Authors

  • Aqaltin Rametova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78782

Keywords:

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish bo‘yicha belgilovchi normalar. ushbu vakolatni chegaralovchi normalar.

Abstract

Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.

background image

620

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

EKOLOGIK MUNOSABATLARNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

Rametova Aqaltin Xudaybergenovna

Berdaq atindagi Qaraqalpaq Mamleketlik Universiteti.

Fizika fakulteti Tyutori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15204797

Annotatciya. Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan

belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga

solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va

rivojlanishida muhim ahamiyatga bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Kalit sozlari: atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni

amalga oshirish bo‘yicha belgilovchi normalar. ushbu vakolatni chegaralovchi normalar.

Shu o‘rinda amerikalik huquqshunoslar mamlakat Konstitutsiyasini ekologiya huquqi

normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi “bilvosita manba”

sifatida ta’riflaydilar. Konstitutsiyada O‘zbekiston ekologik taraqqiyot strategiyasining asosiy

qoidalari, ekologik va aholining ekologik xavfsizligiga doir talablar belgilangan bo‘lib, ushbu

siyosiy-huquqiy hujjat mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy

resurslardan foydalanish bo‘yicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Ma’lumki, konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni va

ahamiyati beqiyos. Aynan Asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik

faoliyatini shakllantirish bo‘yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik

burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari

o‘rnatiladi va h.k.

Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi chog‘ida yuzaga

keladigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda

ikki qismga – umumiy va maxsus ekologik normalarga bo‘linishi mumkin.

Umumiy konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini

barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy

prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik

huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xususan, Konstitutsiyamizning 10-bobi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari

kafolatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlatning fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda

mustahkamlangan (shu jumladan ekologik) huquqlarini kafolatlashi belgilangan.


background image

621

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Shuningdek, Asosiy Qomusimizning beshinchi bo‘limida davlat hokimiyatini tashkil

etishning asosiy qoidalari belgilangan bo‘lib, ushbu normalar ekologik qonunchilikning

shakllanishi va shu sohadagi davlat organlarining tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bo‘lib

xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va

Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo‘lib, ushbu normalar mazkur

organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun

hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.

Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki,

birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan; ikkinchidan,

ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga

bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga muvofiq, fuqarolar atrof

tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. Ushbu normaning ahamiyati

shu bilan belgilanadiki, unda birinchidan, fuqarolarning ekologik burchi Konstitutsiya darajasida

mustahkamlangan; ikkinchidan, atrof tabiiy muhit tushunchasining yuridik mazmunidan kelib

chiqib, Konstitutsiyaning ushbu normasi nafaqat fuqarolarning tabiatni muhofaza qilish, balki

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish majburiyatini ham nazarda tutadi.

Asosiy Qonunimizning 54-moddasida belgilanishicha, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha

egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga

zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

Ushbu normaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mulk huquqi, xususan tabiiy

resurslarga nisbatan mulk huquqi mazmunini belgilovchi mulkdor vakolatlari tartibga solingan

hamda bunday xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kabi

talab mustahkamlangan.

Davlat ekologik siyosatining asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-

moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot

dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur

va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining

quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi:

Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya’ni yuridik

ma’noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi

organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi.


background image

622

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona

deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat’iy rioya etgan holda

foydalanish tushuniladi.

Uchinchidan, tabiat ob’ektlari va resurslari davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Bu davlat

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashini hamda jismoniy va

yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfaatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga

rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.

Konstitutsiyamizning 100-moddasida esa, mahalliy davlat hokimiyati organlarining

asosiy vakolatlari sanalgan bo‘lib, ushbu vakillik organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

sifatida o‘z hududida “atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish” bo‘yicha vakolatlari

mustahkamlangan.

Ushbu normaning ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, u

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab beradi; ikkinchidan,

barcha darajadagi hokimlarga o‘z hududi doirasida ekologik qonunchilikka rioya etilishi

borasida shaxsan javobgarlik ma’suliyatini yuklaydi.

Bir qator xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarining tahlili ularda ekologik-huquqiy

normalar turlicha tartibga solinganligidan guvohlik beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy ekologik-huquqiy

normalar eng ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga mos bo‘lib, mamlakatimizda barqaror

rivojlanishni ta’minlashga, atrof muhit musaffoligini saqlashga, tabiatni hamda aholi

salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi

O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi 60-sonli Qarori. 2022 yil 28 yanvar'.

2.

O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

to'g'risidagi”gi Qonuni. –Toshkent.

3.

Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoevtiń Oliy Majlis hám Ózbekstan

xalqına múrájatı. 21.12.2022 j.

4.

O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» gi qonuni (04-sentyabr

2015-yil).

QOSIMSHA ÁDEBIYATLAR.

5.

Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA

HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI,

WAZIYPALARI.

Modern Science and Research

,

3

(11), 546-550.


background image

623

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

6.

Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN

JARÍS

ISKERLIGINE

TEXNIKALÍQ

TAYARLÍǴÍ.

Modern

Science

and

Research

,

3

(12), 664-666

7.

Jumaniyazov,

D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME TÁLIM

HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI

.

Modern Science and Research

,

3

(12), 396-400.

8.

Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM

OLARDIŃ BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA.

9.

Djanizakovich D. N. THE ROLE OF PHYSICAL EXERCISES IN TRAINING YOUNG

VOLLEYBALL PLAYERS //Web of Teachers: Inderscience Research. – 2023. – Т. 1. –

№. 8. – С. 8-16.

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi 60-sonli Qarori. 2022 yil 28 yanvar'.

O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risidagi”gi Qonuni. –Toshkent.

Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoevtiń Oliy Majlis hám Ózbekstan xalqına múrájatı. 21.12.2022 j.

O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» gi qonuni (04-sentyabr 2015-yil).

QOSIMSHA ÁDEBIYATLAR.

Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI, WAZIYPALARI. Modern Science and Research, 3(11), 546-550.

Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN JARÍS ISKERLIGINE TEXNIKALÍQ TAYARLÍǴÍ. Modern Science and Research, 3(12), 664-666

Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI. Modern Science and Research, 3(12), 396-400.

Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM OLARDIŃ BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA.

Djanizakovich D. N. THE ROLE OF PHYSICAL EXERCISES IN TRAINING YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS //Web of Teachers: Inderscience Research. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 8-16.