1183
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
KORXONALARDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Ochilov Shavkat Toshmamatovich
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi
kafedrasi assistentti
ochilovshavkattdausf@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15249093
Annotatsiya.
Mazkur ilmiy maqolada nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi va uni
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisob jarayonini tashkil etish sharoitida
takomillashtirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Korxonalarda nomoddiy aktivlar hisobini
takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar
: nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni baholash, kirim qilish, hisobdan
chiqarish, eskirish hisoblash, tannarx, xarajatlar, fiskal barqarorlik, soliq bazasi, moliyaviy
hisobot maʼlumotlari.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА НЕМАТЕРИАЛЬНЫХ АКТИВОВ НА
ПРЕДПРИЯТИЯХ
Аннотация:
В данной научной статье описаны актуальные вопросы учета
нематериальных активов и его совершенствования в условиях организации учетного
процесса на основе международных стандартов финансовой отчетности. Даны
предложения и рекомендации по совершенствованию учета нематериальных активов на
предприятиях.
Ключевые слова
: нематериальные активы, оценка нематериальных активов, ввод,
списание, расчет амортизации, себестоимость, расходы, финансовая устойчивость,
налоговая база, данные финансовой отчетности
IMPROVING INTANGIBLE ASSETS ACCOUNTING IN ENTERPRISES
Abstract:
This scientific article describes the current issues of accounting of intangible
assets and its improvement in the conditions of organization of the accounting process based on
international standards of financial reporting. Proposals and recommendations on improving
the accounting of intangible assets in enterprises are given.
Key words
: intangible assets, valuation of intangible assets, input, write-off, depreciation
calculation, cost, expenses, fiscal sustainability, tax base, financial statement information.
Nomoddiy aktivlar hisobini takomillashtirish buxgalteriya hisobining muhim
vazifalaridan hisoblanadi, chunki nomoddiy aktivlar zamonaviy korxonalarning qiymati va
operatsion samaradorligida tobora muhim rol oʻynaydi. Soʻnggi yillarda korxonalar aktivlarining
umumiy qiymatida nomoddiy aktivlar ulushini oshirish tendensiyasi kuzatilmoqda, bu ularni
1184
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
baholash, amortizatsiya qilish va hisobga olish masalalarini dolzarbligini ifodalaydi. Nomoddiy
aktivlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish ularning qiymatini va kompaniya uchun
potensial iqtisodiy foydani aniqroq aks ettirish imkonini beradigan yangi usul va yondashuvlarni
ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. Bu aktivlarning foydali xizmat muddatini aniqlash,
amortizatsiya usulini tanlash va faol bozorda sotilmaydigan aktivlarni qayta baholash bilan
bogʻliq vazifalardan iboratdir. Shuningdek, buxgalteriya hisobi standartlari xalqaro amaliyotga
mos kelishini taʼminlash ham muhim, bu esa moliyaviy hisobotning shaffofligini va investorlar
ishonchini oshirishga yordam beradi. Qonunchilik va buxgalteriya hisobi standartlaridagi
oʻzgarishlar bilan kompaniyalar hisob siyosati va buxgalteriya hisobini tashkil etish tartiblarini
MHXS talablariga moslashtirishi kerak. Bu oʻz navbatida nomoddiy aktivlar tasnifini qayta
koʻrib chiqish, ularni tan olish va oʻlchash mezonlarini aniqlashtirish hamda moliyaviy
hisobotlarda oshkor etilishini takomillashtirish kabi vazifalarni ham qamrab oladi. Ushbu chora-
tadbirlarning barchasi korxonaning moliyaviy holati va rivojlanish istiqbollari haqida aniqroq va
toʻliq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan harakatlardir.
Nomoddiy aktiv turlari asta sekinlik bilan koʻpayib borayotgani, hisob jarayoniga
yangidan-yangi atamalar va tushunchalarning kirib kelishini taʼminlamoqda. Shu oʻrinda alohida
taʼkidlash kerakki, bugungi zamonaviy hisob jarayonida korxona moliyaviy holati va
raqobatbardoshligini baholashda nomoddiy aktivlarning ahamiyati bir necha oʻn barobar ortdi
desak mubolagʻa boʻlmaydi. Tez suratlarda shakllanayotgan mazkur holat esa korxona hisob
tizimida mavjud nomoddiy aktivlar turlari toʻgʻrisida moliyaviy hisobotlarda foydalanuvchilar
talabini qanoatlantiruvchi batafsil hisob maʼlumotlarining boʻlishini talab etadi.
Jahon iqtisodiyotining oʻzaro integratsiyalashuvi va hisob jarayonlarining
transformatsiyalash davrida dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan buxgalteriya hisobi tizimi
hamda qoʻllaniladigan iqtisodiy atamalarning bir xil maʼnoga ega boʻlishi birinchi galda hal
etilishi talab etiladigan muammolardan biri sanaladi.
Nomoddiy aktivlarni identifikatsiyalash, turlarga ajratib tasniflash, baholash, tan olish,
amortizatsiyalash hamda hisobdan chiqarish jarayonlarini tashkil etish va yuritishda joriy paytda
ham dunyo olimlari oʻrtasida bir qancha munozarali masalalar bor.
Ilm fanning taraqqiy etishi, korxonaga iqtisodiy naf keltirishi mumkin boʻlgan nomoddiy
aktivlar hamda intellektual mulk turlarining ortishi ularni identifikatsiyalash, baholash hamda
buxgalteriyada hisobga olish boʻyicha bir qancha muammolarni yuzaga chiqarmoqda.
Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot modelini ishlab chiqish, intellektual boyliklarni
koʻpaytirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish,
taʼlim va fan integratsiyasini kengaytirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish yoʻlidagi izchil
1185
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
harakatlarni kuchaytirish, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga koʻtarish ustuvor vazifa qilib
belgilangan. Bu vazifalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash pirovardida Vatanimiz taraqqiyotini
yanada yuksaltirish va xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan boʻlib, bunda hal qiluvchi
omil sifatida intellektual nomoddiy aktivlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni
jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish
barqarorligini, raqobatbardoshligini taʼminlash va yuqori daromad olish hamda ichki
imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri boʻlib
hisoblanadi. Bu korxonalarda moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan. Lekin kelajakda korxonaga
iqtisodiy naf keltirishi mumkin boʻlgan aktivlarning yuzaga chiqishini ragʻbatlantiruvchi
sharoitlardan biri hisoblanadi. Demak, korxonalarda paydo boʻlayotgan turli shakldagi nomoddiy
aktivlarning hisobini yuritish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarga oʻz vaqtida hamda toʻgʻri yetkazib berish vazifalarining dolzarbligini yanada
oshiradi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi
intellektual mulk obyektlarini hisobga olish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz navbatida, ushbu aktivlar haqidagi maʼlumotlarni buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobotlarda toʻliq va aniq shakllantirishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuni
eʼtiborga olgan holda, korxonalarning buxgalteriya hisobi obyektlarini toʻgʻri va moliyaviy
maʼlumotlardan foydalanuvchilar talablariga mos holda yuritilishini taʼminlash bugungi kunning
dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ishida nomoddiy aktivlar va ularning hisobda
aks ettirilishining oʻziga xos jihatlari, hamda berilgan maʼlumotlarining qarorlar qabul qilish
jarayonida maʼlumotlardan foydalanuvchilar qay tarzda foydalanishlari boʻyicha takliflar
tayyorlanishi vazifa sifatida belgilab olingan. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi bu
korxonaning moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilarga toʻliq, toʻgʻri va ishonchli
maʼlumotlarni oʻz vaqtida yetkazib berish ekanligini doimo yodda tutishimiz zarur.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi obyekti sifatidagi konsepsiyasini ishlab
chiqishda, avvalambor, ularning iqtisodiy mohiyati asos qilib olinishi lozim.
Nomoddiy aktivlarni tan olish va hisobda aks ettirish keng maʼnodagi aktivlarning
mohiyatini tadqiq qilish muammolari bilan bevosita bogʻliqdir. Mamlakatimiz buxgalteriya
hisobi amaliyotida aktivlar korxonaga tegishli xoʻjalik mablagʻlari deb tan olingan va eʼtirof
etilgan. Ammo bu eʼtirof asosan asosiy kapitalga taalluqli boʻlgan. Hozirgi bozor munosabatlari
sharoitida uzoq muddatli aktivlar tarkibiga kiradigan buxgalteriya hisobining boshqa obyektlari
ham paydo boʻlganki, ularning iqtisodiy mohiyati albatta asosiy kapitalning mohiyatidan
farqlanadi. Jumladan, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qoʻyilmalar, uzoq muddatli debitor qarz va
1186
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
muddati uzaytirilgan xarajatlar ham korxona faoliyatida uzoq muddat ishtirok etishadi.
Shulardan nomoddiy aktivlar bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmasa ham, bilvosita
daromad olishga sababchi boʻlib muayyan iqtisodiy naf keltiradi. Uzoq muddatli moliyaviy
qoʻyilmalar va investitsion mulk sifatida eʼtirof etilayotgan aktivlar esa kelgusida daromad olish
maqsadida kapitalni investitsiya qilishning yana bir yoʻnalishi boʻlib hisoblanadi. Ushbu jihatlar
uzoq muddatli aktivlarni tasniflash va tavsiflash asoslarini qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi.
Korxonalarda shunday xoʻjalik mablagʻlari mavjudki, ulardan ham uzoq vaqt foydalanish
natijasida korxona xoʻjalik faoliyati davomiyligi, rivoji taʼminlanadi.
Bunday xoʻjalik mablagʻi nomoddiy aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarni oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Bu aktivlardan foydalanish muddati bir yildan yuqori.
2. Korxona foyda olishiga moʻljallangan. Baʼzi bir nomoddiy aktivlardan tashqari bir
meʼyorda amortizatsiya hisoblanishi tavsiya etiladi. Nomoddiy aktivlar oʻzining bajaradigan
vazifasi va boshqa asosiy xususiyatlari bilan asosiy vositalarga oʻxshaydi, shuning uchun ham
uzoq muddatli aktivlar guruhida joylashgan, lekin jismoniy jihatga hamda koʻrinishga ega emas.
Nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• korxona faoliyatida faol foydalaniladi, sarmoya sifatida saqlanmasligi va sotish uchun
olinmasligi kerak;
• oʻz xizmat muddati davomida foyda keltirishi lozim;
• hamma vaqt moddiy mohiyatga ega boʻlavermaydi.
Xalqaro amaliyotda nomoddiy aktivlar biznesdagi muvaffaqiyatning muhim kaliti sifatida
eʼtirof etilmoqda. Xoʻsh, nomoddiy aktivlarning oʻzi nima?
Ushbu aktivlar tarkibiga nimalar kiritilishi kerak? Ushbu savollarga adabiyotlarda yaxlit
javob topish qiyin. Nomoddiy aktivlar toʻgʻrisida soʻz yuritib, ayrim mutaxassislar “aktivlar”
soʻzining oʻzini qoʻllamaslikni afzal koʻradilar. Ayrim iqtisodchilar hisobga olish va
boshqarishga molik boʻlgan hamda ayni paytda ishbilarmonlik nayranglaridan farqlanadigan,
korxonaga kelgusida daromad olib kelish ehtimolligini oʻzida saqlovchi korxona imkoniyatlarini
“Nomoddiy unsur”lar yaʼni, “Intangible assets” deb ataydilar. Va bu atama bugungi kunda
buxgalteriya sohasidagi barcha xalqaro meʼyoriy hujjatlarida oʻz aksini topgan. Hozirgi vaqtda
ilmiy adabiyotlarda “Intangible assets” atamasining oʻrniga shunchalik “intangibles” deb
qoʻllanilish kuzatilmoqda. Bizningcha “intangibles” va “Intangible assets” tushunchalarini
oʻzaro bir birini toʻldiruvchi tushunchalar sifatida qarash lozim, chunki oddiy “aktivlar” (assets)
deganda qandaydir resurslarni yoki ishlab chiqarish vositalari tushuniladi.
Yuqorida berib oʻtilgan izohlarga tayangan holda nomoddiy aktivlarga quyidagicha
toʻldirilgan taʼrif berish mumkin. Nomoddiy aktiv – bu korxonaga kelgusida iqtisodiy naf
1187
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
kelishini taʼminlaydigan, hisobga olish maqsadida korxona moliyaviy natijalarining
shakllanishida ahamiyatli taʼsirga ega qiymatlarni oʻzida saqlaydigan, moddiy koʻrinishga ega
boʻlmagan hamda korxonaga mulk va egalik huquqlari doirasida tegishli boʻlgan hisob
obyektidir.
Soʻngi yillarda korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatida nomoddiy
aktivlardan foydalanish darajasi oʻsib, ularning roli keskin oshdi. Resurslarning tanqisligi
ulardan samarali foydalanish yoki ularni oʻrinbosarlarini izlab topishni taqozo etmoqda. Bunda
esa ilm fan taraqqiyotini roli juda muhimdir. Shu sababli korxonalar uchun nomoddiy aktivlar
hisobini yuritish hamda uni takomillashtirish muammosi dolzarb masalaga aylandi.
REFERENCES
1.
Intellektual Property and Information Wealth: Copyright and related rights. Greenwood
Publishing Group. p. 346.ISBN 978-0-275-98883-8.
2.
Levine David: Michele Boldrin (2008-09-07). Against intellectual monopoly(PDF).
Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-87928-6.
3.
Акбаралиевич, Э.А., & Махамадзикировна, Г.М. (2022). Совершенствование Учета
Собственного Капитала В Условиях Перехода На Мсфо. Central Asian Journal of
Innovations on Tourism Management and Finance, 3(12), 8-16.
4.
Эрматов Акмалжон Акбаралиевич, & Муратов Азиз Акбарович. (2022). Вопросы
Формирования Уставного Капитала Предприятия В Условиях Модернизации
Экономики. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities,
11, 158–165.
5.
Richard T. De George, “Intellektual Property Rights” in The Oxford Handbook of
Business Ethics,by George G. Brenkert and Tom L. Beauchamp, vol. Is ted.(England:
Oxford University Press) 417.
6.
Sveiby K. E. Intellektual Capital and Knowledge Management. 1998.-213 p.
7.
Carl S.Warren, James M.Reeve,Jonathan E.Duchac, Financial and managerial
accounting, 12e. Cenage Learning, 2012. ISBN:1133447813
8.
Ishturdiyev, H., Tilabov, S., & Yusupova, E. (2024). Korxonalarda moliyaviy holatini
ifodalovchi ko ‘rsatkichlar tahlili.
YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT
,
2
(1).
9.
Ishturdiyev, H., Tilabov, S., & Irisboyev, R. (2024). Korxonalarning xo ‘jalik faoliyati
hisobining mohiyati, ahamiyati va hisob turlari.
YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT
,
2
(1).
10.
Xaitovich, Y. S., & Abdugapparovich, I. K. (2024). FERMER XO ‘JALIKLARIDA
BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH.
AMERICAN JOURNAL OF
1188
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
BUSINESS MANAGEMENT
,
2
(3), 36-44.
11.
Иштурдиев, Х. А., & Иштурдиев, Х. А. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА
АКТИВОВ ПО МЕЖДУНАРОДНЫМ СТАНДАРТАМ ПРИ МОДЕРНИЗАЦИИ
УЧЕТА И ОТЧЕТНОСТИ.
WORLD OF SCIENCE
,
7
(3), 130-139.
