ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
911
FISHING - GLOBAL XAVF
Abdujabborov Akbarali Toxirjon o’g’li
To’lanboyev Orifjon Ibrohimjon o’g’li
akbarinsta05@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15212124
Annotatsiya
. Mazkur maqolada XXI asr boshlarida paydo bo‘lgan va rivojlangan
axborot texnologiyalari davrida internet foydalanuvchilari uchun xavfli tuzoqqa aylanib
borayotgan fishing haqida so‘z yuritiladi. Fishing kelib chiqish tarixi, rivojlanib borish omillari,
yetkazayotgan zararlari va fishingga qarshi kurashish usullari haqida fikr mulohazalar
bildirilgan.
Kirish so‘zlar:
fishing, kiber jinoyatlar, firibgarlik sxemalari, ideal yechim.
PHISHING-GLOBAL RISK
Abstract.
This article talks about phishing, which appeared at the beginning of the 21st
century and is becoming a dangerous trap for Internet users in the era of advanced information
technologies. The history of the origin of phishing, the factors of its development, the harm it
causes, and the methods of combating phishing are discussed.
Keywords:
phishing, cyber crimes, fraud schemes, ideal solution.
РЫБАЛКА – ГЛОБАЛЬНАЯ УГРОЗА
Аннотация.
В данной статье рассматривается фишинг, возникший в начале XXI
века и становящийся опасной ловушкой для пользователей сети Интернет в эпоху
передовых информационных технологий. Высказываются мнения об истории фишинга,
факторах, способствующих его развитию, причиняемом им вреде и методах борьбы с
фишингом.
Ключевые слова:
фишинг, киберпреступность, мошеннические схемы, идеальное
решение.
KIRISH
Allaqachon rivojlangan texnologiyalar asriga aylanib bo‘lgan XXI asrda takkomillashgan
mexanizmlar, insoniyat hayoti uchun foyda keltirgan raqamli texnologiyalar bilan bir qatorda
ushbu axborot texnologiyalari va internet tarmoqlaridan foydalanuvchilar uchun xavfli bo‘lgan
turli xil xavfli saytlar, kiber jinoyatlar ham rivojlanib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
912
Xususan fishing bu kiber jinoyat bo‘lib, turli xil qonuniy faoliyat yurutayotgan muassalar
sifatida elektron pochtalar, SMS xabarnomalar yoki telefon orqali shaxslarning shaxsiy
ma’lumotlari: bank, kredit karta va parollar yoki passport seriya raqamlari kabi maxfiy
ma’lumotlarini taqdim etishlari uchun shaxslarga bog‘lanib, olgan ma’lumotlaridan ularning
moliyaviy holati uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar sodir etishda foydalanadilar.
MUHOKAMA VA TAHLIL
Ilk bor fishing jinoyati 2004-yilda “Amerika Online” veb-saytiga taqlid qilgan
Kaliforniyalik o‘smirga nisbatan qo‘zg‘atilgan. Ushbu soxta veb-sayt orqali sayt
foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini olishga va ularning hisobidan pul undurish uchun
kredit karta ma’lumotlariga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Keyinchalik texnologiya va internet tarmoqlari rivojllanishi oqibatida fishingning ham
xavfli ta’sir doirasi kengayib bordi va Fishingning o‘zi bir necha guruhlarga bo‘linib bordi:
1.
Spir phishing- firibgarlar nishonga olingan shaxsga xuddi unga yaqin kishisi (hamkasbi
yoki do‘sti) tomonidan yuborilgandek ko‘rinadigan elektron pochta, SMS, ijtimoiy tarmoqlar
orqali yuborilgan xabarli matnlar ko‘rinishida bo‘ladi.
2.
Veyling hujumlari- bu fishing turi “katta o‘ljaga” qaratilgan bo‘ladi ya’ni yuqori davlat
amaldorlari yoxud korxona, muassasa tomonidan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlarini
yoki shu kabi mansabdor shaxslarga yuboriladigan electron pochta xabarlari ko‘rinishida bo‘ladi.
3.
SMishing- SMS xabarlar orqali amalga oshiriladigan fishing turi hisoblanadi. SMS
yuboruvchi sizga pul yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni olish uchu o‘zini tanish qilib ko‘rsatishlari
mumkin.
4.
Vishing- bu telefon orqali amalga oshiriladigan fishing turi. Bunday fishing turi bilan
shug‘ullanuvchi fribgarlar o‘zlarini davlat idoralari xodimlari sifatida ko‘rsatishadi, tahdid va
ishontirish usullaridan foydalanishadi.
Fishingning turlari bilan tanishar ekanmiz bu jinoyat turi manipulatsiya orqali
kishilarning his-tuyg‘ularidan foydalangan holda qurbon qilishini ko‘rishimiz mumkin. Misol
uchun, kishidagi qiziqqonlik, qo‘rquv, ochko‘zlik va shoshilinchlik. Bular kishilarni yetarlicha
mulohaza va tahlil qilmay qaror qabul qilishiga olib keladi.
Afsuski, bu jinoyat soni kundan kunga oshib bormoqda xususan har bir fishing hujumida
oʻrtacha 136 dollar yoʻqotilgan boʻlsa, bu 2021-yilda kiber jinoyatchilar tomonidan fishing
hujumlari orqali oʻgʻirlangan 44,2 million dollarni tashkil etadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
913
Shuningdek, 2024-yil mart oyi statistikasiga ko‘ra har kuni 3,4 milliard spam xatlari
yuboriladi, Google har kuni 100 millionga yaqin fishing xatlarini bloklaydi.
Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda ham ushbu jinoyat soni keskin oshib bormoqda. Bu
borada O‘zbekiston Respublikasi Kibrxavfsizlik markazining bergan ma’lumotlariga qaraydigan
bo‘lsak, mamlakatimizda fishingning keng tarqalgan turlaridan biri veb-saytlarni soxtalashtirish
ya’ni turli xil veb- saytlar orqali foydalanuvchilarni chuv tushurish holatlari keng kuzatilmoqda.
Jumladan, www.President-uz, turli tashkilot va banklarning rasmiy veb-saytlarini
qalbakilashtirish avj oldi. Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat
unitar korxonasi tomonidan joriy 2022-yil mobaynida moliyaviy firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan
39 ta fishing veb-sahifalar aniqlandi va faoliyati tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi
hududida cheklandi.
Fishing yetkazadigan zararlar haqida alohida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, yuqorida
keltirilga fishing turlari haqidagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibtiki fishing jismoniy va yuridik
shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqini
buzilishiga, shuningdek shaxslarning moddiy va ma’naviy zarar ko‘rishiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31-moddasida har bir insoning shaxsiy
hayotning daxlsizligi, shaxsiy sirga ega bo‘lish, yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari,
shuningdek pochta, electron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi ta’kidlab
o‘tilgan. Kiberjinoyatning keng tarqalgan turi hisoblangan fishing esa shaxsning ushbu
huquqlarining qo‘pol tarzda buzulishidir. Konstitutsiyaviy huquqlarning buzulishi esa
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7- bobi manashu konstitutsiyaviy huquqlarning
buzilishiga bag‘ishlangan, 141
1
-moddasi esa aynan shaxsiy hayotning daxlsizliginni buzganligi
uchun sanksiya qismi belgilangan. Bu esa ushbu huquqning qay darajada himoyalanganligini
bildirsada, sodir bo‘layotgam fishing jinoyatlarining soni kamayishiga yordam berolmayapti.
Butun dunyo bo‘ylab fishingni oldini olish har kuni insonlarni ogohlikka chaqiruvlar,
ogohlantirishlar, turli xil jurnal va TV ko‘rsatuvlar orqali ogohlantirib borilmoqda. Xususan,
mamlakatimizda ham aholini ogohlikka chaqirish uchun “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar
korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan rasmiy bayonotlar, fishingga
doir ma’lumotlar, fishingning oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Misol
qilib olishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Moliyaviy
bilim” loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik va uning turlari haqida
videorolik va ma’lumotlar tayyorlandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
914
O‘zbekistondagi eng katta fribgarlik sxemalari bular fishingning yuqorida keng tarqalgan
4 turi bo‘yicha eng keng tarqalgan firibgarlik turlaridir. Bular “Katta meros”, “Sovrinli yutuq”,
“Telegram piramidasi” kabilardir.
“Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olish kerak” degan naql bor xalqimizda shu
tufayli ham Xalqaro dunyo hamjamiyati ekspertlar va bu soha vakillari aholini ogohlikka
chaqirish aldanib qolmasliklari uchun qator tavsiyalar berib borilmoqda:
Saytlardan foydalanganda ularning URL manziliga e’tiborli bo‘lib foydalangan maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Foydalanuvchilarga agar sayt haqida biror bir shubha tug‘ilgan taqdirda
uni Norton Safe Web
kabi havola skaneri bilan skanerlash orqali
tekshirib ko‘rish, qisqartirilgan URL havolalardan foydalanishda esa o‘ta ehtiyot bo‘lish,
qisqartirilgan havola ortidagi haqiqiy URL havolasini tekshirish uchun UnshortenIt
kabi bepul onlayn xizmatdan foydalanish doimiy tarzda aytib ogohlikka
chaqirib kelinmoqda.
Shuningdek, Fishing hujumlarini amalga oshirish uchun ommaviy elektron pochtadan
foydalanadigan firibgarlar ko‘pincha o‘nlab turli mamlakatlardagi odamlarni birdaniga nishonga
oladi. Ular xabarlarni tarjima qilish va mahalliy auditoriya uchun moslashtirishga sarmoya
sarflamaydilar, shunchaki bepul onlayn tarjima xizmatlaridan foydalanadilar. Natijada, fishing
elektron pochta xabarlari ko‘pincha g‘ayritabiiy yoki g‘alati tilda va g‘ij-g‘ij grammatik
xatolarga to‘la bo‘ladi.
«Kimga» maydonida shaxs ismi o‘rnida umumiy murojaat elektron pochta xabarining
“Hurmatli mijoz”, “Hurmatli hisob egasi”, “Hurmatli klub a’zosi” kabi umumiy murojaat bilan
boshlanishi kishida doim shubha uyg‘otishi kerak. Mijozlar bilan bog‘lanuvchi haqiqiy
tashkilotlar ko‘pincha mijozining ismi-sharfini kabi oddiy ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Biroq chaqiriqlar va ogohlantirishlarga qaramay aholi orasida fishingning ulkan to‘riga
tushib qolib aziyat chekayotganlar soni nafaqat O‘zbekistonda balki butun dunyo bo‘ylab ortib
bormoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, fishing XXI asr uchun hali to‘liq da’vosi topilmagan yuqumli
virus ko‘rinishidagi “kassallikdir”. Bu “kasallika” chalinmaslik uchun har kim o‘zida unga
qarshi imunitet shakillantirishi zarur. Zero, xalqimizda “O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri
tutma”, degan naql bejizga emas. Ogohlik davr talabiga aylangan bir paytda har bir shaxsni
hushyorlikka chaqiramiz va bunga bepisantlik qilmasliklarini so‘rab qolardik.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
915
REFERENCES
1.
2.
https://ictnews.uz/uz/09/07/2018/phishing
3.
4.
https://csec.uz/uz/news/maqolalar/phishing-veb-saytlardan-ogoh-bo-ling
5.
https://cyber-star.org/uz/cs-articles/how-to-recognize-phishing-attacks-uz
