Authors

  • Baxtiyar Esemuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79574

Keywords:

Kelajak avlod mumtoz musiqa xalq cholg‘u asboblari ansambllar tugarak san’at musiqa zamonoviy kuy-qo‘shiqlar.

Abstract

Bu maqolada zamonoviy kuy-qo‘shiqlar va xalq musiqa san’atining kelajak avlodlarni mumtoz musiqa merosi bilan yaqindan tanishtirish, havaskorlik tugaraklari, san’at saroylarida tashkil etilgan xalq cholg‘u asboblari ansambllari faoliyatlarini keng yoyish musiqa san’ati rivojini va taraqqiyotini ta’minlash haqida so‘z yetiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1228

KЕLAJAK AVLODNI TARBIYALASHDA ZAMONOVIY VA XALQ MUSIQA

SAN’ATINING O‘RNI

Esemuratov Baxtiyar Sagidullayevich

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Nukus filiali “Folklor etnografiya” kafedrasi dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15252775

Annotatsya. Bu maqolada zamonoviy kuy-qo‘shiqlar va xalq musiqa san’atining kelajak

avlodlarni mumtoz musiqa merosi bilan yaqindan tanishtirish, havaskorlik tugaraklari, san’at

saroylarida tashkil etilgan xalq cholg‘u asboblari ansambllari faoliyatlarini keng yoyish musiqa

san’ati rivojini va taraqqiyotini ta’minlash haqida so‘z yetiladi.

Kalit so‘zlar: Kelajak avlod, mumtoz musiqa, xalq cholg‘u asboblari, ansambllar,

tugarak, san’at, musiqa, zamonoviy kuy-qo‘shiqlar.

РОЛЬ СОВРЕМЕННОЙ И НАРОДНОЙ МУЗЫКИ В ВОСПИТАНИИ БУДУЩЕГО

ПОКОЛЕНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматриваются современные песни и народное

музыкальное искусство, знакомство будущих поколений с классическим музыкальным

наследием, широкое распространение деятельности кружков самодеятельности и

ансамблей народных инструментов, организованных во дворцах искусств, а также

обеспечение развития и прогресса музыкального искусства.

Ключевые слова: Будущее поколение, классическая музыка, народные

инструменты, ансамбли, кружок, искусство, музыка, современные мелодии и песни.

THE ROLE OF MODERN AND FOLK MUSIC IN EDUCATING THE FUTURE

GENERATION

Abstract. This article discusses contemporary songs and folk music art, introducing

future generations to classical musical heritage, widely disseminating the activities of amateur

groups and folk instrument ensembles organized in art palaces, and ensuring the development

and progress of musical art.

Key words: Future generation, classical music, folk instruments, ensembles, circle, art,

music, modern melodies and songs.

Kelajak avlodlarimizga bugungi kunda ko‘plab musiqa axboroti ta’sir etayotgan bir

davrda ular tinglayotgan musiqaning sifati va mazmuni haqida g‘amxo‘rlik qilish juda muhim


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1229

ahamiyatga ega. Yoshlar ko‘proq zamonoviy kuy-qo‘shiqlarga mehr qo‘ymoqdalar, shuningdek,

bugungi kunda ular qalbidan o‘rin olgan: rok, pop, hamda yengil janrdagi musiqa turlari yosh

avlod qalbini tula zabt etishga muvaffaq buldi.

O‘rni kelganda rok musiqa turiga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Musiqa tarixidan bizga

yaxshi ma’lumki, ritm va musiqaviy intonatsiya xaqida har xil davrlarda murosasiz bahs,

munozaralar yuritilgan. Bu siz musiqaning rivoji bo‘lmasligi tabiiy, albatta. Ammo, rok musiqa

turiga nisbatan ayrim musobaqalarda qaltis fikrlar ham aytilmoqta. Shuni e’tiborga olish lozimki,

rok musiqasi tasodifan paydo bo‘lgani yuq, garchi shunday ko‘z yumub, inkor qilish noto‘g‘ri

bo‘lar edi. Rok musiqa san’ati ham aslida davrimizning muhim kashfiyotlaridan biridir. Lekin

biz ham masalaning ikkinchi tomoniga o‘ta ma’suliyat bilan yondoshmoqliqni inkor etmaymiz.

Bugungi kunda turli nomdagi dastalarning soni ko‘payib ketdi. Ammo ularning barchasi

ham san’at yo‘lida fidoyilik ko‘rsata almadilar, san’at hamda madaniyatimiz rivojiga o‘z

hissalarini qo‘sha oladilar deb ishonch bildira olmaymiz. Ularning musiqiy ma’lumotlariga,

dunyoqarashlariga, ichki olamiga alohida e’tibor bermoq, qo‘shiqchi shoirlar va bastakorlar

aloqalarining mustahkam bo‘lishiga e’tiborni qaratmoq lozim. Yangi tashkil etilgan dastalarning

deyarli barchalari o‘z repertuarini zamonaviy, yengil yelpi musiqa va qo‘shiqlar bilan boyitishga

harakat qilmoqdalar, bu yaxshi albatta ammo ularning g‘oyaviy va mantiqiy darajasi birinchi

navbatda bo‘lishi kerek. Rok musiqasining ham ezgu g‘oyalar, yangi-yangi ritmlar, yorqin

ohanglar bilan tuliq, umid va yaxshi istaklarni targ‘ib va tashviq qilishi shubhasiz.

«Kelajak avlodlarni mumtoz musiqa merosi bilan yaqindan tanishtirish, havaskorlik

tugaraklari, san’at saroylarida tashkil etilgan xalq cholg‘u asboblari ansambllari faoliyatlarini

keng yoyish musiqa san’ati rivojini va taraqqiyotini ta’minlaydi degan umiddamiz.

Mazkur ansambllarda nafaqat milliy qadriyatimiz, an’analarimizni, qolaversa, qardosh

xalqlar san’ati va madaniyatini targ‘ib qilish vazifalari amalga oshirilmog‘i maqsadga

muvofiqdir».[1,188c]. Bunda yoshlarimizning vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ularini

shakllantirgan va o‘stirgan bo‘lamiz. Jamoa bilan ishlash jarayonida yoshlar o‘z o‘zini

boshqarish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, bir-birlariga yordam qo‘lini cho‘zish kabi yaxshi

ahloqiy sifatlarni o‘rganadilar. Ansambllarda yoshlar bir-birlari bilan yillar davomida

do‘stlashadilar. Ular rahbar yordamida kuylarning bastakorlari haqida, usha kuyning yozilish

uslubi haqida ma’lumot oladilar, shu orqali o‘zlarining ma’naviy, madaniy rivojlantirib

boradilar. Bundan tashqari o‘z ijrolari bilan o‘zlari, balki tinglovchiga ham estetik zavq

bag‘ishlaydilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1230

Musiqa vositalari bilan ma’naviy, madaniy tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos xususiyat,

emotsional ta’siri bilan ko‘zga tashlanadi. Musiqa san’atida ham g‘oyaviylik birinchi o‘rinda

turadi. Bizning asosiy vazifamiz kelajak avlodlarimizni mazmunan yaxshi, yangidan yangi

asarlar bilan boyitilishdan iborat bulmog‘i lozim, bu borada qoraqalpoq xalq musiqalarining roli

va ahamiyati juda katta.

Musiqa san’ati yosh avlodlarimizning his tuyg‘ulariga emotsional ta’sir ko‘rsatadi, o‘ziga

hos badiiy obrazlar orqali xilma-xil ruhiy holat va kayfiyatlarni ifoda etadi. Ya’ni barcha

o‘quvchilarni musiqa san’atiga jalb etish, g‘oyaviy dunyosini har tomonlama takomillashtirish

nazarda tutiladi.

Kelgusi bo‘lajak avlodlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib yetishuvi uchun

yuksak badiiy did va madaniy malaka hosil qilish, bularni albatta ma’naviy, madaniy tarbiyasiz

amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga

tashrifida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan kelajak avlodlarni ma’naviy, madaniy

estetik tarbiyasiga katta ahamiyat va e’tibor berilishi haqida a’loxida etibor qaratdilar.

Ansambllar repertuarlariga kiritilgan asarlar «Tohir va Zuxra» dramasidan «Otmagay

tong», «Qashqarchai mustozodi navo», «Soqinamai mustazodi navo», Rost maqomidan

«Soqanomai saftikalon» kabi asarlar kiritilgan. Bunday tashkil qilingan badiiy va havaskorlik

to‘garaklari o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib, u o‘ziga xos bir ijodiy maktab

bo‘lib kelmoqda. Chunki bu jamoalarda oddiylikdan murakkablikga, ya’ni mo‘taxassislikkacha

borib yetadilar.

Qoraqalpoq xalq kuylari: «Nazlining», «Nalish», «Bes perde», «Nigarim», «Ayqan qiz»,

«Barmayman sanem», «Jaqsiraq» va yana boshqalar.

Hamma o‘tkazilayotgan kurik musobaqalar o‘quvchilarimizning orasida ijobiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Bu tanlovlarni o‘tkazishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni yuksak ma’naviy,

madaniy-badiiy didini, ijrochilik mahoratini o‘stirish va madaniy qadriyatimizni bilish

malakasini shakllandirishdir.

Jamoada o‘quvchilar ham zavq oladilar, ham tomoshabinga zavq bag‘ishlaydilar, ya’ni

o‘zi ta’sirlansa, ikkinchi tomondan u zavq berib ta’sirlantiradi. Bu yerda ijrochi-o‘quvchilar o‘z

san’atini ustozlarga qiyoslaydilar, izlanadilar va ijod qiladilar.

O‘qitish jarayonida biz o‘quvchilarni san’atning har xil turlari bo‘yicha, ya’ni o‘zlari

yoqtirgan turlari bo‘yicha, bir-birlari bilan baxslashganliklarini, o‘z mahoratlariga qoyil darajada

ishonch hosil qilganliklarini ko‘ramiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1231

Bu o‘tkazilayotgan tadbirlarning yana bir yaxshi tomoni shundaki, qoraqalpoq xalq milliy

san’atini, ya’ni xalq og‘zaki-milliy professional san’atining takomillashtirishga qo‘ygan

hissasidir va uni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borayotganidadir. Qoraqalpoq xalqi

boy va ajoyib hususiyatlarga ega bo‘lgan ijodiy xalq. Bu ijodda xalqning hayoti, fikr yodi va

intilishlari aks etib turadi. Xalq juda ajoyib kuylarni-qo‘shiqlarni og‘zaki saqlab kelmoqda. Bu

xalqimizning xazinalarini asrlar bo‘yi avloddan avlodga o‘tib silliqlanib, jilolanib xalqning

turmush sharoitlari o‘zgarishlariga qarab yangillangani holda, ularning eng yaxshilari bizning

davrimizgacha yetib kelmoqda. Bunday asarlarimizning ko‘pi hozirgi kunda ham xalqimizning

musiqa hayotida o‘z urnini yuqotmagan va o‘quvchi-yoshlarimizni ma’naviy-axloqiy

fazilatlarini shakllantirishda katta ahamiyatga egadur.

REFERENCES

1.

Azimov.B.G. Nravstvennoye vospitaniye molodeji sredstvami narodnoy muziki na

materiale muzikalnoy samodeyatelnosti PTU Respubliki O‘zbekistan: diss-kand, ped nauk-

T; TDPI 1991, 188 s.

2.

Jiyenbaevich M. I. The evolution of music pedagogy of the karakalpak people: Historical

and theoretical aspects //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. –

2021. – Т. 11. – №. 10. – С. 27-32.

3.

Jiyenbaevich M. I. Competence-based approach in higher musical and professional

education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022.

– Т. 12. – №. 4. – С. 42-47.

4.

Moyanov I. TRAINING AND DEVELOPMENT OF ART PERSONNEL //Modern

Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 65-69.

5.

Jiyenbaevich M. I. COMPETENCE-BASED APPROACH IN HIGHER MUSICAL AND

PROFESSIONAL EDUCATION //PROMINENCE OF INFORMATION BASES&

MEDIA ASSESSMENTS IN THE POST CONFLICT MARKETING ENVIORNMENT.

6.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ

ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ: Моянов Ыкласбай Жийенбаевич Ўзбекистон

Давлат санъат вамаданият институти Нукус филиали, «халқ ижодиёти» кафедраси в.

в. б доценти. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) //Образование и

инновационные исследования международный научно-методический журнал. –

2021. – №. 5.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1232

7.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ

ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //Образование и инновационные исследования

международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 5.

References

Azimov.B.G. Nravstvennoye vospitaniye molodeji sredstvami narodnoy muziki na materiale muzikalnoy samodeyatelnosti PTU Respubliki O‘zbekistan: diss-kand, ped nauk-T; TDPI 1991, 188 s.

Jiyenbaevich M. I. The evolution of music pedagogy of the karakalpak people: Historical and theoretical aspects //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. – 2021. – Т. 11. – №. 10. – С. 27-32.

Jiyenbaevich M. I. Competence-based approach in higher musical and professional education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 4. – С. 42-47.

Moyanov I. TRAINING AND DEVELOPMENT OF ART PERSONNEL //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 65-69.

Jiyenbaevich M. I. COMPETENCE-BASED APPROACH IN HIGHER MUSICAL AND PROFESSIONAL EDUCATION //PROMINENCE OF INFORMATION BASES& MEDIA ASSESSMENTS IN THE POST CONFLICT MARKETING ENVIORNMENT.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ: Моянов Ыкласбай Жийенбаевич Ўзбекистон Давлат санъат вамаданият институти Нукус филиали, «халқ ижодиёти» кафедраси в. в. б доценти. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 5.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 5.