Authors

  • Sarvinozxon Meliqo‘ziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78837

Keywords:

Madaniyat Sanʼat Madaniy meros Ijodkorlar Teatr Kino sanʼati Musiqa Tasviriy sanʼat Amaliy sanʼat Madaniyat markazlari.

Abstract

Hozirgi kunda O‘zbekistonda san’atga bo‘lgan e’tibor juda katta. Hozirgi kunda davlat tomonidan san’at sohasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Tasviriy san’at, musiqa, teatr, kino va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. San’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini keng targ‘ib qilish va yosh avlodni san’atga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlik ham rivojlanib, O‘zbekiston san’ati jahon miqyosida tanilmoqda.

background image

421

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

O'ZBEKISTONDA SAN'ATGA BO'LGAN E'TIBOR

Meliqo‘ziyeva Sarvinozxon Odiljon qizi

Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti,

1-kurs magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15186051

Annotatsiya.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda san’atga bo‘lgan e’tibor juda katta. Hozirgi

kunda davlat tomonidan san’at sohasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Tasviriy san’at, musiqa, teatr, kino va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlarida islohotlar olib

borilmoqda. San’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini keng targ‘ib qilish va yosh

avlodni san’atga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlik ham

rivojlanib, O‘zbekiston san’ati jahon miqyosida tanilmoqda.

Kalit so’zlar:

Madaniyat, Sanʼat, Madaniy meros, Ijodkorlar, Teatr, Kino sanʼati, Musiqa,

Tasviriy sanʼat, Amaliy sanʼat, Madaniyat markazlari.

ATTENTION TO ART IN UZBEKISTAN

Abstract.

Currently, there is a great deal of attention paid to art in Uzbekistan. Currently,

the state is creating broad opportunities for the development of the arts. Reforms are being

carried out in the areas of fine arts, music, theater, cinema and folk applied arts. Special

attention is paid to supporting artists, promoting their work widely, and attracting the younger

generation to art. International cooperation is also developing, and Uzbek art is becoming

recognized worldwide.

Keywords:

Culture, Art, Cultural Heritage, Artists, Theater, Cinema, Music, Fine Arts,

Applied Arts, Cultural Centers.

ВНИМАНИЕ К ИСКУССТВУ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В настоящее время в Узбекистане внимание к искусству очень велико.

В настоящее время государство создает широкие возможности для развития арт-

сектора. Реформы проводятся в сферах изобразительного искусства, музыки, театра,

кино и народного творчества. Особое внимание уделяется поддержке художников,

широкой пропаганде их творчества, привлечению к искусству подрастающего поколения.

Также развивается международное сотрудничество, а искусство Узбекистана признано

в мировом масштабе.

Ключевые слова:

Культура, Искусство, Культурное наследие, Творцы, Театр,

Киноискусство, Музыка, Изобразительное искусство, Прикладное искусство, Культурные

центры.


background image

422

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Kirish

San’at insoniyat tarixining eng qadimiy va ajralmas qismidir. U millatning ma’naviy

qiyofasini shakllantirishda, madaniyatini asrab-avaylashda va yangi avlodni estetik ruhda

tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek san’ati ham o‘zining boy tarixi, o‘ziga xosligi va

go‘zalligi bilan ajralib turadi. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllangan tasviriy

san’at, musiqa, teatr, kino, xalq amaliy san’ati kabi yo‘nalishlar bugungi kunda ham rivojlanib,

zamonaviy ijodkorlar tomonidan yangi bosqichga olib chiqilmoqda. So‘nggi yillarda

O‘zbekistonda san’atga bo‘lgan e’tibor sezilarli darajada ortdi.

Davlat tomonidan ijodkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib, yangi madaniyat va san’at

markazlari qurilmoqda, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kuchaytirilmoqda. Teatr va

kinoteatrlar rekonstruksiya qilinib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanmoqda, san’at oliy

o‘quv yurtlarida esa yangi ta’lim dasturlari joriy etilmoqda. Bundan tashqari, xalqaro madaniy

aloqalar rivojlanib, o‘zbek san’ati dunyo miqyosida ham keng namoyon bo‘layotgani e’tiborga

loyiq. Shu bilan birga, san’atni rivojlantirishda milliy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy

talablarga mos ravishda targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda san’atning har

bir yo‘nalishi bo‘yicha islohotlar olib borilmoqda, ijodiy jamoalar va san’atkorlarga shart-

sharoitlar yaratilmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metod

Xalqimiz madaniy hayotida musiqa azaldan beqiyos о„rin tutib keladi. Samarqand

yaqinidagi Mо’minobod qishlog„idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay

cholg’usi topilgani ham shundan dalolat beradi. Ma’lumki, kuy-qо„shiqqa, san’atga muhabbat

xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa

cholg’u bо’lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini о’z hayotida sezmasdan yashaydigan

odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag’a bо’lmaydi. Ajdodlardan me’ros milliy

musiqa va tasviriy san’atni asrab avaylash va yanada rivojlantirish, shubhasiz, bugungi kunda

bolalar musiqa va san’at maktablarida tahsil olayotgan о’quvchilar, ularga ta’lim berayotgan

о’qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ana shunday mas’uliyatli va sharafli vazifani

amalga oshirish uchun mustaqilligimiz sharofati bilan barcha sohalar qatori musiqa va san’at

maktablari faoliyatini takomillashtirishga ham davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratildi.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2008-yilda Bolalar musiqa va san’at maktablarining

moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bо’yicha 2009-

2014-yillarga mо’ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi.

Dastur doirasida о’tgan yillar davomida bolalar musiqa va san’at maktablarini barpo

etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularning moddiy-

texnik bazasini mustaxkamlash borasida keng kо’lamli ishlar amalga oshirildi.


background image

423

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Joriy yilda ushbu dastur ijrosi yakunlanib, mamlakatimiz bо’yicha barcha musiqa va

san’at maktablari rivojida muhim va katta bosqich yakunlanadi. Bu ta’lim muassaslarida

zamonaviy, xalqaro talablar darajasidagi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Qolaversa, musiqa va

san’atga ixtisoslashgan akademik litseylar, shuningdek, sohadagi oliy ta’lim muassasalari

faoliyati ham bir-biriga muvofiqlashtirilib, yagona, uzluksiz musiqa va san‟at ta’lim tizimi

shakllandi. Davlat dasturining ijrosi samarasi о’laroq mamlakatimiz musiqa va tasviriy san’ati

tarixida yorqin sahifa ochilib, yuzlab iste’dod sohiblarining ulg’ayishiga, madaniyatimiz

taraqqiyotiga mustahkam poydevor qо’yildi. Dastur keng qamrovli bо’lib, unda, birnchidan,

yangi zamonaviy maktab binolarini bunyod etish, ikkinchidan, ularni milliy va zamonaviy

musiqa cholg’ulari bilan ta’minlash, uchinchidan, yangi о’quv dasturlar, darsliklar, uslubiy

adabiyotlar yaratish va nihoyat, tо’rtinchidan, о’qituvchilar malakasini oshirish va ularni

ma’naviy-moddiy rag’batlantirish, maktablarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash kabi oliy

maqsadlar mujassamlashtirilgan.

Yangi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun barcha qulayliklarga ega musiqa va san‟at

maktablarining ikki namunadagi loyihalari ishlab chiqilib, respublikamizdagi aksariyat ta’lim

muassasalari ana shu asosda qayta bunyod etildi. Ta’lim sifatini oshishi barobarida natijalar ham

yuksaldi. Yuzlab iste’dodli yoshlarimiz xorijiy davlatlarda о’tkazilgan turli xil nufuzli xalqaro

tanlovlarda ishtirok etib, о’z san’atlarini namoyish qilishmoqda. Bu esa farzandlarimizning hech

kimdan kam emasligini yaqqol kо’rsatib turibdi. Mamlakatimizning о’zida о’tkazilayotgan

musiqa va san’atga doir tadbirlarning saviya darajasi ham ortib, aytish mumkinki, xalqaro

talabalar miqyosiga kо’tarilmoqda.

Yurtimizda о’tkaziladigan tanlovlarning tuman, shahar va viloyat bosqichlarida minglab

yosh iste’dodlar ishtirok etib kelishmoqda. Shularni inobatga olgan holda aytish mumkin-ki,

bugungi kunda bemalol aytish mumkinki musiqa va san’at maktablarida ijodkorlik, yangilanish

va yuksalish jarayoni kechmoqda. Yana о’n – о’n besh yildan musiqa va san’at maktablarini

tamomlab, san‟atda о’z yо’lini topgan san’atkorlarimiz milliy musiqa va san’atimizni durdona

asarlar bilan yana boyitishlari, uning obrо’ va nufuzini jahon bо’ylab yoyishlari shubhasiz.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining naqadar yuksakligini anglash uchun

chorak asr kechmishga chekinib, о’sha vaqtdagi ahvolni yana bir bor eslab qо„yish foydadan holi

bо’lmaydi. Mustaqillik arafasida musiqa va san’at maktablari о’z holiga tashlab qо’yilgan,

nochor, ayniqsa, milliy san’atimiz kelajagi uchun shart-sharoit yо’q edi. Musiqa va san’at

yо’nalishidagi maxsus maktablar barmoq bilan sanarli darajada kam, borlari ham boshqa

tashkilotlarga qarashli bо’lgan binolarda ijarada turardi. Aksariyat tumanlarda esa na musiqa, na

san’at maktabi ochilmagan, о’z binosiga ega maktablarning qariyb hammasi о’tgan asarning 40-

50 yillarida hashar yо’li bilan xom g’ishtdan tiklangan edi.


background image

424

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Davr talablari darajasida yondashilganda, 90 foiz maktablar qayta qurishga muhtoj edi.

О’quv dasturlari markazdan yuborilar, shu bois unda milliy san’atimizga ikkinchi

darajali, keraksiz narsaday qaralardi. Aksariyat hollarda musiqa cholg„ularini ota-onalar

farzandlari uchun о„zlari xarid qilib kelardilar. Kо’rinib turibdiki, bunday sharoitda tahsil olgan

о’quvchilarning bilim darajasi ham shunga yarasha bо’lgan. Birgina misol, 1990 yilda respublika

bо’yicha ushbu maktablarning iqtidorli о’quvchilarida atigi uch nafargina xalqaro tanlovlarda

qatnashgan. Maktablarda tarbiyalanuvchilar о’z san’atlarini namoyish etishlari uchun

risoladagiday sahna, tomoshabinlar uchun qulay о’rindiqlar qо’yilgan. Xonalar har bir san’at

turining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan, ikki qavatli eshiklar о’rnatilgan,

asbob-uskuna, musiqa cholg’ulari bilan ta’minlangan. Maktab binolari ham chiroyli, muhtasham

bо’lib, mamlakatimizning istalgan tumaniga borsangiz hudud kо’rkiga kо’rk qо’shib turganligiga

guvoh bо’lasiz. Avvallari musiqa maktabi qayerdaligini aholini qо’ya turing, ayrim ta‟lim

xodimlarining о’zlari ham aniq aytib berolmasdilar. Endilikda bu maktablar shahar va

qishloqlarimizning kо’rki va faxriga aylangan.

Yangi maktablarning yana bir muhim jihati, avallari maktablar san‟ati yoki musiqaga

yо’naltirilgan bо’lsa, endilikda barcha maktablarda har ikki yо’nalish ham qamrab olingan.

Qolaversa, mamlakatimizning eng chekka tumanlarida ham, markaziy shaharlarda ham

musiqa va san’at maktablaridagi shart-sharoit bir xil – yuqori darajada, bir-biridan kam emas.

Albatta, bundan kо’zlangan asosiy maqsad ta’lim sifati va mazmunini oshirishdir.

Dasturda ayni shu masalaga jiddiy e’tibor qaratilgan, uzoqni kо’zlangan, puxta rejalar

ishlab chiqilgan. Shu bois, u qisqa muddatda о’z samarasini bera boshladi. Endilikda bu

muassasalari musiqa va san’at maktabi deb atala boshlandi. Musiqa yо’nalishlarida keng va

shinam an’anaviy ijrochilik, estrada xonandaligi, о’zbek cholg’ulari, fortepiano, zarbli va damli

cholg’ular, orkestr, xor ijrochiligi, xoreografiya sinflari, san’at yо’nalishida esa tasviriy san’at,

haykaltaroshlik, yog’och о’ymakorligi, amaliy san’at, badiiy kashtachilik, ganchkorlik, misgarlik

kabi yо’nalishlar joriy etildi. Alohida konsert zallari, muhtasham sahna о’quvchilarga о’z

iste’dodlarini tо’liq namoyon etishlari uchun katta imkoniyat bermoqda.

Maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, milliy va zamonaviy musiqa

asboblari, konsertlar о„tkazish uchun zamonaviy texnik jihoz va uskunalar mavjud. Eng muhimi,

bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ruhida kamol topishida boshqa

san’at turlariga qaraganda kо’proq va kuchliroq ta’sir kо’rsatmoqda. San’at inson tabiatidagi eng

gо’zal tuyg’u va ezgu niyatlarning nozik ifodasidir. Ma‟naviy olamimizning bir qirrasida

charaqlab turguvchi bu yorug’ nur odamlarga nafosat, latofat, fasohat ilmidan saboq beradigan

gо’yo, va aksincha, razolat va qabohatdan uzoqlashtiradi. Shoirlarimiz aytganidek, kuy va

qо’shiq kirgan uyga qayg’u yо’lamaydi.


background image

425

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Xulosa

O‘zbekistonda san’atga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga ortib, ijodkorlar uchun yangi

imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Davlat tomonidan san’atni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar

natijasida madaniyat markazlari, teatr va kinoteatrlar, san’at maktablari zamonaviy sharoitlarga

mos ravishda yangilanmoqda. Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini

namoyon etishi uchun turli tanlovlar, festival va ko‘rgazmalar tashkil etilayotgani san’atning har

tomonlama rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston san’atining xalqaro

miqyosda tanilishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. San’atkorlar turli xalqaro festival va

ko‘rgazmalarda ishtirok etib, milliy madaniyatimizni butun dunyoga namoyish etmoqda.

Bu esa nafaqat san’at sohasining rivojlanishiga, balki O‘zbekistonning jahon madaniy

makonidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelajakda san’atni yanada rivojlantirish

uchun ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning ijodiy

faoliyatini rag‘batlantirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Madaniy merosimizni asrab-

avaylash bilan birga, zamonaviy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish, texnologiyalar bilan

uyg‘unlashtirish va yangi uslublarni tatbiq etish orqali O‘zbekiston san’ati yanada yuksalishiga

ishonch komil.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent: “Ma‟naviyat”

nashriyoti, 2008-y.

2.

Islomov D. “Doira san‟ati darg„alari” – Toshkent: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti,

2019-y.

3.

Islomov D. “Moziydan sado” – Toshkent: “Ekstremum press” nashriyoti, 2015-y. 4.

Islomov D. “Sharq musiqasi tarixidan” – Toshkent: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti,

2017-y.

4.

Toshmatov. О„. “Cholg„ushunoslik” – Toshkent, 2006-y.

References

Karimov I.A. “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent: “Ma‟naviyat” nashriyoti, 2008-y.

Islomov D. “Doira san‟ati darg„alari” – Toshkent: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2019-y.

Islomov D. “Moziydan sado” – Toshkent: “Ekstremum press” nashriyoti, 2015-y. 4. Islomov D. “Sharq musiqasi tarixidan” – Toshkent: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2017-y.

Toshmatov. О„. “Cholg„ushunoslik” – Toshkent, 2006-y.