Authors

  • Omidullah Bayani

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78872

Keywords:

o‘rganish polisemantik sinonim fe’l kontekstual antonim Muhokamat ul-lug‘atayn nozik ma’nolar.

Abstract

Navoiyning «Muhokamat ul - lug‘atayn»idagi 100 ta fe’lning semantik xususiyatlarini o‘rganish nomli ushbu maqola, eski o‘zbek va fors tillarining semantik tizimini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Mazkur fe’llarning so‘z qirralari, ma’no kengligi, ularning ideografik sinonimlari hamda kontekstual antonimlari tahlil qilinadi. Shuning uchun ham mazkur fe’llarning qanday semantik xususiyatlari borligini o‘rganish maqolamizning maqsadidir. Ushbu maqolaning moddiy manbalari, asosan, Navoiyning o‘z asarlari va uning asarlariga bag‘ishlangan Turkiya, Eron va O‘zbekiston kabi davlatlarda chop etilgan kitoblardan unumli foydalanib, mazkur fe’llarning ma’nolari dastlab Navoiyning o‘z asarlarida hamda uning asarlariga bag‘ishlangan asarlar bilan birma-bir qiyoslanib, topilgan ma’nolar asosida, uning semantik xususiyatlari tahlil ostiga olinadi. Bundan tashqari, Navoiyning bu fe’llarni tanlashdan maqsadi, har bir fe’lning ko‘plab ma’nolarini ko‘rsatish va ularni bir-biriga bog‘lash orqali tilning ifodaviylik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intilganligini ayniqsa, fe’llarning ma’nosidagi nozik farqlar va ularning kontekstual o‘zgaruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Navoiyning tahlillari yordamida eski o‘zbek va fors tillaridagi fe’l va ularning semantik rang-barangligi haqida yangi ilmiy fikrlar va nazariyalar shakllantiriladi hamda Navoiyning tilshunoslikdagi yuqori bilimini va uning eski o‘zbek va fors tillari o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni qanday chuqur o‘rganganini ko‘rsatadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

694

NAVOIYNING «MUHOKAMAT UL – LUG‘ATAYN»IDAGI 100 TA FE’LNING

SEMANTIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

Omidullah Bayani

Dotsent, Balx universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi.

E-pochta:

omidbayani11@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15598529

Annotatsiya. Navoiyning «Muhokamat ul - lug‘atayn»idagi 100 ta fe’lning semantik

xususiyatlarini o‘rganish nomli ushbu maqola, eski o‘zbek va fors tillarining semantik tizimini

chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Mazkur fe’llarning so‘z qirralari, ma’no kengligi, ularning

ideografik sinonimlari hamda kontekstual antonimlari tahlil qilinadi. Shuning uchun ham

mazkur fe’llarning qanday semantik xususiyatlari borligini o‘rganish maqolamizning

maqsadidir. Ushbu maqolaning moddiy manbalari, asosan, Navoiyning o‘z asarlari va uning

asarlariga bag‘ishlangan Turkiya, Eron va O‘zbekiston kabi davlatlarda chop etilgan

kitoblardan unumli foydalanib, mazkur fe’llarning ma’nolari dastlab Navoiyning o‘z asarlarida

hamda uning asarlariga bag‘ishlangan asarlar bilan birma-bir qiyoslanib, topilgan ma’nolar

asosida, uning semantik xususiyatlari tahlil ostiga olinadi. Bundan tashqari, Navoiyning bu

fe’llarni tanlashdan maqsadi, har bir fe’lning ko‘plab ma’nolarini ko‘rsatish va ularni bir-biriga

bog‘lash orqali tilning ifodaviylik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intilganligini ayniqsa,

fe’llarning ma’nosidagi nozik farqlar va ularning kontekstual o‘zgaruvchanligi muhim

ahamiyatga ega. Shuningdek, Navoiyning tahlillari yordamida eski o‘zbek va fors tillaridagi fe’l

va ularning semantik rang-barangligi haqida yangi ilmiy fikrlar va nazariyalar shakllantiriladi

hamda Navoiyning tilshunoslikdagi yuqori bilimini va uning eski o‘zbek va fors tillari

o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni qanday chuqur o‘rganganini ko‘rsatadi.

Tayanch so‘zlar: o‘rganish, polisemantik, sinonim, fe’l, kontekstual antonim,

Muhokamat ul-lug‘atayn, nozik ma’nolar.

STUDYING THE SEMANTIC FEATURES OF 100 VERBS IN NAWAI’S BOOK

(MAHAKAMATUL LUGHATAYN)

Abstract. This article, titled Studying the semantic features of 100 verbs in Nawai's book

(Mahakamat-ul Lughatayn, is dedicated to an in-depth analysis of the semantic systems of Old

Uzbek and Persian languages. It examines the lexical nuances, semantic breadth, ideographic

synonyms, and contextual antonyms of these verbs. The primary goal of the article is to explore

the semantic characteristics of these verbs.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

695

The article’s sources mainly consist of Nawai's own works and books dedicated to his

writings, published in countries such as Turkey, Iran, and Uzbekistan. The meanings of these

verbs are initially identified in Nawai's texts and compared with interpretations in secondary

literature about his works. Based on this comparative analysis, their semantic features are

studied in detail.

Moreover, Nawai's purpose in selecting these verbs was to highlight their multiple

meanings and interconnections, thereby expanding the expressive potential of the language. The

article emphasizes the subtle distinctions in the meanings of these verbs and their contextual

variability, which hold significant importance. Through Navoi's analyses, new scientific ideas

and theories about the verbs and their semantic diversity in Old Uzbek and Persian languages

are developed. Additionally, it highlights Navoi's profound linguistic knowledge and his deep

exploration of the semantic connections between Old Uzbek and Persian languages.

Keywords: Studying, polysemantic, synonym, verb, contextual antonym, comparison of

two languages (muhākamatul-lugatayn), subtle meanings.

ИЗУЧЕНИЕ СЕМАНТИЧЕСКИХ СВОЙСТВ 100 ГЛАГОЛОВ В ПРОИЗВЕДЕНИИ

«МУХОКАМАТ УЛ-ЛУГАТАЙН» НАОИ

Аннотация. В данной статье под названием «Изучение семантических свойств

100 глаголов в произведении Навои «Мухокамат ул-луг‘атайн» ставится цель

углубленного анализа семантической системы древнеузбекского и персидского языков.

Анализируются аспекты слова, широта значения, их идеографические синонимы и

контекстуальные антонимы этих глаголов. Поэтому целью нашей статьи является

изучение семантических свойств этих глаголов. Используя материальные источники

данной статьи, в основном собственные произведения Навои и книги, изданные в таких

странах, как Турция, Иран и Узбекистан, посвященные его произведениям, значения этих

глаголов первоначально сравниваются одно за другим с теми, которые встречаются в

собственных произведениях Навои и произведениях, посвященных его произведениям, и на

основе найденных значений анализируются их семантические свойства. Кроме того, цель

Навои при выборе этих глаголов заключается в дальнейшем расширении выразительного

потенциала языка путем показа множественных значений каждого глагола и связывания

их между собой, тем более, что тонкие Важны различия в значении глаголов и их

контекстная изменчивость. Также с помощью анализов Навои формируются новые

научные идеи и теории о глаголах и их семантическом разнообразии в староузбекском и


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

696

персидском языках, что свидетельствует о высоких познаниях Навои в языкознании и о

том, насколько глубоко он изучал семантические связи между староузбекским и

персидским языками.

Ключевые

слова:

исследование,

полисемантичность,

синоним,

глагол,

контекстуальный антоним, Мухокамат ул-лугайн, тонкие значения.

KIRISH

Turkiy tilshunoslik, jumladan, o‘zbek tilshunosligi hamda Navoiyshunoslikning muhim

tadqiqiy mavzularidan biri 6 asrdan oldin eski o‘zbek tilida yozilgan Navoiyning “Muhokamat

ul-lug‘atayn” asari turkiy tillar qoidalari, xususan fe’llarining ma’noviy xususiyatlarini aniqlash

va undan amaliy tilshunoslikda unumli foydalanishdir.

Navoiyning asarlari ko‘p mamlakatlarda o‘rganildi va o‘rganilmoqda. Uning asarlaridan

bo‘lmish “Muhokamat ul - lug‘atayn” asari Fransiya, Rossiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron,

Turkiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda ham chop etilgan bo‘lib, unda

keltirilgan 100 ta fe’lning ma’nosini o‘rganish ham ko‘plab filologlar tomonidan o‘rganilib

kelingan. Turkiyalik tilshunos F. Sema Brutchi tomonidan 1996-yilda nashr etilgan “Muhokamat

ul-lug‘atayn”da mazkur fe’llar turk tili alifbosi tartibida alohida bob sifatida ma’nosi ham

berilgan.

Eronlik doktor Muhammad Husayn Sodiqzoda tomonidan 2008-yilda (hij. sh. 1387da)

chop etilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn”da Turxon Ganjaiyning forscha tarjimasi, ozarbayjoncha

tarjimasi, asli eski o‘zbek tilidagi matn va transkripsiyasi hamda unga ilovalar qo‘shib nashr

etilgan, unda 100 fe’lning ma’nolari fors tilida berilgan. Afg‘onistonda 2009-yilda (hij.sh.

1388da) (Toshqin Bahoiy tomonidan chop etilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn”da yuzta fe’lning

ma’nosi ilova sifatida berilgan.

Lekin hech birida ham uning semantik xususiyati haqida so‘z yuritilmagan.

Mazkur fe’llarning semantik xususiyati haqida Farg‘ona universitetining dotsenti

Umarova Nargiza va magistranti Mahmudova Nafosatxon Emin qizilarning hammuallifligida

“Ijodkor o‘qituvchi” jurnalining 2022-yil 24-sonida nashr etilgan »Alisher Navoiyning

"Muhokamat ul-lug‘atayn" asarida keltirilgan yuzta fe’llarning semantik taraqqiyoti « nomli

maqolada Navoiy keltirgan yuzta fe’lning ma’nosi berilmasdan, uning semantik xususiyatlari

haqida to‘xtalib, o‘zbek filologlarining ilmiy qarashlariga shaxsiy munosabat bildirilgan holda

yozilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

697

Mazkur maqala, bulardan farqli holda, 100 ta fe’lning yaqin ma'nolari, xususan o'z

asarlarida qaysi ma'nalarda ishlatilganligi nazarda tutilib, ma’no etiladi. Navoiyning o‘z asarida

ishlatmagan fe’llar esa Navoiy asarlariga bag‘ishlangan asarlardan foydalangan holda, ularning

semantik qirralari aniqlanadi hamda ularning joylashishi va qanday nozik ma'nolarni ifoda

etishini o‘rganish bilan farqlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hazrat Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” (Ikki til muhokamasi) asari hijriy

905-yilning Jumod ul-avval oyida (milodiy 1499-yilning dekabr oyida) yozib tugatilgan

tilshunoslikka oid asar bo‘lib, unda turkiy (eski o‘zbek tili) va o‘sha davr she’riyat-shoirlik tili

hisoblangan fors tilini qiyoslagan. Eski o‘zbek tili fors tilidan farq qiluvchi xususiyatlari,

jumladan ayrim grammatik qoidalar, nozik ma’nolarni ifodalovchi fe’llar, ayrim badiiy

adabiyotdagi janrlar va ularning qanday ifodalanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Demak, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari bilan turkiy til imkoniyatlari keng

ekanligini isbotlab, fors tilidan qolishmasligini isbot qilgan. Asarda qayd etilgan lingvistik va

badiiy xususiyatlarni, xususan, unda keltirilgan yuzta fe’l va uning aniq ma’nolarini bilish bilan

birga, mazkur fe’llarning semantik xususiyatlarini o‘rganish bugungi kunda o‘ta muhim

masalalardan biridir.

NATIJA VA MUHOKAMA

“Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida keltirilgan 100 ta fe’l quyidagilardan iborat:

quvarmoq

(quvramaoq, vaqt oʻtishi bilan tarovatini yoʻqtish, qurimoq, so‘lmoq, qurushmoq);

quruqshamoq

(haddan tashqari qurimoq, qaqshab qolmoq, qaqshamoq);

usharmak

(ushtamoq,

boʻlak-boʻlak qilib sindirmoq, qattiqlikdan boʻlak-boʻlak boʻlib ketmoq);

jiyjaymoq

(tashqariga

yoʻnalmoq, tashqariga toʻgʻri chiqib toʻxtamoq);

oʻngdaymak

(yoʻnalmoq, o‘ng holatga

keltirmoq, to‘g‘rilamoq, sogʻaymoq);

chekraymak

(tunni uxlamasdan tong ottirmoq, uyqusi

qochmoq);

do‘msaymoq

(birovga qosh-qovoq tushirmoq, birovni yoqtirmaslik);

umunmoq

(umid qilmoq, kutmoq, birovga umid va ishonch koʻzi bilan qaramoq);

oʻsanmoq

(bezmoq,

zerikmoq, charchamoq);

yigirmak

(yigirmoq, harakatga keltirmoq, aylantirmoq, yoʻnalishini

oʻzgartirmoq);

egarmak

(taʼqib qilmoq, o‘rab olmoq, davr urmoq);

oʻxranmak

(oʻqrnamoq, ot

va sigirning boʻgʻiq tavush chiqarmog‘i);

toriqmoq

(siqilmoq, yurakka tushmoq, zerikmoq va

namoyon boʻlmoq);

aldamoq

(fariyb bermoq, yolgʻon gap, va'dalar bilan koʻndirmoq);

arg‘damoq

(aldamoq, koʻp yolgʻon soʻzlamoq, koʻp yolgʻon-yashiq va va'dalar bilan

koʻndirmoq); i

shonmak

(ishonmoq, inonmoq, ishonch bilan qaramoq);

iglanmoq

(vaqt


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

698

kechirmoq, vaqtni chag‘ oʻtkazmoq, oʻtirgan yoki toʻxtagan holatda zavqlanmoq);

aylanmoq

(zavqlanmoq, dam olmoq, vaqtni yaxshi oʻtkazmoq, sayr qilib zavqlanmoq);

egrikmak

(qotib

qolmoq, xayolga cho‘mmoq, ketmoq);

igranmak

(ingranmoq, dard-alam chekmoq, xo‘rsinmoq,

ogʻriq bilan yashirin va asta yigʻlamoq; nafratlanmoq, parhez qilmoq);

ovunmoq

(tasalli

topmoq, mashgʻul boʻlmoq);

qistamoq

(shoshirmoq, tezlamoq, majbur qilmoq);

qiynamoq

(qiyn ahvolga solmoq, majbur qilmoq, azob bermoq);

qo‘zg‘olmoq

(oʻrnidan turmoq yoki

siljimoq; harakatga kelmoq, oyoqqa turmoq);

Sovrulmoq

(sovurilmoq, shimolga berilmoq,

sochmoq);

chayqalmoq

(chayqamoq, chaymoq; toʻlqinlanmoq, harakatga kelmoq);

devdashimak

(qo‘zgolmoq, harakat qilmoq);

qiymanmoq/qimsanmoq

(o‘t arzu etmoq, ko‘p

istamoq);

qizg‘anmoq

(rashk qilmoq, hasad qilmoq, baxillik qilmoq);

nikamak

(koʻp

qiziquvchanlik tufayli birovni bezovta va xafa qilmoq);

siylanmoq

(hurmatlanmoq, hurmatini

bajo keltirmoq, izzatlamoq; mehmon qilmoq, qabul qilish);

tanlamoq

(saylanmoq, sarasini

olmoq, saralab olmoq);

qimirdamoq

(qimirlamoq, asta-sekin harakat qilmoq, silkinib turmoq);

serpmak

(serpamoq, zarb bilan urmoq, silkib harakatga keltirmoq, siltamoq);

sirmamak

(yulib

olmoq, ijratib olmoq; o‘gʻirlamoq);

kenarkamak

(aynan kinarkamak, yoymoq, toʻshamoq,

yozmoq);

sig‘riqmoq

((qochib qutulmoq, yashinib qutulmoq, yashirinmoq);

sig‘inmoq

(topinmoq, birovga yoki biror narsaga ortiq berilmoq, sig‘inmoq; joylanmoq);

qilimoq

(ma'lum

yo'nalishda burilmoq, mayilga qarshi chetga chiqmoq; hurkmoq, cho‘chimoq);

yolinmoq

(yalinmoq, yolvormoq, kechirim soʻramoq, iltimos qilmoq);

munglanmoq

(mungli va mayus

holga tushmoq, dard-alam chekmoq); i

ndamak

(indamoq, biror narsa demoq; chaqirmoq);

tergamak

(tergamoq, soʻroq qilmoq, biror narsa haqida tadqiqot qilib ma'lumot toʻplamoq);

tevramak

(ko'klamoq; sanchmoq, qadamoq; teshmoq);

qingg‘aymoq

(qing‘aymoq, biror

tomoniga og'ib turmoq, qiyshaymoq, enkaymoq, og'moq; qiyqir qaramoq, ko'z alaytirmoq);

shig‘aldamoq

(shiqillamoq, ezmalamoq);

singramak

(ogʻriq bilan yashirin va asta yigʻlamoq);

yashqamoq

(oyoq-qoʻlni uzatib oʻtirgan yoki yotgan holatda erkin tutmoq);

isqarmoq /

iskarmak

(qabul qilmoq, hisobga olmoq, xotirlamoq, eslamoq);

ko‘ngranmak

(achchiqlanish

va g‘azablanishdan o‘z-o‘zidan gapirmoq, ich siqilib o‘z-o‘zidan bezovta bo‘lish);

suxranmoq

(ming‘irlamoq, g‘o‘ng‘illamoq, mujmal gapirmoq, pichirlashmoq);

siypamoq

(silamoq, silab

erkalamoq);

qorolamoq

(ayblab va yomonlab gapirmoq, mahkum qilmoq; ko‘z qochirmay

qorosini olib yurmoq);

surkanmak

(surkanmoq, biror narsaning betini, sirti boshqa narsaning

beti yoki sirtiga ishqamoq, surtmoq; yurmalamoq, sudralmoq);

kuymanmak

(kuymanmoq yoki

kuymalanmoq, urunmoq; mayda-chuyda ishlar bilan o‘ralashmoq, mashg‘ul bo‘lish);


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

699

ingranmoq

(dard-alam taʼsirida mungli, ingroq ovoz chiqarmoq, ogʻriq sababli yashirin va asta

yigʻlamoq);

tushalmak

(toʻshalmoq, solinmoq, yozilmoq, toʻshamoq);

mung‘aymoq

(tushkun

holatda boʻlmoq, mayus boʻlmoq, xafa boʻlmoq);

tanchiqamoq

(hayron qoldirmoq, hayratga

cho‘milmoq, hayratga solmoq; buzilmoq);

tanchiqolmoq

(hayron qolmoq, hayratga solmoq,

buzilmoq, mayda-mayda qilmoq); ko‘ruksamak / ko‘rugsamak (Biror kishi diydorini orzu

qilmoq);

bushurg‘anmoq (qattiq g‘azablanmoq, jiddiy jahli chiqish, afsuslanmoq);

buxsamoq

(g‘am-anduh shiddatidan bo‘g‘ilib yig‘lamoq; oshiqning ma’shuq hijridan yig‘lashi);

kirkinmak

(so‘l va o‘ngga tashlash, u yon bu yonga tashlanmoq);

sukadamak / sugadamak

(hurmat qilmoq, ulug‘lamoq);

busmoq

(bo‘smoq, o‘zini panaga olmoq, yashirinmoq; tuzoq

qurmoq);

burmak

(burmoq, o‘ramoq, aylantirmoq, bir tomonga qayirmoq);

turmak

(turmoq, tik

turmoq, tik to‘xtamoq);

tomshimoq

(qatra-qatra ichib har qultumdan maza qilmoq);

qahamoq

(bo‘g‘izga ilmoq, bo‘g‘izga qolmoq);

sipqarmoq (bir shimirishda hammasini ichish,

birdaniga ko'targanda butunlay ichish); chicharkamak / chichargamak

(naqsh va nigor

qilmoq);

jurkanmak / churkanmak / churganmak

(dumaloq bo‘lmoq, g‘ijak bo‘lmoq;

azobdan yonmoq; olovning taftidan qoraygan, kuygan); o‘rtanmak (o‘rtanmoq, kuyinmoq,

qovurilmoq, yandirilmoq);

sizg‘urmoq

(Kuyishning erish darajasiga yetgani, kuygandan erish);

gurapklashmak / kurpaklashmak

(aynan guppaklashmoq, to‘dalashib, bir-birini tortqilib,

bosib-yiqitib, yoqalashib o‘ynamoq);

chuprutmoq

(to‘dani birin-ketin tarqatmoq; cho‘ziltirmoq,

uzaytirmoq);

jirg‘amoq / chirg‘amoq

(xursand bo‘lmoq, ayish-ishrat qilmoq);

bichimoq

(o‘lchov bilan kesmoq, bichmoq);

qingranmoq

(qaysarlik, o‘jarlik qilmoq, xafa bo‘lmoq);

singurmak

(qayg‘urmoq, g‘amni ichga yutmoq);

kundalatmak

(oyoqni bandga solmoq, xonaga

qamamoq);

kumurmak

(kemirmoq, qattiq narsani tish bilan qirib, maydalamoq; go‘shtni

suyaktan ajratib olmoq);

yigirmak

(jirkanmoq, ijirg‘anmoq, yoqimsizlik);

kung‘urdamak

(ming‘irlamoq, ging‘shaymoq; bezovta bo‘lmoq, qiynalmoq);

kinarkamak

(to‘shamoq,

yozmoq, yoymoq; 36- fe’l – kenarkamak bilan ayni ma’noda);

kezarmak

(kezmoq, aylanib

yurmoq, sayr qilmoq, yurmoq, qidirib topmoq);

do‘ptulmoq

(to‘la bo‘lmoq, to‘lmoq, hujum

qilmoq);

chidamoq

(tahammul etmoq, sabr qilmoq);

tuzmak

(tuzmoq, yaratmoq, vujudga

keltirmoq; tartibga solmoq; to‘g‘rilamoq);

qozg‘onmoq

(qozonmoq, qo‘lga kiritmoq, biror

narsaga erishmoq; biror narsaga sazovor bo‘lmoq);

qichig‘lamoq

(qitiqlamoq; kiprik qisqmoq);

chimdilamoq

(chimdimoq, chimchilamoq);

gangiramak

(gangaramoq, sarosimga to‘shmoq,

kutilmagan hodisa tufayli esankiramoq, muvozanatni qo‘ldan bermoq);

yadamoq

(charchab

qolmoq, nihoyat charchamoq, egilmoq, bukchaymoq);

qadamoq

(sanchmoq, biror narsani


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

700

qoqish, suqmoq, o‘rnatmoq);

chiqanmoq

(oyoq osti qilmoq, yanchmoq, tepib maydalamoq);

ko‘ndurmak

(ko‘ndirmoq, rozi bo‘lmoq, qanoat bermoq),

so‘ndurmak

(so‘ndirmoq,

o‘chirmoq, pasaytirmoq, kuchsizlanmoq); so‘qlatmoq (ishtahani ochmoq, qo‘zg‘atmoq,

ishtahaga keltirmoq).

Fe’llarning semantik xususiyatlari

Navoiy o‘zining “Muhaqamatul-lugatayn” asarida qayd etgan 100 ta fe’lning o‘ziga xos

ko‘pgina xususiyatlari bor, u jumladan, uning semantik xususiyati alohida ahamiyatga ega.

Navoiy mazkur felni alfavit asosida tartib bermaganining ham asosiy sababi uning

semantik xususiyatlarini nazarda tutishidir.

Navoiy keltirgan 100 ta fe’lning ayrimi sinonimik qatorda kelsa, ayrimi esa antonimik

(kontekstual antonimik) qatorda joylashtirilgan. Sinonimik qatorda keltirilgan fe’llar ko‘pincha

ideografik yoki ma’noviy sinonimlardan (Navoiy mubolag‘a atamasini qo‘llagan) iborat bo‘lib,

ba’zi fe’llarning sinonimlaridan so‘ng, uning kontekstual antonimlari ham beriladi. Mazkur

fe’llarning ayrimi polisemantik fe’llardan iborat bo‘lsa, ayrimi esa oldingi fe’lga aloqador

bo‘lgan fe’llar keltiriladi. Ushbu fe’llarning ba’zisi nozik ma’no “g‘aroyib mazmun”larni

ifodalaydi, ularning ekvivalenti fors tilida bo‘lmagan, forsda bu g‘arib mazmunlarni ifodalash

uchun necha so‘zdan tashkil topishi kerak va bu qo‘shilmalarni hozirgi tilshunoslikda,

frazeologizmlar deyiladi.

Bulardan tashqari, Navoiy ba’zi fe’llarda o‘zlik nisbatini yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib,

nozik ma’nolarni ifodalashga intiladiki, uning ekvivalenti fors tilida bo‘lmagan. Yuqorida qayd

etilgan har bir semantik xususiyatni ochishga harakat qilamiz.

Mazkur fe’llarning birinchi xususiyati uning sinonimik qatorda joylashishidir. Sinonimlar

haqida Yo‘ldoshev va Sharifovalarning “Tilshunoslik asoslari” (2007) asarida shunday deb

ma’lumot beriladi: “Sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlari talaygina bo‘lib, ulardan eng

asosisi ularning har birining ma’nasidagi farqli belgilaridir. Sinonimlarning o‘zaro farqli belgisi,

avvalo, ularning ma’no hajmida, aniqligida, ma’no nozikligida ko‘rinadi” (Yo‘ldashev va

Sharifova, 2007, 94-bet). Navoiy keltirgan fe’llarning ayrimi sinonimik qatorda kelsa, uning

atamasi bilan aytganda “mubolag‘a” va hozirgi o‘zbek tilida ideografik sinonim yoki ma’noviy

sinonim deb atalgan shaklda keladi. Bu haqda Navoiy “Muhaqamat ul-lugatayn”da shunday deb

yozgan: “Neuchunki, turk alfozi voz’iy asru ko‘p vaqtda mubolag‘a izhori qilib, juzvi mafhumot

uchun alfoz vaz’ qilibdurki, sohib uquf kishi to zohir qilmas inonsa ham bo‘lmas” (Mahokamat

ul-lg‘atayn, 2017, 32-bet).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

701

Navoiy misol sifatida, ingramak va singramak fe’llarini keltirib, yig‘lamaq fe’lidan sekin

yig‘lash bo‘lsa, siqtamoq fe’li yig‘lamoq fe’liga “mubolag‘a” (arttirma darajasi)dir, yig‘lamoq

fe’li esa ularning o‘rta yoki oddiy darajasidir, hamda Navoiy o‘kurmak fe’lini, yuqori ovoz bilan

haddan oshiq yig‘lash ma’nosida ishlatgan bo‘lsa, uning ziddini – inchkirmak fe’lini keltiradi,

inchkirmak fe’li ingichka ovoz bilan yig‘ilishdir. Undan tashqari, bo‘xsamoq (g‘am-anduh bilan

bo‘g‘ilib yig‘lamoq) kabi bir nechata sinonim fe’llarni keltiradi.

100 ta fe’lning 14-fe’li “aldamoq” va 15-fe’li esa “arg‘adamoq” bo‘lib, ideografik yoki

ma’noviy sinonimlardir. Navoiy asarlarida “aldamoq” fe’li – farib bermaq, yolg‘on va’dalar

bilan ko‘ndirmoq ma’nosida ishlatilgan:

Anga yetkur so‘zum, ey ohkim, ul husn maroti,

Chu qildi jilva, ko‘zgu aksi yanglig‘

aldaraydurmen.

G‘aroyib us sig‘ar, 399-b.

Arg‘adamoq fe’li – ko‘p hila-nayrang qilmoq, ko‘p yolg‘on so‘zlamoq, yolg‘on-yashiq

gaplar bilan ko‘ndirmoq kabi arttirma darajada (mubolag‘asi) ishlatilgan:

Meni bedil sanga jon o‘ynamoq birla yaraydurmen,

Bali sen tiflni bu tuhfa birla

arg‘adaydurmen

.

G‘aroyib us sig‘ar, 398-b.

Mazkur fe’llarning yana bir semantik xususiyati uning kontekstual antonimik qatorda

kelishidir. Kontekstual antonimiyalik »Tilshunoslik asoslari« asarida shunday ma’lumot

keltirilgan: “Kontekstual antonimiya o‘zaro zid ma’no ifoda etmagan leksimlarning ma’lum

kontekst ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir”

(Yo‘ldoshev va Sharifova, 2007, 96-bet). Navoiy qiymanmoq (qimsanmoq – ko‘p istamoq) va

qizg‘anmoq (hasad qilmoq) fe’llarini keltirgan, qiymanmoq fe’li qizg‘anmoq fe’liga kontekstual

antonimik qatorda keltirilgan. Mazkur fe’llarni Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn”

asarida aynan bir-biriga zid ma’noda ishlatgan:

Uzoringni ocharg‘a

qimsanurmen,

Lekin el ko‘rmakiga

qizg‘anurmen.

Mahokamat ul – lug‘atayn, 35-b.

Yuqorida ham ta’kidlangandek, 100 ta felning semantik xususiyatlariga qaraganda,

ayrimlari ko‘pincha nozik ma'nolarni anglatsa, ayrimlari sinonimik va kontekstual antonimik

qatorda kelgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

702

Masalan, aldamoq bilan arg‘adamoq fe’llari sinonimik qatorda kelgan bo‘lsa, umunmoq

bilan o‘sanmoq fe’llari kontekstual antonimik qatorda joylashgan, hamda ayrim fe’llarning

semantik xususiyatiga qarab eng nador ma'no qirralari nazarda tutilgan. Masalan, quvarmaq fe’li

qurimoq ma'nosini bersa, uning mubolag‘asi (ideografik sinonimi) quruqshamoq bo‘lib, uning

shiddatidan sinib ketishi (“juz’iy mafhumoti”) esa usharmak fe’li, ya’ni qurimoq va

quruqshamoqdan singan fe’li ham keltirilgan.

Ba’zi o‘rinlarda, sinonimik qatorda kelgan fe’lning kontekstual antonimik qatari ham

undan so‘ng kelgan. Masalan, aldamoq fe’lining ideografik sinonimi – “mubolag‘asi”

arg‘adamoq fe’lidan keyin ishanmak fe’li antonimik qatorda kelgan.

Mazkur fe’llarning yana bir semantik xususiyati esa fe’llarning nozik ma’nolari –

“g‘aroyib mazmun” nazarda tutilgan. Masalan, iglanmoq va aylanmoq polisemantik fe’llari

ketma-ket joylashtirilgan, ya’ni iglanmoq fe’lidan so‘ng aylanmoq fe'li berilgan bo‘lib, iglanmoq

fe’lining bir ma’nosi o‘tirib zavqlanishdir, aylanmoq fe’lining bir ma'nosi esa sayr qilmoqdir.

Iglanmoq Navoiyning boshqa asarlarida ishlatilmagan, lekin aylanmoq fe’lining sayr

qilmoq ma’nosi Navoiyning «Hayrat ul- abror» dostonida shunday keltirilgan:

Egri uchush birla chu ko‘p

aylanib,

Qaydaki, parvona borib o‘rtanib.

Xamsa, 104-b.

ushbu fe’llarning yana bir semantik xususiyati, uning polisemantik fe’llardan

iboratligidir. Masalan, chayqalmoq fe’li 2 ma’noda ishlatilgan:

1. Chaymoq, yuvilgan narsani toza suvga bottirib yoki ustidan quyib, chayqab tozalamoq:

Tani

chayqalib

ko‘ngli to pokidin,

Ul o‘t bosh urub jismi xoshokidin.

Saddi iskandariy, 968-b

2. Tebranmoq, harakatga kelmoq va to‘lqinlanmoq:

Tur uzra tajalli aylagach fosh,

Chayqaldi

suv yanglig‘ ul qatig‘ tosh.

Xamsa, 600-b.

Navoiy kezarmak fe’lini 3 ma’noda (sayr qilmoq, yurmoq va aylanib qidirib topmoq)

ma’nolarda ishlatgan:

1. Sayr qilmoq, aylanib yurmoq:

Kezar

erdi boqib har peshavarni,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

703

Ki ko‘rdi necha chobak teshavarni.

Xamsa, 229-b.

2. Yurmoq:

Bir necha kun

kezar

edim g‘amgin,

Topa olmadi xotirim taskin.

Xamsa, 793-b.

3. Aylanib qidirib topmoq:

Ne ma’niki, istar o‘zinda topor,

Jahonda

kezar

ning ne ma’nisi bor.

Xamsa, 1064-b.

Navoiy tuzmak fe’lini 4 ma’noda ishlatgan, shuningdek, yordamchi fe’l vazifasida ham

ishlatgan:

1. Tuzatmoq, to‘g‘rilamoq:

Sen o‘z xulqungni

tuzgil

bo‘lma el axloqidin xursand,

Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo‘lmadi farzand.

G‘aroyib us sig‘ar, 139-b.

2. Bino qilmoq, yaratmoq:

Tuzmagay

erdi qazo bu jism vayronimni kosh,

Chunki tuzdi, solmagay erdi anga jonimni kosh.

G‘aroyib us sig‘ar, 257-b.

3. Idora qilmoq, boshqarmoq, tartibga solmoq:

Chunki saltanatqa o‘lturdi, jahon mulkin adl va dod bila

tuzdi.

Tarixi muluki ajam, 154-b.

4. Chizmoq:

Doyrani juz bu sifat

tuzmayin

,

Silsilani bir-biridin uzmayin.

Xamsa, 5-b.

5. Yordamchi fe’l vazifasida:

Bazm tuz – majlis, bazm qurmoq:

Har qachon ul qilib, nishotqa azm,

Tuzsa

gulfom qasri sahnida bazm.

Xamsa, 737-b.

Surud tuz – she’r, nag‘ma tuzmoq:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

704

Mug‘anniy, qilib soz rudi nishot,

Aning birla

tuzgil

surudi nishot.

Xamsa, 878-b.

Navha tuz – nola u afg‘on qilmoq:

Ey Navoiy, navhay hijron

tuzub

un chekma ko‘p,

Kim kishi qolmas tirig yetkach bu afg‘on har taraf.

G‘aroyib us sig‘ar, 289-b.

Navoiy mazkur fe’llarni juda mahorat bilan joylashtirgan, uning o‘ta nozik ma’no –

“g‘aroyib mazmun”larni nazarda tutib, ikki fe’l orasida aloqali bo‘lgan fe’l berilgan. Masalan,

qatra-qatra ichib har qultumdan maza qilishni ifodash uchun tomshimoq fe’lini keltirsa, uning

orttirma darajasi “mubolag‘asi” bir ko‘tarishda butunlay ichish harakati uchun sipqarmoq fe’li

keltiriladi. Ushbu ikki fe’l orasida ba’zan oz-oz ichish yoki bir ko‘tarib ichish sababli bo‘g‘izga

uchrash harakatini ifodalaydigan qahamoq fe’li beriladi.

Bulardan tashqari, Navoiy “Mahokamat ul - lug‘atayn”ida keltirilgan 100 ta fe’lning yana

bir xos semantik xususiyatlaridan biri, unda shunday fe’llar ham kelganki, uning fors tilida

muqobil fe’li bo‘lmagan. Mazkur “yuz lafz” (yuz so‘z) Navoiyning ta’kidlashicha, fors tilida

ifodalanish uchun so‘z bo‘lmagan, bo‘laganda ham, ular frazeologizmlardi, na fe’llar. Bu haqda

Navoiyning o‘zi shunday deb ma’lumot beradi: “Bu yuz lafzdurki, g‘arib maqosid adosida ta'yin

qiliib-durki, hech qaysi uchun sart tilida lafz yasamaydurlarki, barchasi muhtoj ilayadurki,

takallum chog‘ida kishi anga muhtoj bo‘lur. Ko‘pi andoqdurki, aslo aning mazmunin tafhim

qilmoq bo‘lsa bo‘lmas va ba’ziniki, anglatsa bo‘lg‘ay har lafz tafhimi uchun necha lafzni tarkib

qilmag‘uncha bo‘lmas, ul dag‘i arabiy alfoz madadi bila va turk alfozida bu nav’ lafz ko‘p

topilur” (Mahokamat ul-lug‘atayn, 2017, 33-bet).

Navoiy to‘g‘ri ta’kidlagandek, mazkur fe’llarning ko‘pginasida fors tilida o‘sha vaqtda

hatto hozirgi forsiy-dariyda muqobili bo‘lmagan. O‘rnak sifatida chimdilamoq, so‘qlatmoq,

qozg‘onmoq, tomshimoq, sipqarmoq, qahamoq, bo‘xsamoq, ingranmak, singramak,

do‘msaymoq kabi fe’llarni qarshisida fors tilida fe’l mavjud emas, mazkur fe’llarning ayrimini

fors tilida ifodalash uchun frazeologizmlar qo‘llanilsa, ayrimida frazeologizmlar ham mavjud

emas. Masalan, chimdilamoq fe’li qarshisida “chunduk giriftan” va “nishgun giriftan”,

suqlatmoq fe’li qarshisida “ba ishtiho ovardan”, qozg‘onmoq fe’li qarshisida “ba dast ovardan”,

tomshimoq fe’li qarshisida “kam-kam xo‘rdan” yoki “shub-shub xo‘rdan”, sipqarmoq fe’li

qarshisida yak bor no‘shidan, qahamoq fe’li qarshisida “dar gulu band mondan”, do‘msaymoq


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

705

fe’li qarshisida “peshoni tursh kardan” kabi frazeologizmlar mavjud bo‘lsa-da, lekin mazkur

fe’llarni ifodalash uchun muqobil fe’l bo‘lmagan, va ayrim fe’llar, jumladan, bo‘xsamoq (g‘am-

anduh shiddatidan bo‘g‘ilib yig‘lash yoki oshiqning ma’shuqasi hajridan yig‘lashi), ingranmak

va singramak (og‘riq sababli yashirin va asta yig‘lash) kabi fe’llarning ma’nolarini ifodalovchi

na fe’l, na frazeologizm bo‘lgan.

Mazkur fe’llarning ayrimida turkiy tillar morfologiyasiga xos o‘zlik nisbatini yasovchi

qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasalgan. O‘zlik nisbati fe’lning grammatik kategoriyalaridan

biri bo‘lib, fe’l asosiga -(i)n va -(i)l qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil bo‘lib, bunda

bajruvchining o‘z ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalashga aytiladi. Navoiy

ushbu morfologik xususiyat tufayli fe’l semantikasiga nozik ma’nolarni ifodalash va uning fors

tilida muqobili bo‘lmagan fe’llarni yasagan. Masalan, chayqamoq fe’lida -(i)l qo‘shimchasini

qo‘shib chayqalmoq va o‘rtamoq fe’lida -(i)n qo‘shimchasini qo‘shish bilan o‘rtanmoq fe’llarini

yasab, fors tilida ifodalab bo‘lmaydigan nozik ma’noni ifodalaydi. Navoiy “Layli va Majnun”

dostonida chayqalmoq fe’lini o‘z ustida o‘zi amalga oshirsh ma’nosida ishlatgan:

Falak birla yer sarbasar

chayqalib

,

Dema chayqalib, borchasi qo‘zg‘alib.

Xamsa, 1102-b.

Hamda o‘rtanmoq fe’lini “G‘aroib us sig‘ar”da ayni nozik ma’noda ishlatgan:

Gar Navoiy yanglig‘

o‘rtansa

ne tong parvona ham,

Kim uning yoridurur bir servi qadi kaj kula.

G‘aroyib us sig‘ar, 487-b.

Navoiyoning «Mahkamatul-lugatayn» asari kam o‘rganilganligi tufayli undagi qayd

etilgan eski o‘zbek tili va adabiyotiga oid ma’lumotlar haligacha amaliy shaklda o‘zbek

tilshunosligi va adabiyotshunosligida unumsiz foydalangan, hatto ko‘plar mazkur asarning

mohiyatini tushunmay, asarda qayd etilgan fe’llarning ma’nosini bilmaslik tufayli uni o‘rganmay

qo‘ygan. Agarchi bu sohada, ayrim izlanishlar amalga oshgan, lekin u umumiy shaklda bo‘lib,

haligacha negadir mazkur fe’llarning hozirgi o‘zbek tilidagi aniq ma’nolari va ularning asosiy

semantik xususiyatlariga yetarlicha diqqat qilinmagan edi. Shuning uchun ham ayrim

tadqiqotlarda mazkur fe’llarning hozirgi o‘zbek tilidagi ma’nosi berilmas edi hamda ba’zi

tadqiqotlarda uning semantik xususiyatlari aniqlanmasligi tufayli mazkur fe’llarni alfavit

tartibida joylashtirib izohlashga intilgan edi. Ushbu maqolada, fe’llarning asl semantik

xususiyatlari aniqlandi va uning asosida tahlilga olinib o‘rganildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

706

XULOSA

Navoiyoning «Mahkamatul-lugatayn» asarida turkiy tilning fe’ldan boy va o‘ta nozik

ma’nolarni ifodalashga qodir til sifatida tasvirlab, unda namuna shaklda 100 fe’lning semantik

xususiyatini nazarda tutilgan.

Mazkur fe’llar sinonimik va kontekstual antonimik qatorda keltirishni nazarda tutib,

joylashtirilgan. ayrim o‘rinlarda, sinonimik qatorda keltirilgan fe’lning kontekstual antonimik

qatori ham undan so‘ng berilgan, ayrim o‘rinlarda esa sinonimik yoki kontekstual antonimik

qatordan tashqari, unga qandaydir aloqador fe’l joylashtirilgan.

Keltirilgan 100 ta fe’lning yana bir xususiyati, ayrim fe’llar polisemantik ya’ni bir nechta

ma’noda ishlatiladigan fe’llardir, ushbu polisemantik fe’llardan ba’zisi yordamchi fe’l vazifasida

amal qilinishi ham kuzatish mumkin, hamda mazkur fe’llar o‘ta nozik ma’nolarni ifoda etish

nazarda tutilgan, ayrim fe’llarda o‘zlik nisbati qo‘shimchalarini qo‘shish bilan uni fors tilida

ifodalab bo‘lmaydigan nozik ma’nolarni ifodalagan. Bundan tashqari, Navoiy yig‘lamasinmoq,

telmurmak, yasanmog‘ va bezanmak kabi fe’llarni 100 ta fe’l ichida joylashtirmagan bo‘lsa-da,

«Mahkamatul-lugatayn»da keltirgan. Buni hisobga olib aytish mumkinki, Navoiy 100 ta fe’lni

namuna shaklda keltirilgan bo‘lib, turk tili (eski o‘zbek tilida) fe’l ko‘pligi bilan birga o‘ta nozik

ma’nolarni ifodalovchi san-sanoqsiz fe’llar mavjudligini isbotlaydi

REFERENCES

1.

Afandi o‘zbeki al-Buxoriy, Shayx Sulaymon. (2013 / hij.1392). Farhangi Chag‘atoiy-

o‘zbekiy. Tarjima va hoshiyanavis: Hasan Abdulhay Jahoniy, Denizchin nashryoti, Tabriz.

2.

G‘aniyeva, S. va boshqalar. (2016). Alisher Navoiy: Qamusiy Lug‘at. 1-2-jild, Sharq

Nashriyoti-Matba'a Aksiyadorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati, Toshkent.

3.

Ibrohim, Rahim. (2017/ hij. 1396). Farhangi o‘zbekiy ba forsiy. Saqofat nashryoti, Mazar-

i Sharif.

4.

Navoiy, Alisher. (1984 / hij.1363). Mahokamat ul-lug‘atayn. nashrga tayyorlovchi: Dr.

Muhammad Ya’qub Vohidiy, Afg‘oniston fanlar akademiyasi, o‘zbek tili va adabiyoti

kafedrasi nashryoti, Kobul.

5.

Navoiy, Alisher. (1996). Mahokamat ul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: F. Sema Brutchi

O‘zundir, Irmak matbuachilik, Anqara.

6.

Navoiy, Alisher. (2008 / hij.1387). Mahokamat ul -lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: Dr.

Husayn Muhammadzoda Sadiq, Tabriz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

707

7.

Navoiy, Alisher. (2008). G‘aroyib u sig‘ar. nashrga tayyorlovchi: Nurulloh Oltoy. Global

Partners, Malayziya.

8.

Navoiy, Alisher. (2009 / hij. 1388) Mahokamat ul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi:

Toshqin Bahoiy, Afghan Press. Kobul.

9.

Navoiy, Alisher. (2009 / hij. 1388). Tarixi muluki Ajam. Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh

Ro‘yin, Sultoniy matbuasi, Mazar-I sharif.

10.

Navoiy, Alisher. (2017). Mahokamat ul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: Qosimjon

Sodiqov, Akadem nashr, Toshkent.

11.

Navoiy, Alisher. (2022 / hij. 1402). Xamsa. Nashirga tayyorlovchi: Toshqin Bahoiy.

Xuroson nashryoti, Tehron.

12.

Ostarobodiy, Mizra Mahdixon. (1994 / hij.1373). Sanglox. nashirga tayyorlovchi va

muharir: Ro‘shan Xiyoviy. Nashr Markaz, Tehron.

13.

Yo‘ldoshev I. Sharifova o‘. (2007). Tilshunoslik asoslari. Iqtisod-Moliya nashryoti,

Toshkent.

References

Afandi o‘zbeki al-Buxoriy, Shayx Sulaymon. (2013 / hij.1392). Farhangi Chag‘atoiy- o‘zbekiy. Tarjima va hoshiyanavis: Hasan Abdulhay Jahoniy, Denizchin nashryoti, Tabriz.

G‘aniyeva, S. va boshqalar. (2016). Alisher Navoiy: Qamusiy Lug‘at. 1-2-jild, Sharq Nashriyoti-Matba'a Aksiyadorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati, Toshkent.

Ibrohim, Rahim. (2017/ hij. 1396). Farhangi o‘zbekiy ba forsiy. Saqofat nashryoti, Mazar-i Sharif.

Navoiy, Alisher. (1984 / hij.1363). Mahokamat ul-lug‘atayn. nashrga tayyorlovchi: Dr. Muhammad Ya’qub Vohidiy, Afg‘oniston fanlar akademiyasi, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi nashryoti, Kobul.

Navoiy, Alisher. (1996). Mahokamat ul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: F. Sema Brutchi O‘zundir, Irmak matbuachilik, Anqara.

Navoiy, Alisher. (2008 / hij.1387). Mahokamat ul -lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: Dr. Husayn Muhammadzoda Sadiq, Tabriz.

Navoiy, Alisher. (2008). G‘aroyib u sig‘ar. nashrga tayyorlovchi: Nurulloh Oltoy. Global Partners, Malayziya.

Navoiy, Alisher. (2009 / hij. 1388) Mahokamat ul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: Toshqin Bahoiy, Afghan Press. Kobul.

Navoiy, Alisher. (2009 / hij. 1388). Tarixi muluki Ajam. Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Ro‘yin, Sultoniy matbuasi, Mazar-I sharif.

Navoiy, Alisher. (2017). Mahokamat ul-lug‘atayn. Nashrga tayyorlovchi: Qosimjon Sodiqov, Akadem nashr, Toshkent.

Navoiy, Alisher. (2022 / hij. 1402). Xamsa. Nashirga tayyorlovchi: Toshqin Bahoiy. Xuroson nashryoti, Tehron.

Ostarobodiy, Mizra Mahdixon. (1994 / hij.1373). Sanglox. nashirga tayyorlovchi va muharir: Ro‘shan Xiyoviy. Nashr Markaz, Tehron.

Yo‘ldoshev I. Sharifova o‘. (2007). Tilshunoslik asoslari. Iqtisod-Moliya nashryoti, Toshkent.