Aprel, 2025-Yil
155
SO‘Z ERKINLIGI – DEMOKRATIK JAMIYAT POYDEVORI
Abduhakimov Akmal
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15230775
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘z erkinligi masalasi
Konstitutsiyaviy asosda tahlil qilinadi. Asarda fuqarolarning fikr bildirish, axborotni izlash, olish
va tarqatish huquqlari, ularning qonuniy chegaralari va bu erkinlikning demokratik jamiyatda
tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining roli, so‘z erkinligi
bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari va davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Maqola orqali o‘quvchilarda so‘z erkinligining huquqiy va ijtimoiy
ahamiyati, uni ongli va mas’uliyatli tarzda qo‘llash zarurligi haqida tushuncha shakllantiriladi.
Kalit so‘zlar:
so‘z erkinligi, Konstitutsiya, fikr bildirish huquqi, axborot erkinligi,
O‘zbekiston qonunchiligi, ommaviy axborot vositalari, demokratiya, fuqarolik jamiyati, jurnalist
erkinligi, axborot xavfsizligi.
Har bir inson o‘z fikrini erkin ifoda etishga haqli. Bu huquq har qanday demokratik
jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ham bu
huquqni kafolatlaydi.
Bu norma fuqarolarga o‘z qarashlarini, dunyoqarashini, e’tiqodini hech
qanday to‘siqlarsiz ifoda etish imkonini beradi. So‘z erkinligi nafaqat shaxsiy fikr bildirish, balki
ommaviy axborot vositalari orqali jamiyatga ta’sir ko‘rsatish, muammolarni ko‘tarish, adolatni talab
qilishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.Ayni paytda, so‘z erkinligi cheksiz bo‘lmasligi
kerak. Konstitutsiyaning 29-moddasida ham bu aniq ko‘rsatilgan
:“Axborotni izlash, olish va
tarqatish huquqi qonun bilan cheklanishi mumkin – bu davlat sirini saqlash, boshqa
shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayotini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan
hollarda amalga oshiriladi”
Demak, bu huquqdan foydalanganda, boshqa fuqarolarning huquq va
manfaatlarini ham inobatga olish zarur.O‘zbekiston bugungi kunda ochiqlik, oshkoralik siyosatini
yuritayotgan bir paytda, so‘z erkinligining mustahkamlanishi – fuqarolik jamiyati shakllanishining
muhim bosqichidir. Bu boradagi yutuqlar – internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali fikr bildirish
imkoniyatlarining kengayishi, blogerlik faoliyatining rivojlanishi, mustaqil
OAV
sonining ortib
borayotgani – barchasi ijobiy o‘zgarishlardir.
Konstitutsiyamizda inson omili ustuvor axamiyatga ega.
Fikr yuritish va uni ifodalash
erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi
mumkin.
Aprel, 2025-Yil
156
So‘z va fikr erkinligi yuzaga kelishining asosiy, tabiiy zaminlari nimadan iborat ekanligini
anglab yetish muhimdir. Shu o‘rinda so‘z erkinligi insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy
huquqlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda “axborot erkinligi” deb
ataladigan umumiy huquqning tarkibiy qismi. O‘z fikrini ommaviy tarzda og‘zaki va ommaviy
axborot vositalaridan foydalangan holda yozma bayon etish imkoniyatini bildiradi. So‘z erkinligiga
demokratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi.
Shaxs erkinligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri o‘z fikrini erkin bayon qila olish
huquqidir. Shuning uchun ham inson haq-huquqlari uning so‘z erkinligi bilan chambarchas bog‘liq.
Chunki inson insondek yashashi, ishlashi uchun, o‘z fikr-mulohazalarini hech qanday
tazyiqsiz oshkor qilish huquqiga ega bo‘lmog‘i zarur. O‘z navbatida, o‘z fikr-mulohazasini erkin
oshkor qilish – shaxs huquqiy kamolotining ham muhim ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston davlat
mustaqilligiga erishgach, fuqarolar o‘z fikr mulohazalarini erkin bayon qilishlari uchun zarur bo‘lgan
barcha shart-sharoitlarga ega bo‘ldi.
Mamlakatda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat har bir fuqaroga o‘z fikrini
erkin bayon qilishi, shuningdek, uni himoya qilish uchun Konstitutsiyaviy kafolatlar yaratdi.
Har qanday jamiyat, har qanday davlat o‘zining huquqiy normalariga ega bo‘ladi. Bu normalar
jamiyatda tartib-intizom o‘rnatishga qaratilganligi bilan diqqatga sazovordir. Jamiyatda tartib-intizom
o‘rnatishga qaratilgan munosabatlar turli qonunlarda o‘z ifodasini topadi. Ushbu qonunlarda nima
qilish, nima qilmaslik, nimaga aralashmaslik zarurligi ko‘rsatib beriladi. Mashhur faylasuf Sitseron
aytganidek, inson ko‘proq erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun qonunlarning quli bo‘lmog‘i darkor.
Chunki qayerda qonun o‘z ta’sirini yo‘qotsa, o‘sha yerda boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik,
zo‘ravonlik avj oladi. Qonun talablariga bo‘ysunmaslik, uni nazar-pisand qilmaslik, olmon shoiri
G.Geyne ta’kidlaganidek, o‘zini himoya qilishdan voz kechish demakdir.Davlatimiz rahbari
aytganidek, «Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi,
ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati
ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus
olmoqda». Shunday ekan, har qanday jamiyat va davlatning taraqqiyoti drayveri bo‘lmish so‘z
erkinligini amalda to‘laqonli ta’minlash bugun har bir fuqaroning faol fuqarolik pozitsiyasi bo‘lishi
kerak.
Soʻz erkinligi
— insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquklaridan biri;
hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda
"axborot erkinligi"
deb ataladigan umumiy huquqning
tarkibiy qismi. Oʻz fikrini ommaviy tarzda (ogʻzaki va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan
holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi.
Aprel, 2025-Yil
157
Soʻz erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Oʻzbekistonda Soʻz
erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra,
"har
kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega"
(33-modda).
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi buyicha har kim uzi istagan axborotni izlash,
olish va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan
axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni
ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taallukli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan
cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyada oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasining
"Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida"gi qonunida davlat sirlari toifalari anikdangan va ular haqidagi
maʼlumotlarni olish va tarqatish chegaralangan.
Demokratik mamlakatlarda ommaviy axborot vositalarining faoliyati Soʻz erkinligiga
asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham alohida moddada ana shu qoida
alohida taʼkidlab oʻtilgan. Unga koʻra,
"ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga
muvofiqishlaydi...(81-modda
) Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi
" (82-modda).
Fuqarolar ommaviy
axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radio, matbuotda oʻz fikrlarini erkin bayon qilishi,
soʻzlashi mumkin.
Erkin fuqarolik jamiyatining qonunchilik va sud amaliyoti Soʻz erkinligi suisteʼmol
qilinishining oldini olish maqsadida unga nisbatan muayyan cheklashlar tizimini ishlab chiqqan.
Xususan, jahonning koʻpchilik davlatlarida Soʻz erkinligidan qonuniy davlat hokimiyatini zurlik
bilan agʻdarish, davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oshkor kilish,
jinoyatlar sodir etishga undash, milliy, irqiy, diniy va boshqa adovatni keltirib chiqarish, boshqa
shaxslarni haqoratlash va tuhmat qilish, jamoat axloqi va odobilani buzish maqsadida foydalanish
man qilinadi. Bu haqda qonunchilikda tegishli yuridik javobgarlik belgilanadi. Favqulodda rejim va
harbiy holat amal qilayotgan davrda Soʻz erkinligini cheklashlar ortishi mumkin.
Oʻzbekistonda Soʻz erkinligiga oid konstitutsiyaviy qoidalar quyidagi qonunlarda
aniklashtirilgan va rivojlantirilgan: "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida" (1997),
"Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997), "Jurnalistlik faoliyatini himoya kilish toʻgʻrisida"
(1997), "Mualliflik huquqi va turdosh huk^klar toʻgʻrisida" (1996), "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida"
(1996), "Reklama toʻgʻrisida" (1998), "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida"
(2002).
Ushbu qonunlarning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda Soʻz erkinligini taʼminlash
kafolatlariga, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish,
foydalanish va saqlash huquqlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgandir.
