ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
870
“FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI – JAMIYAT
BARQARORLIGI VA TARAQQIYOTI
NING KAFOLATI"
Xusanova Dono
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15210568
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab
qo‘yilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari yoritilgan. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik burchlari jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining asosiy omili
sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada har bir fuqaroning Konstitutsiyaga rioya etish,
davlatni himoya qilish, soliq to‘lash, tarixiy va madaniy merosni asrash, atrof-muhitni muhofaza
qilish kabi burchlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berilgan. Burchlarning bajarilishi
mamlakatda qonun ustuvorligini, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar:
Konstitutsiya, fuqarolik burchi, qonun, jamiyat barqarorligi, davlat
himoyasi, soliq, madaniy meros, ekologik mas’uliyat, ijtimoiy tartib, huquqiy normalar.
"CONSTITUTIONAL DUTIES OF CITIZENS - A GUARANTEE OF SOCIETY'S
STABILITY AND DEVELOPMENT"
Abstract.
This article covers the constitutional duties of citizens as stipulated in the
Constitution of the Republic of Uzbekistan. The personal, political, economic, social and
environmental duties of citizens are considered as the main factor of society's development and
stability. The article also provides a detailed understanding of the duties of each citizen to
comply with the Constitution, protect the state, pay taxes, preserve historical and cultural
heritage, and protect the environment. The fulfillment of duties serves as an important factor in
ensuring the rule of law and social stability in the country.
Keywords:
Constitution, civic duty, law, social stability, state protection, tax, cultural
heritage, environmental responsibility, social order, legal norms.
«КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОБЯЗАННОСТИ ГРАЖДАН ЯВЛЯЮТСЯ ГАРАНТИЕЙ
СТАБИЛЬНОСТИ И РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА»
Аннотация.
В данной статье рассматриваются конституционные обязанности
граждан, закрепленные в Конституции Республики Узбекистан. Личная, политическая,
экономическая, социальная и экологическая ответственность граждан считается
ключевым фактором развития и стабильности общества.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
871
В статье также подробно излагаются обязанности каждого гражданина, такие
как соблюдение Конституции, защита государства, уплата налогов, сохранение
исторического и культурного наследия, защита окружающей среды. Выполнение
обязательств является важным фактором обеспечения верховенства закона и
социальной стабильности в стране.
Ключевые слова:
Конституция, гражданский долг, закон, социальная
стабильность, государственная защита, налог, культурное наследие, экологическая
ответственность, общественный порядок, правовые нормы.
Fuqarolarning huquq va burchlari
— fuqarolarning Konstitutsiya va qonun
hujjatlarida oʻz ifodasini topgan asosiy huquq va burchlari. Ular davlat organlari tomonidan
muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat qilinadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 2-boʻlimida
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi:
Shaxsiy huquq va erkinliklar;
Siyosiy huquqlar
iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari
koʻrsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga; Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy
va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
boʻlishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar.
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining
burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga
majburdirlar.
2-bo'limning 5-bobi Umumiy qoidalar
deb nomlanib va bobning
19-moddasida
O‘zbekiston Respublikasida
insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi.
Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.O‘zbekiston
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos
bo‘lishi shart deb belgilab qo'yilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
872
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari
daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim
haqli emas. Bundan tashqari, Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan
huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan
maqsadlarga
erishish
uchun
yetarli
bo‘lishi
kerak.
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 6-bobi Fuqarolik
deb nomlanib, unda O'zbekiston Respublikasida yagona
fuqarolik o'rnatilishi,
Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarosi
ham ayni vaqtda O'zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo'lishi va bundan tashqari qonunda fuqarolikka ega bo'lish va fuqarolikni
yo'qotish asoslari tartibi alohida ifodalangan.
Konstitutsiyaning 7-bobi shaxsiy huquq va erkinliklar
deb belgilab qo'yilgan.
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi.
Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. Insonning sha’ni va qadr-qimmati
daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.Hech kim qiynoqqa
solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi
muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va
ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas;
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan
holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi
boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda
saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz
soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas. Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli
tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart. Jinoyat sodir etganlikda
ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi
yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha
aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar
ta’minlanadi va bundan tashqari yana bir qancha normalarda insonning shaxsiy huquqlari
ifodalangan.
8-bobida Siyosiy huquqlar deb nomlanib unda quyidagicha normalar belgilab
qo'yilgan:
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
873
shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga
oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa
egadirlar. Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi; Fuqarolar o‘z
ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai
nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega; O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Konstitutsiyamizning keyingi bobi Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar deb
belgilab qo'yilgan. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bank operatsiyalarining,
omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan
kafolatlanadi
.(41-modda)
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va
gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech
qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam
bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda
himoyalanish huquqiga ega. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib
turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. Homiladorligi yoki
bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish
haqini kamaytirish taqiqlanadi
.(42-modda)
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek
kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va
qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi.
(43-modda)
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan
boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning
sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan
uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi
. (44-modda)
Har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining
davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat
ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi
.(45-modda)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
874
Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek
boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot
huquqiga ega
. (46-modda)
11-bobi Fuqarolarning burchlari:
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan
burchlarini bajaradilar. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar, fuqarolar
O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi
shart,tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi,
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar, fuqarolar
qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart, soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi
hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
