1229
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ORASIDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH
BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATI
Hasanov Sherzod Abdirashid o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti
“O‘zbekiston tarixi kafedrasi” 2-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15249132
Annotatsiya.
Bugungi kunda mamlakatimizda jinoyatga jazo berish shuningdek ko‘plab
huquqbuzarliklar uchun jazolar yengillashtirilmoqda. Chunki jazodan maqsad shaxsni, xususan
yoshlarni jamiyatdan ajratib qo‘yish emas, aksincha, uni qayta tarbiyalab jamiyatga qaytarish
hisoblanadi. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar orasida jinoyatchilikni
oldini olish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, amaliy ishlar hamda tadbirlar to’g’risida
ma’lumotlar keltirib o’tildi.
Kalit so’zlar:
Tarbiya, jinoyatchilik, profilaktika, Yoshlarga oid davlat siyosati, yangi
Konstitutsiya, qonunchilik, voyaga yetmaganlar,
“Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi,
huquqbuzarlik.
STATE POLICY ON PREVENTING YOUTH CRIME IN UZBEKISTAN
Abstract.
Today in our country, punishment for a crime is being relaxed, as well as
penalties for many offenses. Because the purpose of punishment is not to isolate the individual,
in particular young people, from society, but rather to re-educate him and return him to society.
In this article, information about the state policy, practical work and activities carried out in our
country to prevent crime among young people was cited.
Key words:
Upbringing, crime, prevention, youth Public Policy, new Constitution,
legislation, minors, “safe house” and “safe yard” system, infraction.
ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА ПО ПРЕДУПРЕЖДЕНИЮ ПРЕСТУПНОСТИ
СРЕДИ МОЛОДЕЖИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Абстрактный.
Сегодня в нашей стране смягчаются уголовные наказания, а
также наказания за многие правонарушения. Потому что цель наказания — не
изолировать человека, особенно молодого, от общества, а перевоспитать его и вернуть в
общество. В статье представлена информация о государственной политике,
практической работе и мероприятиях, которые проводятся сегодня в нашей стране по
профилактике правонарушений среди молодежи.
Ключевые слова:
Образование, преступность, профилактика, государственная
политика в отношении молодежи, новая Конституция, законодательство,
несовершеннолетние, системы «Безопасный дом» и «Безопасный двор», правонарушения.
1230
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Kirish
Yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash bugungi globallashgan, suniy intellekt tobora rivojlanib
borayotgan davrning asosiy masalalaridan biri bo‘lib bormoqda.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov: “Adolat g‘oyasi – jamiyat hayotining har bir
sohasini qamrab olishi zarur, qonunchilikning har bir sohasi shakllanishi, davlat va fuqaro
munosabati, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish va jinoiy javobgarlik
ushbu g‘oya bilan boshlanib, ushbu g‘oya bilan tugallanishi kerak”
1
deb yozgan edi. Shubhasiz,
bu fikrda adolat ustuvorligi qonun ustuvorligininng muhim sharti ekanligiga e’tibor qaratilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq 14 yoshdan 30 yoshgacha
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoshlar deb ataladi. Shuningdek 14 yoshdan 30
yoshgacha bolgan oila yosh oila deya e’tirof etiladi. Bu yoshlarga berilgan ta’rif ko‘rinib
turibdiki voyaga yetmaganlar ham yoshlar tarkibiga kirib ketadi.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari haqida gapirishdan oldin
jadid ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” deya aytib o‘tgan so‘zlarini eslashimiz
lozimdir. Chunki yoshlarning jinoyatga qo‘l urishi tarbiyada yo‘q qo‘yilgan xato va
kamchiliklar, befarqlik va ma’suliyatsizlarning natijasi sifatida yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2017-yil 15-noyabr kuni
mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida
belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar hamda ularni hal qilish masalalariga
bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2017-yilning 10 oyi davomida yurtimizda 22
ming nafar yosh jinoyatga qo‘l urgani, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari
tomonidan 875, maktab o‘quvchilari tomonidan 310 og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgani
qattiq tanqid qilindi.
Tahlil va natijalar
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida asosan O‘zbekiston respublikasining jinoyat
kodeksining 169-moddasida ko‘rsatilgan o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etish ko‘plab uchrayapti.
Yana shu moddada ko‘tsatilgan talonchilik jinoyatlari, ya’ni ko‘cha-ko‘yda fuqarolarning
qimmatbaho buyumlarini, taqinchoqlarini talonchilik yo‘li bilan olib ketish kabi jinoyatlar
ko‘plab uchrayapti. Bu jinoyatlarning eng ko‘p uchrashiga sabab, mana shu yoshlarning o‘rtasida
hozirgi paytda bo‘sh yurganlar, o‘qishga bormasdan, o‘qishni bitirgandan keyin ish topolmasdan
yoki oliy yoki boshqa o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirish uchun imkoni bo‘lmagan
shaxslar, ko‘proq mana shunday bekorchi yurgan yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilyapti”
2
1
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, шқтисод, сиёсат ва мафкура. – Тошкент: 1996. – Б. 67.
2
https://www.gazeta.uz/uz/?utm_source=redirect&utm_medium=domain
1231
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
deya gezeta.uz saytiga interviyu bergan advokat B.Shohnazarov.
Shu o‘rinda yoshlar va voyaga yetmagan shaxslar tomonidn sodir etiladigan
jinoyatlarning sabablarini quyidagi omillarda ko‘rishimiz mumkin:
oilada, mahallada hamda ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar ularni yurish-
turishi ustidan qat’iy nazoratni yetarli darajada olib borilmayotganligi;
oiladagi salbiy muhitni farzandga ta’siri;
internetdagi turli shaxvoniy, zo‘rlikni va vaxshiylikni targ‘ib qiluvchi yoshlar
ruhiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi saytlarning ochiqligi va nazoratsiz foydalanish imkoni borligi;
aksariyat voyaga yetmaganlarda badiiy asarlarni o‘qishga qiziqish yo‘qligi;
otani, ayrim hollarda ota va onaning ham uzoq muddatga chet davlatlariga pul
ishlash uchun ketib, farzandlarining qarovsiz qolishi. Shu va shunga o‘xshash holatlar natijasida
yoshlar jinoyatchilikka qo‘l urayotganliklarini ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar uchun ham
jazo choralari belgilab qo‘yilgan bo‘lib unga ko‘ra, 13 yoshdan so‘ng shaxs qilgan jinoyati
uchun javobgarlikka tortiladi. Shu bilan birga avvalo ular uchun 18 yoshga to‘lgunga qadar ota-
onalar mas’ul hisoblanadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar
jinoyat sodir qilganda jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum
qilish kabi jazolar qo‘llanilishi mumkin. Bulardan tashqari qo‘shimcha jazo turlari qo‘llanilishi
mumkin emas.
Yoshlar jinoyatchiligining xususiyatiga qarab jazo choralari qo‘llaniladi. Jazoning asosiy
maqsadi shaxsni jismonan sindirish, emas aksincha yana qayta jinoyat sodir etishdan qaytarish
hisoblanadi. Shuningdek sodir etgan qilmishi qanchalik yomonligini uqtirish hamda uni qayta
tarbiyalash masadida qo‘llaniladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jinoyatga jazo berish shuningdek ko‘plab
huquqbuzarliklar uchun jazolar yengillashtirilmoqda. Chunki jazodan maqsad shaxsni, xususan
yoshlarni jamiyatdan ajratib qo‘yish emas, aksincha, uni qayta tarbiyalab jamiyatga qaytarish
hisoblanadi. Buning ilk ko‘rinishini biz 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosining
bekor qilinishi, shuningdek, 2015-yilda qamoq jazosi chiqarib yuborilib o‘rniga ozodlikni
cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilab qo‘yilganida hamda keyingi islohotlarda ko‘rishimiz
mumkin
3
. O‘zining ko‘plab nutaqlari va jamoat faollari bilan uchrashuvlarida Prezidentimiz Sh.
Mirziyoyev “Konstitutsiya hamda qonunlarga kiritilayotgan har qanday o‘zgarishlar shaxs
manfaati hamda uning kelajagi uchun xizmat qilishi lozim” deya ta’kidlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar jinoyatchiligini olish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar
3
Egamberdiyev A.R., B.J.Axrorov Jinoyat huquqi. Darslik. – Toshkent: 2017.
1232
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
amalga oshirilmoqda. Davlatimiz hukumati tomonidan qonun, qaror hamda farmonlar qabul
qilinmoqda.
O‘zbekistonda qabul qilingan yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni shartli ravishda
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
Birinchi guruh 1991-2000
yillarda qabul qilingan qonun hujjatlarini kiradi. Xususan,
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun
(1991-y); “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun” (1992-y); “Ta’lim to‘g‘risidagi
qonun”, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-y).
Ikkinchi guruhga 2001 – 2015-yillar mobaynida qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar mansub bo‘lib, ularga “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (2008-y); “Voyaga
yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (2009-y) qaror va farmonlar
mansubdir.
Uchinchi guruhga 2016-yildan keyin qabul qilingan hujjatlar kiradi. Masalan, “Yoshlarga
oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi (2016-y), “Mahalla institutini yanada takonillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4944-son (2017-y); “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”
PQ-2833-son (2017)
4
va boshqalarni keltirishimiz mumkin
Voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas’ul bo‘lgan davlat idoralari,
jamoat tashkilotlari hamda yoshlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va
yanada
takomillashtirish
maqsadida
O‘zbekiston
Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori bilan
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar
(shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo
komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar etib
qayta tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha profilaktik
chora tadbirlar hamda anjuman uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shulardan biri 2018-yil 4-
dekabrda Toshkent shahridagi Yoshlar ijodiyoti saroyida “Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida
jinoyatchilikni oldini olishning dolzarb masalalari va kelgusidagi vazifalar” mavzusida
respublika amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yilda jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar
4
Qodirov E. Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalalari. – Toshkent: Nishon noshir, 2017. – B. 43-45.
1233
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
profilaktikasi borasida bajarilgan ishlar, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi.
Eng ko‘p jinoyatlar sodir etilgan viloyatlarda ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi
ta’kidlandi. Amaliy anjuman davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha bajarilgan
ishlar tanqidiy tahlil etildi. Ma’ruzachilar tomonidan Andijon, Navoiy hamda Toshkent
viloyatlarida ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek,
mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish borasidagi amalga
oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini
olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning ahamiyati, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va
jinoyatchilikni oldini olishdagi yutuq va kamchiliklar, ma’naviy tahdidlarning o‘zaro ta’siri
orqali sodir etilayotgan salbiy holatlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, 2018-yil mobaynida 386 nafar yoshlar “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod
qilingan.
Shu bilan birga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 2-aprelidagi “Ichki
ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bevosita joylarga chiqqan holda profilaktika inspektorlari
tomonidan har bir oila va xonadondagi muhit, shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishiga
ta’sir etuvchi ijtimoiy infratuzilma va boshqa muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish
bo‘yicha “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi yo‘lga qo‘yilgan
5
. Buning asosida
jamiyatning eng nozik bo‘g‘ini bo‘lgan yoshlarning jinoiyatchilikka nisbatan moyilligini oldini
olish, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni tubdan takomillashtirish yotadi.
Tadqiqot natijalari tahlil qilinganida o‘quvchilar tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlarning aksariyati darsdan keyin yoki kechki paytga to‘g‘ri kelayotgani va ular asosan
notinch oilalar farzandlari ekanligini kuzatish mumkin. Maktab o‘quvchilari tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlar asosan ota yoki onaning (ayrim holatlarda ikkalasi ham) xorijga mehnat
muhojirligiga chiqib ketishi natijasida farzandlarining nazoratsiz qolishi, oilaviy kelishmovchilik
va ajralishlar, ayrim ota-onalarning ichkilikka ruju qo‘yganligi tufayli farzandlar tarbiyasiga
e’tiborsizlik, o‘quvchilarning katta yoshdagi huquqbuzarlar ta’siri doirasiga tushib qolishi yoki
maktablar bilan fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarining hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilmaganligi, mas’ullarning profilaktik nazoratga olingan o‘quvchilar bilan yakka tartibda
to‘liq shug‘ullanmasligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning jinoyat yo‘liga kirib qolishlari sabablarini
o‘rganish uchun o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, umumiy hisobda respondentlarning
5
Камолова М.А. Вояга етмаганларда хулқ оғишининг ижтимоий психологик сабаблари ва шароитлари. . //
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги академиясининг Ахборотномаси. 2021 йил, 3-сон. – Б. 133.
1234
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
taxminan 20 foizi – ota-ona, 15 foizi – maktab, 10 foizi – ichki ishlar organlari, 15 foizi esa
televideniye, videoni aybdor, deb javob berganlar. Vaholanki, 71,7 foiz hollarda – voyaga
yetmaganlarning ota- onalari, do‘stlari, 35,6 foiz xollarda – o‘qituvchilar, 17,9 foiz xollarda –
mahalla qo‘mitalari, 30,7 foiz xollarda – qo‘ni-qo‘shnilar ularning yomon ishlar bilan
shug‘ullanayotganliklarini bilganlar
6
.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vatqda voyaga yetmagan qizlar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlar miqdori voyaga yetmaganlar jinoyatlari tarkibida 2-2,5 marta ko‘paygan.
Jumladan, har uchta fohishadan ikkitasi voyaga yetmagan qizlardir. Shuningdek, voyaga
yetmagan qizlar ko‘pchilik jinoyatlarning sodir etilishida yo‘naltiruvchi, o‘g‘rilik, talonchilik,
ta’magirlik, firibgarlik, xatto odam o‘ldirish jinoyatlarida esa ishtirokchi sifatida qatnashgan
7
.
O‘zbekistonda yoshlar va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini
olish maqsadida ichki ishlar organlari va mahalla o‘rtasidada hamkorlik ishlari ham yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, aholi turar joylarida yoshlarning jinoyat sodir etilimasligi bo‘yicha yaxshi
natijalar bermoqda. Xususan, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar 2002-yilda 8314 tani
tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2003-yilda 3 foizga, 2004-yilda 5 foizga, 2006-yilda 1
foizga, 2007-yilda 6,1 foizga va 2008-yilda 6,7 foizga kamayganini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2002-
yilda 2883 tani tashkil qilib, 2003-yilda ushbu ko‘rsatgich 0,8 foizga oshgan bo‘lsa, 2004-yilda
2,7 foizga, 2005-yilda 8,4 foizga, 2006-yilda 3,2% foizga va 2008-yilda 5,4 foizga kamaygan.
Jinoyat sodir etgan yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘tkazilgan anketa so‘rovlarga
ko‘ra, ularning 28,7 foizi asosiy vaqtini videobarlarda filmlar tomosha qilish, 12,8 foizi qarta va
qimor o‘ynash, 35,8 foizi spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilish, 36,8 foizi ko‘cha
va bozorlarda sang‘ish bilan o‘tkazganlar. Voyaga yetmaganlarning 14,3%i spirtli ichimliklarni
oilada, 5,4 foizi maktabda yoki ishda, 46,8 foizi dam olish maskanlarida, 33,6 foizi boshqa
joylarda, 6,1 foizi 11-13 yoshida, 10,1 foizi 14 yoshida, 22,2 foizi 15 yoshida, 30,3 foizi 17
yoshida iste’mol qilganliklari aniqlangan
8
.
Biroq shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini,
erkinliklarini hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar bilan
birga, mazkur sohada ayrim muammolar xali ham saqlanib qolayotganini hech birimizga sir
emas. Olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, afsuski mamlakatimizda yoshlar, ya’ni 30
6
Зарипов З.С. Вояга етмаганларнинг гуруҳий жиноятчилиги ва унинг олдини олишга қаратилган
айрим чоралар // Ички ишлар органларининг жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка
қарши кўраш фаолиятини такомиллаштириш. – Тошкент: 2001. –Б. 18.
7
Vasiyev S. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish profilaktikasi yoxud muassasalar
hamkorligi. / “Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya” nomli ilmiy-amalaiy konferensiya. – Qarshi. 2021. – B.
451.
8
Қодиров Қ.Б. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда ички ишлар идораларининг фаолияти (1991-2011
йиллар). Тарих фан. бўйича фалсафа док. Дисс (PhD). – Тошкент: 2019. – 138 б.
1235
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
yoshgacha bo‘lganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar miqdori oshib bormoqda, xususan 2020-
yilda respublikamiz miqyosida 62 081 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu har 100 ming aholiga
nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri keladi. 2020-yilda respublikamizda qayd etilgan har
to‘rtinchi jinoyat (14378 ta yoki 23,2 foiz) yoshlar tomonidan sodir etilgan. Shundan 4 052
nafari – ish bilan band bo‘lmagan yoshlardir. Ayniqsa, yoshlar orasida guruhlar tomonidan sodir
etilgan jinoyatlar 28,5 foizga, mast holda 98,6 foizga, retsidiv jinoyatlar 61,1 foizga, qizlar
tomonidan 5,9 foizga, oliy o‘quv yurti talabalari tomonidan 36,8 foizga, ishlamaydigan va
o‘qimaydigan yoshlar tomonidan 22,5 foizga ko‘paygan. Yoshlar psixologiyasiga xos bo‘lgan
yana bir xislat mavjudki, buni bir so‘z bilan “kam mehnat qilib, eng yuqori natijani kutish” deb
ta’riflasa, aslo xato bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan “intilish” aslida bugungi tez sur’atlar
bilan rivojlanib borayotgan dunyoning asosiy maqsadi bo‘lsa-da, lekin bu maqsadga
insoniyatning qanday yo‘llar bilan erishayotganligi doimo diqqat markazimizda bo‘lishi kerak.
Chunki bugun kam mehnat bilan qo‘lga kiritilayotgan “natijalar”ning aksariyat qismiga
narkobiznes, odam savdosi, qurol-yarog‘ savdosi, kriptovalyuta, shahvoniy ekspluatatsiya kabi
jamiyat taraqqiyotining kushandasi bo‘lmish eng og‘ir ijtimoiy xavfli qilmishlar orqali
erishilayotganligi ayni haqiqatdir
9
.
Mamlakatimizning barcha hududlarida xalq osoyishtaligini ta’minlash xususan
yoshlarning jinoyatchiligiga qarshi kurash, ularni diniy ekstremistik oqimlarga jalb qilishga
urunuvchi shaxslarni aniqlash hamda yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy-profilaktik
ishlarni olib boorish maqsadida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda mahalla posbonlari
faoliayt ko‘rsatib kelmoqda.
“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va ularning oldini olish ishlariga nafaqat
ichki ishlar organlari va mahalla balki O‘zbekistonning barcha fuqarosi birdek ma’sul. Jinoyatni
aniqlash, uning negizini topish, huquqbuzarliklarning oldini olish, uni jilovlash mutasaddilarning
eng asosiy vazifasidir” - deb, ta’kidlaydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlarning 32 foizi o‘g‘rilik va firibgarlik hisoblanadi. Ushbu toifadagi
jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd qilingan
10
. Bugungi kunda
yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va
olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasida bir qator amaliy ishlar
qilinmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi
9
Қаршиев Ғ.С. Ёшлар жиноятчилигининг олдини олиш масалалари. // Ўзбекистон Республикаси Ички
ишлар вазирлиги академиясининг Ахборотномаси. 2021 йил, 2-сон. – Б. 133.
10
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga barchamiz birdek mas’ulmiz
1236
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
faoliyatni muvofiqlashtirish, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa
shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish darkor.
REFERENCES
1.
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, шқтисод, сиёсат ва мафкура. –
Тошкент: 1996. – Б. 67.
2.
Egamberdiyev A.R., B.J.Axrorov Jinoyat huquqi. Darslik. – Toshkent: 2017.
3.
Qodirov E. Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalalari. – Toshkent: Nishon noshir,
2017. – B. 43-45.
4.
Камолова М.А. Вояга етмаганларда хулқ оғишининг ижтимоий психологик
сабаблари ва шароитлари. . // Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги
академиясининг Ахборотномаси. 2021 йил, 3-сон. – Б. 133.
5.
Зарипов З.С. Вояга етмаганларнинг гуруҳий жиноятчилиги ва унинг олдини
олишга қаратилган айрим чоралар // Ички ишлар органларининг жамоат
хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка қарши кўраш фаолиятини
такомиллаштириш. – Тошкент: 2001. –Б. 18.
6.
Vasiyev S. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish profilaktikasi
yoxud muassasalar hamkorligi. / “Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya” nomli
ilmiy-amalaiy konferensiya. – Qarshi. 2021. – B. 451.
7.
Қодиров Қ.Б. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда ички ишлар идораларининг
фаолияти (1991-2011 йиллар). Тарих фан. бўйича фалсафа док. Дисс (PhD). –
Тошкент: 2019. – 138 б.
8.
Қаршиев Ғ.С. Ёшлар жиноятчилигининг олдини олиш масалалари. // Ўзбекистон
Республикаси Ички ишлар вазирлиги академиясининг Ахборотномаси. 2021 йил, 2-
сон. – Б. 133.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga barchamiz birdek
10.
https://www.gazeta.uz/uz/?utm_source=redirect&utm_medium=domain
