ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
827
OYBEK “BOLALIK XOTIRALARIM” QISSASI
Rahimova Shirin
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15210200
Annotatsiya.
Ijod-kuzatuvlar, hayot haqiqatlari va tasavvurlar mahsulidir. Bu maqolada
Oybek “Bolalik xotiralarim” qissasi haqida maʼlumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: Oybek, Bolalik xotiralarim, asar, xotira, qissa.
OYBEK'S STORY "MY CHILDHOOD MEMORIES"
Abstract.
The product of creative observations, life realities and imagination. This article
provides information about Oybek's story "My Childhood Memories".
Keywords:
Oybek, My Childhood Memories, work, memory, story.
РАССКАЗ ОЙБЕКА "МОИ ДЕТСКИЕ ВОСПОМИНАНИЯ"
Аннотация:
Творчество — это продукт наблюдений, реалий жизни и
воображения. В данной статье представлена информация о рассказе Ойбека «Мои
детские воспоминания».
Ключевые слова:
Ойбек, воспоминания детства, произведение, память, рассказ.
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek oʻtgan asrimizning ulkan adiblaridandir. Uning
«Alisher Navoiy», «Qutlugʻ qon», "Quyosh qoraymas", «Oltin vodiydan shabadalar» kabi
romanlari, «Bolalik», «Nur qidirib», «Alisherning bolaligi» kabi qissalari, sheʼr va dostonlari —
jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros boʻlib qoldi.
«Bolalik» qissasi bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning koʻngil mulkiga
aylangan. Uni yangi asrimizning yosh avlodlari oʻqir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam
bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin maʼnodagi hurlik,
mustaqillikning qadriga yetadilar.
1
Adibning «Bolalik xotiralarim» avtobiografik qissasi 1963-yilda yaratilgan. Qissaning
bosh qahramoni yosh Muso, yaʼni Oybekning oʻzidir.
2
Yakubov Odil Isaxanovichning OYBEK USLUBINING SHAKLLANISH OMILLARI
nomli maqolasida Oybekning «Bolalik xotiralarim» xotira-qissasi va «Qutlugʻ qon» romanidagi
1
Oybek. Bolalik: Qissa va hikoyalar. — Т.: «Sharq», 2008.
2
http://muzaffar.uz/mashhurlar-hayotidan/967-muso-toshmuhammad-ogli-oybek.html
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
828
ayrim obrazlarni xalqona ohanglar orqali inkishof etishdagi Oybek mahoratini imkon qadar
kuzatishga harakat qilingan.
3
Alioxunning yangroq qoʻshigʻida esa iqtisodiy nochorlik tufayli vaqtida oila qura
olmagan,
tirikchilik
tashvishida
sarson
mardikoru
kosibning
orzu
va
armonlari
mujassamlashgan:
Man safarga chiqqanda
Yor eshigida qolgan.
«Qachon kalisan yor?» dap,
Qora koʻzga yosh olgan.
Kunda koʻrmadim yorni,
Kunida koʻrarman dap,
Umid uzmadim yordan
Oʻlmasam suyarman dap. [4.52]
Oybek xotiralarga berilar ekan, oʻsha paytdagi oʻylari haqida shunday yozadi:
«Dasturxonda har kungi non, faqat non. Yogʻ ham yoʻq, sut ham yoʻq. Sigirni allaqachon sotib
yuborganmiz. Qand ham yoʻq, turshak ham yoʻq. «Hech boʻlmaganda jiyda boʻlsa-chi»,—deb
oʻylayman ichimda, ammo indamayman.»
Bu holat «Bolalik xotiralarim» xotira -qissasida keltirilgan mana bu xalq qoʻshigʻiga
naqadar vobasta:
Minishga ulov boʻlsa,
Qish keldi, olov boʻlsa!
Qor qalin, sovuq qattiq,
Sergoʻsht bir palov boʻlsa! … [4.36]
“Bolalik xotiralari" qissasi estetik janrda yozilgan. Asarda bosh qahramonning
biografiyasi xalq hayoti davr hodisalari ijtimoiy oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliq holda
tasvirlangan. Qissada bosh qahramon Musaboyning biografiyasini hikoya qilish orqali oʻsha
yillardagi xalq hayotining keng haqiqiy manzarasi chizilgan. Qissa oʻz uslubining mayinligi
lirizmga boyligin voqealar mantigʻining kuchliligi va izchilligi, obrazlarning aniqligi, qissa
tilining ravon va jozibadorligi bilan kitobxonlarga manzur boʻladi. Oybek bu qissani yozish bilan
birga oʻzining bolalar dunyosini, kichkintoylar psixologiyasini qanchalik chuqur bilishini
3
Yakubov Odil Isaxanovich. Oybek uslubining shakllanish omillari. Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari.
www.uzresearchers.com. 8-b.;
Oybek. Bolalik xotiralarim. – Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1995.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
829
namoyish etadi. Chunki bu asarda bolalar xarakteri va psixologiyasining turli xil, hatto baʼzan
koʻz ilgʻmas darajada nozik boʻlgan murakkab tomonlari ham mohirlik bilan ochib berilgan.
Oybekning "Qutlugʻ qon" romani voqealari bilan "Bolalik xotiralari" qissasi voqealari
bir-biriga oʻxshaydi. M. Qoʻshjonov taʼkidlaganidek: "Tarixdan maʼno izlashni Oybek umrining
oxirigacha davom qildirdi. U oʻzining "Bolalik xotiralari" qissasida temirchi Joʻra, Tursunlar va
Yoʻlchilar davriga murojaat qiladi. "Bolalik xotiralari"da temirchi joʻrani eslatadigan kosib va
masteroviylar obrazini yaratdi."Bolalik xotiralar"da yana bir xulosa Oybek poemalari bilan
uchrashamiz. Bu esa adib qahramonlarining hayotiy ekanligini yana bir tasdiqlaydi.
Oybekning "Bolalik" qissasi shaxsiy sarguzashtlar ifodasi boʻlib qolmasdan, adib
qalamining har bir harakatida katta umumlashmalar, davrning xarakterli voqealari, muhim
masalalari talqini yotadi. Asar bosh qahramoni Muso doim bobosi Otaqoʻzi bilan birga yuradi.
Undan latifalar, ertaklar, rivoyatlar tinglaydi. Ikkinchi bobosi (onasining otasi) ham
Musoni juda yaxshi koʻradi. Muso bobosi huzurida xalifalarning turli hangomalarini eshitadi.
Onasi Karomatning Mashrab, Fuzuliy gʻazallarini oʻqishi Musoda kitobga havas
uygʻotadi. U maktabga oʻqishga borganda ham qunt bilan domlasi buyurgan vazifalarni bajaradi.
U ayniqsa Navoiy sheʼriyatini juda sevadi. Ilk dafʼa Navoiyning ijodini oʻqir ekan, Navoiyga
boʻlgan munosabatini quyidagi satrlarda bayon qiladi: "…Baytlari ishqiy, falsafiy, chuqur
mazmunli… Haqiqatdan, Navoiy menda pok sevgi yaratdi. Uning sheʼrlarini zavq bilan, chuqur
his bilan oʻqiyman. Pok muhabbatni, chuqur maʼnoni yoqimli hisni ilk dafʼa Navoiydan
oʻrganaman".
Oybek xalq tili boyligini ruhini mukammal bilgan va ulardan ustalik bilan bilgan va
ulardan ustalik bilan foydalana oladigan sanʼatkor boʻlganligi uchun ham "Bolalik
xotiralari"ning tili shirali, sodda va ravon. Asar tilining bu fazilati, eng avvalo adibning
tabiiylikni taʼminlashi bilan oʻlchanadi. Chunki umuman ijodda, xususan tilda tabiiylikni
taʼminlamay turib, obrazlilikni yuzaga keltirib boʻlmaydi.
Bemalol ayta olamizki, “Bolalik xotiralarim” xotira-qissasida yaqin oʻtmish haqidagi
haqiqat goʻzal badiiy libosda aks etgan. Binobarin, bu asar nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki ulkan
estetik qimmatga ham ega.
REFERENCES
1.
Oybek. Bolalik: Qissa va hikoyalar. — Т.: «Sharq», 2008.
2.
http://muzaffar.uz/mashhurlar-hayotidan/967-muso-toshmuhammad-ogli-oybek.html
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
830
3.
Yakubov Odil Isaxanovich. OYBEK USLUBINING SHAKLLANISH OMILLARI.
Maqola. Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari. www.uzresearchers.com
4.
Oybek. Bolalik xotiralarim. – Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat
nashriyoti. 1995.
