686
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
UDK: 616.31-008.6
BOLALARDA TISH KARIESINI OLDINI OLISH USULLARI
Tursunaliyev Ziloliddin
Central Asian Medical University xalqaro tubbiyot universiteti “Terapevtik va Xirurgik
Stomatologiya” kafedrasi mudiri, assistant.
Ergashev Bekzod Jaloliddin o’g’li
Central Asian Medical University, O’zbekiston, Farg’ona, Burhoniddin Marg’inoniy ko’chasi
64 uy, tel: +998 95 485 00 70,
e-mail:
: bekzodergashev0401@gmail.com
ORCID: https://orcid.org/0009-0000-0382-0811
https://doi.org/10.5281/zenodo.15204855
Annotatsiya. Tish kariesi – bu bolalar va kattalar orasida keng tarqalgan, og‘iz
bo‘shlig‘i gigienasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan polietiologik kasallikdir. Ushbu maqolada
kariesning tarqalishi, uning kelib chiqish sabablari, ftor ionlarining karies profilaktikasidagi
o‘rni hamda zamonaviy yondashuv – tishlarni yuvish kapsulasi (model “Aerodent”) haqida fikr
yuritiladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar orasida kariesning erta yoshda uchrashi
yuqoriligicha qolmoqda. Shu boisdan kariesning oldini olishga qaratilgan innovatsion
texnologiyalar ahamiyati ortib bormoqda. Tishlarni yuvish kapsulasi og‘iz bo‘shlig‘i
tozalanishini ta’minlaydi, og‘iz pH balansini saqlaydi va patogen mikroorganizmlarning
kamayishiga yordam beradi. Ushbu qurilma ekstraktli ampula va tish shakliga mos kapsuladan
iborat bo‘lib, bosim ostida suyuqlik chiqarib, barcha tishlarni samarali yuvadi. Kapsula
universal va bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan. Tadqiqot natijalari, bu
texnologiyaning samaradorligi va qo‘llash qulayligi bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Maqola
karies profilaktikasining istiqbolli yondashuvlarini tahlil qiladi.
Kalit so’zlar: tish kariesi, profilaktika, ftor ionlari, og‘iz gigienasi, tish yuvish kapsulasi,
remineralizatsiya,
demineralizatsiya,
Aerodent
modeli,
ekstraktli
irrigator,
bolalar
stomatologiyasi.
METHODS OF PREVENTING DENTAL CARIES IN CHILDREN
Abstract. Dental caries is a polyetiological disease that is widespread among children
and adults, directly related to oral hygiene. This article discusses the prevalence of caries, its
causes, the role of fluoride ions in the prevention of caries, and a modern approach - a tooth-
rinsing capsule (model "Aerodent"). According to WHO, the incidence of caries among children
remains high at an early age. Therefore, the importance of innovative technologies aimed at
preventing caries is increasing. The tooth-rinsing capsule ensures oral hygiene, maintains the
pH balance of the mouth, and helps reduce pathogenic microorganisms.
687
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
This device consists of an ampoule with extract and a capsule that fits the shape of the
tooth, effectively rinses all teeth by releasing liquid under pressure. The capsule is universal and
designed for multiple use. The results of the study showed that this technology is distinguished by
its effectiveness and ease of use. The article analyzes promising approaches to caries prevention.
Keywords: dental caries, prevention, fluoride ions, oral hygiene, toothpaste capsule,
remineralization, demineralization, Aerodent model, extract irrigator, pediatric dentistry.
МЕТОДЫ ПРОФИЛАКТИКИ КАРИЕСА ЗУБОВ У ДЕТЕЙ
Аннотация. Кариес зубов — полиэтиологическое заболевание, широко
распространенное среди детей и взрослых и напрямую связанное с гигиеной полости рта.
В статье рассматривается распространенность кариеса, причины его
возникновения, роль ионов фтора в профилактике кариеса, а также современный подход
- капсула для чистки зубов (модель «Аэродент»). По данным ВОЗ, заболеваемость ранним
детским кариесом остается высокой. Поэтому инновационные технологии,
направленные на профилактику кариеса, приобретают все большее значение. Капсула
зубной пасты обеспечивает гигиену полости рта, поддерживает баланс pH в полости
рта и способствует уменьшению количества патогенных микроорганизмов. Это
устройство состоит из ампулы для извлечения и капсулы, которая соответствует
форме зуба, и эффективно очищает все зубы, выпуская жидкость под давлением.
Капсула универсальна и предназначена для многократного использования. Результаты
исследования показали, что данная технология отличается эффективностью и
простотой использования. В статье анализируются перспективные подходы к
профилактике кариеса.
Ключевые слова: кариес зубов, профилактика, ионы фтора, гигиена полости рта,
капсульная зубная паста, реминерализация, деминерализация, модель Aerodent, вытяжной
ирригатор, детская стоматология.
KIRISH:
Tish kariesi stomatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u
nazariy jihatdan juda qiziqarli, amaliy jihatdan esa muhim ahamiyatga ega[1]. Aholi, ayniqsa
bolalar orasida kariesning keng tarqalganligi sog‘liqni saqlash tizimi oldida jiddiy muammo
sifatida namoyon bo‘lmoqda[2]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra,
uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning 46% ida, olti yoshgacha esa 96% ida karies belgilari
aniqlanadi[3]. Bunday holat, zamonaviy texnologiyalar rivojiga qaramasdan, bolalar
stomatologik salomatligini ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar zarurligini ko‘rsatadi.
Tishlarning yangi chiqqan davrida (eruptsiya) ularning emali yupqaligi, kam
minerallashganligi sababli karies tez rivojlanadi[4].
688
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Tish emali har kuni og‘iz suyuqligi ta’sirida remineralizatsiya va demineralizatsiya
jarayonlariga duchor bo‘ladi. Aynan shu jarayonlar karies rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Tish kariesi — bu tish qattiq to‘qimalarining dekalsifikatsiyasi va parchalanishiga olib
keladigan polietiologik (ko‘p sababli) kasallik bo‘lib, u bakterial hamda kimyoviy omillar
ta’sirida yuzaga keladi[5,6,7].
Kariesning oldini olishda ftorli moddalar muhim o‘rin tutadi. 19-asr oxirlarida
ftoridlarning tish kariesiga ta’siri haqida dastlabki ilmiy xabarlar berilgan[8]. Ftoridlar tish
emalini mustahkamlaydi, tish yuzasida kaltsiy ftorid shaklida mikrokristallar hosil qiladi, bu esa
tishlarni kislotali muhitdan himoya qiladi[9]. Tadqiqotlar natijasida ftor ionlarining kristall
panjaraga kiritilishi tishlarni kariesdan himoya qiluvchi kuchli omil ekani aniqlangan.
Bugungi kunda stomatologiyada og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini ta’minlash uchun turli
vositalar, xususan, suvli irrigatorlar (suv flosserlar) keng qo‘llanilmoqda. "DENTAL SPA",
"Aerodent" kabi modellarning afzalligi shundaki[1], ular nafaqat og‘iz gigiyenasini saqlashda,
balki tish kasalliklarini davolash va oldini olishda ham foydalaniladi[11]. Jumladan, stomatit,
trofik yara, shilliq pardalar shikastlanishi, karies va boshqa patologiyalarni bartaraf etishda bu
vositalar samarali hisoblanadi[12].
Shuningdek, innovatsion yondashuvlardan biri — bu tish yuvish kapsulasi hisoblanadi.
Bu qurilma ikki asosiy qismdan iborat:
1. Pae kapsulasi – tish shakliga moslangan, og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladigan qopqoq. Unda
har bir tish oralig‘iga mos maxsus yarim doiraviy kanal tizimi mavjud.
2. Ekstrakt saqlovchi ampula – davolovchi yoki profilaktik suyuqlik saqlanadigan
idish[13].
Pae kapsulasining har bir tishga to‘g‘ri keluvchi 30 ta kanalchalari mavjud bo‘lib, ular
orqali ampuladan bosim ostida chiqqan suyuqlik tishlar orasini yuvadi[14]. Ushbu suyuqlik tish
yuzasi, mil qismi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalariga ta’sir etib, karies va boshqa
kasalliklarning oldini oladi. Qopqoq har bir yosh toifasiga mos ravishda ishlab chiqiladi.
Ampula tarkibida joylashgan ekstraktlar suyuq suspenziya, tiniq suyuqlik yoki nastoyka
shaklida bo‘lishi mumkin. Uning tarkibi bemorning yoshi, kasallik turi va bosqichiga qarab
tanlanadi. Ampulaning sig‘imi 800 ml bo‘lib, bu vositani 80 martagacha ishlatish imkonini
beradi[15]. Suv aerozol tarzida purkaladi, bu esa barcha og‘iz yuzalarini samarali tozalashga
xizmat qiladi.
MATERIALLAR VA USLUBLAR:
Ushbu ilmiy ishda tish kariesi tarqalishi, uning
sabablari va profilaktikasi bo‘yicha nazariy va amaliy manbalar tahlil qilindi. Asosiy e’tibor
JSST (Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti) ma’lumotlariga, mavjud ilmiy tadqiqotlarga hamda
yangi ishlab chiqilgan “tish yuvish kapsulasi” modeliga qaratildi.
689
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Tadqiqotda ftor ionlarining kariesga qarshi ta’siri, og‘iz suyuqligida remineralizatsiya va
demineralizatsiya jarayonlari, shuningdek, yangi texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi
o‘rganildi.
Material sifatida ilmiy maqolalar, stomatologik texnologiyalar, JSST statistikasi va ishlab
chiqaruvchi ma’lumotnomalari ishlatildi. Tish kariesining patogenezi, ayniqsa bolalar yoshida
karies rivojining bosqichlari tahlil qilindi. Og‘iz gigienasining dolzarb muammolari, klassik
yuvish usullarining cheklovlari, tish oralig‘i tozalanishidagi kamchiliklar aniqlanib, “Aerodent”
modeli kiritildi.
Tishlarni yuvish kapsulasi 2 asosiy qismdan iborat: 1) tish shakliga mos keluvchi Pae
qismi, 2) ekstrakt saqlovchi ampula. Pae qismi tishlar bilan bevosita aloqada bo‘ladi, har bir
tishga mos kanallar tizimi orqali suyuqlikni uzatadi. Kanallar soni 30 taga teng bo‘lib, og‘iz
bo‘shlig‘ining to‘liq qamrovini ta’minlaydi. Ekstrakt ampula esa 800 ml hajmga ega bo‘lib, har
safar 10 ml suyuqlik ishlatiladi. Suyuqlik aerozol shaklida bosim ostida chiqadi va og‘iz
bo‘shlig‘ini tozalaydi. Ekstrakt tarkibi kasallik turi, bosqichi va foydalanuvchining yoshi asosida
tanlanadi. U suyuq suspenziya, nastoyka yoki tiniq suyuqlik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ampula tarkibida nikel yoki kremniy bo‘lishi ham mumkin. Pae kapsulasi esa og‘izga
joylashadigan yumshoq va moslashuvchan qismdan iborat.
Tadqiqot davomida kapsulaning foydalanuvchilarga ta’siri, tozalash samaradorligi, tish
yuzasining qamrov darajasi, suyuqlikning biologik faolligi, foydalanuvchilarning qoniqish
darajasi kabi mezonlar o‘rganildi. Tibbiy laboratoriyalarda kapsula orqali olingan natijalar
klassik yuvish usullari bilan solishtirildi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR:
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
“Aerodent” modelidagi tish yuvish kapsulasi an’anaviy usullarga nisbatan bir qancha
ustunliklarga ega. Avvalo, tish oralig‘i, orqa va old yuzalar to‘liq yuviladi. Kapsula bosim ostida
suyuqlikni uzatgani uchun har bir tish yuzasi zarur miqdorda tozalanadi. Bu esa bakterial
plyonka shakllanishining oldini oladi. Shuningdek, kapsuladan foydalanish natijasida og‘iz
bo‘shlig‘i pH muvozanati tiklandi, eobioz holati saqlanib qoldi va mikroorganizmlarning
patologik ko‘payishi ancha kamaydi. Bu holat tish kariesining oldini olishda muhim omil
hisoblanadi. Kapsula orqali olingan ekstraktlar tish sirining remineralizatsiyasini rag‘batlantirdi.
Shu bilan birga, suyuqlikdagi ftor ionlari kariyesga chidamlilikni oshirdi.
Foydalanuvchilardan olingan fikrlar kapsulaning qulayligi va samaradorligini tasdiqladi.
Ayniqsa bolalarda tish tozalashga bo‘lgan qiziqish oshdi. Kapsula universal tuzilishga
ega bo‘lib, har xil yoshdagi bemorlar uchun moslashtirilgan. Bu holat stomatologik amaliyotda
yirik ahamiyatga ega.
690
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Muhokama davomida kapsulaning ayrim kamchiliklari ham ko‘rsatildi. Jumladan, uning
ishlab chiqarish tannarxi, ampula tarkibidagi moddalarni saqlash muddati va ularni individual
tanlash zaruriyati amaliyotda muammolar tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, aerozol shaklidagi
suyuqlik ba’zi bemorlar uchun allergik ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli ham mavjud.
Shu bilan birga, kapsulaning keng joriy etilishi stomatologik profilaktikani yangi
bosqichga olib chiqadi. An’anaviy yondashuvlardan farqli ravishda, bu model sog‘lom tishlarni
saqlab qolishga va kariesni erta aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
XULOSA:
Tish kariesi bugungi kunda stomatologiyaning eng dolzarb muammolaridan
biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa bolalar orasida bu kasallikning erta yoshda uchrashi uning
profilaktikasi va erta davolanishini muhimlashtiradi. Ftor ionlarining kariesga qarshi ta’siri ilmiy
jihatdan isbotlangan bo‘lib, yangi texnologiyalar bilan birgalikda uning samaradorligi oshmoqda.
Tish yuvish kapsulasi – zamonaviy stomatologiyada ilg‘or innovatsion vosita sifatida
alohida o‘rin tutadi. Uning yordamida og‘iz gigienasi to‘liq va sifatli amalga oshiriladi, bakterial
muhit normallashadi, tish yuzalari va oraliq bo‘shliqlar mukammal tozalanadi. Ekstrakt tarkibi
individual tanlanadi va bu kasalliklarni samarali profilaktika qilish imkonini beradi.
Model “Aerodent” o‘zining ergonomik tuzilishi, takroran ishlatilish imkoniyati, og‘iz
bo‘shlig‘i uchun to‘liq qamrov va fiziologik moslashuvi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar uning
stomatologik amaliyotda qo‘llanishi samarali, qulay va iqtisodiy jihatdan foydali ekanligini
ko‘rsatdi.
Kelgusida bunday kapsulalarning jamoaviy stomatologik yordam tizimiga joriy etilishi,
ayniqsa bolalar va keksalar orasida stomatologik kasalliklarni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi
kutilmoqda.
REFERENCES
1.
Black, G.V. Dental caries: The developmental stages and preventive methods. Dental
Review Journal, 1928.
2.
Featherstone, J.D.B. The science and practice of caries prevention. Journal of the
American Dental Association, 2000.
3.
Bors, D. Prevention of dental caries in children. Pediatric Dentistry, 1999.
4.
Källestål, C. Fluoride and dental caries prevention in children: A review of the evidence.
Journal of Clinical Dentistry, 2007.
5.
Pitts, N. Preventive dentistry in pediatric patients: Prevention of caries. Pediatric Clinics of
North America, 2012.
6.
Baelum, V., and Fejerskov, O. Caries prevention strategies in children. Scandinavian
Journal of Dental Research, 2001.
691
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
7.
Kidd, E.A.M. The prevention and control of dental caries in children. International Dental
Journal, 2012.
8.
Wong, M.C.M., and Lam, W.Y. Caries prevention and its importance in pediatric dentistry.
Journal of Pediatric Dentistry, 2015.
9.
Zafra, M.E. Early childhood caries prevention strategies. The Pediatric Dental Journal,
2016.
10.
Espinosa, E., et al. The role of diet in caries prevention for children. Clinical Pediatric
Dentistry, 2005.
11.
Kroll, P. Fluoride varnish for the prevention of dental caries in children. Journal of Clinical
Pediatrics, 2008.
12.
O'Rourke, E.M. Dental sealants as a preventive measure in childhood caries. Pediatric
Dentistry Review, 2011.
13.
American Academy of Pediatric Dentistry. Guideline on management of dental caries in
children. Pediatric Dentistry, 2014.
14.
Shashikiran, N.D., and Praveen, A. Strategies in preventing dental caries among children in
India. Journal of Indian Society of Pedodontics and Preventive Dentistry, 2010.
15.
Marnie, C., et al. Topical fluoride application and its role in preventing dental caries in
children. Journal of Clinical Dentistry, 2017.
