini shakllantirish. Sahnalashtirilgan o‘yin faoliyati jarayonida bolalarning dialogoik nutqini
rivojlantirish.
Katta guruh.
Bolalar lug‘atini boyitish va faollashtirishni davom ettirish, nutqda ot, sifat, fe’l, ravish,
son, olmoshlardan foydalanish, barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini mustahkamlash. Nutqning
intonatsion ifodaliliginitaklmillashtirish. Bolalarni ertaklarni sahnalashtirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri
va vositali nutqdan foydalanishga o‘rgatishni davom ettirish. Dialogik va monoligik nutq va
unish shakllarini rivojlantirish. Kattlar yordamisiz ertaklarni bog‘lanishli va ifodali so‘zlab
berish malakasini takomillashtirish.
Tayyorlov guruhi.
Bolalar lug‘atini faollashttirish va aniqlashtirini davom ettirish. Lug‘at boyligini predmet
nomi, harakati, belgilari nomi bilan kengaytirish. Barcha tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini
mustahkamlash, diksiya va nutqning intonatsion ifodaliligi ustida ishlashni davom ettirish.
Nutqning dialogoik va monologik shakllarini takomillashtirish. Nutqiy muloqot
madaniyatini tarbiyalash. Bolalar tomonidan Sahnalashtirilgan o‘yinlarni muvoffaqiyatli
o‘zlashtirishlari, nutqni takomillashtirishlarning asosiy shartlaridan biri, ota-onalar va
tarbiyachining hamkorligi hisoblanadi. Nutqning rivojlanishi bolaning tafakkuri va tasavurini
shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Asta-sekin shakllanib boradigan sodda, ammo, mazmunan
qiziqarli hikoyalarni tuzish, grammatik va fonetik jihatdan gaplarni to‘g‘ri tuzish malakasi
monologik nutqni egallashga xizmat qiladi va shu bilan bir qatorda bolani maktab ta’limiga
to‘laqonli tayyorlash uchun muhim ahamiyat qasb etadi.
337
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Shuningdek, maktabgacha yosh davrida bolalarning lug‘at boyligi asta- sekin kengayib
boradi, ammo, uning sifatli bo‘lishi uchun bevosita kattalarning ishtiroki talab etiladi.
Shunga ko‘ra, quyidagicha xulosa qilish mumkin, Sahnalashtirilgan o‘yinlarni nutqni
rivojlantirishda kuchli , lekin , majburiy bo‘lmagan pedagogik vosita qo‘llash imkonini beradi,
chunki, bola o‘yin davomida o‘zini mustaqil va erkin sezadi.
REFERENCES
1.
Указ Президента Республики Узбекистан УП-5368 от 5 марта 2018 года “О мерах
покоренному совершенствованию системы государственного управления в
областифизической культуры и спорта”,(Resolution of the President of the Republic of
Uzbekistan No. 5368 “On measures to radically improve the system of public
administration in the field of physical culture and sports”. Toshkent. March 5, 2018)
2.
Ханкельдиев Ш.Х. Физический статус учащейся молодежи. Ташкент – 2018 – 314 с.
(Physical condition of students. Toshkent 2018-314 p)
3.
Антонова Я.Б. Социально-педагогические условия, необходимые для организации
внеклассной физкультурно-спортивной работы в общеобразовательной школе.
//Теория и практика физической культуры. 2008 - №3. с.(Socio-pedagogical conditions
necessary for the organization of extracurricular physical education and sport work in a
comprehensive school. Theory and practice of physical education. 2008 - №3. p.)
4.
Алексеенко Т.И. Возрастные показатели функционального состояния
5.
коордиореспираторной системы современных подростков. //Теория и практика
6.
физической культуры. 2007. №2. С. 64-66.(Age indicators of the functional state of the
7.
respiratory system of modern adolescents. Theory and practice of physical education.
2007. №2. P. 64-66.)
8.
Ачилов А.М., Акрамов Ж.А., Гончарова О.В. Ўқувчиларнинг жисмоний
сифатларини тарбиялаш. Ўкув қуллама. Тошкент, 2009. – 204 с.( Nurturing the
physical qualities of students. Stady guide. Tashkent, 2009. – 204 p)
9.
Громыко В.В. Лысова И.А. Шубина Г.Л. Инновационный подход к физическому и
10.
духовному воспитанию школьников. //Теория и практика физической культурных
2007 №2 С. 60-63.(Innovative approach to physical and spiritual educated schoolchildren.
Theory and practice of physical education. 2007 №2 P. 60-63)
11.
Керимов Ф.А. Спорт сохасидаги илмий тадкикотлар , «Zar galam», Т. -2004 –
12.
334б.(Scientific research in the field of sport. Dice pen.Т. -2004 – 334 p)
13.
Tulenova X.B. 5-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarining
jismoniy tarbiyasini yaxshilash. Xulosa. diss. f.f.n. fanlar. T.2000-26 b.(Improving the
338
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
physical education of children in preschool institutions aged 5-7. Conclusion. diss. p.f.c.
fans. T.2000- 26 c)
14.
Хамидилла
А.М.
Средства
и
методы
совершенствования
физической
подготовленности детей младшего школьного возраста на основе повышенной
двигательной активности Автореф.дис…канд.пед.наук., М. 1988-20с.
15.
Усманходжаев Т.С., Ханкельдиев Ш.Х., Абдуллаев А.А. ва бошк. Мактабгача
16.
ешдагилар соглом турмуш тарзи жисмоний маданиятда гимнастика ва массаж.
17.
Услубий кулланма. Фаргона-2011- 140 б.
18.
Усманходжаев Т.С., Мелиев Х.,Нуриддинова М., Олимов А. Мактабгача таълим
муассасаларида жисмоний тарбия . Укув-услубий кулланма. Тошкент-Чирчик 2019-
159 б.
