ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
722
KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDAGI BOLALARNING ÒZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Toshbayeva Madina
Termiz Davlat Universiteti Amaliy psixologiya yònalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15207597
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kichik maktab yosh xususiyatlari, ularning psixologiyasi,
bilish jarayonlari, irodaviy sifatlari, shaxslararo munosabati va muloqotchanligi, o’qish
faoliyati kabi asosiy jihatlari hamda farzand tarbiyasi haqida aytib òtilgan fikrlar bilan ham
tanishib chiqishingiz mumkin.
Kalit so`zlar:
kichik maktab yoshi, bola, diqqat, xarakter, shaxslararo munosabat, nutq,
farzand tarbiyasi.
CHARACTERISTICS OF CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE
Abstract.
In this article, you can familiarize yourself with the characteristics of primary
school age, their psychology, cognitive processes, volitional qualities, interpersonal
relationships and sociability, learning activities, as well as the main aspects of child upbringing.
Keywords:
primary school age, child, attention, character, interpersonal relationships,
speech, child upbringing.
ХАРАКТЕРИСТИКА ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Аннотация.
В данной статье вы сможете ознакомиться с особенностями
младшего школьного возраста, его психологией, познавательными процессами, волевыми
качествами, межличностными отношениями и коммуникабельностью, учебной
деятельностью, а также основными аспектами воспитания детей.
Ключевые слова:
младший школьный возраст, ребенок, внимание, характер,
межличностные отношения, речь, воспитание ребенка.
Har bir farzand yurt ravnaqi uchun asosiy tayanchdir. Bolaning kelajakda barkamol yetuk
shaxs bo’lib yetishishida bilim savodida, tarbiyaviy sohasida ota-ona va o’qituvchilarning roli
benihoyat katta. Bolaning qiziqishlari hamda qobilyatlarini shakillantirish har bir insoning
burchidir. Hozirgi kunda yosh avlodlarimiz uchun juda ko’plab sharoitlar yaratilmoqda. Ularning
komil shaxs bo’lib yetishishlari uchun shart –sharoitlar yaratilishi e’tibor qaratilmoqda. Kichik
yoshdagi o’quvchilarning 7-8 yoshdagi bolalar bo’lib, ular boshlang’ich sinf o’quvchilari
hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
723
Bolalarning maktabda muvaffaqiyatli òqishi kòp jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik
darajasiga boģliqdir. Kichik maktab yoshida avvalo bilish sohalari, so’ngra esa emotsional
motivatsiyon yo’nalish bo’yicha yangi shaxsiy hayot boshlanadi. Ularning psixikasida ham
sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. O’qish o’quvchining vazifasi va ijtimoiy burchiga aylanadi.
Mashg`ulot jarayonida bolada goh uzoqqa, goh yaqinga qarashga ehtiyoj boshlanadi.
Nutqning ma'lum darajada rivojlanganligi deyilganda, bolaning dunyoqarashi, jonli
tabiati, insonlarning mehnati va mashaqqatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ular qanchalik boy
bòlsa bolalarda ham shunchalik nutqiy qobiliyat shakllangan bòladi. Keyinchalik kichik maktab
o’quvchilari ranglarni va rang tuslarini seza boshlaydilar. 6-7 yoshli maktab muhitiga tayyor
bolalarda "Men shuni hohlayman" motividan "Men shuni bajarishim kerak "motivi ustunlik qila
boshlaydi. E.I.Ignatevning tekshirishlari shuni ko’rsatadiki, asosiy rang tomonlarining tusini
ajratish murakkab ishdir. Shuning uchun bolalarni bunga o’rgatish kerak. Diqqat o’qish
jarayonining zarur sharti hisoblanadi. Idrokning to’laligi, tezligi hamda to’g’riligi diqqatga
bo’liqdir. Bu yoshdagi bolalarda kitob o’qishlari uchun yoxud turli xil berilgan misol,
topshiriqlarni bajarish uchun diqqat asosiy o’rinni egallaydi. Kichik yoshdagi o’quvchilarda
ixtiyorsiz diqqat yuqori turadi.
Diqqatning bu turi B.T.Annoevning yozishicha, katta odamlar bilan bolaning birgalikdagi
faoliyati va tarbiyaning mahsuli bo’lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq
o’sishi maktab yoshidagi bolalarda idrok va tafakkurning tarbiyalanishiga bog’liq. Bu yoshdagi
bolalar avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo’lishi kerak. Kichik maktab yoshida
tasavvur, tafakkur hamda nutq umumlashadi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada soda
axloq me’yorlari va qoidalar egallanadi.
Bolada uning atrofdagilar bilan xilma –xil munosabatlar yuzaga kelib, bu munosabatlar
asosida esa turli xil motivlar yotadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda shaxs rivojlanishining
asosiy o’zgarishlari, ularning o’z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o’zini-o’zi anglash kabi hislarning yuzaga kelishi namoyon
bo’ladi. Kichik maktab yosh davrida shaxslararo munosabatlarning shakllanishi – bu bolalar
o’zlarining ilk ijtimoiy tajribalari va aloqalarini hosil qila boshlaydigan muhim bosqichi
hisoblanadi.
Kichik maktab yoshi — bolalar uchun muhim rivojlanish davri bo'lib, ularning aqliy,
emotsional, ijtimoiy va jismoniy jihatlarini shakllantiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
724
Bu davrda bolalar mantiqiy fikrlash, o'qish-yozish, matematik ko'nikmalarni o'zlashtiradi,
shuningdek, o'z his-tuyg'ularini tushunishga va ifodalashga o'rganadilar. Ijtimoiy o'zaro
munosabatlar va guruhda ishlash muhim ahamiyatga ega, shuningdek, jismoniy faollik va
motorik qobiliyatlar rivojlanadi. Bu jarayonlar bolalarning o'z-o'zini anglash, mas'uliyat va
o'zaro hurmatni o'rganishlariga yordam beradi. Kichik maktab yoshi bolalarning asosiy hayotiy
ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Asosan òqish faoliyati kichik maktab yoshi òquvchilarining aql-idroki, sezgirligi,
kuzatuvchanligini, eslab qolish va esga tushurish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim
shart sharoitlarni yaratadi desak ham mubolaģa bòlmaydi. Kichik maktab yoshi davridagi
bolalarda òqish jarayoniga hamda shu bilan burgalikda katta hayotga tayyorlov jarayonlari ham
amalga oshirilib boradi. Shuni ta'kidlash lozimki, bu davrdagi bolalarga qanchalik kòp e'tibor
berilsa, òqish faoliyatiga moslashish jarayonida ularga kòproq vaqt ajratilsa, ularda yuzaga
keladigan qiyinchiliklarni birgalikda hal qilishga kòmaklashishsa ya`ni bolalar shu davrda hech
bir inqirozsiz òtsa kelajakka shunchalik umid kòzi bilan qaraydigan barkamol shaxs bo’lib
yetishadi. Xalqimizda "bola boshidan "degan naqllar ham bejizga aytib òtilmagan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, ota-ona tomonidan vaqtida berilgan e'tibor bola
hayotida misli kutilmagan òzgarishlarni yuzaga chiqarishi mumkin. Bolalarning komil inson
bòlib shakllanishida atrof olamdagi narsa va predmetlarning ham ta'siri yòq emas. Donishmand
ota bobolarimizning farzand tarbiyasidagi fikrlari ham bugungi kunda ham òz ahamiyatini
yòqotmagan. Yoshlikda olingan bilim toshga bitilgan naqsh kabidir.
REFERENCES
1.
Kayumova, G., & Suyunova, D. (2023). THE ROLE OF PARENTS AND TEACHERS
IN THE DISCLOSURE OF A CHILD'S ABILITY. Models and methods in modern
science, 2(1), 133-135.
2.
Narzullayevna, K. G. (2022). Psychological effects of motivation of marriage in young
people on family strength. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 12(6), 301-303.
3.
Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. “Umumiy psixologiya”. - Toshkent: Mumtoz soz, 2010. –
97 b
4.
G’oziev E.G`. Ontogenez psixologiyasi - Toshkent: Noshir, 2010. - 73 b
