Authors

  • Sokina To‘xtayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78845

Keywords:

sog‘lom avlod sog‘lom turmush tarzi tarbiyalanuvchi psixologiyasi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish salomatlik bilim va ko‘nikmalar tibbiy psixologiya ma’naviyat salomatlik psixologiyasi.

Abstract

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ularning kelajakdagi jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari haqida fikr-mulohaza bildirilgan.

background image

475

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADA SOG‘LOM TURMUSH

TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

To‘xtayeva Sokina Qurbon qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi birinchi kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15190505

Anotatsiya.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

ularning kelajakdagi jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Ushbu

maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning

pedagogik shart-sharoitlari haqida fikr-mulohaza bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

sog‘lom avlod, sog‘lom turmush tarzi, tarbiyalanuvchi psixologiyasi,

oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatlik, bilim va ko‘nikmalar, tibbiy

psixologiya, ma’naviyat, salomatlik psixologiyasi.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА

ЖИЗНИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА В СЕМЬЕ

Аннотация.

Формирование здорового образа жизни у детей дошкольного

возраста имеет важное значение для их дальнейшего физического и духовного развития.

В статье дается отзыв о педагогических условиях формирования здорового образа жизни

у детей дошкольного возраста в семье.

Ключевые слова:

здоровое поколение, здоровый образ жизни, психология ребенка,

формирование здорового образа жизни в семье, здоровье, знания и умения, медицинская

психология, духовность, психология здоровья.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR FORMING A HEALTHY LIFESTYLE IN

PRESCHOOL CHILDREN IN THE FAMILY

Abstract.

The formation of a healthy lifestyle in preschool children is important for their

future physical and spiritual development. This article provides feedback on the pedagogical

conditions for the formation of a healthy lifestyle in preschool children in the family.

Keywords:

healthy generation, healthy lifestyle, psychology of the child, the formation of

a healthy lifestyle in the family, health, knowledge and skills, medical psychology, spirituality,

health psychology.

Kirish.

Sog‘lom avlodni shakllantirish jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish

negizida amalga oshriladi. Buning uchun esa jamiyatning har bir a’zosi sog‘lom turmush tarzini

yo‘lga qo‘yishi, salomatlikni madaniyatlilikning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilish lozim.


background image

476

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Yoshlar hayotida, yurish-turishida ham mana shunday yangicha tafakurning

shakllantirilishi bu boradagi barcha muammolarga yechim bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada “Ilm-

fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son farmoni,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”10gi, 2017-yil 9-

sentabrdagi 3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”11gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-yanvardagi 65- son

“O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va

ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida”, 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son “Aholining sog‘lom

turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha

choratadbirlar to‘g‘risida” qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy

hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mazkur maqolaning tadqiqot obekti sifatida

belgilandi.

Asosiy qism.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

jarayonida motivatsiya omilining o‘rnini baholashda har bir shaxsda uning kundalik hayot

faoliyatini taxlil qilish uchun zarur bo‘lgan uchta asosiy elementning mavjudligiga eʼtiborni

qaratish lozim. Jumladan har bir shaxsda:

sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlarning mavjudligi;

sog‘lom turmush tarzida yashashning insonni sog‘lom qilishga va umrini uzaytirishi

mumkinligiga qatʼiy ishonchning bo‘lishi;

sog‘lom turmush tarzida yashash uchun astoydil harakatning mavjud bo‘lishi kabilar

kiradi.

Nazariy jahatdan olib qaralganda odamlarning kundalik hayotida bu uchburchak turlicha

variantlarda shakllangan bo‘lishi mumkin. Har bir shaxsning o‘z salomatligini mustahkamlashga

bo‘lgan ichki ehtiyoji uning bu yo‘ldagi amaliy harakatini belgilaydi. Shunga ko‘ra barcha

omillarni:

gigienik jihatdan to‘g‘ri va asoslangan turmush tarzida, yaʼni sog‘lom turmush tarzida

yashovchilarga;

tibbiy gigienik jihatdan asoslanmagan, yaʼni nosog‘lom turmush tarzida yashovchilarga

ajratish mumkin. [5].

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o‘sib va rivojlanib

borayotgan hozirgi davrda sog‘lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq

belgilab olishning ahamiyati juda kattadir.


background image

477

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi mafkurasi – inson salomatligining qonunyatlari

va bilimlari majmui emas, balki, inson salomatligini mustaxkamlashga bo‘lgan qarashlar

tizimidan iboratdir.

STT mafkurasi, R.U.Аrziqulovning fikricha, turmush tarzining falsafasini, davlatning

sog‘lom turmush tarzini shakllanishi bo‘yicha yuritayotgan siyosatin, STT ning huquqiy, ahloqiy

asoslarini, STTning pedagogikasi, psixologiyasi, sotsiologik madaniyati, etikasi va hechinasligi

o‘zida mujjasamlashtirgan bo‘lishi lozim [2].

Maʼlumki, meʼzon – bu shunday bir o‘lchamki, uning yordmida biz uchun o‘lchanishi

zarur bo‘lgan jarayonlarni shakllantirilgan etalon ( standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega

bo‘lamiz, uni baholay olamiz. Sog‘lom turmush tarzidek murakkab ijtimoiy jarayonlarni

o‘lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo‘lgan o‘lchamlarini shakllantirish muhim amaliy

ahamiyatga egadir.

Sog‘lom turmush tarzini o‘lchashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bunday meʼzonlar

qatoriga shaxsning:

jamoatchilik va mehnat jarayonlarida faollik ko‘rsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan

mashg‘ul bo‘lishi;

oilada va kundalik turmushda namunali yashashi;

o‘zidagi jismoniy va maʼnaviy qobilyatlarni ro‘yobga chiqarishga intilishi;

tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi;

sog‘lom va barkamol inson bo‘lib shakllanish uchun o‘z shaxsini bosqichma-bosqich

rivojlantirib borishga intilishi;

nosog‘lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o‘z umrini

hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishdan asrashga intilib yashashi;

faqat uzoq yashayotgani uchungina emas, balki hayotda to‘g‘ri yashayotganidan ham

qoniqishi hosil qilib, zavqlanib yashashi intilishi;

sog‘lom turmush tarzini o‘zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va

xususyatlarini kiritish mumkin.

Maʼlumki biz naslimizning kelajagi – sog‘lom avlod uchun kurashar ekanmiz o‘z

maqsadimizga erishish uchun millatni sog‘lom turmush tarzida yashashga o‘rgatishimiz kerak

bo‘ladi. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki maʼnaviy

jihatdan ham boy va sog‘lom avlodni nazarda tutishimiz lozim.

Sog‘lom turmush tarzi muammosi – odamzod oldida turgan eng muhim muammo –

shaxsni har tomonlama rivojlantirish, mehnat turmush va dam olish sohasida, ilmiy jihatdan


background image

478

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

asoslangan, ijtimoiy – gigienik faolligi kuchayib borishiga yordam beradigan, ijtimoiy-gigienik

jihatdan oqilona bo‘lgan turmush tarzini shakllantirish muammosidir.

“Sog‘lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida

tashkil etib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir” deb

taʼriflaydi.

Taʼlim tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish turli yo‘nalishlarda izchillik bilan,

muayyan dastur asosida, aniq yo‘nalishlarda olib borilishi lozim. Xususan, bu avvalo oliy

pedagogik taʼlim jarayonida tarbiyalanuvchilarga sog‘lom turmush tarziga oid muayyan tibbiy va

gigienik bilimlar berish, ularda sog‘lom turmush tarzini saqlashning inson tanasi takomiliga

taʼsiri haqidagi tushunchalarni shakllantirishga qaratilsa, ikkinchi tomondan, yoshlarda qatʼiy

rejim asosida gigienik qoidalarga amal qilish, o‘zi va yon-atrofdagilarning sog‘lig‘ini asrashni

kundalik odatga aylantirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish bilan bevosita aloqadordir.

Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib

etilishi bilan birga, barcha taʼlim-tarbiya maskanlari bilan hamjihatlikda maktab, litsey,

kollejlarda beriladigan taʼlim-tarbiya mazmuniga chuqur singdirilmog‘i lozim.

Maʼlumki, o‘zbek oilasida ko‘p avlodlilik belgilari yaqqol ifodalanadi. Unda farzand

ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishida oilaning kattalari - bobolar, momolar, yaqin

qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla ham bevosita ishtirok etadi. Аzaliy odatlarimizga

ko‘ra, farzandlarimiz tarbiyasiga ota-onadan nisbatan bobo, buvi, qo‘shni va qarindoshlarning

taʼsiri kuchliroqdir. Ular oiladagi maʼnaviy muhitning belgilovchilari hisoblanadi. Bu xil tarbiya

anʼanasi o‘tmishdan qolgan muhim maʼnaviy-pedagogik qadriyat hisoblanib, buyuk ajdodlarimiz

hayotida bu xil tarbiya uslubi shakllanib, muayyan tizim darajasiga yetgan. [4].

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili:

Tadqiq etilgan mavzu doirasida ba’zan umumiy,

ba’zan alohida ijodkor yoki davr misolida ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borilgan. Ma’naviy

merosimiz namoyondalari Abu Ali ibn Sino, Al-Kindiy, Ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu

Rayhon Beruniy, Ibn Rushd, G‘azzoliy, Fariduddin Attor, Alisher Navoiy va boshqa

mutafakkirlar sog‘lom fikr va sog‘lom turmush yuritish masalalarini islomdagi aqoid, e’tiqodni

saqlash va mustahkamlash orqali yoritganlar. Jahon ilm-fanida o‘z o‘rniga ega olimlarning

A.Maslou, F.Nisshe, E.Taylor, M.Mid, E.Fromm, Xose Ortega i Gasset, I.Brexman, X.Gadamer,

S.Bryu, A.Disterveg, B.Liddel Gard, R.Makkonellning bu sohadagi izlanishlari e’tiborga molik.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi olimlaridan B.Babin, I.Bestujev Lada, L.Kapustin, G.Glezerman,

A.Nalchadjyan, J.Frezer, L.Ionin, V.Pospeevning tadqiqotlari 6-7 yoshli bolalarda sog‘lom

turmush tarzi oid izlanishlarni amalga oshirishgan bo‘lib, ularning ilmiy ishlari muhim

ahamiyatga ega. Mamlakatimizda N.Mansurov, T.Qosimov, A.Qodirov, K.Yuldashev,

N.Maxmudova, B.Do‘stchanov, G.Shayxova, O‘.Abilov, S.Mamashokirov, Z.Qodirova,


background image

479

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

A.Muhiddinov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida sog‘lom turmush tarzi masalalarining

ijtimoiy-falsafiy tahlili amalga oshirilgan. Metodologiyasi. Bolalarning kundalik odatlari, oziq-

ovqat iste’moli, jismoniy faollik darajasi va uyqu rejimi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun

so‘rovnomalar ota-onalar va tarbiyachilarning vakillik namunasiga tarqatildi. Kuzatuv

tadqiqotlari bolalarning salomatlik va salomatlik bilan bog‘liq xatti-harakatlari va o‘zaro

munosabatlariga bevosita guvohlik berish va qayd etish uchun maktablar, uylar va o‘yin

maydonchalari kabi turli sharoitlarda o‘tkazildi. Pedagoglar va sog‘liqni saqlash sohasi

mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda bolalarning ruhiy salomatligi, xavfsizlikni bilishi

va atrof-muhitga mas’uliyati haqida chuqur tushunchalar berildi.

Taʼlim jarayonida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining sog‘lom turmush tarziga

oid bilimlaridan foydalanish faollashtirildi va amaliyotda keng qo‘llanilib, sog‘lom turmush tarzi

mazmunini anglab yetishning ahamiyatini eʼtiborga olgan holda, tarbiyalanuvchilarda sog‘lom

turmush tarziga oid tushunchalar, uning turli sathlari muayyan hodisa sifatida bosqichma-bosqich

shakllantirilishi lozim. Bunda turli mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv predmetlarini o‘rganish

jarayonida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi maʼlumotlariga tizimli

ravishda modeli va kontseptsiyasi yaratish va undan oqilona foydalanish zarur.

Tarbiyachining sog‘lom turmush tarzi – bu shaxsda ma’naviy-axloqiy, insonparvarlik,

pedagogik, kommunikativ, intellektual, psixologik madaniyatning shakllanishi va takomillashuvi

natijasidir. Tarbiyachining sog‘lom turmush tarzi – bu shaxsiy salomatlik soҳasidagi ijtimoiy-

progressiv, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u falsafiy-dunyoқarash (sog‘lom turmush

tarzi umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida qaraladigan) va normativ-xulq-atvor

(sog‘lom turmush tarzini professional pedagogik faoliyat tavsifi) sifatida namoyon bo‘ladi.

Tarbiyachilarning soғlom turmush tarzini shakllantirishning sharti bu o‘qimishlilik,

kasbiy faoliyat va hayotiy tajribaning birligidir. Buning uchun avvalo tarbiyachidan quyidagilar

talab etiladi: Tarbiyachining sog‘lom tafakkurga ega bo‘lishi.Oilada maktabgacha yoshdagi

bolalarni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini

tushunishi va targ‘ib ilishi,sog‘lom turmush tarziga oid chuur ilmiy-nazariy bilimlar bilan

qurollangan bo‘lishi,sog‘lom turmush tarzining tarixiy, tadrijiy evolyustiyasini bilishi.milliy

qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni va

ahamiyatini to‘la anglab etishi,xalq pedagogikasi va Sharq mutafakkirlari merosida ilgari

surilgan sog‘lom turmush tarzi hahida g‘oyalarni ajrata bilishi,har bir tarbiyachida sog‘lom

turmush tarzining shakllangan bo‘lishi va kundalik hayotda unga amal qilishi,guruhdan tashқari

tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda

shaxsiy o‘rnak bo‘lishi, oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom turmush tarzini

shakllantirishga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish malakasining


background image

480

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

mavjudligi va boshqalar. Tarbiyachining salomatligi va sog‘lom turmush tarzini, sog‘lom axloқi

va atrofdagilar bilan sog‘lom munosabatlarining o‘ziyo tarbiyalanuvchilar hayotini

o‘zgartiruvchi, o‘sib kelayotgan avlodni hayotga to‘g‘ri yo‘naltiruvchi muhim omil sanaladi.

Tarbiyachilarning sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lmagan va

kundalik hayotda unga to‘la amal qilmagan hollarda ularning salomatligiga zarar keltiruvchi

holatlar kuzatilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, maʼnaviy sog‘lom bo‘lmasdan turib, jismonan sog‘lom bo‘lish

mumkin emas. Har ikkala tushuncha bir biriga mos va biri ikkinchisidan taqazo qiladi. Ham

jismonan, ham maʼnaviy sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni esa sindirib bo‘lmaydi. Biz

jismonan sog‘lom, yuksak maʼnavyatli va yagona milliy g‘oya asosida jipslashgan millatni

shakllantirishni bosh maqsad qilib qo‘yar ekanmiz, millatimiz ertangi kun egalariga sog‘lom

turmush tarzida yashashni bugundan o‘rgatishimiz lozim.

REFERENCES

1.

Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ

СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020.

– №. 5 (56).

2.

Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В

ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)

3.

Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом

воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. –

С. 48-49.

4.

Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ

НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы

междунар. науч. – 2016. – С. 118.

5.

Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей

дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39.

6.

Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы

педагогики. – 2020. – №. 6 (51).

7.

Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте

//Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 35

8.

Шарипова М. Б., Неьматова Ш. Н. Формирование эстетической культуры

воспитанников дошкольных образовательных учреждений //Вестник магистратуры. –

2020. – №. 3-3. – С. 113.


background image

481

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

9.

Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности

формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных

учреждений.

Academy

, (5 (56)), 25-27.

10.

Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ

ДИАГНОСТИЧЕСКИХ

НАВЫКОВ

У

СТУДЕНТОВ

ДОШКОЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ.

Проблемы науки

, (4 (63)), 50-52.

11.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического

образования:

образование

дошкольников

с

помощью

педагогических

технологий.

Academy

, (12 (63)), 60-62.

12.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО

ОБРАЗОВАНИЯ:

ОБРАЗОВАНИЕ

ДОШКОЛЬНИКОВ

С

ПОМОЩЬЮ

ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.

Academy

, (12), 60-62.

13.

Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования.

Вестник науки и

образования

, (16-2 (119)), 86-88.

14.

Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education.

EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION

,

2

(2), 241-244.

15.

KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING

XUSUSIYATLARI.

News of the NUUz

,

1

(1.1), 83-86.

16.

Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK

MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV.

Inter education

& global study

, (5), 565-5574.

17.

Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик

Тарбия.

Miasto Przyszłości

,

42

, 330-333.

18.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.

Nю A. Maktabgacha talim

tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-

Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy

anjuman materiallarl. Buxoro

, 46-48.

19.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.

Nю A. Maktabgacha talim

tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-

Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy

anjuman materiallarl. Buxoro

, 46-48.

20.

Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda

integrativ yondashuv.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).


background image

482

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

21.

Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). Повышение экономической грамотности у

детей

дошкольного

возраста

с

помощью

развития

коммуникативных

компетенций.

Вестник науки и образования

, (8 (128)), 44-46.

22.

Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). КОМММУНИКАТИВНЫЕ

КОМПЕТЕНЦИИ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ.

Вестник науки и

образования

, (8 (128)), 47-50.

23.

Kamilova, G. A. Go’Zal Rajab Qizi Qurbonova (2021).

MAKTABGACHA TA’LIM

TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.

Scientific progress

,

2

(7), 1149-1153.

24.

Kamilova, G. A. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK

VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.

Scientific progress

,

2

(7), 1149-

1153.

25.

Камилова, Г. А., Султонова, М. И., & Бобожонова, М. А. (2023). ПРЕИМУЩЕСТВА

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В

ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.

Вестник науки и образования

, (5 (136)-2), 41-44.

26.

Safarova, S., & Kamilova, G. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING

ERKIN FIKIRLASHINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING

AHAMIYATI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 504-507.

27.

Камилова, Г. А., Мухаммедова, М. М., & Жабборова, О. С. К. (2023). МЕТОДИКА

СИСТЕМАТИЧЕСКОГО ВКЛЮЧЕНИЯ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ ЧЕРЕЗ

ИГРЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Вестник науки

и образования

, (5 (136)-2), 38-41.

28.

Камилова, Г. А., & Кулиева, Х. Г. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Вестник науки и образования

, (4 (135)),

82-84.

29.

Jabbarov,

I.

A.

U.

(2022).

TYPOLOGY

AND

FUNCTIONS

OF

A

COMPLIMENT.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(6), 854-860.

30.

Alimovna, K. G., & Abduraufovna, B. A. (2025). INNOVATIVE APPROACHES TO

CREATING

A

DEVELOPMENTAL

ENVIRONMENT

FOR

PRESCHOOL

CHILDREN.

Web of Teachers: Inderscience Research

,

3

(3), 1-5.

31.

Камилова, Г. А., & Тохирова, Ш. Б. К. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ

ОБУЧЕНИЯ ВТОРОМУ ЯЗЫКУ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО


background image

483

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

ПОТЕНЦИАЛА

ДЕТЕЙ

В

ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЯХ.

Вестник науки и образования

, (4 (135)), 84-88.

32.

Kamilova, G. A., & Jo’rayeva, D. R. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli

maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyatlari,“.

Maktabgacha ta’lim-maktab-oliy ta’lim”

konsepsiyasi: muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari

.

33.

Rahmidinovna, Z. D. (2024). THE GOALS AND OBJECTIVES OF INTEGRATED

CLASSES IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES AND THE

IMPORTANCE

OF

INTERDISCIPLINARY

COMMUNICATION.

European

International Journal of Pedagogics

,

4

(11), 50-55.

References

Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020. – №. 5 (56).

Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)

Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. – С. 48-49.

Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. – 2016. – С. 118.

Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 39.

Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 6 (51).

Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 1-5. – С. 35

Шарипова М. Б., Неьматова Ш. Н. Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений //Вестник магистратуры. – 2020. – №. 3-3. – С. 113.

Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений. Academy, (5 (56)), 25-27.

Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Проблемы науки, (4 (63)), 50-52.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического образования: образование дошкольников с помощью педагогических технологий. Academy, (12 (63)), 60-62.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ОБРАЗОВАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Academy, (12), 60-62.

Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 86-88.

Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 241-244.

KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING XUSUSIYATLARI. News of the NUUz, 1(1.1), 83-86.

Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV. Inter education & global study, (5), 565-5574.

Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик Тарбия. Miasto Przyszłości, 42, 330-333.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro, 46-48.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro, 46-48.

Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). Повышение экономической грамотности у детей дошкольного возраста с помощью развития коммуникативных компетенций. Вестник науки и образования, (8 (128)), 44-46.

Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). КОМММУНИКАТИВНЫЕ КОМПЕТЕНЦИИ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ. Вестник науки и образования, (8 (128)), 47-50.

Kamilova, G. A. Go’Zal Rajab Qizi Qurbonova (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV. Scientific progress, 2(7), 1149-1153.

Kamilova, G. A. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV. Scientific progress, 2(7), 1149-1153.

Камилова, Г. А., Султонова, М. И., & Бобожонова, М. А. (2023). ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Вестник науки и образования, (5 (136)-2), 41-44.

Safarova, S., & Kamilova, G. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ERKIN FIKIRLASHINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI. Modern Science and Research, 3(12), 504-507.

Камилова, Г. А., Мухаммедова, М. М., & Жабборова, О. С. К. (2023). МЕТОДИКА СИСТЕМАТИЧЕСКОГО ВКЛЮЧЕНИЯ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ ЧЕРЕЗ ИГРЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ. Вестник науки и образования, (5 (136)-2), 38-41.

Камилова, Г. А., & Кулиева, Х. Г. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ. Вестник науки и образования, (4 (135)), 82-84.

Jabbarov, I. A. U. (2022). TYPOLOGY AND FUNCTIONS OF A COMPLIMENT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 854-860.

Alimovna, K. G., & Abduraufovna, B. A. (2025). INNOVATIVE APPROACHES TO CREATING A DEVELOPMENTAL ENVIRONMENT FOR PRESCHOOL CHILDREN. Web of Teachers: Inderscience Research, 3(3), 1-5.

Камилова, Г. А., & Тохирова, Ш. Б. К. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ОБУЧЕНИЯ ВТОРОМУ ЯЗЫКУ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Вестник науки и образования, (4 (135)), 84-88.

Kamilova, G. A., & Jo’rayeva, D. R. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyatlari,“. Maktabgacha ta’lim-maktab-oliy ta’lim” konsepsiyasi: muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari.

Rahmidinovna, Z. D. (2024). THE GOALS AND OBJECTIVES OF INTEGRATED CLASSES IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES AND THE IMPORTANCE OF INTERDISCIPLINARY COMMUNICATION. European International Journal of Pedagogics, 4(11), 50-55.