ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
976
“DEVONU LUGʻOTIT-TURK” ASARINING OʻRGANILISH TARIXI
Safarova Nargiza Baxtiyor qizi
Termiz davlat universiteti
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15237571
Annotatsiya.
Mahmud
Qoshg'ariyning
"Devonu
lug'otit-turk"
asari
birinchi
tilshunoslikka atab yozilgan asar hisoblanadi. Bu asar faqat tilshunoslik bilan cheklanib
qolmasdan, balki Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalar tarixi va adabiyotga oid materiallarni
o'z ichiga olgan.M. Qoshg'ariy "Devon" ni 1074-yilda yozib tugatgan. Asar ko'plab olimlar
tomonidan o'rganilgan. Ushbu maqola "Devonu lug'otit-turk" asari haqidagi ma'lumotlar va
o'rganilish tarixiga qaratilgan.
Kalit soʻzlar:
turkiy tillar, tilshunoslik, devon, til, lugʻat, turkona, turkiyshunos.
THE HISTORY OF THE STUDY OF THE WORK “DEVONU LUGʻOTIT-TURK”
Abstract.
Mahmud Kashghari's work “Devonu lugʻotit-turk” is considered the first work
dedicated to linguistics. This work is not limited to linguistics, but also includes materials on the
history and literature of the tribes living in Central Asia. M. Kashghari completed writing
“Devonu lugʻotit-turk” in 1074. The work has been studied by many scholars. This article
focuses on the information about the work “Devonu lugʻotit-turk” and the history of its study.
Keywords:
Turkic languages, linguistics, devon, language, dictionary, turkona, turkish
scholar.
ИСТОРИЯ ИЗУЧЕНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «ДЕВОН ЛУГ`ОТИТ-ТУРК»
Аннотация.
«Дивону Луг'отит-Турк» Махмуда Кашгари считается первым
трудом, посвященным языкознанию. Эта работа не ограничивалась только лингвистикой,
но включала также материалы по истории и литературе племен, проживавших в
Средней Азии.М. Кашгари завершил написание «Девона» в 1074 году. Труд изучался
многими учеными. В данной статье основное внимание уделяется информации и истории
изучения произведения «Девону Луотит-Турк».
Ключевые слова: тюркские языки, языкознание, библиотека, язык, словарь,
туркана, тюрколог.
Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻoti-t-turk" asari oʻzbek tilshunosligini boshlab
bergan birinchi qomusiy asar hisoblanadi. U ushbu asar ustida uzoq yillar ishlagan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
977
Mahmud Qoshgʻariy Yuqori Chindan tortib butun Movarounnahrni kezib chiqadi, oʻsha
yerda yashab, xalqlarning turmush tarzini, tillarini, turar joylarini oʻrganadi. Bu asarda XI
asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urugʻ
va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va
astronomiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirilgan. U koʻp yillar davomida toʻplagan
bu materiallari asosida "Devonu lugʻotit-turk " nomli uch tomli asar yozadi. „Devonu lugʻoti-t-
turk“ning qoʻlyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu
qoʻlyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa „Devonu lugʻoti-t-turk “ yozilganidan salkam
200 yildan keyin, yaʼni Mahmud Qoshgʻariyning oʻz qoʻli bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda
kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan koʻchirilgan.
Boshqa nomi
Turkiy tillar devoni
Turi
Lugʻat
Sanasi
1071/1072
Kelib chiqish joyi
Bogʻdod
Tili
Arab tili, Qoraxoniylar tili
Yozuvi
Arab yozuvi
Muallifi
Mahmud Qoshgʻariy
M. Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotit-turk" asari ikki qismdan iborat:
1.Kirish;
2.Lugʻat.
Kirish qismida muallif turkiy tillarning mavqeyi, lugʻatning oldiga qoʻyilgan vazifalar,
asarning mundarijasi, turkiy tillarda soʻz tuzilishi va soʻz yasalishi, turkiy qabilalar va ular
tillarining oʻziga xos xususiyatlarini koʻrsatib bergan.
Lugʻat qismida esa muallif 7500 ta (boshqa hisoblarga koʻra, M. Qoshgʻariy hisoblagan
soʻzlarning soni 9000 dan oshadi) soʻzni sakkiz boʻlimga boʻlib izohlab beradi.
Mahmud Koshgʻariyning oʻzi “Devon”ning yaratilishida Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-
ayn”asaridan foydalanganligini qayd etadi. Demak, oʻzbek lugʻatchiligining shakllanish tarixini
M.Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk”asari bilan belgilaganimizda ham, uning taraqqiyoti
oʻrta asrlarda va undan oldingi davrlarda yaratilgan koʻplab lugʻatlar bilan belgilanadi.
Shuni aytish joizki, Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻoti-t-turk" asari shu kungacha
koʻplab olimlar tomonida oʻrganildi va turli tillarga tarjima qilindi.
"Devonu lugʻoti-t-turk" asari 1914-yilda topilgan boʻlsa ham, koshgʻarlik olim
Muhammad XIV asrlarda, misrlik olimlar Badriddin Ayniy, Sahobiddin Ahmad XV-XVI
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
978
asrlarda, turk olimi Chalabiy esa XVII asrlarda oʻzlarining asarlarida ma’lumоt berib ketgan
edilar. Devonu lugʻoti-t-turk” asari arab tilidan ilk tarjimasi turk tiliga qilingan. Shuningdek,
asarning boshqa tillarga ham toʻliq tarjimalari mavjud: oʻzbek, uygʻur, ozarbayjon, qozoq, ingliz,
nemis, xitoy, rus vа eron tillаriga ham tarjima qilingan. Lugʻat arab tilidan birinchi marta turk
tiliga Basim Atalay tomonidan tarjima qilingan.
“Devonu lugʻoti-t-turk”asari ustida koʻplab ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan biri
nemis olimi Karl Brokelmann boʻldi. Chunki olim “Devon” tadqiqiga bagʻishlangan oʻnlаb
asarlar yaratdi.
“Devonu lugʻoti-t-turk” bilan shugʻullangan rus olimlaridan eng koʻp ilmiy izlanishlar
olib borgan turkologlardаn bir V.V. Bartold ilk bor 1921-yilda Mahmud Koshgʻariyning
“Devon”i xususida oʻzining ma’ruzasini oʻqigan. Adibning “Devon”idаn joy olgan
tilshunoslikka bagʻishlangan nazariy qarashlari toʻgʻrisida esa S.E.Malov ilmiy tadqiqot ishlari
olib borgan vа devondagi she’rlarni rus tiliga tarjima qilgan. Shundan keyin, 1926-yilda turkolog
K.K. Yudaxin va arabshunos olim E.A. Shmitlar bilan birgalikdа ushbu devonga asoslangan
holda “Qadimgi turkiy til lugʻati” nomli kitobni tuzib chiqadilar.
Ozarbayjon tilshunosligida “Devonu lugʻoti-t-turk” asariga bagʻishlangan bir qator
salmoqli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan, 1926-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Birinchi
turkiyshunoslar qurultoyida B.Choʻponzoda “Devon” haqida oʻz ma’ruzasi bilan chiqadi.
Shuningdek, P.Juze, V.Aslanov, A.Demirchizade kabilarning maqolalarida “Devon”ning
til xususiyatlari, uning ozarbayjon tili bilan munosabati oʻrganilgan.
“Devonu lugʻoti-t-turk”asarining oʻrganilishida turkologiyada boshqird tilshunoslarining
ham amalga oshirgan bir qator ishlarini alohida ta’kidlamaslikning iloji yoʻq. T.M.Garipov,
K.Z.Axmerоv, Dj.G.Kiyekbayev, E.F.Ishberdin, L.Samsiteva, A.Kulanchin kabi tilshunos
olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari eski turkiy til va hozirgi boshqird tili munosabatlarini
yoritishga qaratilgan boʻlib, bu tadqiqotlarning asosiy qismi leksik birliklar va frazeologizmlar
tahliliga bagʻishlangan.
Qirgʻiz va qozoq tillаridagi tadqiqotlarga misol sifatida T. Tokoyev va J.A. Semenova,
I.SH. Sultanaliyev, E. Kurishjonov, R. Qayirbayeva, R. Magripov, T. Garipov, O.
Naqisbekovlarning ilmiy izlanishlarini keltirish mumkin. Jumladan, I.SH.Sultanaliyevning
maqolasida “Devon”ning oʻzbek, uygʻur, qozoq, turk, qirgʻiz tillаriga qilingan tаrjimalari
asarning asl nusxasi bilan qiyoslangan. Bundan tashqari, B. Orzubayeva, M. Usmambetovlarning
tadqiqotlarida ham “Devonu lugʻoti-t-turk”ning til xususiyatlari atroflicha yoritilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
979
"Devonu lugʻoti-t-turk" asari turkiycha soʻzlarning arabcha izohli lugʻati boʻlganligi
sababli ilmiy jihatdan alohida ahamiyatga ega asar hisoblanadi. Asarning turli tillarga tarjima
qilinishi, qadimgi turkiy xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, soʻz boyligini boshqa xalq
vakillariga koʻrsatish uchun zamin boʻladi. Asarning bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini
yoʻqotmay ilmiy va ma'naviy meros sifatida qadrlanishi uning beqiyos tarixiy ahamiyatidan
dalolat beradi.
REFERENCES
1.
"Devonu lugʻati-t-turk" 1960, I- Mahmud Qoshgʻariy “Turkiy soʻzlar devoni”/Tarjimon
va nashrga tayyorlovchi S.M. Mutalliboyev.1-tom. – Toshkent: Fan, 1960.
2.
I. Qo'chqortoyev. B. Isabekov. "Turkiy filologiyaga kirish". - Toshkent. "O'qituvchi"-
1984.
3.
"Mahmud Qoshgʻariy “Devonu lugʻati-t-turk”/ Nashrga tayyorlovchisi Qosimjon
Sodiqov. –Toshkent: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashiriyot- matbaa ijodiy uyi, 2017.
4.
Xudayberdiyev. J. Mahmud Qoshgʻariy hayoti va "Devonu lugʻotit-turk" asarining
oʻrganilishi. - Toshkent. 2010.
5.
Z. Boltayeva." Devonu lugʻatit-turk "asarining oʻrganilishiga doir mulohazalar. Maqolasi.
