Authors

  • Ruxshona Choriyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79116

Keywords:

Diniy tushuncha paremiologik birliklar tasnif tavsif ibora matal etimologiya.

Abstract

Ushbu maqolada diniy tushunchalar bilan bogʻliq paremiologik birliklar semantikasi, etimologiyasi haqida bahs yuritilgan, misollar orqali izohlangan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

938

DINIY TUSHUNCHALAR BILAN BOG’LIQ PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR

SEMANTIKASI TASNIFI, TAVSIFI

Choriyeva Ruxshona

Termiz davlat universiteti

O’zbek filologiyasi fakulteti

Amaliy filologiya yo’nalishi talabasi.

+998-94-199-66-04.

Choriyevaruxshona@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15213610

Annotatsiya.

Ushbu maqolada diniy tushunchalar bilan bogʻliq paremiologik birliklar

semantikasi, etimologiyasi haqida bahs yuritilgan, misollar orqali izohlangan.

Kalit so’zlar:

Diniy tushuncha, paremiologik birliklar, tasnif, tavsif, ibora, matal,

etimologiya.

CLASSIFICATION AND DESCRIPTION OF THE SEMANTICS OF

PAREMIOLOGICAL UNITS RELATED TO RELIGIOUS CONCEPTS

Abstract.

This article discusses the semantics and etymology of paremiological units

related to religious concepts, illustrated and explained through examples.

Keywords

: Religious concept, paremiological units, classification, description,

expression, proverb, etymology.

КЛАССИФИКАЦИЯ И ОПИСАНИЕ СЕМАНТИКИ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ

ЕДИНИЦ, СВЯЗАННЫХ С РЕЛИГИОЗНЫМИ ПРЕДСТАВЛЕНИЯМИ

Аннотация.

В данной статье обсуждается семантика и этимология

паремиологических единиц, связанных с религиозными понятиями, приводятся и

объясняются примеры.

Ключевые

слова:

Религиозное

понятие,

паремиологические

единицы,

классификация, описание, выражение, пословица, этимология.

Din jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi. Diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar

leksikamizning katta qismini egalladi. Islom dini ta’sirida tilimizga diniy mavzudagi so‘zlar

o‘zlashishini kuzatishimiz mumkin. Tilimizda diniy mavzudagi leksemalar boshqa guruhdagi

leksemalarga nisbatan semantik maydoni va imkoniyati ortiqligini ko‘ramiz. Bu albatta, islom

dinining ahamiyati jamiyatimizda qay darajada yuqori ekanligidan dalolat beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

939

Islom diniga oid ibora, matal va boshqa frazeologik birliklarning kelib chiqishi haqida

ayrim ma'lumotlar mavjud.

Daqqiyunusdan qolgan:

Aslida daqonusdan qolgan desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. “Juda eski, qadimgi” ma’nosini

bildiradi.

1

Bu ibora hozirgi kunda zamona zayliga ko‘ra qadimiy ko‘rinadigan, vaqt jihatidan

avvalgi davrlarga oid bo‘lgan narsa-hodisalarga nisbatan qo‘llanadi. Masalan: Daqonusdan

qolgan bu dahri dunda Bir yangi zarraday ko‘zga ilinsam.

2

Odamga nisbatan ishlatilganda

“zamondan orqada qolib ketgan” ma’nosini bildiradi.

Masalan: Har narsa deyavermang, rais bova. Daqqiyunusdan qolgan kampir kimga

kerak?

3

Bu iboradagi Daqonus yoki Daqqiyunus ismi haqida har xil fikrlar bor. Ayrim olimlar uni

Rim imperatori Diokletianning sharqona nomlanishi deydi. “Qur’oni karim”ning “Kahf”

surasida Daqonus bilan bog‘liq voqea keltiriladi: zolim shoh istibdodidan dinu iymonlarini

saqlab qolish uchun o‘z jonlarini fido qilgan yigitlar bir g‘orga panoh topib kirib, u joyda uch

yuz yil qolib ketadilar.

Chunki Daqonus g‘ordan chiqish yo‘lini berkitib tashlaydi. Lekin Olloh taolo o‘z

qudratini namoyish etib, diniga sadoqatli yigitlarni uzoq vaqtga uxlatib qo‘yadi.

Uyg‘onganlarida esa oradan uch yuz yil o‘tgan bo‘ladi. Bundan bexabar yigitlar “bir yo

yarim kun uxladik” deb o‘ylaydilar. Oralaridan bittasini yashirincha shaharga yegulik sotib

olishga jo‘natadilar.

Yigit taom sotib olib, yonidagi tangani uzatganida, sotuvchi hayron bo‘lib: “Bu

Daqonusdan qolgan tanga-ku, biron yerdan xazina topib oldingmi?” deb so‘raydi.

Yigit ham hayron bo‘lib: “Hech qanday xazina topib olganim yo‘q, bu mening qavmim

ishlatadigan oddiy tanga”, deb javob qilib, Daqonusga nima bo‘lganini so‘raydi...”

4

. Daqonus

shoh esa allaqachon o‘lib ketgan bo‘ladi.

Daqonus va “ashobul-kahv” – g‘or egalari voqeasi juda qadim zamonlarda sodir

bo‘lganligi uchun o‘zbek xalqi daqonusdan qolgan/daqqiyunusdan qolgan iborasini “qadimgi

zamonlardan qolgan”, “juda eski bo‘lgan” ma’nolarida qo‘llab keladi. O‘zbek tilida daqonusdan

qolgan/daqqiyunusdan qolgan iborasi shu tarzda paydo bo‘lgan.

1

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 580-bet

2

Behzod Fazliddin, Sen qachon gullaysan

3

Tog‘ay Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi

4

Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 466–467-betlar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

940

Almisoqdan qolgan:

Bu ibora ham “juda eski”, “juda qadimgi” ma’nolarini bildiradi. Iboradagi asosiy ma’no

arabcha “almiysoq” so‘zidan kelib chiqqan. “Almiysoq” arab tilida “ahd”, “qasam”, “shartnoma,

bitim” ma’nolarini bildiradi.

5

Almiysoq – miysoq berish, ya’ni Ollohga va’da berish demakdir.

Almisoqdan qolgan iborasining o‘zbek tilidagi bugungi ma’nosiga asos bo‘lgan voqea

ancha avvalgi davrlarga borib taqaladi. Qur’oni karimning “A’rof” surasida bayon etilgani –

insonlarning Olloh taologa miysoq berish voqeasi asosida ushbu iboraning ma’nosini tushuntirib

o‘tamiz:

“A’rof” surasi 172-oyatidan shunday mazmun anglashiladi: “Olloh taolo o‘z qudrati bilan

Odam alayhis-salomning belidan undan tarqaydigan barcha zurriyotlarni chiqarib, ularga

O‘zining mo‘’jizalarini ko‘rsatgach: “Aytinglar-chi, Men Sizlarning Rabbingiz emasmanmi?”

deganida, ular: “Parvardigoro, O‘zing barchamizning Rabbimizsan, bizlar bunga guvoh bo‘ldik”,

deb Ollohga ahdu paymon qilgan, ya’ni miysoq bergan ekanlar. Shuning uchun islom ulamolari:

“Kimda-kim kofir bo‘lsa yoki dinidan qaytsa, o‘zining Ollohga bergan miysoqidan (Ollohda

qilgan ahdidan deyilmoqchi) qaytgan bo‘ladi”, deydilar. Muhammad alayhis-salomning: “Har bir

tug‘ilgan bola toza holda – islomda tug‘iladi, keyin ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo

majusiy qilib buzuq tarbiya berishadi”, degan hadislarining mazmuni ham yuqoridagi oyatlar

ma’nosiga hamohangdir.

6

Demak, yuqoridagi oyatdan odamlar tug‘ilmasidan ilgari Olloh taoloni

o‘zlarining Parvardigori, egasi sifatida tasdiqlaganliklari, buni tasdiqlab va’da berishlari esa

“almiysoq” ekanligi ma’lum bo‘ladi. O‘zbek tilidagi almisoqdan qolgan iborasidagi almisoq

aslida almiysoq so‘zining o‘zbekcha talaffuzga moslashgan shaklidir. Insonlarning Olloh taologa

miysoq berish voqeasi juda qadim zamonlarda sodir bo‘lganligi uchun o‘zbek xalqi almisoqdan

qolgan iborasini “qadimgi zamonlardan, Daqonus davrlaridan qolgan”, “juda eski bo‘lgan”

degan ma’nolarda qo‘llab keladi. Masalan: Manavilarni qo‘shini almisoqdan qolgan qo‘shin.

Otam zamondan qolgan qo‘shin!

7

U yoqda almisoqdan qolgan po‘lat sandiq, qulflar

yo‘qdir?

8

O‘zbek tilida almisoqdan qolgan iborasi shu tarzda paydo bo‘lgan.

Go’riga o’t qalamoq:

Birovning sha’niga o‘zi yo‘qligida yomon so‘zlar aytmoq, kishini uning ortidan haqorat

qilmoq.

5

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 73-bet

6

Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 288-bet

7

Tog‘ay Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi

8

Tohir Malik, Shaytanat


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

941

O‘zbekiston Qahramoni O.Sharafiddinov maqolalaridan birida o‘zbek tilidagi go‘riga o‘t

qalamoq iborasi tarixi haqida shunday yozgan edi: “Rahmatli buvim oddiygina qishloqi ayol

bo‘lgan bo‘lsalar-da, juda chechan, har gapga biron matal yoki maqol qo‘shib gapirguvchi edilar.

Ba’zan meni koyib qolganlarida: “Buvijon, nega hadeb koyiyverasiz, axir

nevarangizman-ku?!” desam, “Nevaram bo‘lsang nima?! Go‘rimga o‘t qalarmiding?!” der edilar.

Men bu gapga tushunmasdim, savolimga go‘rning, unga o‘t qalashning nima daxli

borligini bilolmasdim. Shu zaylda yillar o‘tdi. Oltmishinchi yillarda hindlarning buyuk dohiysi

Javoharla’l Neru olamdan o‘tdi. Uning dafn marosimi matbuotda batafsil yoritildi. Ma’lum

bo‘ldiki, hindiylar hozir ham o‘lgan odamning jasadini gulxanda yondirib, kulini Ganga darosiga

sepib yuborishar ekan. Neruning vasiyatiga ko‘ra, uning jasadiga eng sevimli nevarasi o‘t

qo‘yibdi. Birdan buvimning o‘sha naqlini esladim: demak, bir zamonlar bizda jasad yoqilgan

ekan-da, demak, gulxanga o‘t qo‘yish nevara uchun eng faxrli ish bo‘lgan ekan-da? Bundan

chiqadiki, o‘sha ibora kamida 2,5 – 3 ming yillik tarixga ega”.

9

Islom dini yoyilgach esa jasadlarni yoqish man qilingan. Shundan so‘ng go‘riga o‘t

qalamoq birikmasi to‘g‘ri ma’nosini yo‘qotib, ko‘chma ma’noli iboraga aylangan: birovning

sha’niga o‘zi yo‘qligida yomon so‘zlar aytishni, kishini uning ortidan haqorat qilishni

ifodalashga o‘tgan. Mazkur ma’noda go‘riga g‘isht qalamoq iborasi ham qo‘llanadi.

O‘n sakkiz ming olam [o‘zb+arab] –diniy ta’limotlarga ko‘ra dunyo ya’ni koinot,

galaktika o‘n sakkiz ming olamdan iborat deyilgan. Shulardan biri Yer olami. O‘ziga xos hayot,

yashash tarziga ega bo‘lgan bu olamlar, ya’ni kasrat olami yoki olami sug‘ro o‘z Xalloqining

qudratini ko’rsatib, unga hamd-u sano aytib turadi. Intihoda foniylikka yuz tutib, ilohiy (boqiy)

olamga singiydi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, hozirgi kunda biz diniy frazeologik birliklardan ya’ni

diniy ibora, matal va shu kabilarning ma’nosini tushunmay foydalanishimiz kabi holatlar ko’p

kuzatilyapti.

Ularning qanday ma’no anglatishi, kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo’lib

qo’llasak maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun, diniy tushunchalarning etimologiyasi ustida

olib borilayotgan tadqiqotlar, diniy kitoblar, islomiy tushunchalar bilan chuqurroq tanishib

borishimiz zarur.

9

Ozod Sharafiddinov, Tilda hikmat ko‘p.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

942

REFERENCES

1.

Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 466–467-betlar.

2.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 580-bet.

3.

Tog‘ay Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi.

4.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 73-bet.

5.

Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 288-bet.

6.

Tohir Malik, Shaytanat.

7.

Ozod Sharafiddinov, Tilda hikmat ko‘p.

8.

Behzod Fazliddin, Sen qachon gullaysan.

References

Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 466–467-betlar.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 580-bet.

Tog‘ay Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-jild. 73-bet.

Qur’oni azim muxtasar tafsiri. Mufassir: Shayx Alouddin Mansur. 288-bet.

Tohir Malik, Shaytanat.

Ozod Sharafiddinov, Tilda hikmat ko‘p.

Behzod Fazliddin, Sen qachon gullaysan.