Authors

  • Abdulfayz Omonullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79377

Keywords:

Ma’lumotlar xavfsizligi electron hukumat ma’lumotlar maxfiyligi raqamli huquqiy innovatsiyalar yuridik ma’lumotlar boshqaruvi raqamli xizmatlar shifrlash tizimi.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli ma’lumotlarni shiffrlash tizimi yaratish nima ekanligi, buni qo‘llashning biz uchun qanday foydalari borligini, eng muhimi, qo‘llanilgandan so‘ng bizning huquq tizimimizda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida muhokamalar olib boriladi. Bundan tashqari, bu kabi shiffrlash tizimlarini yaratishning Legal Tech sohasi uchun bog‘liq bo‘lgan jihatlari, bu sohada olib borilgan taklif va tadqiqotlar, yuridik ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishi, raqamli huquqiy xizmatlarning ishonchliligini oshirish uchun shifrlash algoritmlari, autentifikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar omborining mustahkamligi kabi elementlar yoritib o‘tiladi.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

176

O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SOHA UCHUN MILLIY RAQAMLI

HUQUQIY MA’LUMOTLAR SHIFRLASH TIZIMINI YARATISH

Omonullayev Abdulfayz

abdulfayz8gmail.com

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro huquq fakulteti 1-kurs 6-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15231949

Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli ma’lumotlarni shiffrlash tizimi yaratish nima

ekanligi, buni qo‘llashning biz uchun qanday foydalari borligini, eng muhimi, qo‘llanilgandan

so‘ng bizning huquq tizimimizda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida muhokamalar olib

boriladi. Bundan tashqari, bu kabi shiffrlash tizimlarini yaratishning Legal Tech sohasi uchun

bog‘liq bo‘lgan jihatlari, bu sohada olib borilgan taklif va tadqiqotlar, yuridik ma’lumotlarning

xavfsiz saqlanishi, raqamli huquqiy xizmatlarning ishonchliligini oshirish uchun shifrlash

algoritmlari, autentifikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar omborining mustahkamligi kabi

elementlar yoritib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar:

Ma’lumotlar xavfsizligi, electron hukumat, ma’lumotlar maxfiyligi,

raqamli huquqiy innovatsiyalar, yuridik ma’lumotlar boshqaruvi, raqamli xizmatlar, shifrlash

tizimi.

KIRISH

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar deyarli barcha

sohalarga o‘z ta’sirini sezilarli darajada o‘tkazmoqda, bu ta’sir O‘zbekistonda yuridik sohani ham

chetlab o‘tmadi sababi, hozirgi zamonaviy hayotimizda aynan milliy huquq tizimimiz raqamli

texnologiyalar asosida yangilanib, yanayam foydalanishga qulay hamda har qanday

ma’lumotlarning xavfsizlik sifatini eng yuqori darajalargacha olib chiqish chora tadbirlari ko‘rib

borilimoqda. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy

raqamli huquqiy ma’lumotlar shifrlash tizimini yaratish-bu juda dolzarb va zomonaiy mavzu.

Bunday tizim yuridik ma’lumotlar xavfsizligini oshirish, huquqiy hujjatlarning yaxlitligini

ta’minlash, shuningdek, sud, advokat va boshqa yuridik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar orasidagi

axborot almashinuvi jarayonlarini yanada samarali qilish imkoniyatini beradi.

Maqolada yoritilayotgan ushbu mavzumizning dolzarbligi shundan iboratki, hozirgi kunga

kelib deyarli barcha hujjatlar jumladan; fuqaroga tegishli shaxsiy ma’lumotlar, barcha turdagi

shartnomalar va hattoki davlatga tegishli bo‘lgan sirlar ham elektron shifrlangan bazalarga


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

177

o‘tkazilmoqda, bu esa ushbu ma’lumotlarning xavfsizligini qat’iy e’tiborga olish zarurati kelib

chiqayotganidan dalolat bermoqda. Sababi shifrlangan ma’lumotlar anchayin xavfsiz, ishonchli va

eng muhimi, ma’lumotlar oshkor bo‘lib qolish imkoniyatlarini kamaytiradi.

Shu o‘rinda shifrlash tizimi nima ekanligini qisqacha yoritsam, bu degani huquqiy yoki

boshqa turdagi hujjatlarni raqamli,ya’ni elektron bazalarga o‘tkazgan holda bu hujjatlarning

xavfsizligini va maxfiyligini yanada kuchaytirishni tushunsak bo‘ladi.

Ushbu maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zabekiston uchun yuridik ma‘lumotlarni

himoya qilish va xavfsizligini ta’minlashda raqamli shifrlash tizimini yaratish takliflarini ishlab

chiqish, ushbu takliflarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan usullar, texnologiyalar va uslublar

tizimini tubdan takkomilashtirishga ximat qiladigan g‘oyalarni yoqlashdan iborat hisoblanib, shu

kabi g‘oyalar asnosida o‘zimizning ham milliy shifrlash tizimimizni yanada yangi usullar va

uslublar tizimi bilan boyitib, davlat organlari va fuqarolar uchun foydalanishni keng targ‘ib

qilishdan iborat. Bu maqsadlardni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalarn belgilab o‘tilgan.

Huquqiy ma’lumotlarni shifrlash standardlarini ishlab chiqish va joriy etish;

Yuridik ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish uchun maxsus platforma ishlab

chiqish;

Shifrlash tizimining texnik xavfsizligini ta’minlash va muntazam sinovlardan o’tkazib,

yanada takomillashtirib borish;

Foydalanuvchilarni tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘qitish va xavfsizlik madaniyatini

oshirish;

Milliy shifrlash tizimining huquqiy asoslarini ishlab chiqish va qonuniy tartibga solish.

Ushbu qator vazifalar bo‘yicha olingan ko‘nikmalar va takliflar O‘zbekistonda milliy

shifrlash tizimini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, ushbu soha bo‘yicha qo‘shimcha

malumotlar olishga ko‘maklashadi.

USULLAR

Ushbu maqola mavzuni chuqurroq o‘rganish maqsadida texnik va huquqiy usullarni

qo‘llagan holda yoritildi. Quydagi tadqiqot usllaridan foydalanildi:

Adabiyotlar tahlili:

ushbu mavzuga oid kitoblar, maqolalar va boshqa manbalarda

foydalanildi. Bundan tashqari Google Scholar, ccdcoe kabi ma’lumotlar bazalaridan foydalanildi.

Global Cybersecurity Index, Journal of Emparical Legal Studies, Asiatoday kabi ma’lumot

bazalari orqali qidiruv amalga oshirildi ma’lumotlar tahlil qilindi.

So‘rovnoma:

Ushbu mavzu yuzasidan kichkina bir so‘rovnoma o‘tkazdim, ya’ni

o‘quvchilardan ushbu savollar so‘raldi; O‘zbekistonda ham milliy shiffrlash tizimini


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

178

takomillashtirishga munosabatingiz qanday degan savolga deyarli barcha so‘rovnoma

ishtirokchilar ijobiy munosabatda bo‘lishdi, bu loyiha anchagina yaxshi istiqbolga ega ekanligini

ta’kidlashdi, ammo bu kabi loyihalar endi rivojlanayotgani bois so‘rovnomadagi aksar

ishtirokchilar bu haqida ma’lumotlarga ega emasligini ham guvohi bo‘ldik, ushbu o‘quvchilarga

buning avzaliklari va noavzalliklari haqida tushuntirishlar olib borildi, turli ma’lumotlar berib

o‘tildi. Bu kichkina so‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, bu sohani tatbiq etish nechog‘liq muhim

ekanligi o‘rganib chiqildi.

Hodisani o‘rganish:

Bu tizim hozirgi qator rivojlangan davlatlar; Yevropa Ittifoqi, AQSH,

Rossiya, Xitoy, Estoniya raqamli shifrlash tizimlari faoliyatida o‘rganildi. Ushbu davlatlarning

huquq tizimda bo‘lgan o‘zgarishlar, kiritilgan yangiliklar, keltirgan foydalari keng tahlil qilindi va

qo‘shimchalar takliflar berib o‘tildi.

Huquqiy tahlil:

Ushbu davlatlar tajribasida shifrlash texnologiyalarini yuridik sohada

qo‘llash orqali fuqarolarning ma’lumotlari xavfsiz saqlanishi, maxfiylikni oshirish va huquqni

muhofaza qilish organlar harakatlarini yanada ishonchliligini ta’minlash kabi ma’lumotlarga ega

bo‘lindi va O‘zbekistonda ham milliy shifrlash tizimlarini takomillashtirish uchun ushbu

tajribalardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

NATIJALAR

Maqola natijasida ushbu sohaga oid quyidagicha asosiy ma’lumotlar olindi.

Ushbu tizimni qo‘llab quvvatlaydiganlar:

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etgan qatnashchilarning deyarli 75

% dan ko‘p qismi bu tizimni yoqladi, qolgan 25% foizi hech qanday ma’luotga ega emas yoki bu

tizimni yoqlamadi.

50% so‘rovnoma qatnashchilari bu tizimni qo‘llash ancha avzallik tomonlari borligi va

milliy huquqiy ma’lumotlar yanada ishonchli saqlanishini ta’kidladi

25% ishtirokchilar ham qo‘llab quvvatladi ammo bunga ko‘p mablag‘ kerakligini inobatga

olib,kelajakda qo‘llay olamiz degan fikrga to‘liq ishonch hosil qilisholmadi.

Qolgan 25% qatnashchilarimiz esa bu haqida ma’lumotga ega emasligi sababli ularga

ma’lumotlar berdik, yangiliklar bilan tanishtirdik, qo‘shimcha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib

bordik.

Milliy raqamlash tizimining foydalari:

Milliy raqamlash tizimi bir nechta qator avzalliklarga ega ular quyidagilarda aks etadi:


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

179

1.

Ushbu tizim orqali hujjatlarni almashtirish va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining

sifati tezligi oshadi. Bu esa sud protsseslarida va boshqa shu kabi yuridik jarayonlarni tezlashtirib,

iqtisodiy jihatdan ham samarali bo‘lishiga yordam beradi.

2.

Qulay va foydalanish uchun juda oson. Ma’lumotlarni shifrlangan raqamli shaklda saqlash

ularni qiyinchiliklarsiz topish va xavfsiz tarzda ulashishga imkon yartadi.

3.

Shifrlangan raqamli ma’lumotlarni kodlarga almashtirilgan holda ularani maxfiyligini

ta’minlanadi. Bu esa nafaqat ma’lumotlarni yo‘qotish xavfini kamaytiradi, balki ularni noto‘g‘ri

qo‘llanishidan ham himoya qiladi.

4.

Shaffoflik va nazoratni kuchaytirish, ya’ni shiffrlangan raqamli tizimlar orqali barcha

hujjatlar va jarayonlar shaffof bo‘lib, ularni nazoarat qilish va monitoring hisobidan o‘tkazish

anchayin osonlashadi. Bu esa milliy huquq sohamizdagi eng muhim muammolardan biri bo‘lgan

korrupsiyani kamaytirish va boshqaruvni adolatli tarzda ta’minlashga yordam beradi.

5.

Keng miqyosda tahlil qila olish imkoniyati, ya’ni raqamlashtirilgan ma’lumotlarni tahlil

qilidsh va turli statistik ma’lumotlarni olish imkonini beradi, bu esa strategik faktlarni qabul

qilshda asosiy rol o‘ynaydi.

6.

Yana bir eng muhim avzalliklarida biri shundaki, hujjat va ma’lumotlarni raqamli

shiffrlangan tizimga o‘tkazilgandan so‘ng barcha amallar elktron variantda amalga oshirladi,

natijada bu hujjatlarni bir nechta nusxada qog‘ozga chiqarish talabini kamaytiradi, bu esa atrof

tabiiy muhitga ma’lum darajada salbiy ta’sirlarni kamaytirishga yordam beradi.

Milliy raqamli shifrlash tizimini yaratishning kamchiliklari:

Ma’lumotlarni tahlil qilish barobarida ushbu bir qancha kamchiliklar o‘rganildi, jumladan:

I.

Albatta birinchi navbatda xarajatlarni xiobga olish kerak, sababi milliy shifrlash tizimini

yaratish va amalga oshirish uchun juda katta mablag‘larni jalb etishga to‘g‘ri keladi. Dasturiy

ta’minotni ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash, xodimlarni malakasini oshirib borish, yangi

infratuzilmalarni yaratish kabi xarajatlar mana shu katta xarajatlar sirasiga kiradi.

II.

Milliy shifrlash tizimini yaratish murakkab jarayon bo‘lib, o‘ziga xos infrastrukturalarni

va tajribaga ega mutaxassislarni jalb etadi. Texnologik asoslar yetarli bo‘lmasa, tizim

samaradorligi va xavfsizligi past bo‘lishi mumkin va bu tizimning ishlashiga salbiy ta’sir

o‘tkazishi mumkin.

III.

Shifrlangan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan holda zaxiraga olinishi, shifrlash kalitlari

yo‘qolishi yoki buzilgan holatlarda qayta tiklash qiyin bo‘lishi mumkin va natijada yuridik

ma’lumotlarning yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

180

IV.

Shifrlash tizimi albatta qonunlar va xalqaro normativ hujjatlar standardlariga mos bo‘lishi

muhim, bu esa tizimda bir qatpr qiyinchiliklar vujudga ketirishi mumkin.

V.

Mutaxassislar tomonidan ushbu, deyarli yangilik bo‘lgan tizimning joriy etislishi,ularning

har doimgi odatiy holidan bunaqangi vaziyatga o‘tishi ularga qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin,

hatto bazilar ishdan norozilik holatlari ham bo‘lishi mumkin.

VI.

Hozirgi rivojlanib borayotgan kiber tahdidlarga qarshi bu shiffralsh tizimlari muttasil

yangilab turish lozim. Tizim yangilanmasa kiberjinoyatlar qurboni bo‘lishi va buning oqibatida

butun boshli davlat fuqarolarining ma’lumotlariga jiddiy zarar yetish kabi salbiy holatlarga olib

kelishi mumkin.

Bu kabi jiddiy zarar ko‘rilgan davlat sifatida Estoniyani olsak bo‘ladi. Bu davlatda 2007-

yilda yuz bergan kiber jinoyatning nishoni, Estoniya davlatining hukumati, sud, OAV larda ish

tushurilgan milliy shifrlash tizimini buzib kirib, davlat siyosatiga oid bo‘lgan barcha

ma’lumotlarni o‘chirib tashlash edi. Va Estoniyaning milliy shifrlash tizimi yaxshi bo‘lmaganligi

sababli bu kiberjinoyat qurboni bo‘lganini ko‘rsak bo‘ladi. Buni ham o‘zimizning milliy shifrlash

tizimimizda qanchalik ahamiyatga ega ekanlini ko‘rsak bo‘ladi.

1

Milliy huquqiy raqamlashtirish tizimimizdagi yangiliklar:

O‘zbekistonda raqamli infratuzilma va raqamlashtirish yo‘nalishida sezilarli rivojlanish

yo‘llarini bosib o‘tmoqda, bu yo‘lda har xil strategiyalar, qo‘shimcha funksiyalar qabul qilmoqda.

Bunga misol qilib “Raqamli O‘zbekiston —2030 ” strategik dasturini olsak bo‘ladi, bu

strategik dastur doirasida 2020-yildan buyon davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi

va shu kabi boshqa sohalarda 600 ga yaqin loyihalar amalga oshirililgan. Bundan tashqari milliy

huquqiy raqamli shifrlash tizimini rivojlantirish maqsadida ushbu tizimda ishlash uchun

mamlakatimizda 2021-yildan boshlab 500 mingdan ortiq yoshlar kompyuter dasturlashga

o‘rgatilib kelinmoqda va 12 ming nafar davlat xizmatchilarining axborot texnologiyalri bo‘yicha

malakasi oshirilgan. Shu bilan birga har bir hududda raqamli xizmatlarni keng joriy qilish uchun

460 ga yaqin loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda

2

. Bu yangiliklar shundan dalolat

beradiki, O‘zbekistonda ham raqamli texnologiyalr sohasining jadal rivojlantirishga katta e’tibor

qaratilayotganligi va mana shu e’tibor tufayli faqat oldinga intilishga davat qilayotganidan dalolat

beradi.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” ushbu strategiya haqida batafsilroq tanishamiz. Ushbu

strategiya 2020-yildan 2030-yilgacha asosiy etiborini qaratgan bo‘lib mana shu davr mobaynida,

1

2


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

181

O‘zbekistonning deyarli barcha rivojlanayotgan sohalarini elektron raqamli tizimlarga o‘tkazish

kabi maqsadni qo‘ygan o‘z oldiga. Mana shu strategiya asosida bir qancha loyihalar ishlab

chiqilmoqda, bunga bir misol sifatida “IT PARK” loyihasini olsak bo‘ladi,ushbu loyiha ham aynan

mana shu strategiya asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyihaning asosiy maqsadi ham barcha

sohalarda raqamli tizimning joriy etilishini ta’minlash hisoblanadi. Barcha sohalar qatorida ushbu

loyiha, huquq sohasida raqamli tizimlashtirishni rivojlantirishga keng bel bog‘lagan, xususan,

Startap va investitsiyalarni jalb qilish, qo‘llab quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish orqali

innovatsion yechimlar hamda sud, advokatura, prokuratura kabi sohalarning ishonchliligini va

yanada shaffof tarzda o‘z harakatlarini amalga oshirish uchun asosiy mezon vazifasini bajarib

kelyapti. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak ushbu strategiya va u asosida qabul qilingan

loyihalarning vazifari barchasi O‘zbekistonda raqamli shifrlash tizimlari hamda barcha sohalarda

elektron tizimlarning ishga tushirilishini keng ko‘lamlarda ta’minlashdan iborat hisoblanadi.

Yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar shifrlash tizimini

yaratishning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tutgan o‘rni :

Albatta jamiyat uchun kerakli, foydali va uning har bir azosining manfaatlariga xizmat

qiladigan har qanday yangilik bo‘lar ekan, ushbu yangilikni birinchi navbatda mutaxassislar

tomonidan tahlil qilinib, qonunchilikda belgilash zarurati tug‘iladi. Sababi shundaki jamiyatda yuz

beradigan ijtimoiy munosabatlar shunchalar xilma xilki, ushbu munosabatlar elementiga

aylanadigan har qanday yangiliklar ma’lum bir qonun qoidalar asosida tartibga solinib turilmasa

salbiy oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Aynan milliy raqamli shifrlash tizimi ham mana shu

yangiliklardan biri hisoblanadi. Va bu yangilik ham ma’lum qonunlar asosida tartibga solindi.

Binobarin, 2003-yilda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonuni. Bu qonun

axborot tizimlaridaa xavfsizlikni ta’minlash va axborot resurslaridan foydalanishni tartibga

solishga qaratilgan. U O‘zbekistonda axborot sohasidagi xavfsizlik siyosatini belgilaydi va

axborotlar xavfsizligini ta’minlashni davlatning majburiyati sifatida ko‘rsatadi. Bu qonun

raqamlashtirish tizimimizning ilk bosqichlarida qabul qilingan soddaroq ko‘riishga ega. Lekin

bizning mavzuimizga oid qabul qilingan asosoiy qonun bu, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi” qonun

bo‘lib,u 2022-yilda 25-fevralda qabul qilinib, shu yilning 17-mart sanasida maqullangan. Bu

qonun kiberxavfsizlikni oldini olish va raqamli tizimlashtirish sohasini yanada

takommilashtirishga yordam berish maqsadida qabul qilingan bo‘lib, 8 bob, 40 moddadan iborat

3

.

Bundan tashqari shu qonun yuzasidan qabul qilingan “Kiberxavfsizlikni ta’minlash

sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim

3

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

182

qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” qonun. Ushbu qonun

qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan va Senat tomonidan 2024-yil

21-iyunda maqullangan. Bu qonun 12 moddadan iborat bo‘lib, hali kuchga kirmagan

4

. Ammo

shuni ham ta’kidlash joizki, bu qonunlarning o‘zi ushbu loyihalarni amalga oshrishda zaiflik

qiladi, shu bois bu muammoni hal qilish uchun ham kerakli chora-tadbirlar ko‘rilsa ya’ni yangi

qonun hujjatlari yaratilsa ancha maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda yuridik ma’lumotlar xavfsizligini

ta’minlash uchun milliy shifrlash tizimini yaratish dolzarb muammodir. Bu tizim ma’lumotlar

maxfiyligini oshiradi hamda noqonuniy amallar bajarilishini oldini oladi. Xorijiy tajribalar,

jumladan AQSH, Estoniya va Xitoy davlatlarining zamonaviy shiflrash texnologiyalari asosida

ishlab chiqilgan tizimlar yuridik markaz ma’lumotlarini ishonchli saqlashda muvaffaqiyatli

qo‘llanmoqda. Biroq, bu texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqib, mahalliy

resurslarni xisobga olgan holda, moslashtirish muhim. Shu bilan birga malakali muytaxassislar

yetishmasligi va texnologik infratuzilma cheklovlari kabi qiyinchiliklar milliy tizimimizni joriy

qilishda to‘siq bo‘lib qoladi. Kelgusida aynan shu sohalarda kadrlar tayyorlash va moliyaviy

qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish zarur hisoblanadi. Shu zayilda, tadqiqot O‘zbekistonda yuridik

ma‘lumotlar himoyasini yanada yanada kuchaytirish uchun asos yaratadi va kelajakdagi

tadqiqotlar uchun yo‘l ochadi.

Kelajakdagi tadqiqotlar uchun quyidagi yo’nalishlarni taklif etish mumkin:

1.

Sifatli shifrlsh algoritmlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, ya’ni kelgusida

o‘tkaziladigan tadqiqotlar yangi va kuchli shifrlash algoritmlarini yaratish va ularning

samaradorligini bir muncha yuqori darajaga olib chiqish.

2.

Milliy shifrlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik, raqamli shifrlash tizimi

yuzasidan xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan birgalikda ya’ni ma’lumotalar va tajribalar

almashinuvi vositasida O‘zbekistonda ham yuridik sohaga oid xavfsizlikni oshirish.

3.

Raqamli shifralsh tizimlarini yaratish bo‘yicha kadrlar tayyorlash dasturlarini kengaytirish

va ushbu sohaga oid mutaxassislarni tayyorlash, ularni tayyorlash uchun keraklicha va atroflicha

sarmoyalar kiritish.

4.

Huquqiy sohada raqamli identifikatsiyani joriy qilish, ya’ni shaxsiy va jamoviy

ma’lumotlarni shifrlashda raqamli identifikatsiyalardan foydalanishni amalga joriy qilsh.

4

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 20.09.2024 yildagi O‘RQ-964-son

XULOSA


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

183

Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatib berdiki, O‘zbekiston milliy huquq tizimida ham raqamli

shifrlash tizimlarini joriy qilish mumkinligi va bu shifrlash tizimlarini xalqaro standartlarga mos

ravishda rivojlantirish kerakligini yoritib berdi. Bundan tashqari hozirgi rivojlangan texnika

inqilobi davrida har bir davlat uchun o‘zining milliy huquqiy shifrlash tizimlariga ega bo‘lishi o‘ta

muhim masala hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, ushbu tizimdan foydalangan holda o‘z faoliyatini olib

borayotgan davlatlar anchagina xavfsiz bo‘lgan axborotlar bazasiga ega bo‘lgani va bu baza shu

davlatlarning xavfsizligini ham oshirishga yordam berganini ko‘rsatib o‘tdik.

Biroq, milliy huquqiy shifrlash tizimini joriy etishda bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.

Bu sohada bilimli kadrlarning va mutaxassislarning yetishmasligi, bu kabi tizimni joriy

qilish juda katta mablag‘ talab etishi, yetarlicha texnologiyalarning mavjud emasligi kabi

qiyinchiliklar shular jumlasiga kiradi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun komplaeks yechimlar

talab qilinadi.

Tadqiqot natijalarga asoslangna holda milliy huquq tizimimizda raqamli shifrlashni joriy

qilish yuzasidan bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Bular orasida kadrlarni tayyorlash, yangi

texnologik usullarni qo‘llash, xalaqaro tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashish, huquqiy hujjatlar

xavfsizligini ta’minlash kabilar alohida o‘rin egallaydi.

Umuman olganda yaqin kelajakda, bu tizim rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga

yetishini inobatga olishimiz va bu milliy shifrlash tizimlarini davlat faoliyatining har bir sohasida

qo‘llashimiz zarur, albatta bunda xavfsizlikni ham birinchi o‘ringa qo‘yish lozim.

Muammo

Tavsiyavatakliflar

(Nazariy)

Tavsiyavatakliflar

(Amaliy)

1.

Moliyavitiy to‘siqlar

Shifrlash tizimi uchun

kiritilgan

mablag‘larning

foydasini tushuntirish

Ushbu tizimni joriy etish

uchun kerakli miqdorda

mablag‘larni jalb qilish

2.

Mutaxassis va kadrlar

yetishmasligi

Ushbu sohaga doir

bilimlarni yoshlarga

berib borish

Keng qamrovli targ‘ibot

ishlarini olib borish va

bilimli mutaxassislarni

jalb qilish

3.

Ushbu tizimga xavf

tug‘diradigan kiberjinoyatlar

Bu jinoyatlarni oldini

olish uchun kerakli

xavsizlik qoidalarini

ishlab chiqish

Ushbu raqamli shifrlash

tiziminielektron bazasini

kuchli shifrlangan kodlar

orqali himoya qilish


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

184

4.

Aholining bu tizim haqida

yetarlicha axborotga ega

emasligi

Aholining kompyuetr

savodxonligini

oshirishga qaratilgan

bilimva ko‘nikmalrni

tahlilqilish

Aholi o‘rtasida har xil

huquqiy tizimga oid

targ‘ibot ishlarini olib

borish

5.

Huquqiy hujjatlarning

zaifligi

Bu raqamli shifrlash

tizimlarini chuqur

tahlillardan o‘tkazish

Bu sohani tartibga solish

uchun yangi zamonaviy
qonunhujjatlari yaratish

REFERENCES

1.

Susskind, R. (2019). Online courts and the future of justice. Oxford University

Press.

2.

K. D. (2017). Artificial intelligence and legal analytics: New tools for law practice

in the digital age. Cambridge University Press.

3.

www.ccdcoe.news.com

4.

Rostain, T. (2019). Robots versus lawyers: A user-centered approach. Georgetown

Journal of Legal Ethics.

5.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 20.09.2024 yildagi O‘RQ-964-son.

6.

https://theasiatoday.org/

7.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi O‘RQ764-son

References

Susskind, R. (2019). Online courts and the future of justice. Oxford University Press.

K. D. (2017). Artificial intelligence and legal analytics: New tools for law practice in the digital age. Cambridge University Press.

www.ccdcoe.news.com

Rostain, T. (2019). Robots versus lawyers: A user-centered approach. Georgetown Journal of Legal Ethics.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 20.09.2024 yildagi O‘RQ-964-son.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi O‘RQ764-son