Authors

  • Oysha Inoqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78879

Keywords:

saylov yalpi ovoz referendum konstitutsiya demokratiya partiyalar.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimini tahlil qiladi, uning huquqiy asoslari, amaliy jarayonlari, ijobiy tomonlari va muammolarini yoritadi. Tadqiqotda saylov qonunlarining rivojlanishi, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, saylov shaffofligi va raqobatbardoshligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, prezidentlik, parlament va mahalliy saylovlar tizimlari, shu jumladan ovoz berish usullari, saylov komissiyalarining faoliyati va saylov natijalariga ishonchlilik darajasi baholanadi. Maqolada O‘zbekiston saylov tizimi AQSh, Germaniya kabi rivojlangan demokratiya davlatlarning saylov tizimlari bilan solishtiriladi. Xalqaro tajriba asosida saylov qonunchiligini takomillashtirish, saylov shaffofligini oshirish va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotdan ko’zlangan asosiy maqsad saylov jarayonini huquqiy asoslarini takomillashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun g’oyalar berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida milliy qonunchilikda qo’llanilayotgan saylov tashkil etish usuli, saylov va uni tashkil etish to’g’risidagi qarashlar, amaliyot va qonunchilik hujjatlari: tahlil, funksional, tuzilmaviy, qiyosiy va boshqa usullar vositasida tadqiq etildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

743

SAYLOV TIZIMINI TASHKIL ETISH: O‘ZBEKISTONNING SAYLOV HUQUQIDAGI

MUHIM TENDENSIYALARI

Inoqova Oysha Suyun qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro huquq fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15207649

Annotatsiya.

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimini tahlil qiladi,

uning huquqiy asoslari, amaliy jarayonlari, ijobiy tomonlari va muammolarini yoritadi.

Tadqiqotda saylov qonunlarining rivojlanishi, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, saylov

shaffofligi va raqobatbardoshligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, prezidentlik,

parlament va mahalliy saylovlar tizimlari, shu jumladan ovoz berish usullari, saylov

komissiyalarining faoliyati va saylov natijalariga ishonchlilik darajasi baholanadi. Maqolada

O‘zbekiston saylov tizimi AQSh, Germaniya kabi rivojlangan demokratiya davlatlarning saylov

tizimlari bilan solishtiriladi. Xalqaro tajriba asosida saylov qonunchiligini takomillashtirish,

saylov shaffofligini oshirish va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy

takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotdan ko’zlangan asosiy maqsad saylov jarayonini huquqiy

asoslarini takomillashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun g’oyalar berishdan

iborat. Tadqiqot jarayonida milliy qonunchilikda qo’llanilayotgan saylov tashkil etish usuli,

saylov va uni tashkil etish to’g’risidagi qarashlar, amaliyot va qonunchilik hujjatlari: tahlil,

funksional, tuzilmaviy, qiyosiy va boshqa usullar vositasida tadqiq etildi.

Kalit so’zlar:

saylov, yalpi ovoz, referendum, konstitutsiya, demokratiya, partiyalar.

ОРГАНИЗАЦИЯ ИЗБИРАТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЫ: ВАЖНЫЕ ТЕНДЕНЦИИ В

ИЗБИРАТЕЛЬНОМ ПРАВЕ УЗБЕКИСТАНА

Aннотация.

Эта статья анализирует избирательную систему Республики

Узбекистан, её правовые основы, практические процессы, положительные стороны и

проблемы. В исследовании рассматриваются вопросы развития избирательных законов,

усиления роли политических партий, прозрачности и конкурентоспособности выборов.

Также оцениваются системы президентских, парламентских и местных выборов,

включая методы голосования, деятельность избирательных комиссий и доверие к

результатам выборов. В статье проводится сравнение избирательной системы

Узбекистана с избирательными системами таких развившихся демократических стран,

как США, Германия. На основе международного опыта разрабатываются практические


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

744

предложения по совершенствованию избирательного законодательства, повышению

прозрачности выборов и укреплению участия гражданского общества. Основной целью

исследования является предложение идей для совершенствования правовых основ

избирательного процесса и устранения существующих недостатков. В процессе

исследования были использованы методы анализа, функциональный, структурный,

сравнительный и другие подходы для изучения практики и законодательства,

касающегося организации выборов и их проведения в национальном законодательстве.

Ключевые слова:

выборы, всенародное голосование, референдум, конституция,

демократия, партии

.

ORGANIZATION OF THE ELECTORAL SYSTEM: IMPORTANT TRENDS IN

UZBEKISTAN'S ELECTORAL LAW

Abstract

. This article analyzes the electoral system of the Republic of Uzbekistan, its

legal foundations, practical processes, positive aspects, and challenges. The research addresses

the development of electoral laws, the enhancement of political parties' roles, and issues related

to election transparency and competitiveness. It also evaluates the presidential, parliamentary,

and local election systems, including voting methods, the activities of electoral commissions, and

the reliability of election results. The article compares Uzbekistan's electoral system with the

systems of developed democracies such as the United States, Germany. Based on international

experience, practical proposals are developed to improve electoral legislation, increase election

transparency, and strengthen the participation of civil society. The main goal of the research is

to provide ideas for improving the legal foundations of the electoral process and eliminating

existing shortcomings. The research process involved methods such as analysis, functional,

structural, comparative, and other approaches to examine the practices and legal documents

related to the organization and conduct of elections in the national legislation.

Keywords:

election, popular vote, referendum, constitution, democracy, parties.

Kirish

Zamonaviy dunyoda demokratik institutlarning rivojlanishi davlatlar ichki siyosatining

muhim ko‘rsatkichlaridan biriga aylangan. Bunda saylov tizimining shaffof, adolatli va samarali

bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Saylovlar – fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini

taʼminlovchi siyosiy huquqi sanaladi. Konstitutsiyamizda ham Saylov tizimi va uni tartibga

solish bo’yicha alohida bob ajratilgan. Bejiz, saylov huquqi sohasidagi tamoyillar va standartlar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

1948 yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aks etmagan. Qolaversa, hozirda erkin

saylov tashkil qilinishi va o‘tkazilishini taʼminlash sohasida 20 dan ortiq universal va mintaqaviy

xalqaro shartnomalar amal qiladi.

1

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon saylov

mexanizmlarini demokratlashtirish, fuqarolarning siyosiy ishtirokini kengaytirish va ovoz berish

jarayonlarini ochiq qilish yo‘lida muhim islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu jarayonni tartibga

solish, yanada rivojlantirish va shaffoflikni ta’minlash uchun 2019-yil 25-iyun kunida

“O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi” qabul qilindi. Bu hujjatda barcha saylov

jarayonidagi chora-tadbirlar yoritilgan bo’lib, noaniqlik va mavhumliklarga chek qo’yuvchi

vositaga aylandi.

So’nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Prezidentlik va Parlament saylovlari

mamlakatimizda saylov jarayonlarining yangi bosqichga ko‘tarilishini ko‘rsatdi. Yurtimizda

saylov o’tkazishning asosiy prinsiplari etib umumiylik, tenglik va to’g’ridan-to’g’ri saylov

huquqi belgilandi.

2

Aynan shu prinsiplardan kelib chiqib saylovlar ochiq va oshkora o’tkaziladi.

Biroq, saylov tizimining ba’zi jihatlari, masalan:

Saylov qonunchiligida noaniqliklar va qonun hujjatlarining amaliyot bilan har doim ham

mos kelmasligi;

Ovoz berish va hisoblash bosqichlarida shaffoflikning yetarli emasligi;

Fuqarolarning saylovlarga ishtirok etish darajasining pastligi;

Partiyalararo raqobatning sustligi va muxolifatning cheklangan imkoniyatlari

kabi muammolar hali ham mavjud. Shu sababli, O‘zbekistonda saylov tizimini yanada

takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslashtirish va fuqarolarning ishonchini oshirish uchun

chuqur tahliliy ishlar olib borish zarur.

Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimini

tahlil qilish, uning amaldagi qonun hujjatlarini va amaliyotini xalqaro demokratik standartlar

nuqtai nazaridan baholash, shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy

takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Dastavval, Saylov qonunchiligining huquqiy tahlili ya’ni O‘zbekiston Konstitutsiyasi,

Saylov kodeksi va boshqa normativ hujjatlarning zamonaviy talablarga mosligini tahlil qilishdan

boshlaymiz. Yurtimizning saylov qonunchiligi zamonaviy talablar va xalqaro standardlar bilan

moslashgan bo’lishiga qaramay, hali ham ba’zi sohalarda yangilanishga muhtoj. Saylov

1

Fuqarolarning saylov huquqi va kafolatlari

2

O’zbekiston respublikasi saylov kodeksi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

746

jarayonlari hali hanuz qog’ozga yozib ovoz berish usulida o’tkaziladi va bu moliyaviy xarajatlar

va tabiiy resurslarga ziyon yetkazishga olib kelishini yaqqol isbot deyishimiz mumkin. Yana bir

kamchiliklardan biri saylov jarayonlarining amaliy tahlili – ovoz berish, hisoblash, qayta sanash

bosqichlaridagi muammolar deyish mumkin, chunki bu bosqichni insonlar ya’ni vakolatli

shaxslar amalga oshiradi va hech qanday texnika ishlatilmaydi. Inson omili yo’l qo’yishi

mumkin bo’lgan xatoliklar, uzoq vaqt davomida saylovdan keyingi masalalar bilan band bo’lish

masalalari e’tibordan chetda qolgan.

Tadqiqot natijalari

Saylov o’tkazish demokratik davlat barpo etilganidan buyon mavjud bo’lib, vaqt o’tgan

sari bu jarayon rivojlantirilib borilmoqda.

Qayd etish lozimki, Konstitutsiyamizning 128-moddasida O‘zbekiston Respublikasining

fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir

saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi

qonun bilan kafolatlanadi”,

3

deb belgilangan. Fuqarolarning bu huquqini to‘la ro‘yobga chiqarish

uchun so‘nggi yillarda saylovga oid qonunchilikni xalqaro standartlarga mos ravishda

takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada xorijda vaqtincha yashab turgan mehnat

muhojirlari, talabalar va boshqa yurtdoshlarimiz saylovda ishtirok etishi uchun keng sharoitlar

yaratildi. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarga ovoz berish imkoniyati yaratildi. Aytish

joizki, ushbu normalar baʼzi demokratik davlatlar qonunchiligida ham mavjud emas. Quyida

O’zbekiston respublikasi saylov tizimi va boshqa rivojlangan davlatlarning saylov tizimi

to’g’risida qiyoslama jadvalni ko’rishimiz mumkin:

O’zbekiston, AQSH va Germaniya saylov tizimi to’g’risida taqqoslama jadval

Kriteriyalar

O’zbekiston

AQSH

Germaniya

Konstitutsiyaviy

asos

Konstitutsiyada ko’p

partiyaviylik va

erkin saylovlar

kafolatlanadi(2023)

Konstitutsiya va

shtat qonunlari bilan

tartibga solinadi

Asosiy

qonun(Grundgesetz) bilan

belgilanadi

Ovoz berish

usuli

Qog’oz va elektrion

variantlar

aralash(asosan

qog’oz)

Asosan qog’oz

orqali, ba’zi

shtatlarda electron

variantlar sinovdan

o’tkazilmoqda

Qog’oz orqali, pochta

orqali ovoz berish

imkoniyati mavjud

Saylovchilar

ishtiroki(oxirgisi)

~70%

~66%

~76%

Saylov

Markaziy Saylov

Har bir shtatni

Federal va mahalliy

3

O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

747

komissiyasi

tuzilishi

Komissiyasi

mustaqil saylov

komissiyalari

mavjud(bipartisan

tizimi)

mustaqil

komissiyalar(partiyalar

nazorati ostida)

Xalqaro ekspertlar saylash huquqiga ega bo‘lgan va harakatlanish erkinligi cheklangan

yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarni qo‘rqitilishi mumkinligi nuqtai nazaridan juda

zaif elektorat segmenti deb hisoblaydi.

O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng saylov jarayonlari takomillashtirildi, xususan

mustaqillikdan so’ng shu kungacha 7 marta prezidentlik saylovi o’tkazilgan. Ilk bor prezidentlik

saylovi 1991-yilda o’tkazilgan va aholi ishtiroki o’ta yuqoriligi bilan yodda qolgan. Jami

ro’yxatga olingan fuqarolarning 94,2% saylovda faol qatnashgan. Keyingi prezidentlik saylovi

2000-yili o’tkazilgan, unda 12 million 746 ming 903 kishi ro’yxatdan o’tgan va 12 million 123

ming 199 saylovchi ishtirok etgan. Bu esa ro’yxatdan o’tgan saylovchilarning umumiy

miqdorining 95,10% qatnashganini ko’rsatadi.

4

2007-yil 16 million 297 ming 400 nafar saylovchi ro’yxatga olingan, shundan 14 million

765 ming 444 nafar yoki 90,6 foiz ovoz berishda ishtirok etgan. Bu ko’rsatkichlardan sezish

mumkinki O’zbekiston aholisi yurtboshi-prezidentni tayinlashga va siyosiy jarayonlarga befarq

bo’lmagan. Keyingi yillarda, xususan 2015, 2016, 2021 va 2023-yillarda ro’yxatga olingan

saylovchilarning 80 foizidan ortig’i faol ishtirok etishgan.

Xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ayrim olimlar saylov tizimini yaratishga va

uni yanada samarali bo’lishi va tartibga solishning miqdoriy yondashuvlariga alohida e’tibor

qaratishadi. Bunda jarayonni shaffof, ochiq va oshkora tashkil etish uchun xorijiy tajriba

metodlari, iqtisodiy ta’sir tahlillari va boshqa ko’rsatkichlari muhokama qilish e’tibor doirasida

bo’ladi.

5

Taraqqiy etgan demokratik huquqiy davlatlarda saylovlarning adolatli o‘tishi har bir

saylovchining ovoz berish jarayonida ishtirok etishini taʼminlash borasida yaratilgan shart-

sharoitlarning saylovchi-fuqarolar uchun qulayligi, kengligi hamda huquqiy asosga ega ekani

bilan belgilanadi. O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligida ham barcha saylovchilarga ovoz

berish jarayonida to‘sqinliksiz ishtirok etishini taʼminlash borasida muhim qoidalar belgilangan.

Ulardan biri saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish huquqi institutidir. Qayd

etish lozimki, saylovlarda muddatidan oldin ovoz berish tartibi ilg‘or xorijiy davlatlarda,

4

Foto: O‘zbekistonda o‘tgan barcha prezidentlik saylovlari — Uzbekistan News | DARYO.UZ

5

Rayanov F.M. Teoriya gosudarstva i prava [Theory of Government and Rights]. Moscow, Jurist Publ., 2002.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

748

xususan, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Finlyandiya, Norvegiya, Polsha, Ruminiya va boshqa

ko‘plab davlatlarda mavjud.

Bir qator ilg’or xorijiy davlatlar qatorida O’zbekiston Respublikasida ham muddatidan

avval ovoz berish huquqi fuqarolarga taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Saylov

kodeksining 57-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega

bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga egadir. Muddatidan oldin ovoz

berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.

Fransiyalik va Germaniyalik Maurice Duverger (“Siyosiy partiyalar”) va Arend Lijphart

(“Demokratik rejimlar”) kabi olimlar saylov tizimlari va ularning demokratiyaga ta’sirini tahlil

qilishgan. Ularning fikricha, proporsional va ko‘pchilik saylov tizimlari turli davlatlarda turli

ta’sir ko‘rsatadi. Arend Lijphart o’zining “Patterns of democracy” nomli kitobida demokratiyaga

asoslangan davlat barpo etishning qanchalik dolzarbligi, saylovning ahamiyati haqida batafsil

to’xtalgan. Aynan ushbu ilmiy qo’llanma Yale Universiteti tomonidan nashrdan chiqarilgan va

bu universitet huquqiy fan modullarida bu qo’llanmadan keng foydalanishadi.

2022-yil 17-oktyabrda MDH davlatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi

tuzildi. Ushbu loyiha yuzasidan O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining Mustaqil

Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashini

tuzish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. "MDH doirasida maslahat organini tashkil etish

tashabbusi MDHga a’zo davlatlar saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ilgari surildi",

6

- deyiladi xabarda.

O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi tajribasi va metodlari bir qator MDH davlatlari

tomonidan maqullanib iliq qarshi olindi. Saylov komissiyasi a’zolari olimlari saylov tizimini

oshkora va shaffof o’tkazishni keng muhokama qilishdi.

Tadqiqot natijalari tahlili

Zamonaviy saylov tizimlari demokratik jamiyatlar uchun asos boʻlib, ularning ishlash

samaradorligi qonuniyat, shaffoflik va ishonchlilik tamoyillariga bogʻliq. Tadqiqotlar shuni

koʻrsatadiki, saylov jarayonining muvaffaqiyati bir qator omillarga, jumladan saylov

qonunchiligining aniqligi, saylov mexanizmlarining zamonaviy texnologiyalar bilan

jihozlanganligi va fuqarolarning saylov madaniyatiga ega boʻlishiga bogʻliq (Norris, 2017).

Demak, demokratiyaga asoslangan rivojlangan davlat barpo etishda uni

boshqarish muhim va bunday vazifani ishonchli vakolatli organlarga topshirish muhim jarayon.

6

MDH davlatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi tuzildi - 17.10.2022, Sputnik O‘zbekiston


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

749

Saylovlarning halol va adolatli boʻlishi uchun shaffoflik va mustaqil nazorat mexanizmlari

muhim ahamiyatga ega. Dahl (1989) oʻzining "Demokratiya va uning tanqidchilari" asarida

taʼkidlaganidek, demokratik saylovlar fuqarolarning ovoz berish huquqini himoya qilishi va

saylov natijalariga ishonch hosil qilishi kerak. Xalqaro tajribalar shuni koʻrsatadiki, saylov

komissiyalarining mustaqilligi va saylov jarayonining ochiqligi saylovlarning ishonchliligini

oshiradi (Birch, 2011).

Oʻzbekistonda saylov tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar, shu

jumladan raqamlashtirish va elektron ovoz berish tizimlarini joriy etish, saylovlarning

shaffofligini oshirishga yordam beradi (Xabibullayev, 2022).

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi saylov jarayonlarini yanada ishonchli va

qulay qilmoqda. Masalan, Estoniya elektron ovoz berish tizimini muvaffaqiyatli joriy etgan

mamlakatlardan biri boʻlib, bu usul saylov ishtirokini oshirishga yordam bergan (Alvarez et al.,

2009). Biroq, baʼzi tadqiqotchilar kiberxavfsizlik tahdidlari tufayli elektron saylovlarning

ishonchliligi haqida shubha bildiradilar (Krimmer et al., 2017).

Saylovlarda ishtirok darajasi demokratiyaning salohiyatini koʻrsatuvchi muhim

koʻrsatkich hisoblanadi. Franklin (2004) taʼkidlashicha, saylov ishtirokining pastligi siyosiy

beparvolik yoki saylov tizimiga ishonchsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun,

saylov oldi targʻibotlari va fuqarolarni saylov ahamiyati haqida o‘qitish samarador saylovlar

uchun muhimdir.

Xulosa

Saylov tizimi demokratik jamiyatning asosiy institutlaridan biri bo’lib, uning

samaradorligini

mamlakatning

siyosiy

barqarorligi

va

fuqarolarning

ishonchini

mustahkamlashda hal qiluvchi rol o’ynaydi.Tadqiqotlar shuni ko’rsatadii, halol va shaffof

saylovlar o’tkazish uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish zarur:

Mustaqil saylov boshqaruvi - Lindberg (2006) ta'kidlashicha, mustaqil saylov

komissiyalari saylovlarning halolligini ta'minlashda asosiy rol o'ynaydi. Ushbu institutlarning

mustaqilligi va professionalligi saylov jarayoniga ishonchni oshiradi.

Innovatsion texnologiyalarning ahamiyati - Goodman (2014) elektron ovoz berish

tizimlarining afzalliklarini ta'kidlab, ularning saylov ishtirokini oshirish va jarayonni

soddalashtirishdagi rolini alohida ta'vsiya qiladi. Biroq, Sussman (2020) bu texnologiyalarni

joriy etishda kiberxavfsizlik tahdidlarini hisobga olish zarurligini ta'kidlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

750

Fuqarolarning ishtirok darajasi - Blais (2006) o'z tadqiqotlarida saylov ishtirokining

demokratik jamiyatlar uchun ahamiyatini ta'kidlab, ishtirokni oshirish uchun strategiyalar ishlab

chiqish zarurligini ko'rsatadi.

O'zbekiston kontekstida, Abdullayev (2023) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

saylov islohotlarini chuqur tahlil qilib, ularning xalqaro standartlarga moslashtirilishi

jarayonidagi yutuqlar va qiyinchiliklarni alohida ta'kidlaydi.

Demak, samarali saylov tizimini shakllantirishda quyidagi yo'nalishlarni inobatga olish

muhim:

o

Saylov qonunchiligini takomillashtirish

o

Mustaqil monitoring mexanizmlarini joriy etish

o

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

o

Fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish

Kelajakda saylov tizimlarini takomillashtirish bo'yicha chuqur tadqiqotlar olib borish va

xalqaro tajribalarni o'rganish demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Alvarez, R. M., Hall, T. E., & Hyde, S. D. (2009). Election Fraud: Detecting and

Deterring Electoral Manipulation. Brookings Institution Press.

2.

Birch, S. (2011). Electoral Malpractice. Oxford University Press.

3.

Dahl, R. A. (1989). Democracy and Its Critics. Yale University Press.

4.

Franklin, M. N. (2004). Voter Turnout and the Dynamics of Electoral Competition in

Established Democracies Since 1945. Cambridge University Press.

5.

Krimmer, R., et al. (2017). The Development of Remote E-Voting Around the World: A

Review of Roads Taken and Not Taken.

6.

Norris, P. (2017). Why Electoral Integrity Matters. Cambridge University Press.

7.

Xabibullayev, R. (2022). Oʻzbekistonda saylov islohotlari: yangi bosqich. "Demokratik

institutlar" jurnali.

8.

Lindberg, S. I. (2006). Democracy and Elections in Africa. Johns Hopkins University

Press.

9.

Goodman, N. (2014). Internet Voting: The Great Debate. Election Law Journal.

10.

Sussman, E. (2020). Cybersecurity in Elections: Models of Interagency Collaboration.

Harvard National Security Journal.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

751

11.

Blais, A. (2006). What Affects Voter Turnout? Annual Review of Political Science.

12.

Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining

ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

13.

Patterns of Democracy

References

Alvarez, R. M., Hall, T. E., & Hyde, S. D. (2009). Election Fraud: Detecting and Deterring Electoral Manipulation. Brookings Institution Press.

Birch, S. (2011). Electoral Malpractice. Oxford University Press.

Dahl, R. A. (1989). Democracy and Its Critics. Yale University Press.

Franklin, M. N. (2004). Voter Turnout and the Dynamics of Electoral Competition in Established Democracies Since 1945. Cambridge University Press.

Krimmer, R., et al. (2017). The Development of Remote E-Voting Around the World: A Review of Roads Taken and Not Taken.

Norris, P. (2017). Why Electoral Integrity Matters. Cambridge University Press.

Xabibullayev, R. (2022). Oʻzbekistonda saylov islohotlari: yangi bosqich. "Demokratik institutlar" jurnali.

Lindberg, S. I. (2006). Democracy and Elections in Africa. Johns Hopkins University Press.

Goodman, N. (2014). Internet Voting: The Great Debate. Election Law Journal.

Sussman, E. (2020). Cybersecurity in Elections: Models of Interagency Collaboration. Harvard National Security Journal.

Blais, A. (2006). What Affects Voter Turnout? Annual Review of Political Science.

Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Patterns of Democracy