Authors

  • Zulayho Sadullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79107

Keywords:

Qizamiq etimologiya simptrom viruslar Pigmentatsiya davri tashxis davolash.

Abstract

Ushbu maqolada ko’p insonlarda uchrab kelayotgan qizamiq kasalli, uning etimologiyasi, kasallik klinikasi, yuqush yo’llari, uning alomatlari va davolash usullari haqida ma’lumotlar keltirib o’tildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

879

QIZAMIQ KASALLIGI

Sadullayeva Zulayho Alisherovna

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,

“Terapiya” kafedrasi bosh o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15210656

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ko’p insonlarda uchrab kelayotgan qizamiq kasalli, uning

etimologiyasi, kasallik klinikasi, yuqush yo’llari, uning alomatlari va davolash usullari haqida

ma’lumotlar keltirib o’tildi.

Kalit so’zlar:

Qizamiq, etimologiya, simptrom, viruslar, Pigmentatsiya davri, tashxis,

davolash.

MEASLES

Abstract.

This article cites information on measles, its etymology, disease clinic,

transmission routes, its symptoms, and treatment, which are common in many people.

Keywords:

Measles, etymology, simptrom, viruses, pigmentation period, diagnosis,

treatment.

БОЛЕЗНЬ КОРЬ

Аннотация.

В статье представлена информация о кори — заболевании,

поражающем многих людей, его этимологии, клинических проявлениях, путях передачи,

симптомах и методах лечения.

Ключевые слова:

Корь, этимология, симптомы, вирусы, период пигментации,

диагностика, лечение.

Qizamiq - havo tomchi yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, umumiy

zaharlanish tana haroratining ko’tarilishi, konyuktivit, Nafas yo’llari yallig’lanishi, Terida o’ziga

xos bosqichma-bosqich, dog’li papulyoz toshmalar toshishi bilan harakterlanadi.

Qizamiq kasalligining etiologiyasi:

Qizamiq virusi –paramiksoviruslar oilasiga mansub, tashqi muxitga chidamsiz, odam

organizmidan tashqarida tez halok bo’ladi.

Qizamiq kasalligining klinikasi 4 ta davrdan iborat:

Inkubatsion davri o’rtacha – 9-11 kundan iborat. Emlangan yoki qizamiqqa qarshi

immunoglobulin olganlarda ushbu davr 21 kungacha cho’zilishi mumkin. Boshqalarda eng uzoq

davri 17 kunga teng. Ushbu davrni eng qisqa vaqti 7 kunga teng.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

880

Kataral davr – 3-4 kun davom etadi, 5-7 kungacha cho’zilishi mumkin yoki qisqarishi

ham mumkin.

Toshma davri – 3-4 kun davom etadi.

Pigmentatsiya davri – 2 -4 xaftagacha yoki undan uzoqroq ham davom etishi mumkin.

Prodromal davr:

3-5 kungacha kataral belgilar bilan harakterlanadi:

konyuktivit,

rinit,

yo’tal,

yuqori harorat38°С,

og’iz shilliq qavat giperemiyasi,

tomoq giperemiyasi,

lunjlar giperemiyasi.

Kataral davri:

Ushbu davr asosan utkir boshlanib kasallarda tana xaroratining 38 - 39°C gacha

ko’tarilishi, kataral belgilar paydo bo’lishi bilan boshlanadi.

Burundan quyuq shilliqli so’ng (2 lamchi infeksiya qo’shilsa) shilliq-yiringli ajralmalar

ajraladi, ovozi bo’g’iladi.

Kasallik boshida quruq yo’tal kuzatiladi, krup sindromi paydo bo’lishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

881

Yorug’likka qaray olmaslik (ko’z achishishi), ko’zdan yosh kelishi, ko’z tomirlari

in’eksiyasi va kon’yunktivaning qizarishi, qovoqlarning shishishi kuzatiladi.

Yuqish yo’llari:

Kasallik havo-tomchi yo’li orqali yuqadi

Qizamiq bilan mavsumiy ravishda — okytabrdan aprel oyigacha kasallanish — odamlar

bu mavsumda ko’proq yopiq xonalarda to’planib o’tirishlari bilan bog’liq.

Bolalarning infektsiyalanishi ko’pincha bog’chalarda sodir bo’ladi.

Umumiy ravishda kasallangan bemor atrofdagilar uchun 7-10 kun davomida xavfli

sanaladi. Vaktsina olmagan kishilar bemor bilan yaqin aloqada bo’lishda infektsiyalanish

ehtimoli deyarli 100% ni tashkil etadi.

Qo’zga’tuvchi shuningdek havo yo’llari orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin,

masalan, zinapoyalar, ko’p qavatli uylarda shamollatish shaxtlari orqali va hokazo.

Qizamiqqa xos simptom:

1. Belskiy-Filatov-Koplik dog’i.

2. Yumshoq va qattiq tanglayda enantema.

Qizamiqda shilliq qavatlar holati:

Toshma toshish davri

Toshma davri kasallikning 4-5-kunidan boshlanadi. Bemor terisiga makulo-papulez

toshma etapli toshadi.

Toshma davrida tana harorati yuqori 39-40ºSgacha ko’tariladi, kataral simptomlar

kuchayadi.

Bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, bezovtalanish, alaxlash, uyquchanlik, burundan

qon ketishi kuzatilishi mumkin.

Bemorning tashqi qiyofasi xarakterli – yuzi kerkkan (qovoqlari, lablari, burni shishgan),

ko’zlari qizargan, burnidan ko’p miqdorda shilliq ajraladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

882

Pigmentatsiya davri:

Pigmentatsiya davri kasallikning 6-7-kunidan boshlanadi.

Qizamiq toshmasining rangi so’nib, qoramtir jigar rang tusiga kiradi. Toshma etapli qay

tartibda paydo bo’lgan bo’lsa shu tartibda so’nib boradi.

Toshma ko’p toshgan joylarda kepaksimon qipiqlanish kuzatiladi.

Tana xarorati asta-sekin tushadi.

Kataral simptomlar asta-sekin kamayib, yo’qoladi.

Umumiy ahvoli yaxshilanadi.

Pigmentatsiya davrida asteniya va anergiya holati uzoq vaqt saqlanib turadi.

Kattalarda qizamiqning kechish xususiyatlari:

Kasallik o’rta og’ir va og’ir shakllarda kechadi.

Kuchli intoksikatsiya bilan kechadi.

Yo’tal, kon’yunktivit kuchli rivojlangan bo’ladi.

Toshma toshish davri 4-5 kungacha uzayadi, toshmalar yirik, ko’p miqdorda kuzatiladi.

Asoratlar kam uchraydi.

Tashxislash.

Laboratoriya diagnostikasida virusologik va serologik usullar qo’llaniladi:

Virologik usulda o’rganish uchun material buruh-halqum surtmasi, ko’z ajralmalari,

peshob sanaladi. Biologik materialda virus mavjudligini aniqlash uchun immunoflyuorestsent,

faza-kontrast va flyuorestsent mikroskopiya amalga oshiriladi.

Serologik usulda agglyutinatsiya reaktsiyasini, komplement bog’lanishi va boshqalarga

murojaat qilinadi. Tahlil ikki marta amalga oshiriladi: kasallikning boshida va ikki haftadan

so’ng. Antitana titrinining 4 yoki undan ortiq martaga oshishi qizamiqqa tashxis qo’yish mezoni

sifatida xizmat qiladi.

Qizamiq kasalligini davolash:

Bugungi kunda aynan paramiksovirusga qarshi kurashga qaratilgan o’ziga xos terapiya

mavjud emas.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

883

Davolash alomatlar jiddiyligini kamaytirish, asoratlarning oldini olish yoki tuzatishga

asoslangan bo’ladi.

Kasallik boshlangach, dastlabki 7-10 kun davomida yotoq tartibga amal qilish, sut-

sabzavotli parhezga rioya etish katta ahamiyatga ega.

Taomnomadan achchiq, yog’li, qovurilgan, oshqozon-ichak traktining shilliq qavatini

qo’zg’atish xususiyatiga ega boshqa mahsulotlar chiqarib tashlanadi.

Bemorda isitma, tez-tez hojat chiqarish, ich ketishi inobatga olinsa, yetarli miqdorda

suyuqlik ichish muhim o’rin tutadi.

Zarurat tug’ilganda elektrolitli eritmalardan foydalaniladi.

Profilaktikasi:

Infektsiyani oldini olish uchun 1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan kichik bolalarni emlash

amalga oshiriladi.

Emlashdan keyin immunitet uzoq vaqt saqlanib turadi, lekin doim ham butun umr

davomida emas. Shuning uchun kattalarga postvaktsinal immunitet yo’qolganda revaktsinatsiya

ko’rsatiladi.

Bemor bilan aloqa qilganda kasallikning kechishini sezilarli darajada yengillashtiradigan

profilaktik chora-tadbir — darhol monovalent vaktsina olishdir.

REFERENCES

1.

Ибрагимов Тахир “Можно ли побороть сахарный диабет” Ташкент-2019 148 б.

2.

Бутрова С.А. От эпидемии ожирения к эпидемии сахарного диабета // Междунар.

эндокринол. журнал -2013. No 2 (50).

3.

Лолтарѐв С.С., Курцина И.Т. Физиология пищеварения. Учебн. Пособие. М.:

“Высшая школа”. 1984. -C. 87-100.

4.

Анциферов, М. Б. Синдром диабетической стопы: диагностика, лечение и

профилактика.. -Москва: Медицинское информационное агентство, 2013. -304 с.

References

Ибрагимов Тахир “Можно ли побороть сахарный диабет” Ташкент-2019 148 б.

Бутрова С.А. От эпидемии ожирения к эпидемии сахарного диабета // Междунар. эндокринол. журнал -2013. No 2 (50).

Лолтарѐв С.С., Курцина И.Т. Физиология пищеварения. Учебн. Пособие. М.: “Высшая школа”. 1984. -C. 87-100.

Анциферов, М. Б. Синдром диабетической стопы: диагностика, лечение и профилактика.. -Москва: Медицинское информационное агентство, 2013. -304 с.