Authors

  • Shohruh Suyunov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.61256

Keywords:

San’at zamonaviy rangtasvir badiiy jarayon zamonaviy san’at.

Abstract

Ushbu maqolada tasviriy san’atining badiiy jarayonlaridan biri bo‘lmish zamonaviy rangtasvir va uning O‘zbekistonda ijod qilayotgan rassomlar ijodidagi o’rni, ahamiyati o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola tasviriy san’at o‘quvchilari zamonaviy rangtasvir haqida o‘rganishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida yoritishga harakat qilindi.

background image

525

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

TASVIRIY SAN’ATINING BADIIY JARAYONLARIDAN BIRI BO‘LMISH

ZAMONAVIY RANGTASVIRNING O‘ZBEKISTONDAGI AHAMIYATI

Suyunov Shohruh Lazizjon o‘g‘li

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Mahobatli rangtasvir mutaxassisligi 1-kurs magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.14675308

Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’atining badiiy jarayonlaridan biri bo‘lmish

zamonaviy rangtasvir va uning O‘zbekistonda ijod qilayotgan rassomlar ijodidagi o’rni,

ahamiyati o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola tasviriy

san’at o‘quvchilari zamonaviy rangtasvir haqida o‘rganishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida

yoritishga harakat qilindi.

Kalit so‘zlar: San’at, zamonaviy rangtasvir, badiiy jarayon, zamonaviy san’at.

ЗНАЧЕНИЕ СОВРЕМЕННОЙ ЖИВОПИСИ КАК ОДНОГО ИЗ

ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОЦЕССОВ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье рассматривается современная живопись,

являющаяся одним из художественных процессов изобразительного искусства, ее роль и

значение в творчестве художников, работающих в Узбекистане. В этой статье,

призванной полностью осветить эту тему, была сделана попытка осветить информацию,

которую читатели изобразительного искусства могут узнать о современной живописи.

Ключевые слова: Искусство, современная живопись, художественный процесс,

современное искусство.

THE IMPORTANCE OF MODERN PAINTING AS ONE OF THE ARTISTIC

PROCESSES OF FINE ART IN UZBEKISTAN

Abstract. This article examines modern painting, which is one of the artistic processes of

fine art, its role and significance in the work of artists working in Uzbekistan. In this article, which

aims to fully cover this topic, an attempt has been made to highlight the information that readers

of fine art can learn about modern painting.

Key words: Art, modern painting, artistic process, modern art.

Barchamizga ma’lum sanʼat shunday kuchki, har qanday qalbni oʼziga rom etib goʼzallik,

nafislik tomon yetaklaydi. Gohida shunday sanʼat asarlari yaratiladiki, asrlar davomida uning

qarshisida oʼzimiz hayratda qolamiz. Bunday goʼzal asarlarni yaratguncha ijodkorni katta mehnati,

sabr-toqati, qalb goʼzalligi, mehr va koʼz nurlari singib, keyin insonlar qalbini zabt etish uchun

shoshilganga oʼxshaydi.


background image

526

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bunday sanʼat insonni oʼziga asrlar davomida chorlaydi. Sanʼatning barcha jabhalari taraqqiy

etib, takomillashib boruvchi murakkab jarayon boʼlib, u oʼta ziyraklik va bilimdonlik bilan

munosabatda boʼlishini taqozo etadi. Turli tarixiy davrlarning maʼnaviy va moddiy meroslari – dunyo

madaniyatining yorqin sahifalaridan biriga aylanib, ilm-fan, meʼmorchilik, tasviriy va amaliy sanʼati

oʼzi bilan dunyo miqyosidagi ajoyib favqulodda holatini namoyon etdiki, bu oʼz navbatida xalqimiz

sanʼatini Oʼzbekiston sanʼati deb shuhrat qozonishi bejiz emasligining shubhasiz dalilidir. Bu boradagi

tub o‘zgarishlar ayniqsa tasviriy va amaliy sanʼatda yaqqol koʼzga koʼrinadi.

Tasviriy san’atning birgina rangtasvir yo’nalishi olib qaraydigan bo‘lsak, u yillar davomida

shakllanib rivojlanib yanada zamonaviy turli yo‘nalishlari va oqimlari yuzaga kela boshladi. Ularning

orasida eng ko'zga ko'ringanlariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin:

Impressionizm: ushbu uslub hozirgi taassurotni yetkazish uchun yorug‘lik va rangdan

foydalanish bilan tavsiflanadi. Asosiy e’tibor atrofimizdagi dunyoning o‘tkinchi hissiyotlarini suratga

olishga qaratilgan.

Ekspressionizm: ekspressionizm rassomning hissiy va psixologik holatiga qaratilgan badiiy

harakat hisoblanadi. Yaratilgan san’at asari ko‘pincha shiddatli, qo‘pol va ifodali bo‘lib, maqsad

rassomning eng chuqur his-tuyg‘ularini yetkazishga qaratiladi.

Fovizm: fovizm qisqa muddatli harakat bo‘lib, yorqin, jasur va g‘ayritabiiy ranglardan

foydalanish bilan ajralib turadi. Maqsad dunyoning energiyasi va hayotiyligini yetkazish hisoblanadi.

Kubizm: kubizm-bu mavzuni asosiy shakllariga ajratib, keyin uni yangi mavhum

kompozitsiyaga qayta tiklaydigan rangtasvir uslubidir. Maqsad mavzuni bir vaqtning o‘zida bir nechta

nuqtai nazardan ko‘rsatish va asosiy e’tibor shakl va geometriyaga qaratiladi.

Futurizm: futurizm texnologiyaning kelajagi va salohiyatiga qaratilgan badiiy harakatdir.

Yaratilgan san’at asari ko‘pincha futuristik va mavhum bo‘lib, maqsad zamonaviy dunyoning

tezligi va energiyasini yetkazish hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda zamonaviy rangtasvirning eng muhim yutuqlariga erishib kelmoqda

deb aytolamiz bular:

Abstrakt ekspressionizmi rassomlarning harakati bo’lib, ular uchun ularning ishining asosi

ekspressivlikdir. Ularning texnikasi tez sur’atda, katta cho’tkalar va kata o’lchamdagi matolarda

rasm chizish yoki shunchaki matoga bo’yoq tomizish bilan tasvirlangan. Ularning fikriga ko’ra,

faqat shu tarzda his-tuyg’ularning eng katta ifodasiga erishish mumkin deb hisoblangan.

Pop-Art. Harakat 1960-yillarda paydo bo’lgan bo’lib, mavhum san’atga qarama-qarshi

holatda ijod qilingan. Bu yo’nalish shunday talqin qilinadiki, bu keng jamoatchilik uchun yaqqol

tushunarli bo'lgan asarlarddan iborat.


background image

527

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Minimalizm. Minimalizm 1960-yillarda paydo bo’lgan va oddiy geometrik shakllar hamda

cheklangan ranglar palitrasidan foydalanish bilan tavsiflangan. Maqsad eng zarur narsalarga

qisqartirilgan va chalg’itadigan narsalardan xoli bo’lgan san’atni yaratish bo’lgan.

Fotorealizm. Ushbu yo’nalish ikkita san’at ya’ni rangtasvir va fotografiya birlashganda

paydo bo’ldi. Fotosurat tasvirlarni maksimal darajada realizm bilan saqlaydi. Ushbu yo’nalishni

yaratuvchilar odatda fotosuratlarni suratga olishdi va keyin ularni matoga ko’chirishdi.

So'nggi paytlarda ko'pchilik zamonaviy san’at turlariga qiziqmoqda. Ma’lumki,

zamonaviy rangtasvir an’anaviy rangtasvirdan farq qiladi, chunki u san’at va haqiqat o‘rtasidagi

chegaralarni buzishga intiladi. Bu ko‘pincha yangi materiallar, texnikalar va g‘oyalar bilan tajriba

o‘tkazishni o‘z ichiga oladi va maqsad o‘tmish konventsiyalariga qarshi chiqishdir.

O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Javlon Umarbekov asarlaridan namuna

Tasviriy san’atagi zamonaviy san'at 19-asr oxiri va 20-asr o‘rtalarida yuzaga kelgan

san’atni anglatadi. "Zamonaviy" atamasi an’anaviy uslub va uslublardan uzoqlashgan ushbu yangi

san’at turini tasvirlash uchun ishlatilgan. Zamonaviy san’atning maqsadi umumiy qabul qilingan

me’yorlarga qarshi chiqish va ijodkorlikning yangi g‘oyalari va usullarini qabul qilish bo‘lgan.

Ushbu maqolada zamonaviy san'at tushunchasiga aloqador bo‘lgan turli xil uslublar va

oqimlar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston xalq rassomi Aleksandr Volkov “O‘zbek bayrami” 1926-1927 y.


background image

528

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Yangi rangtasvirdagi falsafiy-ijodiy munosabatda didaktik ohanglar istisno qilinmaydi, ammo,

ular an’anaviy pand-nasihatdan ko‘ra ko‘proq faol mushohada qilishni yodga soladi. O‘zbekiston

rassomlari tomonidan ham ko‘p marotaba zamonaviy rangtasvirga murojaat etib kelingan. Negaki

rassomlar yillar davomida ijod qilishidagi qo’yilgan chegaralardan chiqish yo‘lini topishgan edi go‘yo.

Bu rassomlarni qutidan tashqarida o‘ylashga va yangi g‘oyalardan foydalanishga majbur qildi,

bu esa o‘z navbatida rassomlarni ilhomlantirdi. Rassomlar o'zlarining izlanishlarini tasvirlardan

ekspressivlikka yo‘naltiradilar. Yangi texnikalar va katta texnik imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda edi.

Rangtasvir asosan ikki yo‘nalishda rivojlanadi. Bir tomondan, bu kontseptual san’at va

minimalizm bo‘lib, tafsilotlarning kamligi va hissiyotning yetishmasligi bilan tavsiflanadi. Boshqa

tomondan, bu impressionizm, romantizm va klassik elementlarga qaytishdir.

XX asrning ikkinchi yarmida rasmning ko‘plab tasniflari paydo bo‘ldi. Ijtimoiy va etnik

guruhlarning paydo bo‘lishi, yangi texnika va texnik imkoniyatlarning paydo bo‘lishi, muayyan

uslublarning tor doirasi turli xil texnika va yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi uchun asos yaratadi.

1990-yillar rangtasvirchilari badiiy yo‘nalishda to‘ntarish yasaydigan harakatlarga

kirishmadilar, ularning kiritgan yangiliklari «sokin inqilob» tusini kasb etdi. O‘zbekistonda 1990-

yillarda uslubiy jihatdan o‘ziga xos rassomlar guruhi shakllandi, ularning ijodiga qiziqish ham

susaygani yo‘q. Rassomlar ijodida yevrilishlar sodir bo‘lmoqda. Yangi plastik yo‘nalishlarda jo qilgan

hayoliy ertagu-dostonlar, xalq og‘zaki ijodi va matallardagi timsollar, syujetlar, turli xil rasm-rusm va

marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirininng yangi bosqichini belgiladi.

XI asrning global va hududiy miqyosdagi yangicha dunyoqarashlarning paydo bo’lishi

sabablari juda murakkab, chalkash va ziddiyatlar bo’lib, ular ko’p jixatdan davr kayfiyatiga

bog’liq. Tasviriy san’atda bunday holat yuzaga kelishi mafkuraviy omillar bilan bir qatorda, ijod

qilish imkoniyati paydi bo’lgach, rassomlarda o’z asarlari marketingi bilan shug’ullanish

imkoniyati ham yuzaga keldi. Bu davrda milliy romantik ruxdagi etnografik rangtasvir asarlariga

e’tibor kuchaygani rassomlarning bu yo’nalishda ijodiy izlanishlar qilish va o’z uslubini topish

uchun intilishga kuchli turtki berdi.

Ovsyukov V. "Soxibjamol" 60Х80 m.m. 2012y.


background image

529

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bugungi kunda, O’zbekiston tasviriy san’atida har bir musavvirning o’z ijodiy tafakkurini

nomoyon etishga intilishi sezilmoqda. Chunki har bir ijodkor o’z atrofida sodir bo’layotgan

voqelikka o’ziga xos munosabatda bo’ladi. Yangi paydo bo’layotgan tasviriy yo’nalishlardan biri

syujetlarni aniq tasvirlashdan chekinishi bilan aniq ajralib turadi. Bu yo’nalish hayotni qanday

bo’lsa shunday tasvirlash yo’lidan bormaydi. Shu sabab, san’atda, unung janrlarida, portretda

istiora, badiiy metafora, ramzlar mubolag’asi ka’bilarning o’rni kuchayib bormoqda. Hayot

haqidagi tasavvurlar ijodiy tafakkur bilan qorishib, badiiy obrazga aylanmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, bugungi yillarga kelib, ko’pgina rassomlarning

dunyoqarashlari o’zgardi, rangtasvirda yangi badiiy shakl va g’oyalar paydo bo’ldi.

Abbos Sharifzoda Olma bog‘i

Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng shaxsiy uslubning, boshqacha plastik ifoda tili, alohida

tashbehli usullar va timsollar doirasida izlanishlar dunyoga keldi. Buning ustiga avvalgi san’at

falsafasidan farqli o’laroq, turli yoshdagi rassomlar ijodida bir-biriga o’xshamagan uslublar yaratishga

intilish ishtiyoqi sezildi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy rangtasvir murakkab va xilma - xil yo’nalishlardan iborat

bo’lib, u an’anaviy me’yorlardan voz kechishni belgilab berdi va ijodiy ifodaning yangi shakllariga

yo’l ochdi. Ushbu harakatning bir qismi sifatida paydo bo’lgan uslublar va harakatlar bugungi kunda

rassomlarni ilhomlantirishda va ularga qarshi chiqishda davom etmoqda. Zamonaviy rangtasvir san’at

olamiga va san’at qanday bo’lishi mumkinligi haqidagi tushunchamizga chuqur ta’sir ko’rsatganini

inkor etib bo’lmaydi.

REFERENCES

1.

N.Oydinov. Tasviriy san'at tarixi.T.:, “Ijod” 2007.28 b.

2.

Zigonshina T. “O‘zbekistonda san'at va madaniyat” G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot – T.:

1978. S – 160 s.


background image

530

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

3.

Андреева Е. Ю. Постмодернизм: Искусство второй половины ХХ — начала XXI века.

СПб.: Азбука-классика, 2007. — 488 с

4.

Zarifova Dilfuza Omon qizi., TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT

OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research 2 (10), 391-393

5.

Zarifova Dilfuza Omon qizi., “Ranglarning fazoviy birikmalari va xususiyatlari”. Educational

Research in Universal Sciences. T.: 2023.

References

N.Oydinov. Tasviriy san'at tarixi.T.:, “Ijod” 2007.28 b.

Zigonshina T. “O‘zbekistonda san'at va madaniyat” G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot – T.: 1978. S – 160 s.

Андреева Е. Ю. Постмодернизм: Искусство второй половины ХХ — начала XXI века. СПб.: Азбука-классика, 2007. — 488 с

Zarifova Dilfuza Omon qizi., TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research 2 (10), 391-393

Zarifova Dilfuza Omon qizi., “Ranglarning fazoviy birikmalari va xususiyatlari”. Educational Research in Universal Sciences. T.: 2023.