Authors

  • Sarvinoz Mirzamurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79112

Keywords:

oʻzbek tili isteʼmol doirasi bloger sanʼatkor ijtimoiy tarmoq adabiy til sheva madaniyat.

Abstract

Ushbu maqolada oʻzbek tili isteʼmol doirasining tobora torayib borayotgani, bunaqa holatning sabablarini — blogerlar, sanʼatkorlar, ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy taʼsirlar va yoshlarning tilga nisbatan beparvoligi tahlil qilinadi. Shuningdek, tilni asrash, adabiy meʼyorlarga amal qilish va bu boradagi masʼuliyat haqida keng fikr yuritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

916

HOZIRGI KUNDA OʻZBEK TILI ISTEʼMOL DOIRASINING SUSAYISHIGA SABAB

BOʻLGAN OMILLAR

Mirzamurodova Sarvinoz

TerDu Oʻzbek filologiyasi fakulteti

1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15222060

Annotasiya.

Ushbu maqolada oʻzbek tili isteʼmol doirasining tobora torayib borayotgani,

bunaqa holatning sabablarini — blogerlar, sanʼatkorlar, ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy taʼsirlar

va yoshlarning tilga nisbatan beparvoligi tahlil qilinadi. Shuningdek, tilni asrash, adabiy

meʼyorlarga amal qilish va bu boradagi masʼuliyat haqida keng fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

oʻzbek tili, isteʼmol doirasi, bloger, sanʼatkor, ijtimoiy tarmoq, adabiy til,

sheva, madaniyat.

FACTORS THAT HAVE LED TO THE DECLINE IN THE SCOPE OF UZBEK

LANGUAGE USE TODAY

Abstract.

This article analyzes the increasingly narrowing of the scope of Uzbek

language use, the reasons for this situation - negative influences on bloggers, artists, social

networks, and the indifference of young people to the language. It also discusses the

preservation of the language, adherence to literary norms, and responsibility in this regard.

Keywords:

Uzbek language, scope of use, blogger, artist, social network, literary

language, dialect, culture.

ФАКТОРЫ, ПРИВЕДШИЕ К СНИЖЕНИЮ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЗБЕКСКОГО

ЯЗЫКА СЕГОДНЯ

Аннотация.

В статье анализируется все более сужающийся круг потребления

узбекского языка, причины данной ситуации - негативное влияние блогеров, артистов,

социальных сетей, а также безразличие молодежи к языку. Также широко обсуждается

вопрос сохранения языка, соблюдения литературных стандартов и ответственности в

этом отношении.

Ключевые слова:

узбекский язык, потребительская сфера, блогер, художник,

социальная сеть, литературный язык, диалект, культура.

Asosiy matn


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

917

Bugungi raqamli asrda texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi

jamiyatimizda ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar orasida til masalasi,

xususan, oʻzbek tilining isteʼmol doirasi sezilarli darajada qisqarib borayotgani jiddiy muammo

sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bu holatning asosiy sabablari sifatida blogerlarning til madaniyatiga befarq yondashuvi,

sanʼatkorlarning adabiy tilga loqaydligi va yoshlar orasida tilga nisbatan beparvolik kabi

omillarni ko‘rsatish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan blogerlar til madaniyatiga befarq qaramoqdalar.

Ularning ko‘pchiligi mashhurlikka erishish uchun videolarida haqoratli, odobsiz yoki

shevaga asoslangan tilni ishlatmoqdalar. Bu holat yoshlar orasida "kulgu" sifatida qaralib, asta-

sekin meʼyoriy tilga nisbatan e’tiborni susaytirmoqda. Ba’zida blogerlarning so‘zlari chidab

boʻlmas darajada qoʻpol, tushunarsiz va o‘zbek tilining mohiyatiga zid bo‘lmoqda. Mashhurlikni

ko‘zlab, tilni buzib ishlatish esa aslida madaniyatsizlikdan dalolat beradi.

Bugungi kunda til madaniyatiga zarar keltirayotgan omillar orasida sanʼatkorlarning

rolini ham alohida taʼkidlash lozim. Ko‘plab san’atkorlar qo‘shiqlarida shevalarni ishlatib,

ba’zan grammatik xatoliklarga yo‘l qo‘ygan holda kuylashmoqda. “Men”, “sen” so‘zlari o‘rniga

"man", "san" kabi shakllar, "sariq" so‘zi o‘rniga "sarik" kabi noto‘g‘ri shakllar qo‘llanmoqda.

Shuningdek, “baby”, “I love you”, “Happy birthday” kabi inglizcha iboralarni

aralashtirish holatlari ham keng tarqalgan. Bu esa tilimizga hurmatsizlik bo‘lib, tinglovchilarda

noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantiradi.

Reklama, e’lonlar, savdo rastalarida ham oʻzbek tili meʼyorlariga zid yozuvlar tez-tez

uchraydi. Bu holat esa oddiy fuqarolarning tilga boʻlgan munosabatiga ham salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Insonlar nimani koʻrsa, o‘sha tarzda gapira boshlaydi. Shuning uchun til

madaniyatiga har bir sohada e’tibor qaratilishi zarur. Reklamalarda, savdo e’lonlarida va boshqa

ommaviy axborot vositalarida tilning to‘g‘ri ishlatilishi jiddiy ahamiyatga ega.

Yoshlar orasida chet tillarini aralashtirib gapirish “zamonaviylik”, oʻzbekchani toʻliq

ishlatmaslik esa "zamonga moslik" sifatida qabul qilinmoqda. Bu esa tilimiz isteʼmol doirasining

qisqarishiga, ayrim holatlarda undan or qilish holatining shakllanishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, yangi atamalar yaratishda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Til rivoji

uchun yangilik kerak, lekin bu yangiliklar adabiy til asosida, meʼyorlarga mos ravishda kiritilishi

lozim. Bunda tilshunoslar, pedagoglar, ommaviy axborot vositalari va eng avvalo, tilning faol

isteʼmolchilari bo‘lgan yoshlar o‘z masʼuliyatini chuqur anglashlari kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

918

Shuningdek, ta’lim tizimida ona tiliga nisbatan befarqlik kuzatilmoqda. O‘quvchilarga

ona tili nazariy jihatdan o‘rgatiladi, lekin amaliy nutqni rivojlantirishga e’tibor sust. Buning

natijasida yoshlar o‘z fikrini ravon, adabiy tilda bayon eta olmaydi. Ta’lim jarayonida og‘zaki va

yozma nutqni shakllantirishga alohida yondashuv zarur.

O‘zbek tili meʼyorlariga amal qilmaslik holatlari ko‘p hollarda ijtimoiy tarmoqlarda keng

tarqalmoqda. U yerda yozilayotgan matnlar grammatik qoidalarga amal qilmasdan yoziladi, imlo

xatolari esa oddiy holga aylangan.

Bu esa yosh avlod tilni notog‘ri shaklda o‘zlashtirishiga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy

tarmoqlar, axborot vositalari tilni ommaga qanday ko‘rsatishini nazorat qilish muhim ahamiyatga

ega. Bu borada axborot vositalarining ham masʼuliyatli yondashuvi zarur.