ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
752
1920-1930-YILLARDA SURXON VOHASIDA O‘QITUVCHI KADRLAR
TAYYORLASH VA SAVODSIZLIKNI TUGATISH MUAMMOLARI
Tillayeva Shohsanam Odil qizi,
Termez davlat universitetining Magistratura bo’limi,
Tarix yo’nalishi II bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15207686
Annotatsiya.
Ushbu maqolada 1920-1930-yillarda Surxon vohasida Sovet hukumati
tomonidan ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda o‘qituvchi kadrlarlarni tayyorlash,
yangi ta'lim tizimini joriy etish, savodsizlikni tugatish kabi masalalarga alohida e'tibor berildi.
Kalit so’zlar
: Savodsizlikni tugatish, pedagogik institutlar, malaka oshirish kurslari,
A.Xo’jamberdiyev, A,Xidoyatov,
,,Bitsin savodsizlik” jamiyati,
ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ И ЛИКВИДАЦИИ
НЕГРАМОТНОСТИ В СУРХАНСКОМ ОАЗИСЕ В 1920-1930-Е ГОДЫ
Аннотация:
В данной статье анализируются процессы реформ в сфере
образования, проводимые советским правительством в 1920-1930-е годы в Сурханской
долине, в частности, подготовка преподавательских кадров, внедрение новой
образовательной системы и ликвидация безграмотности. В рамках государственной
образовательной политики рассматривается деятельность педагогических институтов,
курсов повышения квалификации и общества "Борьба с безграмотностью", направленных
на подготовку учителей и обучение их новым методам преподавания. Особое внимание
уделяется деятельности педагогов А.Ходжамбердиева и А.Хидоятова. В статье
подробно рассматриваются важные реформы, направленные на ликвидацию
безграмотности, передачу знаний учащимся и развитие образовательной системы в
обществе.
Ключевые слова:
ликвидация безграмотности, педагогические институты, курсы
повышения квалификации, А.Ходжамбердиев, А.Хидоятов, общество "Борьба с
безграмотностью".
PROBLEMS OF TRAINING TEACHERS AND ERADICATING ILLITERACY IN THE
SURKHAN OASIS IN THE 1920S-1930S
Abstract.
This article analyzes the educational reforms implemented by the Soviet
government in the 1920s and 1930s in the Surkhandarya region, focusing on teacher training,
the introduction of a new education system, and the eradication of illiteracy. The article
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
753
examines the role of pedagogical institutes, professional development courses, and the "End
Illiteracy" society in training teachers and teaching them new pedagogical methods. The
activities of educators such as A. Khodjamberdiev and A. Khidoyatov are highlighted. The
article provides a detailed overview of the important reforms aimed at eradicating illiteracy,
providing knowledge to students, and developing the educational system in society.
Keywords:
Eradication of illiteracy, pedagogical institutes, professional development courses, A.
Khodjamberdiev, A. Khidoyatov, "End Illiteracy" society.
XX asrning boshlariga kelib ko’p miqdorda rus-tuzim maktablarining tashkil etilishi,
katta yoshli aholi orasida savodsizlikni tugatish yuzasidan avj oldirilgan ishlar, ko’plab
maktablar hamda savodsizlikni tugatish kurslarining ochilishi malakali kadrlarga bo’lgan talabni
oshirib yubordi.
Sovet hokimiyatining bosh gʻoyasi, qattiq mafkuraviy nazoratni oʻrnatish va
olib borayotgan siyosatni mustahkamlashda umumiy boshlangʻich taʼlimni joriy etish,
savodsizlikni tugatish kabi islohotlar turardi. Buning uchun vohada yangi sovet maktablari
oʻqituvchilarga muhtoj boʻlsa–da, lekin ular eski usul maktablari muallimlaridan foydalanmadi,
chunki dushman koʻzi bilan qaraldi, yaʼni endi u maktablar biz uchun begona, ular eskilik
sarqitlari deb baholandi va shu gʻoyaga ishontirish uchun oʻz siyosiy ishlarini olib bordilar. Bu
esa o’z navbatida vohada milliy pedagogik kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish vazifasini
yuzaga keltirdi. Shu maqsadda okrugda qisqa muddatli o’qituvchilar tayyorlash kurslari ochila
boshladi. Masalan 1926-yil Termiz shahrida o’n oylik pedagogik kurs tashkil qilindi. 1927-
1928-o’quv yilida bu kursni 50 nafar tinglovchi tamomladi va bitiruvchilardan 43 nafari qishloq
joylardagi maktablarga safarbar qilindi. J.Amirxonov, A.Xo’jamberdiyev, A,Xidoyatov,
E.Pardayev, D.Mirzayev va shu kabi ko’pgina yoshlar ana shu qisqa muddatli kurslarni
tamomlab chiqdilar va vohada yetishib chiqqan qaldirg’och o’qituvchilar sifatida faoliyat
boshladilar. 1928-yilga kelib bu pedagogika kursi maxsus o’rta bilim yurtiga aylantirildi.
[1.B.121].
Shuningdek,
1927 yilda "O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha" qaror
qabul
qilindi, bu qaror asosida viloyatda yangi pedagogik institutlar hamda kurslar ochilib, ko‘plab
yangi o‘qituvchilar tayyorlandi. Boysunda oʻqituvchi-mutaxassislar tayyorlash boʻyicha 1932-
yilda 6 oylik taʼlim tarbiya kursi ochilib, 105 nafar oʻqituvchi tayyorlandi. 1933-yilda 70 kishi,
1934-yilda 20 kishi muallimlikni bitirdi. Bundan tashqari, yozgi taʼtil vaqtida bu muallimlar
pedagogika texnikum va institutlarda malaka oshirishga yuborildi. 1930-yillarda tojik millatiga
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
754
mansub bolalar uchun 15 ta oʻquv xonasi, 15 ta bolalar maydonchasida tojik tili oʻquv kurslari
tashkil etilib, adabiyotlar va muallimlar bilan taʼminlandi. 1934-yilda 243 bola maktablarga jalb
etilib, shundan 231 tasi kolxoz aʼzolarini bolalari va 12 tasi yakka xoʻjaliklarning bolalaridan
iborat edi. [2.B.166-167].
1920-1930-yillar oralig’ida sovet hukumatining ta’lim sohasida, savodsizlikni tugatish
bo’yicha amalga oshirgan chora tadbirlarini ko’rib chiqamiz.
1.
Sovet Hukumatining Ta'lim Siyosati
Sovet hukumatining ta'lim sohasidagi siyosati
asosan savodsizlikni tugatish va o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan edi. 1920-yillarning
boshlarida Sovet hukumati ta'lim tizimida tub islohotlar o‘tkazdi. Bu jarayonda o‘qituvchilarni
tayyorlash uchun yangi kurslar va ta'lim muassasalari tashkil etildi, shuningdek, ta'lim tizimi
davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi.
1920 yilda "Savodsizlikni tugatish bo‘yicha"
qaror
qabul qilindi, bu qaror Surxondaryo viloyatida ham amaliyotga kiritildi.
1930 yilda
"O‘qituvchilarni malaka oshirishga doir qaror"
esa o‘qituvchilarning bilim darajasini
oshirishga va yangi pedagogik metodlarni o‘rganishga imkon yaratdi.
2.
Savodsizlikni Tugatish
Savodsizlikni tugatish Sovet hukumati siyosatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri edi. Shuning uchun birinchi navbatda 1920-yil 17-sentabr kuni TAASR
Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to’g’risida dekret qabul
qilindi. Unga ko’ra, 8 yoshdan 40-yoshgacha bo’lgan barcha fuqarolar o’qish va yozishni
o’rganishi shart qilib belgilandi. 1924-yilning boshida esa ,,Bitsin savodsizlik!” jamiyati vujudga
keldi. Uning tarkibini o’qituvchilar va talabalar tashkil qilgan. Savodsizlikni tugatish bo’yicha
ushbu jamiyat tomonidan dastlabki vaqtda 35 ta maktab ochilib, 10200 kishi o’z savodini
chiqardi. Rasmiy statistic ma’lumotlarga ko’ra, 1937-yilga kelib, respublikamizda savodsizlik
tugatilib, kamsavodli kishilar soni 2 milliondan ziyod bo’lgan. Aholining sovetlar idrokidagi
umumiy savodxonligi 67,8 % ga yetgan edi. [3.B.458].
1920-1930-yillarda Surxondaryo viloyatida ham savodsizlikni tugatish bo‘yicha katta
ishlar amalga oshirildi. 1926 yilda amalga oshirilgan statistika ma'lumotlariga ko‘ra,
Surxondaryoda savodsizlik darajasi 50% dan ortiq edi, ammo 1930 yilga kelib bu ko‘rsatkich
20% atrofida bo‘ldi. Sovet hukumati o‘qituvchilarni tayyorlash va aholini o‘qitish uchun ko‘plab
dasturlar ishlab chiqdi. Bu jarayonda, ayniqsa, qishloq joylarida o‘qituvchilarni tayyorlash va
aholini ta'lim olishga jalb qilishda maxsus targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, aholi orasida
o‘qish va yozishni o‘rgatish uchun
"Savodsizlikni tugatish bo‘yicha" kampaniya
tashkil etildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
755
3.
O‘qituvchilarni Tayyorlash.
O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 1920-1930-yillarda
asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. O‘qituvchilarni tayyorlash uchun maxsus kurslar ochildi
va yangi pedagogik institutlar tashkil etildi. 1927 yilda tashkil etilgan
pedagogik institutlar
va
malaka oshirish kurslari
orqali 1000 dan ortiq yangi o‘qituvchilar tayyorlandi. 1930 yilda
viloyatda jami 500 dan ortiq maktab ochildi va o‘qituvchilarga malaka oshirish kurslari taklif
etildi.
Bundan tashqari, maktabda darslarni tartibga solish,o’qituvchilar ma’suliyatini oshirish
yuzasidan Turkiston Maorif xalq komissarligi 1919- yil 29- martda maxsus buyruq chiqaradi.
Mazkur hujjatda shunday deyilgan: ,,Ona tili, riyoziyot, hisob, handasa, trigonometriya, tabiat,
tabiiy jug’rofiya, hikmat darslari asl darslar hisoblanganidan shu fanlardan dars beruvchi
muallim faqat muayyan bir maktablardagina qolurga tegishlidirlar”. Umuman, 1918-1921
yillarda kurslarda mahalliy millatlardan qariyb 3 ming va rusiyzabonlardan 802 muallim
tayyorlandi. Ammo bu ko’rsatkichlar o’qituvchilarga bo’lgan ehtiyojni qondirmas, ustiga-ustak
o’qituvchi tayyorlash darajasi past edi. Pedagogika kurslari va maxsus o’quv muassasalarining
bitiruvchilari faqat birinchi bosqich maktabining boshlang’ich sinflaridagina ishlay olar edilar.
[4.B.20]. Pedagogik kadrlarni tayyorlashda
o‘qituvchilarning pedagogik bilimlari
va amaliy
tajribalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1920-1930-yillarda o‘qituvchilarga yangi metodlar va
o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Bunda o‘qituvchilarga nafaqat
savodsizlikni tugatish, balki yoshlarni rivojlantirish va ularga yangi pedagogik yondashuvlarni
o‘rgatish maqsad qilingan edi. 1925-1930-yillarda Surxondaryo okrugida maktablarning
muallimlar bilan taʼminlanish darajasi qoniqarsiz edi. 1926- yilda taʼlim tizimidagi vaziyat
haqida OʻzSSR
XKS
Raisi F.Xoʻjayev achinish bilan: Oblastlarimizda aholining koʻpchiligi
maktablarga borib oʻqishni sira xohlamasdi, ikkinchidan, pedagog xodimlar yoʻq. Maktablar
ochish mumkin, ammo muallimlarni topib boʻlmaydi. Uchinchidan, darsliklar yoʻqligi ham juda
yomon taʼsir qilmoqda. Muallimlarni ham, darsliklarni ham tayyorlash uchun bu ishga ancha
vaqt kerak. Toʻrtinchidan, mana shu xalq maorifi ishiga jon-jahdi bilan kirisha oladigan xodimlar
shu vaqtgacha yoʻq. Siyosatchilar qancha desangiz topiladi. Oliy oʻquv yurtlarini va
kommunistik universitetlarni bitirib chiqayotganlarning hammasi siyosatchi boʻlib ketmoqdalar,
deb toʻgʻrisini aytgan edi. [5.B.477].
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mustabid tuzum sovetlarcha savodli shaxslarni
shakllantirish, ,,Savodsizlik” ni tugatish borasida shiddatli kurash olib bordi. Biroq Sovet
davlatining mustamlaka xalqlari savodsizligini tugatish tadbirlari mahlliy millat manfaatlarini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
756
emas, balki madaniy-ma’rifiy vositalar asosida o’lka aholisini kommunistik ruhda qayta
tarbiyalab, ularni sotsializmga xizmat qiladigan kadrlar qilib yetishtirishga qaratilgan edi.
Bundan ko’zlangan maqsad esa aholi orasida savodsizlikni tugatish bilan bir qatorda ularni
yoppasiga kommunistik ruhda tarbiyalashdan iborat edi.
REFERENCES
1.
Tursunov S, Qobilov E, Pardayev T, Murtazoyev B. Surxondaryo tarix ko’zgusida.
Toshkent, «Sharq», 2001. – B. 246.
2.
Tursunov S., Rashidov Q. Boysun.
Akademnashr nashriyoti, 2011-yil,
3.
O’zbekiston tarixi. ,,Yangi asr avlodi”. –Toshkent, 2003. – B. 478.
4.
Mahmudova A, Mardayeva G. O’zbekiston maorif institutlar tarixi. (1920-1927-yillar).
Monagrafiya. –Hindiston, 2023. – B. 76.
5.
Xoʻjayev F. Tanlangan asarlar. Tom 2. Toshkent: Fan, 1978. – B. 567.
