Authors

  • Shohruh Suyunov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79179

Keywords:

akademik monumental rangtasvir falsafiy va kompozitsion jixatlar ma’naviy-estetik g‘oya tarixiy-falsafiy tafakkur simvolika va ramzlar.

Abstract

Ushbu maqolada akademik monumental rangtasvir asarlarida falsafiy va kompozitsion jixatlar o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola tasviriy san’at o‘quvchilari monumental rangtasvir asarlarining falsafiy va kompozitsion jixatlari haqida o‘rganishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar keltirildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1084

AKADEMIK MONUMENTAL RANGTASVIR ASARLARIDA FALSAFIY VA

KOMPOZITSION JIXATLAR

Suyunov Shohruh Lazizjon o‘g‘li

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Mahobatli rangtasvir mutaxassisligi 1-kurs magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15245470

Annotatsiya. Ushbu maqolada akademik monumental rangtasvir asarlarida falsafiy va

kompozitsion jixatlar o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu

maqola tasviriy san’at o‘quvchilari monumental rangtasvir asarlarining falsafiy va

kompozitsion jixatlari haqida o‘rganishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar keltirildi.

Kalit so‘zlar: akademik monumental rangtasvir, falsafiy va kompozitsion jixatlar,

ma’naviy-estetik g‘oya, tarixiy-falsafiy tafakkur, simvolika va ramzlar.

ФИЛОСОФСКИЕ И КОМПОЗИЦИОННЫЕ АСПЕКТЫ В

ПРОИЗВЕДЕНИЯХ АКАДЕМИЧЕСКОЙ МОНУМЕНТАЛЬНОЙ ЖИВОПИСИ

Аннотация. В этой статье исследуются философские и композиционные

аспекты академической монументальной живописи. В этой статье, направленной на

полное освещение данной темы, представлена информация, которую читатели

изобразительного искусства могут узнать о философских и композиционных аспектах

произведений монументальной живописи.

Ключевые слова: академическая монументальная живопись, философские и

композиционные

аспекты,

духовно-эстетическая

идея,

историко-философское

мышление, символика и символика.

PHILOSOPHICAL AND COMPOSITIONAL QUOTES IN THE WORKS OF

ACADEMIC MONUMENTAL PAINTING

Abstract. this article explores philosophical and compositional quotes in the works of

academic monumental painting. Aimed at fully covering this topic, this article brought

information that readers of the fine arts can learn about the philosophical and compositional

features of the works of monumental painting.

Keywords: academic monumental painting, philosophical and compositional quotes,

spiritual-aesthetic idea, historical-philosophical thought, symbolism and symbols.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1085

Akademik monumental rangtasvir asarlarida

falsafiy

va

kompozitsion

jihatlar juda

muhim o‘rin tutadi. Bu san’at yo‘nalishi asarlar orqali tomoshabinga chuqur ma’no yetkazish,

tarixiy, madaniy yoki ma’naviy g‘oyalarni ifodalashni ko‘zlaydi.

Akademik monumental rangtasvir bu tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘lib, akademik (ya’ni

klassik san’at maktablari asosida) uslubda, yirik hajmda, asosan devor, shift yoki bino yuzasida

ijro etiladi. U ko‘pincha tarixiy, ma’naviy, diniy yoki ijtimoiy mavzularni yoritadi va estetik

bilan birga axborot va tarbiyaviy vazifani bajaradi.

S

an’atning klassik qoidalar asosida yaratiladigan, yirik hajmli va ko‘p hollarda

arxitektura bilan uyg‘unlashgan devoriy tasvirlar (freska, mozaika, vitraj va h.k.) ko‘rinishidagi

yo‘nalishidir. U asosan jamiyat hayoti, tarix, falsafa, ma’naviyat, madaniyat va milliy

qadriyatlarni badiiy ifodalashga qaratilgan.

"Akademik" tushunchasi nimani anglatadi?

"Akademik" atamasi – bu san’at asarining klassik, nazariy asoslar va an’anaviy me’yorlar

asosida ijro etilganini bildiradi.

Akademik san’at:

Realistik (haqiqatga yaqin) tasvirga tayanadi;

Anatomik va perspektiv qonunlarga asoslanadi;

Kompozitsion uyg‘unlik, simmetriya, rang muvozanatini ta'minlaydi;

Tafsilotlarga katta e’tibor bilan yondashadi.

Akademik monumental rangtasvirning falsafiy jihatlari san’at asarining ichki ma’nosini,

g‘oyaviy asosini belgilaydi. Monumental rangtasvir asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan

to‘yingan bo‘ladi. Ular odatda quyidagi g‘oyalarni o‘zida aks ettiradi:

Ma’naviy-estetik g‘oya ya’ni: asarda jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik aks

ettiriladi. Odamlarning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari, umuminsoniy qadriyatlar tasvirlanadi.

Mangu g‘oyalar: Yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, vaqt va abadiylik kabi mavzular

monumental san’atning doimiy falsafiy yo‘nalishlaridandir.

Tarixiy-falsafiy tafakkur: O‘zbek tarixining buyuk shaxslari va voqealari orqali milliy

o‘zlikni anglash va vaqt, abadiyat, haqiqat, ezgulik kabi falsafiy tushunchalarning obrazlar orqali

ifodalanishi kabilar.

Falsafiy ramzlar va timsollar ya’ni har bir obraz yoki detal o‘ziga xos ramziy ma’noga

ega bo‘lib, chuqur tafakkurni uyg‘otadi. Masalan, nur – ilm, qush – ozodlik, zanjir – qullik,

cheklov va shu kabilarni misol qilishimiz mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1086

Akademik monumental rangtasvir asarlarining kompozitsion jihatlari haqida ko‘rib

ciqadigan bo‘lsak, kompozitsiya tasvir elementlarini joylashtirish, kompozitsion muvozanat

yaratish, ko‘zga yoqimli tartibda joylashtirish san’ati hisoblanib, akademik monumental

rangtasvirda bu elementlar juda muhim. Masalan,

Kompozitsion markaz. Asarda asosiy diqqat markazi hisoblanadi, masalan, bosh

qahramon voqea markazi ddemak. Boshqa elementlar ushbu markazga bo‘ysundirilgan holatda

joylashtiriladi.

Kompozitsiyada harakat va tinchlik uyg‘unlashadi. Masalan, tarixiy jang sahnalari

dinamik; meditatsion sahnalar – statik bo‘ladi.

Kompozitsion muvozanat: Asarning har ikki tomonida vizual muvozanat saqlanadi

masalan simmetriya yoki assimetrik muvozanat. Ranglar, yorug‘lik-soya o‘yinlari orqali ham

muvozanat yaratiladi.

Fazoviy chuqurlik perspektivada qo‘llanilib, asarga chuqurlik va kenglik beriladi. Bu

orqali tasvir yanada jonli va real ko‘rinadi.

Ranglar orqali esa hissiyotlar beriladi, masalan: iliq ranglar – mehr, sovuq ranglar –

tashvish va.h.k. Yorug‘lik va soya vositasida esa dramatizm kuchaytiriladi. Qahramonlar

harakati, kiyimlar to‘lqini, soyalar va chiziqlar orqali ritm yaratilib, bu harakat asarni jonlantiradi

va uni hayotiy qiladi.

Akademik monumental asarlar namunalarida bu jihatlarning ifodasi quyidagi misollarda

ko‘rsatilgan. Temuriylar davriga oid devoriy tasvirlar bo‘lib, unda falsafiy jihatdan milliy g‘urur,

davlat barpo etish falsafasi ilgari surilgan. Kompozitsiya markazda Amir Temur, fon va oldingi

rejalarda yordamchi sahnalar kabilarni ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston san’atida mashhur akademik monumental rangtasvir asarlardan Toshkent

metrosi bekatlaridagi mozaikalar ya’ni “Alisher Navoiy”, “Paxtakor” bekatlaridagi tarixiy va

madaniy obrazlar, O‘zbekiston Tarix muzeyining ichki freskalaridagi tarixiy jarayonlar va xalq

hayoti, Teatr, universitet va madaniyat saroylaridagi devoriy tasvirlar klassik akademik uslubda

bajarilgan. Raxim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Alisher Aliqulov kabi ustalar asarlarida

yuqoridagi jihatlar yorqin ko‘rinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1087

Toshkent metropolitenidagi Paxtakor bekati

Ch. Ahmarov. Toshkent metropolitenidagi Alisher Navoiy bekati

A.Aliqulov. "Qadimgi Baqtriya sport o'yinlari". Olimpiya shon-sharaf muzeyidagi panno.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1088

Yuqoridagilardan kelib chiqib, akademik monumental rangtasvir

san’atning eng

jiddiy va g‘oyaviy boy yo‘nalishlaridan biri ekanligi, u xalqning tarixini, madaniyatini,

qadriyatlarini estetik shaklda abadiylashtirishda xizmat qilishini tahlil qilindi. U san’at va

arxitekturaning uyg‘unligi, g‘oya va go‘zallikning sintezi, milliy o‘zlikni ifodalash vositasidir.

Shuningdek, akademik monumental rangtasvir asarlarida falsafiy chuqurlik va

kompozitsion aniqlik – bu yo‘nalishning asosiy ustunlaridir. San’atkor nafaqat go‘zal

ko‘rinishni, balki chuqur ma’no va ta’sirchanlikni yaratishga intiladi. Bu jihatlar orqali asar

tomoshabinga ta’sir etadi, uni o‘ylantiradi, ruhiy ozuqa beradi.

REFERENCES

1.

Aliqulov A.M. (2022). TARIXIY DEVORIY ASARLAR. Экономика и социум, (6-1

(97)), 17-20.

2.

Farmonov, Z. (2025). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF MONUMENTAL

PAINTING IN THE WORLD OF FINE ART.

Modern Science and Research

,

4

(3), 807–

810. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/74099.

3.

Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY

QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O ‘RNI VA

AHAMIYATI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 271-274.

References

Aliqulov A.M. (2022). TARIXIY DEVORIY ASARLAR. Экономика и социум, (6-1 (97)), 17-20.

Farmonov, Z. (2025). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF MONUMENTAL PAINTING IN THE WORLD OF FINE ART. Modern Science and Research, 4(3), 807–810. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/74099.

Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O ‘RNI VA AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(3), 271-274.