Authors

  • Alimardon Axmedov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78863

Keywords:

telekommunikatsiya tarmoq aloqa monitoring server xosting tizim dasturiy ta’minot axborot tizimi kiberxavfsizlik kibertahdid avtomatlashtirish tizim samaradorligi dasturiy vositalar komplekslashgan axborot tizimi AXMM (Axborot xavfsizlik monitoring markazi).

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat tashkilot va korxonalarida Axborot xavfsizlik monitoring markaz (Security operation center-SOC)larini joriy qilish istiqbollari hamda bu orqali kiberxavfsizlikni ta’minlashda erishiladigan natijalarni tahlil qilish ko‘zda tutilgan. Bunda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari orqali uzatiladigan xizmatlari uzluksizligini hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida eng zamonaviy yechimlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida davlat tashkilot va korxonalarida telekommunikatsiya infrastrukturasi apparat, dasturiy va apparatli-dasturiy vositalari xavfsizligini ta’minlash uchun axborot tizimining zamonaviy vositalar, funksional va tuzilmaviy ta’minotini monitoring qilishgacha bo‘lgan jarayonlar e’tiborga olingan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

609

TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIGA BO‘LADIGAN HUJUMLARNI

ANIQLASH VA OLDINI OLISHNING ZAMONAVIY YECHIMLARI

Alimardon Axmedov Muhiddin o'g'li

University of Management and Future Technologies

Telekommunikatsiya injiniringi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15206109

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat tashkilot va

korxonalarida Axborot xavfsizlik monitoring markaz (Security operation center-SOC)larini joriy

qilish istiqbollari hamda bu orqali kiberxavfsizlikni ta’minlashda erishiladigan natijalarni tahlil

qilish ko‘zda tutilgan.

Bunda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari orqali

uzatiladigan xizmatlari uzluksizligini hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida

eng zamonaviy yechimlar tahlil qilingan.

Tadqiqot

davomida

davlat

tashkilot

va

korxonalarida

telekommunikatsiya

infrastrukturasi apparat, dasturiy va apparatli-dasturiy vositalari xavfsizligini ta’minlash uchun

axborot tizimining zamonaviy vositalar, funksional va tuzilmaviy ta’minotini monitoring

qilishgacha bo‘lgan jarayonlar e’tiborga olingan.

Kalit so‘zlar:

telekommunikatsiya, tarmoq, aloqa, monitoring, server, xosting, tizim,

dasturiy ta’minot, axborot tizimi, kiberxavfsizlik, kibertahdid, avtomatlashtirish, tizim

samaradorligi, dasturiy vositalar, komplekslashgan axborot tizimi, AXMM (Axborot xavfsizlik

monitoring markazi).

MODERN SOLUTIONS FOR DETECTION AND PREVENTION OF ATTACKS ON

TELECOMMUNICATION NETWORKS

Abstract.

This article provides an analysis of the prospects for the introduction of

Information Security Monitoring Centers (Security Operation Center-SOC) in state

organizations and enterprises in the Republic of Uzbekistan and the results achieved through

this in ensuring cybersecurity.

In this regard, the most modern solutions were analyzed to ensure the continuity of

services transmitted through modern telecommunication networks and information systems and

their cybersecurity.

During the study, the processes of ensuring the security of hardware, software and

hardware-software tools of the telecommunication infrastructure in state organizations and


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

610

enterprises, up to monitoring of modern tools, functional and structural support of the

information system, were taken into account.

Keywords:

telecommunications, network, communication, monitoring, server, hosting,

system, software, information system, cybersecurity, cyber threat, automation, system efficiency,

software tools, integrated information system, AXMM (Information Security Monitoring Center).

СОВРЕМЕННЫЕ РЕШЕНИЯ ДЛЯ ОБНАРУЖЕНИЯ И ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ

АТАК НА ТЕЛЕКОММУНИКАЦИОННЫЕ СЕТИ

Аннотация.

Целью данной статьи является анализ перспектив внедрения

Центров мониторинга информационной безопасности (ЦМИБ) в государственных

организациях и предприятиях Республики Узбекистан и достигнутых при этом

результатов в обеспечении кибербезопасности.

Проанализированы самые современные решения для обеспечения непрерывности

услуг, передаваемых через современные телекоммуникационные сети и информационные

системы, а также их кибербезопасности.

В ходе исследования были рассмотрены процессы от мониторинга современных

средств, функционального и структурного обеспечения информационной системы до

обеспечения безопасности аппаратных, программных и программно-аппаратных средств

телекоммуникационной инфраструктуры государственных организаций и предприятий.

Ключевые слова:

телекоммуникации, сеть, связь, мониторинг, сервер, хостинг,

система, программное обеспечение, информационная система, кибербезопасность,

киберугроза, автоматизация, эффективность системы, программные средства,

интегрированная

информационная

система,

AXMM

(Центр

мониторинга

информационной безопасности).

Global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirishning yanada

zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga har tomonlama

ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan

biriga aylanmoqda. Zero, axborotlashtirish tizimida davlat siyosatini olib borish masalasi

strategik ahamiyatga ega vazifadir. Shubhasiz, davlat va jamiyat -boshqaruvi, biznes, fuqarolik

jamiyati

kommunikatsiyalari

samaradorligi

-

axborotlashtirish,

zamonaviy

axborot

texnologiyalarining ushbu sohalarga kirib borishi darajasi bilan uzviy bog‘liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

Mamlakatimiz istiqlolni qo‘lga kiritgan davr fan-texnika inqilobining muhim bosqichiga

to‘g‘ri keldi. O‘shanda kompyuterlarni keng miqyosda ishlab chiqarishning global to‘lqini

kuzatilgandi. Shunga hamohang ravishda yurtimiz o‘z mustaqilligi salohiyatidan foydalangan

holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning “o‘zbek modeli” tamoyillariga

asoslanib, davrning innovatsion talablariga har tomonlama mos javob bera oldi. O‘z navbatida,

barqaror taraqqiyotning mustahkam asosi sanalgan milliy axborot makoni yaratildi.

Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

doirasida yurtimizda axborotlashtirish sohasini jadal rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘ldi.

Unda nafaqat mamlakatni axborotlashtirishni yanada ravnaq toptirishning ustuvor

yo‘nalishlari belgilab berildi, balki har bir davlat tashkilotlari o‘z qamrovida axborot

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishlari uchun asosiy yo‘l xaritasi hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar raqamli transformatsiyaning to‘liq va xavfsiz ishlab turish

tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, axborotlashtirish tizimlari uzluksiz ishlashi va xavfsizligini

ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan axborot xavfsizligini ta’minlash mo‘ljallangan qurilma va

vositalar amaliyotga keng joriy qilingan. Bunday tuzilmalar Germaniya, Janubiy Koreya,

Yaponiya, Avstraliya, Singapur va boshqa ko‘plab davlatlarda mavjud bo‘lib, samarali faoliyat

yuritmoqda. Boisi, axborot xavfsizligini ta’minlashda avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash

kompleks hamda ko‘p tarmoqli jarayondir. Shunday ekan, davlat sektori, biznes tuzilmalari va

fuqarolik jamiyati institutlarining axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini oshirish, jamiyat

hamda

davlat

tashkilotlarining

barcha

sohasiga

ilg‘or xavfsizligini ta’minlashda

avtomatlashtirilgan tizimlarni keng joriy qilish bo‘yicha sayharakatlarni muvofiqlashtirishga

qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuqoridagi kabi davlat organlari faoliyatining eng

asosiy vazifalari hisoblanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida

raqamli transformatsiyaning qamrovi tobora ortib bormoqda, bu esa IT infratuzilmaning

xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan talab ham parallel ravishda o‘sib bormoqda.

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz IT infratuzilmasini barqaror, uzluksiz va xavfsiz

faoliyatini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi hozirgi kunda barchamizga kundek

ravshan bo‘lib ulgurdi. Ushbu vazifani ta’minlash maqsadida esa axborot xavfsizligini

ta’minlash yoki kiberxavfsizlikka bevosita javobgar bo‘lgan tashkilot va korxonalar tomonidan

bir qator yangiliklar keng tadbiq qilinmoqda, lekin tizim to‘liq avtomatlashtirilmaguniga qadar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

ichki va tashqi xavf-xatarlarni sezilarli darajada kamaytirish ishlari samara bermasligi yaqqol

namoyon bo‘lib bormoqda.

Yuqorida keltirtilgan muammolardan ko‘rinib turibtiku raqamli infratuzilmani

kibertahdidlardan samarali va munosib himoya qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun

jahon tajribasi asosida quyidagi vazifalarni belgilab olishimiz kerak bo‘ladi.

Bularga:

1. Raqamli infratuzilmani himoya qilish;

2. Tahdidlarni aniqlash va ularga javob berish;

3. Zaifliklarni bartaraf etish;

4. Kibertahdidlar bo‘yicha razvetka olib borish;

5. Xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish;

6. Kiberxavfsizlik bo‘yicha talim va ilmiy salohiyatni rivojlantirish.

Belgilab olingan vazifalar asosida quyidagi chora-tadbirlarni olib borish imkoniyati

yuzaga keladi.

-

Raqamli infratuzilmani kibertahdidlardan himoya qilish

-telekommunikatsiya

tarmoqlari va axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasini himoya qilish, ularning yaxlitligi va

butunligini ta’minlashdan iborat;

-

Tahdidlarni aniqlash va ularga javob berish

- potensial kiber hujumlarni aniqlash

uchun doimiy monitoring ishlarini olib borish, tarmoq trafigi, tizim jurnal(log)lari va boshqa

ma’lumotlar manbaalarini sinchikovlik bilan o‘rganish orqali yaqin kelajakda bo‘lishi mumkin

bo‘lgan kiberhujumlarni aniqlash va tahlil qilish. Kiberhujum sodir bo‘lgan taqdirda ularning

ta’sirini minimallashtirish va javob choralarini ko‘rish kerak bo‘ladi;

-

Zaifliklarni bartaraf etish

– raqamli infratuzilmada aniqlangan zaifliklarni o‘z vaqtida

bartaraf etish va zaiflik aniqlangan tizimlarni tahlil qilish orqali infratuzilma chidamliligini

oshirish hamda kiberxurujlar zarar miqdorini minimallashtirishdan iborat;

-

Kiber razvetka

harakatlarini olib borish

– kibertahdidlar bo‘yicha ochiq va yoqip

manbalarga asoslangan ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish orqali xalqaro tajribaga asosan

infratuzilma xavfsizlik darajasini baholash imkoni vujudga keladi;

-

Xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish

kiberxavfsizlik sohasida xalqaro tajriba suv

va havoday muhim yo‘nalish hisoblanib doimiy ravishta hodimlarni tajriba almashishlari,

maxsus malaka va xalqaro tajriba ortirish maydoni yaratiladi;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

-

Kiberxavfsizlik bo‘yicha ta’lim va ilmiy salohiyatni rivojlantirish

– mutaxassislar

salohiyatini oshirish va milliy kadrlar zaxirasi yaratish uchun asosiy tizim bo‘lib xizmat qiladi,

bunda ko‘plab ilmiy ishlar va konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish sezilarli darajada

yangililar olib kelishiga erishish mumkin bo‘ladi.

Olib borilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida kibertahdidlardan hech bir tarmoq yoki

tizim to‘laqolni himoyalanmaganligini ko‘rishimiz mumkin va kibermudofaa esa monitoring va

kiberrazvetkaga asoslanganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida

avtomatlashtirilgan tizimlar orqali kam ishchi kuchi sarflab ko‘proq natija olishni anglatadi.

-

Telekommunikatsiya tizimlariga amalga oshirilayotgan kiber hujumlarni aniqlash

uchun bir nechta usullar va algoritmlar qo‘llaniladi. Bu usullar odatda kiberxavfsizlik

texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, har xil kiberhujumlarni oldindan bilish, kuzatish va oldini

olish imkonini beradi. Ushbu maqolada quyidagi kiberhujumlarni aniqlash usullarini ko‘rib

chiqamiz:

-

imzo asosida aniqlash (Signature-Based Detection);

-

anomaliya asosida aniqlash (Anomaly-Based Detection);

-

xatti-harakatlar tahlili (Behavioral Analysis);

-

o‘rganishga asoslangan aniqlash (Machine Learning-Based Detection);

-

xavfsizlik devorlari va IDS/IPS tizimlari;

-

Deep Packet Inspection (DPI);

-

yolg‘on pozitivlarni kamaytirish (False Positive Reduction);

-

hujumlarni bashorat qilish tizimlari (Predictive Analytics).

Imzo bo‘yicha aniqlash

- kiberxavfsizlikda keng tarqalgan yondashuv bo‘lib, u

hujumlarni aniqlash va ularga qarshi kurashda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu usul avvaldan ma’lum

bo‘lgan kiberhujumlarni aniqlash uchun imzolarni ishlatadi.

Imzo asosida aniqlash tizimlari 1990-yillarda keng tarqaldi. Tizimlar tarmoq trafigini

oldindan belgilangan hujum imzolari bilan taqqoslab, kiberhujumlarni aniqlay boshladi.

Imzo - bu zararli dastur, xakerlik usuli yoki kiberhujumlarning o‘ziga xos xususiyatlari,

masalan, kod uziga xos belgilari yoki harakatlar.

Dastlab zararli dasturlar hamda kiberhujumlar to‘planiladi va tahlil qilinadi, tahlil

jarayonida ularning kodlari, xatti-harakatlari va kirish xarakatlari o‘rganiladi.

Tahlil natijasida olingan ma’lumotlar asosida imzo yaratiladi. Bu imzo, masalan, kodning

bir qismi yoki dasturga xos bo‘lgan muayyan xatti-harakatlar bo‘lishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

614

Anomaliya asosida aniqlash (Anomaly-Based Detection)

- bu kiberxavfsizlikda

ishlatiladigan hujumni aniqlash usuli bo‘lib, tizim yoki tarmoqdagi normal xatti-harakatlardan

chetga chiqishni kuzatib, hujumlarni yoki zararli faoliyatlarni aniqlaydi. Bu usul imzo asosidagi

aniqlashdan farqli ravishda, avvaldan ma’lum bo‘lmagan hujumlarni ham aniqlash qobiliyatiga

ega, chunki u tizimning odatiy xatti-harakatlarini kuzatadi va ularni aniq model bilan solishtiradi.

Xatti-harakatlarni tahlil qilib aniqlash (Behavioral Analysis)

- bu kiberxavfsizlikda

ishlatiladigan texnologiya bo‘lib, foydalanuvchilar yoki tizimning odatiy faoliyatini tahlil qilish

orqali nomaqbul yoki zararli xatti-harakatlarni aniqlashni maqsad qiladi. Bu yondashuv odatda

hujumlarni anomaliya asosida aniqlash tizimlariga yaqin va u foydalanuvchilarning yoki

dasturlar, tarmoq va qurilmalarning odatdagi faoliyatini kuzatadi.

O‘rganishga asoslangan aniqlash (Machine Learning-Based Detection)

-

kiberxavfsizlikda hujumlarni yoki nomaqbul faoliyatni aniqlash uchun sun’iy intellekt va

mashina o‘rganish (ML) texnologiyalaridan foydalanadigan usuldir. Ushbu yondashuv odatdagi

xatti-harakatlarni avtomatik ravishda o‘rganib, yangi tahdidlarni aniqlashda an’anaviy usullardan

ancha samarali bo‘liadi. Mashina o‘rganishning asosiy maqsadi tizim yoki tarmoqdagi

hujumlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun avtomatik ravishda yangi hujumlarni va o‘zgarishlarni

tushunishidir.

Xavfsizlik devorlari (Firewalls) va IDS/IPS tizimlari

- kiberxavfsizlik infratuzilmasida

muhim rol o‘ynaydigan vositalar bo‘lib, ular tarmoqni himoya qilish, hujumlarni aniqlash va

ularga qarshi chora ko‘rish uchun ishlatiladi. Ularning vazifalari bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da,

ishlash prinsiplari va funktsional farqlari mavjud.

Tarmoqlararo ekran - himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq va ishonchsiz tarmoq

orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli

bo‘lib, u internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni

tashkilot tarmog‘i va internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning

asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan

iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi:

IDS (Intrusion Detection Systems) va IPS (Intrusion Prevention Systems)

tarmoqda

yoki tizimda nomaqbul va zararli faoliyatni aniqlash va bartaraf etishga mo‘ljallangan

tizimlardir.

IDS (Intrusion Detection System) - ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi yordamida tizim

yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

615

Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz

kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit

ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa

ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga

ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi.

IPS (Intrusion Prevention System)

- bu kompyuter tizimlari yoki tarmoqlarida yuz

berayotgan hodisalarni kuzatish va kompyuter xavfsizligi siyosati yoki standart xavfsizlik

qoidalarini buzishga olib keladigan holatlarning tahlili bilan birgalikda aniqlangan holatlarni

to‘xtatishga, hujumlarga qarshi javob qaytarish qobiliyatli harakatlar yig‘indisidir. IPS

texnologiyasi IDS texnologiyasini mustaqil ravishda nafaqat xavfni aniqlabgina qolmay, balki

uni muvaffaqiyatli bloklashi bilan to‘ldiradi. Ushbu taxminiy IPS funktsiyasi IDS ga qaraganda

ancha kengroq:

Deep Packet Inspection (DPI)

- bu tarmoq trafigini chuqur tahlil qilish usuli bo‘lib, u

paketlarning sarlavhasini (header) emas, balki butun mazmunini (payload) ham tahlil qiladi.

Oddiy xavfsizlik devorlari yoki marshrutizatorlar faqat paketlarning sarlavhasini

tekshirib, qaysi manzildan qaysi manzilga ketayotganini aniqlaydi. DPI esa paket ichidagi

ma’lumotlarni, ya’ni real trafikning mazmunini chuqurroq o‘rganib, paketlarning haqiqiy

maqsadini aniqlashga imkon beradi.

Yolg‘on pozitivlarni kamaytirish (False Positive Reduction)

- bu kiberxavfsizlik

tizimlari, ayniqsa, intruziyani aniqlash va oldini olish tizimlari (IDS/IPS), shuningdek anomaliya

asosida aniqlash va imzo bo‘yicha aniqlash usullarida juda muhim vazifadir. Yolg‘on pozitiv -

bu xavfsizlik tizimi tomonidan hujum yoki xavf sifatida noto‘g‘ri tasniflangan, ammo aslida

zararli bo‘lmagan qonuniy faoliyat yoki trafikdir.

Hujumlarni bashorat qilish tizimlari (Predictive Analytics)

- bu xavfsizlik

ma’lumotlarini oldindan tahlil qilish orqali kelajakdagi kiberxavf yoki hujumlarni prognoz qilish

va oldini olishga qaratilgan usullardir. Predictive analytics texnologiyasi kiberxavfsizlikda

hujumlar sodir bo‘lishidan oldin potentsial tahdidlarni aniqlash va hujumlarni bartaraf etishga

imkon beradi.

Telekommunikatsiya tarmoqlariga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash va oldini olishning eng

zamonaviy yechimlaridan biri bu Axborot xavfsizlik monitoring markazi (

SOC -

Security

Operations Center) yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilib chiqamiz. AXMM kiberxavfsizlikni

ta’minlashda kompleks va avtomatlashtirilgan yondashuv tizimi hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

616

SIEM

XDR

EDR

SOAR

IDS/IPS

TIP

SOC

1-rasm.

Axborot xavfsizlik monitoring markazi(SOC)ning asosiy elementlari.

Axborot xavfsizlik monitoring markazining asosiy elementlari sifatida quyidagilarni

keltirib o‘tishimiz mumkin(1-rasm):

1.

Axborot xavfszligi va hodisalarni boshqarish (

SIEM

- Security Information and Event

Management);

2.

Xavfsizlikni tartibga solish, avtomatlashtirish va javob berish (

SOAR

- Security

orchestration, automation and response);

3.

Hujumlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimi (

IDS/IPS

- Intrusion Detection

Systems and Intrusion Prevention Systems);

4.

Kengaytirilgan(xavflarni) aniqlash va javob berish (

XDR

– Extended Detection and

Response);

5.

Oxirgi nuqtani aniqlash(xavflarni) va javob berish (

EDR

- Endpoint Detection and

Response);

6.

Tahdidlarni razvetka qilish platformasi (

TIP

- Threat Intelligence Platforms).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

617

Ushbu tizim va platformalar Axborot xavfsizlik monitoring markazining asosiy va

fundamental o‘zagi hisoblanadi, boshqa turdagi qo‘shimcha elementlar esa yordamchi

vazifalarni bajarishda xizmat qiladi.Tizimni joriy qilmoqchi bo‘lgan tashkilot yoki korxona

tarmoq masshtabi hamda joylashuv tuzilmasiga qarab elementlarni boyitishi yoki kamaytirishi

mumkin bo‘ladi.

Axborot xavfsizlik monitoring markazi tarmoqdagi tahdidlarning turli shakllariga

chidamliligini ta’minlashga yordam beradi. Quyida Axborot xavfsizlik monitoring markazining

xavfsizlikka hissa qo‘shish usullari ko‘rsatilgan. (1-jadval):

1-jadval.

Aspektlar

Tarmoq xavfsizligidagi roli

Monitoring

Anomaliyalar va potensial tahdidlarni erta aniqlash uchun tarmoq

trafigini doimiy real vaqt rejimida kuzatish.

Hodisaga javob

Zararlangan tizimlarni izolyatsiya qilishni o‘z ichiga olishi mumkin

bo‘lgan tarmoqda asoslangan tahdidlarni tezkorlik bilan to‘xtatish.

Sozlamalar boshqaruvi

Xavfsizlik devorlari, IDS va IPS kabi tarmoq xavfsizligi

vositalarining himoyani maksimal darajada oshirish uchun to‘g‘ri

sozlanganligini ta’minlash.

Tahdid razvedkasi

Xavfsizlik choralarini faol ravishda o‘zgartirish uchun paydo

bo‘lgan tahdidlar haqida so‘nggi ma’lumotlardan foydalanadi.

Zaiflikni baholash

Infratuzilma zaifliklarini aniqlash va tuzatish uchun muntazam

ravishda tarmoqni skanerlash.

Ro‘yxatga olish va

hisobot berish

Sud-tibbiy tahlil va muvofiqlik maqsadlari uchun barcha tarmoq

hodisalari va o‘sha hodisalar haqida batafsil jurnallarini yuritish.

Muvofiqlik

Tarmoqning sanoat qoidalariga rioya qilishini ta’minlaydi.

Foydalanuvchi shaxs

xatti-harakatlari tahlili

Tarmoqdagi xavfsizlik muammosini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan

g‘ayritabiiy xatti-harakatlar namunalarini tahlil qiladi.

Avtomatlashtirish va

jamlash

Umumiy tahdidlarni hal qilish uchun xavfsizlikni tartibga solish,

avtomatlashtirish va javob berish (SOAR) vositalaridan foydalanadi,

bu esa inson(operator)larga yanada murakkab masalalarga e’tibor

qaratish imkonini beradi.

Trening va xabardorlik

Xodimlarni tarmoq xavfsizligining eng yaxshi amaliyotlari

bo‘yicha o‘rgatadi, kiberxavfsizlikning inson omiliga tegishli

elementiga yordam beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

618

Axborot xavfsizlik monitoring markazini tadbiq etgan tashkilot kiberxavfsizlik tizimini

sezilarli darajada mustahkamlaydigan ko‘plab afzalliklarni olib keladi(2-jadval). Bu yerda

asosiy afzalliklardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz:

7.

2-jadval.

Imkoniyatlari

Tavsifi

Real vaqtda monitoring

Xavfsizlikga qaratilgan tahdidlarni erta aniqlash uchun tarmoq,

tizim va ma’lumot ombori ustidan

24/7

nazoratni ta’minlaydi.

Muvofiqlik

Xalqaro toifadagi muvofiqlik standartlariga javob berishga

yordam beradi.

Proaktiv tahdid aniqlash

E’tibor bermay qolish mumkin bo‘lgan tahdid ko‘rsatkichlarini

faol ravishda qidiradi va proaktiv xavfsizlik yondashuvini

ta’minlaydi.

Kuchli hodisa(hujum)larga

javob

Ixtisoslashgan guruhlarga tez va samarali javob berish uchun
har bir tahdid turi uchun aniq belgilangan protokollarga amal

qiladi.

Markazlashtirilgan

xavfsizlik

Osonroq korrelyatsiya va hujumni aniqlash uchun bir nechta

manbalardagi Ma’lumotni birlashtiradi.

Mutaxassislik

Kiberxavfsizlik turli sohalaridagi mutaxassislardan iborat

bo‘lib, xavfsizlik hodisalariga qarshi kurashishda yuqori

darajadagi bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydi.

Iqtisodiy samaradorlik

Dastlabki o‘rnatish natijasiga ko‘ra xarajatlar yuqori bo‘lsada,

xavfsizlikni ta’minlash yoki xavf-xatarlarni kamaytirish nuqtai

nazaridan samarali yechim hisoblanadi. Autsorsing qilingan

Axborot xavfsizlik monitoring markaz

lari ham maqbul variant

taqdim etadi.

Ma’lumotlar va biznesning

uzluksizligi

Kiberhujumlarni oldini olish va bartaraf etish biznes

operasiyalar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

Shuningdek, Ma’lumotni zaxiralash va tiklashda yordam

beradi.

Strategik qarorlar qabul

qilish

Resurslarni taqsimlash va strategik rejalashtirishda yuqori

boshqaruvga yordam beruvchi xavfsizlik landshafti haqida

qimmatli imkoniyatlar taqdim etadi.

Ogohlantirishlarni

kamaytirish

Markazlashtirilgan monitoring va aniq vazifalarga yo‘naltirish

noto‘g‘ri pozitivlarni filtrlashga yordam beradi, IT xodimlari

o‘rtasida "ogohlantirish signallari" maksimal darajada

kamaytiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

619

Qiyosiy tahlili.

Yuqorida keltirilgan kiberxavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy yondashuv hisoblangan

Axborot xavfsizlik monitoring markazini tahlil qilamiz ya’ni avtomatlashtirilgan tizim va

avtomatlashtirilmagan (tarqoq) tadbiq qilingan tizimlarni tahlil qilish orqali, tizimlarning

samaradorlik koeffitsienti, ko‘rib chiqamiz, hamda ularni quyidagicha baholab boramiz(1-

jadval). Jadvaldagi belgilashlarda dasturiy va apparat dasturiy ta’minotlarni umumiy Axborot

xavfsizlik monitoring markaziga bog‘langan holda hamda o‘zaro bog‘lanmagan holda

kiberhodisalarni qaysi usulda va qancha vaqt oralig‘ida bartaraf etilishini turli manbalardan

olingan ma’lumotlar asosida baholab boramiz va jadvalga kiritamiz.

2-jadval.

Imkoniyatlari

Avtomatlashtirilgan

axborot xavfsizlik

tizimi(AXMM)

Avtomatlashtirilmagan

axborot xavfsizlik tizimi

1

Xalqaro sanoat standarti

imkoniyati mavjudligi

+

+

2

Real vaqt rejimida tizimga

qo‘shimchalar kirita olish

imkoniyati mavjudligi

+

-

3

Boshqa turdosh dasturlar bilan

integratsiyalanganligi

+

-

4

Nazorat qilinadigan qurilmalar,

portlar va datchiklar son

chegarasi mavjud emasligi

+

-

5

Qo‘llab-quvvatlovchi

qurilmalarni avtomat qo‘shish

imkoniyati mavjudligi

-

-

6

Tanlangan protokollar orqali

infratuzilma kartasini tuzish

+

-

7

Ma’lum qoidalar asosida

guruhlash imkoniyati

mavjudligi

+

+

8

Dasturga o‘zgartirish
kiritilganida umumiy

infratuzilmaga ta’sir qilmasligi

-

+

9

Hodisalar haqida

ogohlantirishlarini avtomatik

chop etish imkoniyati

mavjudligi

+

-


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

620

10

Hodisalar haqida

ogohlantirishlarini tartiblash

imkoniyati

+

-

11

Yuqori sifat (IP SLA ,Class-

based QOS) qo‘rsatkichlari

bilan ishlash imkoniyati

mavjudligi

+

+

13

Qo‘llab-quvvatlash va xizmat

ko‘rsatish imkoniyati

mavjudligi

+

+

14

Bir nechta serverlarda nusxani

parallel saqlash imkoniyati

mavjudligi

+

-

15

Hodisa xususiyatlari bo‘yicha

so‘rovlarni alohida ko‘rib

chiqish

+

-

16

Masofaviy boshqarish

protokollarini dasturiy ta’minot

interfeysiga bog‘lash

imkoniyati mavjudligi

+

+

17

Tarmoqdagi paket

to‘qnashuvlarini ortishini oldini

olish tizimi mavjudliligi

-

+

18

Bitta muammoli so‘rovni

chegarasiz vaqtda qo‘llab-

quvvatlash imkoniyati

mavjudligi

+

+

Olingan tahlil natijalari asosida (1-jadval) har bir funksional imkoniyatlar va ularning

mavjud yoki aksincha mavjud emasligiga qarab tizim va dasturiy ta’minotlarni baholab

borishimiz mumkin bo‘ladi. Olingan natijalar hisoboti quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval).

Tizim va dasturiy ta’minotlar imkoniyatlari bo‘yicha tahlil natijalarida faqat mavjudlari

inobatga olingan.

2-jadval

Axborot xavfsizlik monitoring

markazi

Avtomatlashtirilmagan axborot xavfsizlik

monitoring tizimi

1

15

8


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

621

Tizim va dasturiy ta’minotlarga olingan natijalar asosida qo‘yidagi formula asosida

baholash mezonini ishlab chiqamiz

-

.

bu tizim va dasturiy ta’minotga qo‘yilgan umumiy ball,

- bu 2- jadvaldagi tizim va dasturiy ta’minot natijasi,

-

bu 1- jadvaldagi tizim va dasturiy ta’minotni solishtirish uchun olingan barcha

imkoniyatlar soni, uning qiymati o‘zgarmas

.

Axborot xavfsizlik monitoring markazi tizimi natijalari:

,

,

Avtomatlashtirilmagan axborot xavfsizlik tizimi natijalari:

,

,

Axborot xavfsizlik monitoring markazi va Avtomatlashtirilmagan axborot xavfsizlik

tiziminining olingan natijalar quyidagi jadvalda shakllantirildi(3-jadval).

3-jadval.

Axborot xavfsizlik monitoring

markazi

Avtomatlashtirilmagan axborot

xavfsizlik tizimi

1

83,3

44,4

Olingan natijalar esa avtomatlashtirilgan tizimlar qatoriga kiruvchi Axborot xavfsizlik

monitoring markazining ish faoliyati va xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi qanchalik yuqori

ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bugungi kunga kelib, nafaqat rivojlangan davlatlar

qatorida O‘zbekiston ham to‘liq raqamli transformatsiya tizimini joriy etishni jadal sur’atlarda

olib bormoqda. Shu bilan birga, zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari xavfsizligini

ta’minlashda birlamchi instrument hisoblangan monitoring qilish va markazlashgan holda

boshqarishni ta’minlashga asoslangan tizim va dasturiy ta’minotlardan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash vositalarini joriy qilish tizim xavfsizligi uchun asosiy

omil bo‘lmoqda, lekin faqat shuning o‘zi yetarli emas deyish mumkin. Sabab esa bu elementlar

asosida avtomatlashtirilgan va markazlashgan boshqaruv usuliga ega bo‘lgan tizimlarni joriy

etishga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallashtirilayotganligi quvonarlidir.

Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi xafvsizligini ta’minlash maqsadida

davlatning butun tarmoq infratuzilmalarini qamrab olgan yagona va markazlashgan Axborot

xavfsizlik monitoring markazini joriy qilinishi telekommunikatsiya infratuzilmasi ish

salohiyatini oshiribgina qolmasdan, axborot va kiberxavfsizlik talablari asosida ishlashigi

ta’minlanishi olib borilgan tahlil natijalarida ham yaqqol ko‘rinish berdi. Bu yesa o‘z navbatida

O‘zbekistorn Respublikasida axborot va kiberxavfsizlik salohiyatini yanada oshirish uchun

bosilgan ulkan qadam bo‘ladi.

REFERENCES

1.

“Security Operation Center: Building, Operating and Maintaining Your SOC” by Joseph

Muniz, Gary McIntyre and Nadhem AlFardan – 2015 year.

2.

“The Cybersecurity Playbook: How Every Leader and Employee Can Contribute to a

Culture of Security” by Allison Cerra – 2019 year.

3.

“A Taxonomy of Cyber Attacks on Machine Learning Systems” by Battista Biggio and

Fabio Roli – 2018 year.

4.

“A Survey on Security Information and Event Management (SIEM) Systems” by A.

Khraisat et al. – 2019 year.

5.

“NIST Special Publication 800-137: Information Security Continuous Monitoring (ISCM)

for Federal Information Systems and Organizations” – 2011 year.

References

“Security Operation Center: Building, Operating and Maintaining Your SOC” by Joseph Muniz, Gary McIntyre and Nadhem AlFardan – 2015 year.

“The Cybersecurity Playbook: How Every Leader and Employee Can Contribute to a Culture of Security” by Allison Cerra – 2019 year.

“A Taxonomy of Cyber Attacks on Machine Learning Systems” by Battista Biggio and Fabio Roli – 2018 year.

“A Survey on Security Information and Event Management (SIEM) Systems” by A. Khraisat et al. – 2019 year.

“NIST Special Publication 800-137: Information Security Continuous Monitoring (ISCM) for Federal Information Systems and Organizations” – 2011 year.