Authors

  • Baxromjon Muxtoraliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79445

Keywords:

Anvar Obidjon Ajinasi Bor Yo’llar Sho’ro davri Qishloq hayoti Ijtimoiy munosabatlar Mafkuraviy ta'sir Yozuv uslubi Ijodiy uslub.

Abstract

Ushbu maqolada Anvar Obidjonning "Ajinasi Bor Yo’llar" asari orqali sho’ro davrida O'zbekiston qishloqlaridagi hayot, ijtimoiy munosabatlar va mafkuraviy ta'sirlar tahlil qilinadi. Muallif qishloq aholisi, ularning shaxsiy va ijtimoiy kurashlari, shuningdek, davlat tizimidagi o'zgarishlar haqida chuqur fikr yuritadi. Asar sho’ro davrining o'ziga xos qiyofasini aks ettiradi va O'zbekistonning tarixiy jarayonlari bilan bog'liq murakkabliklarni ochib beradi. Maqola, shuningdek, yozuv uslubi va mantiqiy qurilishi bilan o'quvchini hayratga soladi, Anvar Obidjonning o'ziga xos ijodiy uslubini yoritadi.

background image

990

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

UDK: 82-93

"AJINASI BOR YO’LLAR: SHO’RO DAVRINING TARIXI VA TAHLILI"

Muxtoraliyev Baxromjon

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktaranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227597

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Anvar Obidjonning "Ajinasi Bor Yo’llar" asari orqali

sho’ro davrida O'zbekiston qishloqlaridagi hayot, ijtimoiy munosabatlar va mafkuraviy ta'sirlar

tahlil qilinadi. Muallif qishloq aholisi, ularning shaxsiy va ijtimoiy kurashlari, shuningdek,

davlat tizimidagi o'zgarishlar haqida chuqur fikr yuritadi. Asar sho’ro davrining o'ziga xos

qiyofasini aks ettiradi va O'zbekistonning tarixiy jarayonlari bilan bog'liq murakkabliklarni

ochib beradi. Maqola, shuningdek, yozuv uslubi va mantiqiy qurilishi bilan o'quvchini hayratga

soladi, Anvar Obidjonning o'ziga xos ijodiy uslubini yoritadi.

Kalit so‘zlar:

Anvar Obidjon, Ajinasi Bor Yo’llar, Sho’ro davri, Qishloq hayoti, Ijtimoiy

munosabatlar, Mafkuraviy ta'sir, Yozuv uslubi, Ijodiy uslub.

«МОРЧАТЫЕ ДОРОГИ: ИСТОРИЯ И АНАЛИЗ СОВЕТСКОЙ ЭПОХИ»

Аннотация.

В данной статье анализируется жизнь, общественные отношения и

идеологические влияния в селах Узбекистана в советское время на примере произведения

Анвара Обиджона «Аджинаси Бор Ёллар». Автор глубоко размышляет о сельчанах, их

личной и социальной борьбе, а также об изменениях в государственном строе. Работа

отражает уникальный образ периода Шуры и раскрывает сложности, связанные с

историческими процессами Узбекистана. Статья также впечатляет читателя своим

стилем письма и логическим построением, освещает уникальный творческий стиль

Анвара Обиджона.

Ключевые слова:

Анвар Обиджон, Аджинаси Бор Ёллар, советский период,

Деревенская жизнь, Общественные отношения, Идеологическое влияние, Стиль письма,

Творческий стиль

"WRINKLED ROADS: HISTORY AND ANALYSIS OF THE SOVIET ERA"

Abstract.

This article analyzes the life, social relations and ideological influences in the

villages of Uzbekistan during the Soviet era through Anvar Obidjon's work "Ajinasi Bor Yo'llar".

The author thinks deeply about the villagers, their personal and social struggles, as well as the

changes in the state system. The work reflects the unique image of the Shura period and reveals

the complexities related to the historical processes of Uzbekistan. The article also impresses the

reader with its writing style and logical construction, illuminates the unique creative style of

Anvar Obidjon.


background image

991

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Key words:

Anvar Obidjon, Ajinasi Bor Yollar, Soviet period, Village life, Social

relations, Ideological influence, Writing style, Creative style.

KIRISH

Yozuvchi sho’ro davri mafkurasiga munosabatini “eski machitmi, yangi maktabmi?”

qismidagi “Kulkul” afandining “Sovet maktabida sovet bo’l, ko’chada bilganingni qil” degan

so’zlarini xatboshida keltirish orqali yumor bilan ifodalaydi.

Qishloqning zich, polsiz, shipti o’rgumchak bosgan, yozda ham zahning isi anqib turgan,

sichqonlar bir-birini quvgan uylari, shuningdek, qishda pechkaga, ko’mirga, o’tinga

yolchimaydigan sandalli ichkarisi qor va yomg’irda tinmay tomlardan chakki o’tib, ostiga

qo’yilgan idishlarning “chak-chuk”, “tring-tring”lariga ajinalar o’yin tushayotgandek tuyuluvchi

xonalar tasviri o’quvchini sho’ro hukmronligidagi o’zbek yurtiga olib kiradi. Yozuvchining

mahorati shundaki, keng tasviriylikka, izchil va mayda tasvirlarga boy ifodaga murojat etgani

holda qahramon va davr talqinidagi haqqoniylikka erishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Yozuvchi o’tgan asrning 60-70-yillari qishloqlardagi o’zbek to’ylarini batafsil tasvirlaydi.

Yosh Anvar o’ziga do’st bo’lgan Abdulla sariq, o’zi bilan tinmay mushtlashuvchi

Abdulla kalla bilan bo’lib o’tgan bolalik xotiralarni tinmay yodga olarkan, o’sha beg’ubor ko’z

tegmagan farishta sinfdoshlarini eslab shunday xulosaga keladi: “Qaniydi, odam bolasi umrining

adog’igacha o’zini xuddi shunday saqlay olsa, buloq suviday musaffoligicha turaversa. Qiziq!

O’zi bu suv qaysi joyda loyqalanishni boshlaydi? Uni nimalar loyqalantiradi? Tobora loyqalanib

borayotganimizni o’zimiz sezamizmi? Sezsak, nega dastlabki paytlardayoq tabiiy o’zanimizdan

burilmaslikka, boshqacha tusga kirib oqmaslikka urunmaymiz? Balki,bizga urunmaslik

qulayroqdir? Sof qolishga tirishish nahotki, kirlikka qo’shilib borish jarayonidan ko’ra

uqubatliroq bo’lsa”

1

.

NATIJA VA MUHOKAMA

Yosh Anvarning sunnat qilinishi ham asarda batafsil tasvirlanadi. Uning “bulbul”chasini

kesgan usta Orifjon tog’a paxtani kuydirib, kesilgan joyga yopshitirib qo’yadi. Yozuvchi bu

voqeani ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar yahudiylarni ham hatna qilish odati borligi

uchun ana shu belgisi orqali aniqlab, joyida otib tashlaganini, ba’zan asr tushgan turkistonlik

musulmonlar ham qatl etilavergani bilan bog’laydi. Keyinroq bu anglashilmovchilik bartaraf

etilib, musulmonlarning kesilgan joyidan paxta kuyundisidan qora chiziq bo’lishini anglaydilar

deb yozadi muallif.

1

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 79


background image

992

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Sho’ro hukumati o’quvchilarni ham turli siyosiy uyushmalarga ham uyushitirib, ular

ongiga o’z g’oyalarini singdirishga intiladi. Beshinchi sinfgacha boshlang’ich hisoblanib,

oktyabrlikka (oktyabr inqilobi izdoshlari), sakkizinchi sinfgacha “o’rtancha” hisoblab,

piyonerlikka qabul qilinardi. Yuqori sinf o’quvchilari esa kamsomollikka qabul qilinib, payti

kelib kimdir komunistik partiya safiga o’tadigan bo’lsa, ikki nafar komunistdan tashqari

kamsomol tashkiloti tavsiyanomasini ham topshirishi shart edi. Sho’ro hukumati o’z mafkurasini

yoshlar ongiga singdirishning o’ziga xos yo’lini topgandi: “Oktyabaryatlar o’rtasiga Lelinning

bolalikdagi surati tushirilgan besh qirrali qizil yulduzchani ko’krakka qadab yurishardi.

Piyonerlar yonayotgan gulxan shaklidagi nishonchani taqishdan tashqari bo’yinlariga

qizil matodan tikilgan uchburchak galustik bog’lab olshardi. Kamsomol ko’krak nishoni ilgari

sopli qizil bayroq shaklida bo’lib, o’rtasiga “VLKSM” (vssoyuzniy lelinniskiy komunistskiy

soyuz maladyoji, ya’ni lelincha komustik yoshlarning butunittifoq uyushmasi) deb yozib

qo’yilgandi. Keyinchalik yozuv o’rniga keksa Lelinning yollanmacha surati paydo bo’ldi”

2

.

Sho’ro hukumati o’zining siyosiy bayramlarini dabdabali o’tkazib, mahalliy xalqning

asriy bayramlaridan bo’lgan Navro’zni ta’qib ostiga olgan. Ammo xalq bu bayramni yashirin

holda bo’lsa-da nishonlardi. Yosh Anvar ham ota-onalari olib bergan yangi kiyimda ko’chaga

chiqqach, qo’shnilari Bozor Mirzo bilan Dehqon Hasanlarning biri “Askarning o’zginasi!” degan

maqtov yog’dirsa, ikkinchisi “General bo’lib ketibdi!”degan ko’pirtiruvidan “ariq bo’yida bahor

toshqinidan bo’tanalashgan loyqa suvini” to’lib ko’pirib oqishini havolanib tomosha qila

boshlaydi. Shunda Dehqon tog’a “Arslonlanib turishini qarang! Cho’milmoqchi-yu, poqoloslik

qilib qo’rqyapti, shekilli!” desa, Bozor tog’a “Hech nimadan qo’rqmaydi! Bunday botirni

umrimda ko’rmaganman! Hozir ishton - kiyim-piyimi o’zini suvga tashlaydi!” deyishidan

ilhomlangan Anvar o’zini ariqqa otadi. Qo’shnilar esa uni zo’rg’a ariqdan chiqarib olib, qah-qah

otib kulishga tushadi. Yozuvchi shu tariqa yosh Anvardagi, qishloq odamlaridek beg’uborlikni

o’ziga xos tarzda ifodalshga erishadi. Yosh Anvarning o’zgalar xizmatiga shayligi,

beg’uborligidan o’z maqsadi yo’lida foydalangan paxta punkiti yaqinidagi mototsikl va

vilosepedlar tuzatish ustaxonasi ustasi kameralarni bigiz bilan birma-bir yashirin teshikni

topishadi.

Asarda sho’rochilar hokimyatini saqlab qolish, davlatchiligini mustahkamlash uchun,

avvalo, qishloq aholisini talaganligini, Lelin siyosati asosida qurolli bo’linma askarlari

qishloqdagi ortiqcha ozuqalarni tortib olish bahonasidan ochiqcha yeguliklarni tortib olib

ketaverishganligini, keyinchalik “quloq”likni tugatish ostida boyroq tabaqalarni surgun

qilganliklarini, ikkinchi jahon urushi davrida ikkinchilar kolxo’z dalalarida go’shtsiz ovqatlar,

yarimta kulcha evaziga o’n besh o’n olti soatlab tekin ishlaganliklari yetmaganidek frontga

2

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 85


background image

993

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

yordam bahonasida xonadonlarga go’sht, tuxum, sut, ko’rpa-to’shak solig’i solishganlarini

yoritadi.

Mehnat haqqi sifatida berilgan pulning ham yarmini qachon almashtirilishi noma’lum

bo’lgan “zayom” deb ataluvchi guldor qog’oz bilan hisob-kitob qilgani, Kurulchof esa

zayomlarni pulga alamashtirilishini 20 yilga kechiktirganini, so’ng SSRda komunizim qurildi

deb e’lon qilganini tasvirlaydi. Komunizimda esa taomilga ko’ra pul bo’lmaydi, qonga eng

yuqori darajada yuksalib bo’lgan kishilar imkoniga yarasha ishlab, ehtiyojiga yarasha yeb

yashayveradi

3

.

Yozuvchi ana shu davrlar haqida shunday xulosa chiqaradi: “O’yinqaroqlik qilib, ba’zan

qorong’uda qaytsam, uydagilar palon joyda o’ynama, piston ko’chadan yurma, ajinasi bor deb

qo’rqitishardi. Ajinasi ko’p zamonda yashayotganim, oldimda ajinasi bor yo’llar turganini

o’shanda menga hech kim tushuntiribroq aytmagani qiziq. Aytishsa ajinalardan sergakroq

himoyalanmoqqa zarurat tug’ilsa, dangal olishuvga kirishmoqqa, yengib o’tish usullarini

o’rganmoqqa tirishib, o’zimni hayotga puxtagina brogan bo’lmasmidim”

4

.

Asardagi voqealarda bir bor ko’rinib, so’ng tasvirdan tushib qolgan, boy kimsaning o’g’li

bo’lib so’ng qishloqning obro’li xonadonlarning go’zal qiziga uylangan, vaqt o’tib ichkilikka

berilib qolgan holga kelgan, qo’chqormoylov garov o’ynab uch kilo guruchni oshini bir

o’tirishda bir o’zi yeb tashlagan magazin mudiri Abdukarim Beshqorin qiyofalari ham yorqin

tasvirlari bilan ajralib turadi. Muallif aralash mollari do’koni mudiri Abdukarim Beshqorinning

qistovi bilan charm muqovasida Stalinning buyustsimon surati tushirilgan dohiyning siyosiy

maqollaridan iborat kitobini olmoqchi va bunga dadasini ko’ndirmoqchi bo’ladi. Dadasi esa bu

kitoblar maktab kutubxonasida tiqilib yotibdi, qolaversa, hali yoshsan, o’qiganing bilan

tushunmmaysan deya ruhsat bermaydi. Alam bilan ketayotgan Anvarning oldiga tutlarning

biridan chumchuq bolasi tap etib tushadi, shunda u alam bilan chumchuq bolasini tosh bilan

boshiga urib, shag’alga chaplab qo’yadi, so’ng ishidan pushaymon yeydi. “Sho’rlik

chumchuqcha, chumchuqjon, onasi rosa yig’lagandir” deya tushlariga chumchuq bolasi kirib

chiqa boshlaydi.

Asarning “Birlashgan qo’shin” qismi muallifning yoshlikdagi tushlari haqida bo’lib, u

Gulmat shoshiyning to’qima obrazidir (B.M). Tushingni suvga aytganda pokizarog’ini ayt degan

so’zlari bilan boshlanadi. Yosh Anvarning bu tushi doimo bo’ynini qisib yurgani uchun dadasi

tomonidan musicha degan laqab bilan ataluvchi ukasi Akram to’g’risida bo’lib, mahallada piyoz

sotib yuruvchi Nusa karis to’g’risida edi.

3

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 103

4

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 105


background image

994

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Tushida karis ayol ayasiga pul sanab berib Akramni usti brzen yoping’ichli “Gaz 51”

taksi yuk mashinasiga chiqarib olib ketayotgan emish, Anvar esa uni ortidan Akram mashinadan

sakra, seni qamab qo’yishadi deb yugurar ukasi esa bort eshigidan bo’ylarini, ko’zlarini

jovdiratib, qo’l siltay boshlabdi. Gohida u tushida she’r to’qir, to’qigan she’rni qaytarganicha

o’rnidan turib, qog’ozga tushurardi. Ba’zan esa she’rlar uyg’onganida esda qolmasdi. Boshqa bir

tushida sinfdoshi Qga ulunayotganini ko’rsa, boshqasida tepadan tepadan kishini mahliyo

qiluvchi jozibali qiyofada xudo uning tepasidan tekis suzib o’tganini ko’radi. Yozuvchi tush

haqida shunday xulosaga keladi: “Tush nima? Bu savolga yorug’ dunyoning biron-bir

mutafakkiri jo’yali javob topa olgan emas. Har kim o’zicha farazlab ko’radi.

Menimcha, esa tush narigi dunyoning mavjudligidan bizga muttasil darak berib turuvchi,

shu bilan birga goh o’tmishimizni eslatib, goh orzu-o’ylarimizga tutash bo’mish kelajagimiz

haqida sirli ishoralar qiluvchi, xayoldan o’tkazganlarimizni dam tasdiqlab, dam inkor etuvchi

nelargadir chorlab, nelardandir ogohlantiruvchi ilohiy bir mo’jizadir, vallohu a’lam”

5

. Hatto

tushida muallif sochlari oq holda o’lib yotganini, yonida ayasi, dadasi yo’qligi, boshqa begona

odamlar o’rab olgani, o’z jasadini o’zi kuzatib turganini ko’raveradi. Bolaligida rahm-shafqat,

mehr-oqibat, ezgulik tuyg’ularini qalbiga singdirishda Fayziboy ota va Sarviniso buvining

Ibrohim Adhamning odmi bandaga do’nish borasidagi chekkan azoblari, Mashrabning

haqgo’yligi, xarom boylikdan hazari, Ayub payg’ambarning o’z jarohatlaridan oziqlanayotgan

qurtlarni yarasidan tushib ketsa, yana rizqi qiyilmasin deb joyiga olib qo’yishi, xotinlari qiz

tug’ilsa, chaqaloqni triklayin ko’mib tashlash darajasida vaxshiylashgan qabilalarni ezgulikka

yetaklash yo’lidagi Muhammad payg’ambar sav ning minglab uqubatlarga dosh berganligi

haqidagi rivoyatlar,hikoyatlar muhim o’rin tutgani asarda keltiriladi. Shuningdek, o’zbek xalq

ertaklari Go’rog’li, Alpomish, Orzigul, Ravshan va Zulxumor, Kuntug’mish singari xalq

dostonlari, O’tkan kunlar, Sarob, Qo’shchinor chiroqlari romanlari, tarjima asarlar: Ko’r

muzikachi, Mumu, Mopassan va Lermontov hikoyalari, Shota Rustaveli dostoni, Shekspir

pyessalari o’qib chiqqanligini yozadi

6

.

XULOSA

Anvar Obidjonning “Ajinasi bor yo’llar” asari o'z davrining ijtimoiy va siyosiy muhitini

chuqur tahlil etuvchi biografik qissa sifatida ajralib turadi. Yozuvchi, o'z asarida sho’ro

davrining mafkuraviy tizimini, xalq hayotining murakkabligini va shaxsiy fojialarni jonli

tasvirlaydi. Personajlar, jumladan, Abdurahim aka orqali sho’ro davrining soxta shiorlariga

qarshi ironiya bilan chiqadi.

5

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 111

6

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 127


background image

995

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Asar voqealari tarixiy kontekstga bog'langan bo'lib, Bahromxon va Sarviniso kabi

obrazlar orqali oilaviy tarikh, xalqning qiyinchiliklari va qarshilik ko'rsatish ruhini yoritadi.

Yozuvchining ijodi va qahramonlari o'rtasidagi bog'lanish asar voqealarini yanada

boyitadi, har bir personaj o'z hayoti va tarixi orqali umumiy milliy tajribani ifodalaydi.

Natijada, “Ajinasi bor yo’llar” nafaqat shaxsiy hikoya, balki o'sha davrning ijtimoiy-

siyosiy sharoitlarini tahlil qiluvchi muhim asar sifatida, o’quvchilarga tarixiy xotirani yangilash

va o'z-o'zini tanqid qilish imkonini beradi. Bu asar, Anvar Obidjonning ijodiy merosi va o'z

davriga bo'lgan munosabati nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 –

B. 51

2.

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 –

B.55

3.

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 –

B. 185

4.

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 –

B. 192

5.

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 –

B. 44-45 (432 bet)

References

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 51

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B.55

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 185

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 192

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo’llar. Birinchi kitob. – Toshkent: O’ZBEKISTON, 2015 – B. 44-45 (432 bet)