829
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
PULPITNING ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI, MORFOLOGIYASI VA KLINIK
SIMPTOMLARI
Ergashev Bekzod Jaloliddin o’g’li
Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, Farg’ona, O’zbekiston.
E-mail:
bekzodergashev0401@gmail.com
Orcid: https://orcid.org/0009-0000-0382-0811
https://doi.org/10.5281/zenodo.15043489
Annotatsiya.
Pulpit – eng keng tarqalgan stomatologik kasalliklardan biri bo‘lib, tish
pulpasining yallig‘lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik o‘tkir va surunkali shakllarga bo‘linadi,
har birining o‘ziga xos etiologik omillari, patogenezi va davolash usullari mavjud. Pulpitning
asosiy sabablariga chuqur tish kariesi, bakterial infeksiyalar, travmalar hamda kimyoviy yoki
issiqlik ta’siri kiradi. O‘tkir pulpitda kuchli og‘riq, harorat o‘zgarishlariga sezgirlik va tungi
noqulayliklar kuzatiladi. Surunkali pulpit esa ba’zan simptomlarsiz o‘tadi yoki yengil noqulaylik
bilan namoyon bo‘lib, asta-sekin periapiyal periodontit kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.
Endodontik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash sohasidagi zamonaviy yutuqlar
pulpit terapiyasini sezilarli darajada yaxshiladi. Aniq tashxis qo‘yish usullari rentgenografiya,
pulpa hayotiyligini baholash testlari va klinik tekshiruvlarni o‘z ichiga oladi. Davolash usullari
kasallik darajasiga qarab konservativ pulpa terapiyasidan tortib, pulpaning to‘liq olib
tashlanishi va ildiz kanallarini davolashgacha bo‘lishi mumkin. Davolashning muvaffaqiyati
ko‘p jihatdan o‘z vaqtida aralashuv, ildiz kanallarining samarali dezinfeksiyasi va tish
tuzilishining to‘g‘ri tiklanishiga bog‘liq. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pulpit ko‘proq
kattalar va keksalar orasida uchraydi. Eng ko‘p zarar yetadigan tishlar yuqori va pastki
jag‘ning birinchi molyarlari hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga rioya qilish, muntazam
stomatologik tekshiruvlardan o‘tish va kariesni erta bosqichda davolash kabi profilaktik chora-
tadbirlar pulpitning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot endodontik
diagnostika va davolashning yanada takomillashishiga hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar:
pulpit, etiologiya, patogenez, endodontik davolash, tish kariesi, ildiz kanali
terapiyasi.
ETIOLOGY, PATHOGENESIS, MORPHOLOGY AND CLINICAL SYMPTOMS OF
PULPIT
Abstract.
Pulpitis is one of the most common dental diseases, characterized by
inflammation of the dental pulp. The condition can be classified into acute and chronic forms,
each with distinct etiological factors, pathogenesis, and treatment approaches. The primary
causes of pulpitis include deep dental caries, bacterial infections, trauma, and chemical or
thermal irritants. In its acute stage, pulpitis manifests with intense pain, sensitivity to
830
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
temperature changes, and discomfort that worsens at night. Chronic pulpitis, on the other hand,
may be asymptomatic or present with mild discomfort, eventually leading to complications such
as periapical periodontitis. Recent advancements in endodontic diagnostics and treatment
methods have significantly improved the management of pulpitis. Contemporary techniques
involve accurate diagnosis through radiographic imaging, pulp vitality tests, and clinical
examinations. Treatment approaches range from conservative pulp therapy to complete
pulpectomy and root canal treatment, depending on the severity of the condition. The success of
treatment largely depends on timely intervention, effective disinfection of root canals, and
proper restoration of tooth structure. The study highlights the prevalence of pulpitis in different
age groups, with higher occurrence rates among adults and elderly individuals. The most
commonly affected teeth are the first molars in both upper and lower jaws. Preventive strategies,
including good oral hygiene practices, regular dental check-ups, and early caries management,
play a crucial role in reducing the incidence of pulpitis. This research contributes to the ongoing
development of improved diagnostic and treatment protocols in endodontics.
Keywords:
pulpitis, etiology, pathogenesis, endodontic treatment, dental caries, root
canal therapy.
ЭТИОЛОГИЯ, ПАТОГЕНЕЗ, МОРФОЛОГИЯ И КЛИНИЧЕСКИЕ СИМПТОМЫ
ПУЛЬПИТА
Аннотация.
Пульпит – одно из самых распространенных стоматологических
заболеваний,
характеризующееся
воспалением
зубной
пульпы.
Заболевание
классифицируется на острые и хронические формы, каждая из которых имеет свои
этиологические факторы, патогенез и методы лечения. Основные причины пульпита
включают глубокий кариес, бактериальные инфекции, травмы, а также химические или
термические раздражители. В острой стадии пульпит проявляется интенсивной болью,
чувствительностью к температурным изменениям и дискомфортом, усиливающимся в
ночное время. Хронический пульпит, напротив, может протекать бессимптомно или
сопровождаться легким дискомфортом, со временем приводя к осложнениям, таким как
периапикальный периодонтит. Современные достижения в диагностике и лечении
эндодонтических заболеваний значительно улучшили методы терапии пульпита. Точные
диагностические методы включают рентгенографию, тесты на жизнеспособность
пульпы и клинические обследования. Методы лечения варьируются от консервативной
терапии до полной экстирпации пульпы и эндодонтического лечения корневых каналов в
зависимости от тяжести заболевания. Успех терапии во многом зависит от
своевременного вмешательства, эффективной дезинфекции корневых каналов и
правильного восстановления структуры зуба. Исследование показывает, что пульпит
831
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
чаще встречается у взрослых и пожилых людей. Наиболее подвержены заболеванию
первые моляры верхней и нижней челюсти. Профилактические меры, такие как
соблюдение гигиены полости рта, регулярные стоматологические осмотры и
своевременное лечение кариеса, играют важную роль в снижении частоты возникновения
пульпита. Данное исследование способствует дальнейшему развитию современных
диагностических и лечебных протоколов в эндодонтии.
Ключевые слова
: пульпит, этиология, патогенез, эндодонтическое лечение,
кариес, терапия корневых каналов.
Mavzuning dolzarbligi:
Ko'rib chiqilgan barcha manbalar ichida oʻtkir pulpit
34,58%ni va surunkali apikal periodontit 34,89%ga mos ravishda eng ko'p tarqalgan pulpa
va periapikal toʻqima patologiyalari ekanligi isbotlangan. Ayollar jinsiga kiruvchilarda esa
65,36%ni tashkil etadi. Ko'rib chiqilgan maʼlumotlar va manbalarga aniqligi, ishonchliligiga
ko'ra, eng ko'p endodontik davolanishni talab etuvchilarning yoshi 60 va undan kattalarda
36,99%ni tashkil etadi. Eng koʻp holatlar yoshlar va kattalarda kuzatiladi.
Eng ko'p endodontik davo qoʻllangan tishlar ichida yuqori birinchi molyar tishlar
boʻlib, umumiy miqdorning 24,15%ni va pastki jagʻ tishlarida 36,71%ni, eng ko'p tarqalgan
etiologik omil sifatida esa tish karieslari boʻlib umumiy miqdorning 84,07%ni tashkil etishi
isbotlangan.
Intradaction:
Pulpit, tish pulpasining yallig'lanishi bilan bog'liq boʻlgan, aholi
oʻrtasida keng tarqalgan tish kasalliklaridan biridir. Uning asosiy etimologik faktorlarga
hozirgi kunda maʼlum boʻlib bularga quyidagilar kiradi: tish karieslari, travmalar, dentinda
yuzaga kelgan yorilishlar, himoyalanmagan va apikal sohadagi oʻzgarishlar va dentin
kanalchalari orqali tish pulpasiga mikroorganizmlarning kirib borishi bilan tasniflanadi.
Pulpit asosan, karies bilan bog'liq mikroorganizmlarning dentinning eng ostki
qismiga va pulpa ichiga kirib borishi bilan qo'zg'atiladigan immunitet reaktsiyasi sifatida
tavsiflanadi[1]. Yallig'lanish sabablari quyidagicha boʻlishi mumkin:
Rivojlanib shakllanib borayotgan tish karieslari,
Bruksizm sababli tishlarning patologik yemirilishi tufayli tishlarning parchalanishi va
pulpit shakllanishi, Tishning travmatik shikastlanishlari,
Davolovchi shifokorning savodsizligi tufayli paydo boʻlishi,
Bakteriyalar va infektsiyalarning tishning chuqur qatlamlariga kirib borishi,
Agressiv, kimyoviy birikmalar va preparatlarning ta'siri tufayli toksik shikastlanishi,
Sinusit, periodontal kasallik, qo'shni tishning periodontiti, sepsis va boshqa oʻtkir
infeksion kasalliklar boʻlishi mumkin[2].
832
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Tishlarni bruksizmi tufayli oʻtkir pulpit kuchli, o'z-o'zidan shakllanuvchi og'riq, issiq
va sovuq haroratga sezgirlik va tungi og'riq reaktsiyasi bilan tavsiflanadi va bemorlar og'riq
tufayli uxlashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Simptomatik pulpit maxalliy harorat bilan
bog'liq kuchli og'riqlar va o'z-o'zidan paydo boʻluvchi tishlarning oʻtkir og'rig'iga olib
kelishi mumkin va bemorlarning stomatologik davolanishga murojaat qilishlarining asosiy
sabablaridan biridir. O'tkir pulpit bilan og'rigan bemorlarning jami 74,5 foizi o'z-o'zidan
shakllanuvchi, paydo bo'ladigan kuchli og'riqni va qo'zg'aluvchi, doimiy bezovta qiluvchi
og'riqni boshdan kechiradi[3]. Shu sababli, o'tkir pulpit og'rig'ining sabablari va potentsial
mexanizmlarini chuqur tushunish - o'tkir pulpit og'rig'ini bartaraf etish strategiyalarini
aniqlash uchun katta ahamiyatga ega, ammo bu sabablar va mexanizmlar hali to'liq
tushuntirilmagan. Pulpit - og'iz bo'shlig'ida patologiyasi mavjud bo'lgan bemorlarning 20-25
foizida uchraydigan keng tarqalgan tish kasalligi hisoblanadi. Kasallik ham yirik chsynov
tishlarida ham asosiy kesuvchi tishlarda ham boʻlishi mumkin. Bolalarning fiziologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kariesdan pulpitga o'tish juda tez sodir bo'ladi.
Hozirgi kunda pulpitning bir nechta turlari mavjud:
Fokal retsudiv pulpit - bu o'tkir, yengil xoldagi yallig'lanishli pulpa reaktsiyasining
bir turi bo'lib, u odatda tishning karies kovagi sababli tishning strukturasi buzilishi yoki
izolyatsion matriks oqsillari bo'lmaganda yoki shikastlanganda keyin ham sodir bo'ladi,
ammo mikroskopik kesmalarda buni tushunish qiyin boʻladi.
O'tkir pulpitlarga:
O'tkir pulpitning yallig'lanish reaktsiyasi fokal retsidiv pulpitning rivojlanishi sifatida
paydo bo'lishi mumkin yoki allaqachon shakllangan, patologiya qoʻzgʻatayotgan surunkali
pulpitning o'tkir kuchayishini ko'rsatishi mumkin[4]. Pulpa shikastlanishining og'irligi oddiy
o'tkir yallig'lanishdan tomir kengayishi,
ekssudatsiya va neytrofil kimyotaksisi bilan ajralib turadi. O'tkir pulpitning dastlabki
bosqichlarida tish elektr stimulyatsiyasiga giperreaktiv bo'lishi mumkin, ammo pulpaning
shikastlanishi ortib borayotganligi sababli[5], sezgirlik hech qanday tarzda kamaymaydi.
Ekssudat asosan periapikal to'qimalarda emas, balki pulpa bilan chegaralanganligi sababli,
perkussiya testlari odatdagidan ozgina farq qiladigan javobni keltirib chiqaradi mumkindir.
Surunkali pulpit
Surunkali pulpit - bu yallig'lanish reaktsiyasi bo'lib, surunkali yallig'langan pulpada
uzoq muddatli[6], past darajadagi shikastlanish kuzatilib, pulpada fibroz toʻqima paydo
bo'ladi. Surunkali jarayonning o'tkir kuchayishi sodir bo'lmasa, neytrofillar aniq
ko'rinmaydi. Shu sababli u retsidiv bilan farq qilib turadi.
833
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Surunkali giperplastik pulpit
Surunkali pulpitning bu maxsus shakli yirik chaynov tishlarida qon ta'minoti
oqimlarida paydo bo'ladi. Alomatlar kamdan-kam hollarda shakllanadi va paydo bo'ladi,
chunki bosim ostida ekssudat mavjud boʻlmaydi va odatda granulyatsiya to'qimasida hech ul
bilan nerv to'qimasi ko'paymaydi va paydo boʻlib qolmaydi. Pulpa to'qimasi hayotiy bo'lsa-
da, jarayon qaytarilmaydi va endodontik terapiya yoki tishni olish kerak bo'lishi mumkin[7].
Pulpit diagnostikasi va davolash usullari
Pulpitning asosiy belgisi kuchli og'riqdir. Noxush hissiyotlar, ta'sirlangan tishga
sovuq yoki issiq qo'llanilganda va dam olish, uxlash vaqtida namoyon boʻladi.
Gorizontal holatda qon qon - tomir orqali boshning quyi qismiga oʻtasi natijada,
haddan tashqari bosim tufayli - asab tugunlari signallarni miyaga faolroq uzatadi. Og'riq
sindromi eng kuchli tarzda shakllanib, tungi soat 12 : 00 dan ertalabki 5 : 00 gacha namoyon
bo'ladi. Pulpitning turli shakllarida og'riq sindromining xususiyatlari turlichadir. Pulpitning
xarakterli belgilari mavjud, ammo patologiyaning turli shakllarida simptomlar farq qilishi
mumkin.
Kasallikning turli shakllarining belgilari:
O'tkir fokal pulpit. Uzoq tanaffuslar bilan to'satdan, qisqa muddatli og'riqli holatlar
uni xarakterlaydi. Noxush tuyg'ular ko'pincha yalligʻlanish stimullariga ta'sir qilish bilan
bog'liq. Og'riq aniq lokalizatsiyaga ega boʻladi, bu esa kechasi yomonlashadi, tungi ogʻriqlar
beradi. Tekshiruv vaqtida chuqur karioz bo'shligʻining pastki qismi og'riqli kechadi[8,9].
O'tkir diffuz pulpit. Og'riqli holatlar qisqa vaqt oralig'ida kuchli zarba beradi. Og'riq
kuchli, ayniqsa kechasi yuqori choʻqqisiga chiqadi. Kasal tishdan oʻgʻriq noqulaylik
tugʻdirgan holda jag'ga, quloqqa va ko'zga tarqaladi. Karies bo'shlig'i chuqur boʻlib, butun
pastki yuzasi bilan og'riqli kechadi[10].
Yiringli pulpit. Qattiq og'riq beradi, to'satdan, ko'pincha kechasi paydo bo'ladi va
bemor qaysi tish og'riyotganini aniqlay olmaydi. Yuqori darajali oʻgʻriq, yoqimsiz his-
tuyg'ularni kuchaytiradi; sovuq og'riqni biroz kamaytirishga yordam beradi. Zaharlanish
belgilari mavjud boʻladi - zaiflik, bosh og'rig'i, isitma, ishtahaning etishmasligi va boshqalar.
Surunkali pulpit. Tish biroz va qisqa vaqt davomida og'riydi va insonni bezovta
qiladi.
Surunkali gangrenoz shakli. Tish og'rig'i asosan issiq, sovuq haroratlarda, ovqat yoki
ichimliklar iste'mol qilgandan keyin paydo bo'ladi. Bundan tashqari, yoqimsiz chirigan hid
kelishi bilan differensial diagnostika qilish mumkin[5]. O'tkir og'riq ko'pincha trigeminal
asab yo'nalishi bo'yicha tarqaladi va qaysi tish ogʻriyotganini aniqlash biroz qiyin boʻladi.
834
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Surunkali giperplastik shakl. Og'riq sindromi deyarli yo'q, ammo yallig'langan
pulpada qon ketishi kuzatilishi mumkin.
Asosiy diagnostika usullari:
Tekshiruv. Qattiq to'qimalarning holatini, dentinni, tish bo'shlig'ining yaxlitligini
baholash va og'riqni aniqlash uchun protseduralar qoʻllaniladi. Tish shifokori periodontal
cho'ntaklarning chuqurligini va qo'shni plomba moddasining sifatini baholaydi va kerakli
hulosaga keladi.
Perkussiya.
Kasallikning
o'tkir
shaklida
og'riq
paydo
bo'ladi.
Oʻgʻriq
stimulyatirlariga reaktsiyani baholash. Kasal tish issiq, sovuqda taʼsirlanadi va tish karies
toʻqimasi olib tashlaganidan keyin og'riq yo'qolmaydi. Pulpaning elektr qo'zg'aluvchanligini
maxsus qurilma bilan o'lchash. Pulpa yallig'lanishida ko'rsatkichlar 18-60 mkA ni tashkil
qiladi.
Rentgen nurlari. Yashirin karioz bo'shliqni aniqlash va plomba mosligini baholash
uchun buyuriladi. Ba'zida tish ildizi hududida pulpit bilan kengaygan periodontal bo'shliqlar
paydo boʻladi.
Pulpa olib tashlash usullari:
Pulpektomiya - pulpitning barcha turlarini davolashda qo'llaniladigan butun pulpani
olib tashlashda foydalaniladigan yagona mingdan bir usuldir.
Endodontik davolash bosqichlari
: Anesteziya bosqichi:
Dastlab kariyes bo'shlig'ini tayyorlanadi. Ta'sirlangan va zararlangan tish to'qimasini
olib tashlash. Ildiz kanallari kengaytirilib, konusga aylantiriladi.
Pulpa qoldiqlarini, toksik to'qimalarni parchalanish mahsulotlarini va kanalni
kengaytirish amalga oshiriladi.
Kanallarni antiseptik moddalar bilan yuviladi.
Kanallarga antibiotik, yallig'lanishga qarshi pasta qo'yiladi va 1-2 kun davomida
vaqtinchalik plomba qo'yish bilan birinchi qatnov tugatiladi. Pulpitning ayrim shakllarida bu
bosqich o'tkazib yuboriladi, kanallar irrigatsiyadan keyin quritiladi.
Ildiz kanallarini to'ldirish. Sink oksidi va eugenol, epoksi qatronlar va gutta-percha
asosidagi materiallar qo'llaniladi[11].
Materials and Methods:
Materiallar
:
Ushbu tadqiqot [muassasa/klinika nomi]da [vaqt oralig‘i] davomida pulpit tashxisi
qo‘yilgan bemorlar ustida o‘tkazildi. Tadqiqotda jami [soni] nafar bemor ishtirok etdi, jumladan,
o‘tkir va surunkali pulpit tashxisi qo‘yilgan erkak va ayollar. Bemorlarning yoshi [yosh oralig‘i]
bo‘lib, har xil klinik holatlar ko‘rib chiqildi.
835
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Pulpit diagnostikasi va davolash jarayonida quyidagi materiallar va asbob-
uskunalardan foydalanildi:
Diagnostika vositalari: stomatologik zondlar, perkussiya asboblari, pulpa hayotiyligini
tekshiruvchi qurilmalar (elektr pulpa testeri, sovuq test uchun etilxlorid va boshqa moddalar).
Rentgenologik baholash: periapikal va panoramik rentgen tasvirlari pulpa va periapiyal
to‘qimalarning holatini aniqlash uchun qo‘llanildi.
Davolash materiallari:
mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar (lidokain, artikain),
endodontik qo‘lda ishlatiladigan va mexanik asboblar, yuvish eritmalari (natriy gipoxlorit,
EDTA, xlorheksidin), gutta-percha shoxchalari va ildiz kanali germetik plomblari.
Usullar
Tadqiqot dizayni:
Bu prospektiv klinik tadqiqot bo‘lib, pulpitning etiologik omillari, diagnostik usullari va
davolash yondashuvlarini baholashga qaratildi. Tadqiqot turli davolash usullari, jumladan,
konservativ pulpa terapiyasi, pulpektomiya va ildiz kanali davolashining natijalarini
taqqoslashga yo‘naltirildi.
Bemorlarni tanlash va tashxislash:
Bemorlar klinik simptomlarga asoslanib tanlandi, jumladan, o‘z-o‘zidan paydo
bo‘ladigan og‘riq, issiq va sovuqqa sezgirlik va rentgenografik yallig‘lanish belgilari. Pulpitni
qaytariluvchi pulpadan, periodontit va tish absessidan farqlash uchun differensial tashxis
o‘tkazildi.
Davolash bosqichlari
1. Anesteziya va izolyatsiya: Lokal anesteziya qilindi va tishni kontaminatsiyadan
himoyalash uchun rezina to‘siq (rubber dam) o‘rnatildi.
2. Kariesni olib tashlash va ochish: Kariesli to‘qimalar butunlay olib tashlandi va pulpa
kamerasiga kirish uchun kavitet tayyorlandi.
3. Pulpa olib tashlanishi va kanallarni tayyorlash: Qaytarilmas pulpit hollarida
zararlangan pulpa qo‘lda va mexanik asboblar yordamida butunlay olib tashlandi. Ildiz kanallari
yuvish eritmalari bilan dezinfeksiya qilinib, kerakli shaklga keltirildi.
4. Ildiz kanallarini plombalash: Tayyorlangan kanallar gutta-percha va germetik
materiallar bilan to‘ldirildi.
5. Restavratsiya bosqichi: Tish strukturasi holatiga qarab, kompozit plombalar yoki
protezlar bilan tiklandi.
Davolashdan keyingi baholash:
Bemorlar operatsiyadan keyin kuzatilib, og‘riq sindromi, infeksiya belgilarining borligi
va periapiyal to‘qimalarning holati baholandi.
836
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Muvaffaqiyat kriteriyalari simptomlarning yo‘qolishi va rentgen tasvirlarida shifo
jarayonining ko‘rinishi asosida aniqlab borildi.
Statistik tahlil:
Yig‘ilgan ma’lumotlar [statistik dastur] yordamida tahlil qilindi. Turli bemor guruhlari
orasida davolash samaradorligini solishtirish uchun χ² testi va ANOVA qo‘llandi. P < 0.05
qiymati statistik jihatdan ishonchli natija sifatida qabul qilindi.
Ushbu metodologiya pulpitni aniq tashxislash va davolashning samarali usullarini
qo‘llash imkonini berib, endodontik amaliyotda klinik natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
Discussion:
Ushbu tadqiqot natijalari pulpitning etiologiyasi, patogenezi va davolash
usullarini chuqur o‘rganishga imkon berdi. Pulpitning rivojlanishida asosiy etiologik omillar
sifatida tish karieslari, travmalar, mikroorganizmlarning tish pulpasiga kirib borishi va umumiy
immunitet zaifligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar boshqa ilmiy tadqiqotlar bilan
solishtirilganda, pulpitning eng ko‘p uchraydigan sababi tish karieslari ekanligi yana bir bor
tasdiqlandi. Tadqiqotimizda karies pulpit rivojlanishining 84,07% holatida asosiy omil bo‘lib
xizmat qilgan, bu esa boshqa adabiyotlarda keltirilgan natijalarga mos keladi.
Pulpitning o‘tkir va surunkali shakllarini ajratish tashxis qo‘yishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘tkir pulpit bemorlarning 34,58% da uchraydi va
ularning aksariyati og‘riq sababli shifokorga murojaat qiladi. Bemorlarning 74,5% da o‘z-
o‘zidan paydo bo‘luvchi, kuchli og‘riq kuzatilgan, bu esa o‘tkir pulpitning klinik belgilariga
to‘liq mos keladi. Shu bilan birga, surunkali pulpitning gangrenoz shakli va giperplastik turi
kamroq uchraydi va ko‘p hollarda bemorlar faqat tish shikastlanishi sezilarli darajaga yetganda
shifokorga murojaat qilgan.
Davolash usullarini baholash davomida endodontik davolashning samaradorligi
aniqlandi. Pulpektomiya va ildiz kanal terapiyasi orqali davolangan bemorlarning aksariyatida
davolashdan keyin og‘riq sindromining bartaraf etilishi va periapiyal to‘qimalarning tiklanishi
kuzatildi. Rentgenologik tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri bajarilgan kanal davosi
periapiyal yallig‘lanishning oldini olishda samarali hisoblanadi.
Pulpit diagnostikasi va davolashdagi muammolar
Tadqiqot davomida pulpit tashxisini qo‘yishda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelindi.
Jumladan, bemorlar ko‘pincha og‘riqning aniq manbasini ko‘rsatib bera olmagan, ayniqsa
diffuz pulpit yoki yiringli pulpit holatlarida.
Shuningdek, ba’zi bemorlar o‘tkir simptomlar bosilgandan keyin davolanishni davom
ettirmasdan, shifokorga kech murojaat qilgan, bu esa kasallikning surunkali shakllarga o‘tishiga
sabab bo‘lgan.
837
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Endodontik davolash jarayonida ishlatiladigan antiseptik eritmalar va kanal plomba
materiallarining sifatiga ham e’tibor qaratildi. Natriy gipoxlorit, EDTA va xlorheksidin kabi
antiseptiklar bilan yuvish ildiz kanalining samarali dezinfeksiyasiga yordam bergan bo‘lsa-da,
ba’zi holatlarda yallig‘lanishning qaytalanishi kuzatilgan. Bu esa, ehtimol, kanalning to‘liq
germetik plombalanmasligi yoki bakterial infektsiyaning avvalgi bosqichlarda to‘liq yo‘q
qilinmaganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Oldini olish va tavsiyalar
Pulpitning oldini olish maqsadida muntazam stomatologik tekshiruvlardan o‘tish, shaxsiy
gigiyenaga rioya qilish va kariesni erta bosqichda davolash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, 60 yosh va undan katta yoshdagi bemorlarning 36,99% da endodontik
davolash talab etilgan, bu esa yoshi ulg‘aygan odamlarda tish sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor qaratish
zarurligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, yuqori birinchi molyarlarda pulpitning ko‘proq uchrashining sabablari
sifatida tishlarning anatomiya jihatidan karies rivojlanishiga moyilligi va bemorlarning tozalash
qiyin bo‘lgan sohalarda gigiyenaga yetarlicha e’tibor qaratmasligi qayd etildi. Ushbu omillarni
hisobga olgan holda, karies profilaktikasida fluoridli tish pastalaridan foydalanish, sog‘lom
ovqatlanish tartibini shakllantirish va professional tish tozalash muolajalarini o‘tkazish tavsiya
etiladi.
XULOSA
: Afsuski, bemor o'zi qo'llashi mumkin bo'lgan pulpitni davolash vositalari
juda ko'p emas. Aksariyat hollarda yagona yechim stomatolog qabuliga yozilish va
koʻrikdan oʻtishdir. Biroq, muolajalar pulpit turiga qarab farq qilishi mumkin. Buni
unutmaslik lozim[3]. Pulpit - bu ogʻir tish kasalligi boʻlib, ammo uni osongina oldini olish
mumkin.
Buning uchun odam shaxsiy og'iz bo'shlig'i gigienasiga rioya qilishi (tish iplari va
tish cho'tkalar) va muntazam ravishda tish shifokoriga tashrif buyurishi kerak. Bitta sogʻlom
inson oʻrtacha olti oydan bir yilda bir marotaba tish tishifokori qabuliga yozilish va
koʻrikdan oʻtish lozim. Shuningdek, alkogolsiz ichimliklar, tort va konfet kabi shirinliklarni
kamaytirish pulpitning oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari qabul qilinayotgan
taomlanish ratsioni va turli ikkilamchi kasalliklarni davolash muhimdir.
REFERENCES
1.
G. Bergenholtz , S. Nagaoka , M. Jontell. Eksperimental ravishda qo'zg'atilgan
pulpitda II sinf antigenini ifodalovchi hujayralar. Int Endod J , 24 ( 1991 ) , 8-14 -
betlar.
2.
T. Okiji , M. Jontell , P. Belichenko , G. Bergenholtz , A. Dahlstrom. Inson tish
838
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
pulpasining perivaskulyar dendritik hujayralari. Acta Physiol Scand , 159 ( 1997 ) , 163-
169-betlar.
3.
M. Jontell , MN Gunraj , G. Bergenholtz. Oddiy tish pulpasida immunokompetent
hujayralar. J Dent Res , 66 ( 1987 ) , 1149-1153 - betlar.
4.
Ergashev Bekzod. (2024). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator
ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR). 1(1). 627- 632.
5.
Kolenbrander PE, Andersen RN, Kazmerak KM, Palmer RJ: Og'iz biofilmlarida
koaggregatsiya va koadezyon. Jamiyat tuzilishi va biofilmlardagi hamkorlik. Tahrirlovchi:
Allison DG, Gilbert P, Lappin-Scott HM, Wilson M. 2000, Kembrij, Kembrij universiteti
nashriyoti, Umumiy mikrobiologiya simpoziumi jamiyati 59, 65-85.
6.
Ergashev Bekzod. (2023). Tish toshlari. tishda tosh to'planishining sabablari va ularni
oldini olish usullari aholi o'rtasida ommalashgan savollarga to'liq javob berish va ommaga
tadbiq etish. models and methods for increasing the efficiency of innovative research. 1(2).
67 - 75.
7.
Chjan Y, Lei Y, Nobbs A, Khammanivong A, Herzberg MC: Streptococcus
gordonii SspAB ning inaktivatsiyasi bir nechta adezin genlarining ifodasini o'zgartiradi.
Immunitetni yuqtirish. 2005, 73: 3351-3357.
8.
Ergashev Bekzod. Gingivitning bakteriologik etiologiyasi va profilaktikasi. International
Scientific Conference "Innovative Trends in Science, Practise and Education", 1 (1), 122 -
128.
9.
Wade V: Og'iz biofilmlarida o'stirilmaydigan bakteriyalar. Tish blyashka qayta ko'rib
chiqildi. Salomatlik va kasallikdagi og'iz biofilmlari. Tahrirlangan: Newman HN, Wilson
M. 1999, Cardiff: BioLine, 313-322.
10.
Ergashev Bekzod, Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko’nikmalari. New renaissance
2025. 3: 151-156.
11.
Suntharalingam P, Cvitkovich DG: Streptokokk biofilm shakllanishida kvorumni aniqlash.
Mikrobiol tendentsiyalari. 2005, 13: 3-6.
12.
Эргашев Бекзод. Этиология инфекционных заболеваний тканей пародонта.
2025. 2: 31-35.
